Toshkent davlat yuridik universiteti
Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o’z xodimi tomonidan yetkazilgan
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o’z xodimi tomonidan yetkazilgan
425 zarar uchun javobgarligi. Ma’lumki, yuridik shaxs nomidan uning faoliyatini uning organlari, rahbarlari va xodimlari amalga oshiradilar. Odatda yuridik shaxs xodimining xizmat vazifasi bo’yicha bajargan ishi va uning natijalari yuridik shaxsga nisbatan huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi. Shu munosabat bilan yuridik shaxs o’z xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni to’laydi. Aynan shu qoidani boshqa fuqaroning yollanma mehnatidan foydalanayotgan fuqaroga nisbatan ham tatbiq etish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida bir fuqaroning ikkinchi fuqaro yollanma mehnatidan foydalanishi odatiy hol sifatida qaraladi. Biroq, bunda ish bergan fuqaro ish beruvchi yuridik shaxslar kabi o’z xodimi yetkazgan zararlarni qoplash lozim. FKning 989-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs yoxud fuqaro o’z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazgan zararni qoplaydi. Masalan, avtoparkka tegishli avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi tufayli, fuqaro A.ga tegishli devor shikastlanadi. Fuqaro A. yetkazilgan zararni undirish to’g’risida sudga murojaat qilsa, zararni qoplash majburiyati haydovchiga emas, avtopark zimmasiga tushadi. Mazkur vaziyatda yuridik shaxs yoki yollanma mehnatdan foydalanayotgan fuqaroning javobgarligi birovlarning harakatlari va birovlarning aybi uchun emas, balki o’z aybi uchun belgilanadigan javobgarlik bo’lib ko’riladi 92 . Zero, xodim har doim yuridik shaxs yoki o’z ish beruvchisi bo’lgan fuqaroning vakili sifatida uning nomidan harakat qiladi. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar qoidalariga muvofiq, mehnat shartnomasi asosida, shuningdek fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida ish bajarayotgan fuqarolar, agar bunda ishlarni bexatar olib borish yuzasidan tegishli yuridik shaxsning yoki fuqaroning topshirig’i bo’yicha yoki nazorati ostida harakat qilgan bo’lsalar yoki harakat qilishlari lozim bo’lgan bo’lsa, xodimlar deb e’tirof etiladilar. Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari o’z ishtirokchilari (a’zolari) tomonidan ular shirkat va jamiyat yoki kooperativning tadbirkorlik, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyatini amalga oshirish vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydilar. Ishtirokchilarning shirkat faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan hatti-harakati natijasida yetkazilgan zararlar esa xo’jalik shirkati va jamiyatlari tomonidan qoplanmaydi. Shu bilan birga kommandit shirkatida kommanditchi (hissa qo’shuvchi) shirkat faoliyati yoki shirkat a’zolarning g’ayriqonuniy harakati natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’lmaydi (O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari to’g’risida»gi 2001 yil 6 dekabr Qonuning 30-moddasi). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling