Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Fuqaroning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2-§. Fuqaroning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini
qoplash O’zbekiston Respublikasi Konstitutiyasida (24, 25, 27-moddalari) huquqiy muhofazaning alohida obyekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog’lig’i, sha’ni va qadr qiymati belgilab qo’yilgan. Fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini himoya qilishning huquqiy usullaridan biri bo’lib fuqaroni hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararni to’lash hisoblanadi. Agar qonun yoki shartnomada javobgarlikning ancha yuqori miqdori nazarda tutilmagan bo’lsa: - shartnoma majburiyatlarini bajarishda fuqaroning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar; - harbiy xizmat majburiyatlarini, ichki ishlar organlaridagi xizmatni va boshqa shunga o’xshash majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar FKning 57-bobi (zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) qoidalari bo’yicha qoplanadi. Ushbu norma dispozitiv harakterdagi umumiy norma hisoblanadi. Maxsus qonunda yoki shartnomada zarar yetkazganlik uchun oshirilgan javobgarlik nazarda tutilgan bo’lmasa, ushbu umumiy norma qoidalari qo’llaniladi. Agarda maxsus norma yoki shartnoma qoidalari FKning 57-bobi qoidalariga nisbatan jabrlanuvchining holatini yomonlashtirsa, bu xolda FKning normalari qo’llaniladi. Shartnoma majburiyatlari fuqarolik-huquqiy shartnomalar bilan chegaralanib qolmaydi. Pudrat, xizmat ko’rsatish, topshiriq va sh.k. shartnomalar bilan bir qatorda, mehnat shartnomasi bo’yicha mehnat majburiyatlarini bajarishda fuqaroning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararni undirish masalalarini ham qamrab oladi. Agarda mudofaa to’g’risida, prokuratura to’g’risida, favqulodda vaziyatlar to’g’risida, sudlar to’g’risida va boshqa shu kabi qonunlarda javobgarlikni oshirilgan miqdori nazarda tutilmagan bo’lsa, fuqaroning 437 - harbiy xizmat majburiyatlarini (muddatli yoki kontrakt bo’yicha harbiy xizmat ekanligidan qat’iy nazar) bajarishda; - ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik organlarida majburiyatlarni bajarishda; - prokuratura, bojxona, favqulotda vaziyatlarga qarshi kurash organlarida xizmat majburiyatlarini bajarishda; - boshqa tegishli xizmat majburiyatlarini bajarishda hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararni undirishda FKning 57-bobi qoidalari qo’llaniladi. Inson sog’lig’i – bu kishi uchun eng zaruriy ne’matdir. Inson sog’lig’iga shikast yetkazilganda jabrlanuvchi nafaqat jismoniy og’riq, turmushda noqulaylik va cheklanishlarni his etadi, balki moddiy zarar va qo’shimcha sarf-har ajatlar ham yuzaga keladi, agarda sog’liqqa shikast yetkazishda boshqa shaxs aybdor bo’lsa u ushbu zarar va shikastlanishlarni ham qonun bo’yicha qoplashi shart. Fuqaro mayib qilinganda yoki uning sog’lig’iga boshqacha shikast yetkazilganda quyidagilar qoplanishi shart: a) jabrlanuvchi kelgusida oladigan yoki olishi mumkin bo’lgan, lekin shikastlanishi sababli ololmay qolgan, ya’ni yo’qotilgan ish haqi (daromadlari). Odatda ish haqi mehnat shartnomasi bo’yicha, daromadlar esa tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatdan (shu jumladan, fuqarolik shartnomalarini bajarishdan) olinadi; b) salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qo’shimcha har ajatlari, shu jumladan davolanish, qo’shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez qo’ydirish, birovning parvarishida bo’lish, sanatoriy-kurortda davolanish, maxsus transport vositalarini (avtomoto va velokolyaskalar) sotib olish bo’yicha sarf-har ajatlar, agarda jabrlanuvchining ana shu yordam va parvarish turlariga muhtojligi hamda ularni tegishli tartibda bepul olish huquqiga ega emasligi aniqlansa; v) jabrlanuvchining boshqa kasbga tayyorgarlikdan o’tish har ajatlari, agarda u kelgusida umuman yoki muayyan uzoq muddat o’tgunicha ilgargi kasbi bo’yicha ishlay olmasligi va kasbiy qayta tayyorlashni tekin tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega emasligi aniqlansa. Jabrlanuvchi olishi mumkin bo’lgan (yo’qotilgan) daromadlar hajmini hisoblab chiqarishga alohida ahamiyat berish lozim. Bu o’rinda jabrlanuvchi amalda olgan daromadlariga nisbatan zarar yetkazilgan vaqtda real olish imkoniyatiga ega bo’lgan yanada yuqoriroq hajmdagi ish haqi to’g’risida gap ketmoqda. Ushbu imkoniyat qay darajada real ekanligini aniqlashda sog’lig’iga shikast yetkazilishidan oldin jabrlanuvchi o’rgangan kasb-kor, mutaxassislik yanada ko’proq hajmda ish haqi olishga imkon berishidan guvohlik beruvchi holatlar hisobga olinishi lozim. Masalan, sog’liqqa shikast yetishi ishlab chiqarish ta’limi yoxud jabrlanuvchi oliy o’quv yurtida o’qiyotgan vaqtda sodir bo’ladi. Bu holda FKning 985-moddasi 1-qismi qo’llaniladi (boy berilgan foydani undirish huquqi). Ushbu norma talabidan kelib chiqib, fuqaro yangi kasb-kor, mutaxassislikka ega bo’lganidan keyin olinishi mumkin bo’lgan ish haqi miqdorida zararni undirish huquqiga ega bo’ladi. Shunday bo’lishi ham mumkinki, fuqaro sog’lig’iga shikast yetkazilgan davrda hech qaerda ishlamagan, ish haqi olmagan. Biroq, har bir mehnatga layoqatli fuqaro kabi mehnat qilish, tadbirkorlik 438 bilan shug’ullanish huquqlarini ro’yobga chiqarishi mumkin. Agarda fuqaro ushbu huquqlarini amalga oshirishga real harakatlar qilgan bo’lsa, sud bunga baho berib, boy berilgan daromadlarni undirish to’g’risida masalani o’rganishi mumkin. Ikkinchi guruh har ajatlari jabrlanuvchini o’z sog’lig’ini tiklash bilan bog’liq. Bu sarf-har ajatlar hajmi va miqdorini shakllanishiga jabrlanuvchini yashash jayidagi narx-navo, bozor konyunkturasi va qator subyektiv faktorlar (urf- odatlar, an’analar, hayot tarzi va sh.k.) ta’sir qiladi. Agarda ularni miqdori va hajmi to’g’risida nizo kelib chiqsa, ularni jabrlanuvchi sog’lig’ini tiklashga zarurlik darajasi, shuningdek, oqilonalik, insoflilik tamoyillaridan kelib chiqib sud tomonidan belgilanadi. Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat davlat siyosati darjasiga ko’tarilgan. Kasallik, nogironlik, boquvchini yo’qotganlik hollarida har xil ijtimoiy jamg’armalar hisobidan turli pensiyalar, nafaqalar va sh.k. to’lanadi. Biroq bu sog’liqqa shikast yetkazilgani sababli yetkazilgan zararni undirilishini rad etish yoki miqdorini kamaytirish uchun asos bo’la olmaydi. Qonunda aniq ravshan belgilab qo’yilishicha, yo’qotilgan ish haqi (daromadlarni) aniqlashda jabrlanuvchiga mayib bo’lishi yoki sog’lig’iga boshqacha shikast yetishi sababli nogironlik pensiyasi, shuningdek sog’lig’iga zarar yetkazilmasidan oldingi va undan keyingi boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga o’xshash to’lovlar e’tiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini kamaytirishga sabab bo’lmaydi (zararni qoplash hisobga kiritilmaydi). Zararni qoplash hisobiga shuningdek jabrlanuvchi sog’lig’iga shikast yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi (daromadi) ham kiritilmaydi. Masalan, sog’lig’iga shikast yetkazilganidan keyin jabrlanuvchi avtomobil xaydovchisi kasb-kori bilan shug’ullanish layoqatini yo’qotadi, biroq adabiy faoliyat bilan shug’ullanib katta daromad ola boshlaydi. Bunda ushbu daromadlar zararni hajmini kamaytirishga asos bo’la olmaydi. Jabrlanuvchi ijtimoiy jamg’armalar hisobidan olayotgan to’lovlar ijtimoiy himoya shakli bo’lib hisoblanadi, bu uning sa’y-harakatlari, yangi shart- sharoitlarda o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, moslashishi natijasidir va shu sababli zarar yetkazuvchini zararni qoplash ma’suliyatidan ozod qilmaydi va uni hajmini kamaytirishga asos bo’lmaydi. FKda sog’liqqa shikast yetkazilganligi sababli yetkazilgan zararni undirishni eng minimal hajmlari belgilangan. Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan ushbu moddaga muvofiq jabrlanuvchiga undiriladigan to’lov hajmi va miqdori ko’paytirilishi mumkin. Masalan, sportchilarni sport klublari bilan individual kontraktlarida shunday shartlar nazarda tutiladi. Ushbu norma orqaga qaytish kuchiga ega. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksini amalga kiritish tartibi to’g’risidagi” 1996 yil 29 avgustdagi 257-1-sonli Qarori 11-bandi 2-qismida ko’rsatilishicha FK 1005-1016-moddalarining qoidalari fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga ziyon yetkazish 1997 yil 1 martiga qadar, ammo uzog’i bilan 1994 yil 1 martigacha yuz berib, yetkazilgan ziyon o’rni qoplanishi qolgan xollarga ham tadbiq etiladi. O’rni qoplanishi lozim bo’lgan yo’qotilgan ish haqi (daromad)ning miqdori 439 mayiblanishgacha yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetkazilishigacha yoki mehnat qobiliyati yo’qotilgungacha bo’lgan o’rtacha oylik ish haqi (daromad)ga nisbatan jabrlanuvchining kasbiy mehnat qobiliyatini yo’qotishi darajasiga (qisman yoki umuman yo’qotish), kasbi yo’q bo’lganda esa – umumiy mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasiga muvofiq foizlarda (25 foiz yoki 40 foiz va x.k.) aniqlanadi. Zararni o’rnini qoplash hajmini aniqlashda sog’liqqa yetkazilgan shikastalanish harakteri: - mayib bo’lganlik, ya’ni jarohat olganlik; - sog’liqqa boshqacha shikast yetkazilganlik (ya’ni holsizlanish, isitmalash, bosh aylanishi va x.k.) va buning natijasida mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasi mezon bo’lib hisoblanadi. Mehnat qobiliyati ham maxsus va umumiy mehnat qobiliyatiga farqlanadi. Jabrlanuvchining maxsus mehnat layoqati – bu uning muayyan kasb-korga bo’lgan professional qobiliyati, malakasi, mahorati va ko’nikmasi hisoblanadi (masalan, xaydovchilik, elektromontyorlik kasbiy layoqati). Agar jabrlanuvchini muayyan kasb-kori bo’lmasa, umumiy mehnat qobiliyati mezon bo’lib hisoblanadi. Qonundagi ushbu mezon jabrlanuvchi kasbiy layoqatini 100 foiz yo’qotganda zarar hajmini hisoblash aynan ushbu kabiy layoqatidan, uning yo’qotilishi darajasidan hisoblanadi. Mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy yo’qotilishiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muayyan cheklangan vaqt (davr) mobaynida to’liq mehnatga layoqatsizlikni va ish haqi (daromad)ni yo’qotilishini anglatadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davolash muassasasi tomonidan belgilanadi va maxsus belgilangan shakldagi hujjat bilan guvohlantiriladi. Umuman olganda, qisman yoki to’liq mehnatga layoqatsizlik sud-tibbiyot ekspertizasi o’tkazish orqali ixtisoslashgan davlat tibbiy muasasasi (vrachlik nazorat komissiyasi) tomonidan aniqlanadi. Jabrlanuvchini yo’qotilgan ish haqi (daromadlari) tarkibiga quyidagilar kiradi: a) uning mehnat shartnomasi bo’yicha asosiy joyidan ham shuningdek, o’rindoshlik bo’yicha ham ish joylaridan oladigan, soliqqa tortiladigan barcha maoshlari; b) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosidagi faoliyati bo’yicha oladigan, soliqqa tortiladigan barcha to’lovlar; v) tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlari (soliq inspeksiyasi ma’lumotlari asosida), shuningdek, mualliflik gonorarlari (qalam haqlari); g) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug’ruq davri ta’tillari bo’yicha to’langan nafaqalar. Barcha turdagi ish haqlari (daromadlar) soliq ushlab qolishdan oldingi summalar miqdori bo’yicha hisobga olinadi. Bir martalik harakterdagi to’lovlar (foydalanilmagan ta’tillar uchun pul shaklidagi tovonlar, mehnat shartnomasi bekor bo’lgandagi nafaqalar, shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun to’langan jarimalar va sh.k.) hisobga olinmasligini qayd etish lozim. O’rtacha oylik ish haqi (daromad) sog’liqqa shikast yetkazilishdan oldingi ishlangan o’n ikki oy ichidagi ish haqi (daromad)larning umumiy summasini o’n 440 ikki oyga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqiladi. Zarar yetkazilgan paytgacha jabrlanuvchi o’n ikki oydan kam ishlagan hollarda o’rtacha ish haqi (daromad) sog’liqqa shikast yetkazishdan oldingi amalda ishlagan oylardagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini ana shu oylar soniga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqariladi. Ko’rinib turibdiki o’rtacha ish haqini (daromadlarni) hisoblab chiqarishni arifmetik usuli jabrlanuvchini manfaatlarini ko’zlab shakllantirilgan. Jabrlanuvchi to’liq ishlamagan oylar uning xohishiga ko’ra bundan oldingi to’liq ishlagan oylarga almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoniyati bo’lmaganda hisobdan chiqarib tashlanadi, aks holda bu qoplash hajmini kamaytirishi mumkin. Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan vaqtda ishlamayotgan bo’lsa, uning xohishiga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha bo’lgan ish haqi (daromadi) yoki mazkur joyda uning malakasidagi xodimga to’lanadigan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh karrasidan kam bo’lmagan odatdagi haq to’lash miqdori hisobga olinadi. FKning 1007-moddasi 6-qismi odatda qarilik pensiyasi oluvchi shaxslarga yetkazilgan zarar hajmini aniqlashda qo’llaniladi. Ushbu norma pensionerga pensiyaga chiqishidan oldin 12 kalendar oy uchun olgan ish haqi hisobidan yoxud mazkur joyda uning malakasidagi xodimga to’lanadigan haq miqdori (masalan, jabrlanuvchi dotsent ilmiy unvoniga ega, demak, ushbu malaka bo’yicha to’lanadigan haq miqdori) asosida hisoblashga imkon beradi. Jabrlanuvchi bilan bir xil malakada bo’lgan xodimning odatdagi ish haqi bir xil turdagi (bir xil nomdagi) kasblar, malakalarning ish haqlari to’g’risidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi. Hisobga olinadigan ish haqi tarkibiga tarif stavkasi (okladi)dan tashqari amalda qilingan faktik to’lovlar ham kiritiladi, ya’ni xodimning to’liq hajmdagi ish haqi hajmi hisobga olinadi. Agarda ushbu mahalliy xududda hech kim shug’ullanmaydigan noyob, o’ziga xos kasb egasi bo’lsa, ish haqi qo’shni chegaradosh xududlardagi ma’lumotlar asosida hisoblab chiqarish lozim. Shuni unutmaslik kerakki muayyan kasblar, malakalarga hufyona iqtisodiyot sohasida beriladigan to’lovlar (konvertdagi ish haqi, nolegal daromad) ya’ni soliq to’lanmagan daromadlar hisobga olinmaydi. Agar jabrlanuvchining ish haqida (daromadlarida) uning mayib qilinish yoki sog’lig’iga boshqacha shikast yetkazilishiga qadar uning mulkiy ahvolini yaxshilovchi barqaror o’zgarishlar sodir bo’lgan (egallab turgan lavozimi bo’yicha ish haqi oshirilgan, yuqoriroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilgan, kunduzgi o’quv yurtini bitirganidan keyin ishga kirgan, ya’ni talabalikdan ishlovchi xodimga aylangan) bo’lsa va o’zgarishning ehtimoli isbotlangan boshqa hollarda, uning o’rtacha oylik haqini aniqlashda u tegishli o’zgarishdan keyin olgan yoki olishi lozim ish haqi (daromad)gina hisobga olinadi. Yuqoriroq razryad bo’yicha doimiy (tarifli) haq to’lanadigan ish taqdim etilishi ish haqini barqaror o’sishdan dalolat beradi. Agarda xodim yuqoriroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilganidan keyin kasallik sababli amalda ishga kirishmasa, zararni o’rnini qoplash hajmi u olishi lozim bo’lgan ish haqi bo’yicha hisoblanadi. 441 Agarda real ish haqi miqdorlari to’g’risida hujjatni taqdim etishning iloji bo’lmasa (arxiv yo’qligi yoki yong’in tufayli hujjatlar yonib ketganligi va x.k.), bunda minimal ish haqi hisobga olinadi va shu asosda zararni qoplash hajmi aniqlanadi. Agarda o’rtacha ish haqi davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lsa, o’rtacha ish haqi ushbu negiz bo’yicha hisoblanadi. “Xodimlarning ularni mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jaroxatlanish, kasb kasalliklariga chalinish yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash Qoida”lariga ko’ra fuqaroning to’liq mehnatga layoqatsizligi uni 1 va 2 guruh nogironi deb tan olinishi bilan belgilanadi. To’liq mehnatga layoqatsizlik uchun xodimning (tadbirkorning) o’rtacha ish haqi (daromadi) miqdorida tovon haqi belgilanadi. Kasbiy mehnat layoqatini qisman yo’qotilishi holatida zararni o’rnini qoplash hajmi fuqaroning saqlanib qolgan mehnat layoqatini foizlarda hisoblash orqali hisoblanadi. Masalan, ekspertlar fuqaroni mehnat layoqati 60 foiz saqlangan degan xulosaga kelsalar, zararni o’rnini qoplash o’rtacha ish haqining 40 foizini tashkil etadi. Zarar yuqorida ko’rsatilgan Qoidalar bo’yicha qoplanadi. Agarda jabrlanuvchining qo’pol extiyotsizligi zararni vujudga kelishiga sabab bo’lgan bo’lsa zarar to’liq qoplanmaydi. Zararni o’rnini qoplash miqdorini kamaytirilishi yoxud ko’paytirilishi jabrlanuvchini aybi darajasiga bog’liq bo’ladi. Biroq shuni unutmaslik lozimki, jabrlanuvchini qo’pol ehtiyotsizlik darajasi zarar yetkazuvchini javobgarlikdan to’liq ozod qilishga asos bo’la olmaydi. Voyaga yetmagan shaxslar alohida fuqarolik-huquqiy maqomga ega bo’lib, bu ularning jismoniy va ruhiy jihatdan yetarli darajada etuk emasligi, mustaqil ish haqining mavjud emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, fuqarolik huquqiy munosabatlarda zaif ishtirokchi ekanligi bilan bog’liq. O’n to’rt yoshga to’lmagan va ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxs mayib bo’lib qolgan yoki sog’lig’iga boshqacha shikast yetkazilganligi uchun javobgar shaxs sog’liqqa shikast yetkazilganligi tufayli qilingan har ajatlarning o’rnini qoplashi shart. Bunga davolanish har ajatlari, qo’shimcha ovqatlanish, dori-darmon sotib olish, protez qo’ydirish, birovning parvarishida bo’lish, sanatoriya-kurortda davolanish va sog’liqni tiklash uchun boshqa sarf-har ajatlar kiradi (agarda voyaga yetmagan jabrlanuvchi bunga muhtoj bo’lsa). Jabrlanuvchi 14 yoshga to’lganda, shuningdek, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxsga zarar yyetkazilgan taqdirda, javobgar shaxs jabrlanuvchiga: a) sog’liqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan har ajatlarni; b) mehnat qobiliyati yo’qotilganligi yoki kamaytirilganligi bilan bog’liq zararni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh karrasidan kam bo’lmagan miqdoridan kelib chiqib, qoplashi shart. Shuni ta’kidlash lozimki, Mehnat Kodeksining 77-moddasiga ko’ra 16 yoshdan ishga qabul qilinishi mumkin, 15 yoshga to’lganlar esa ota-onasi (xomiysi) roziligi bilan mehnat shartnomasida taraf bo’la oladi. Voyaga yetmaganlar uchun asosiy mashg’ulot odatda ta’lim olish hisoblanadi. Shunga 442 qaramasdan formal jihatdan olganda 15 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan voyaga etmaganlar mehnat huquqini amalga oshirishga va o’z ish haqisiga ega bo’lishi mumkin. 16 yoshdan boshlab voyaga yetmagan emansipatsiya tartibida to’liq muomila layoqatiga ega bo’lishi va demak tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib daromad olishga haqli. Xuddi shu sababli ham ushbu sharhlanayotgan moddaning 2-qismida garchi voyaga yetmagan amalda ishlamagan bo’lsa, bundan qat’iy nazar, ish haqi (daromad)ni undirish imkoniyatini nazarda tutadi. Bu esa FKning 1006- moddasi 1-qismida belgilab qo’yilgan umumiy tamoyilga, ya’ni, jabrlanuvchi olishi mumkin bo’lgan ish haqini o’rnini qoplash imkoniyati mavjudligiga asoslanadi. Bunda jabrlanuvchiga zarar yetkazilish kunida kasbi-kor, mutaxassislik, malaka yo’qligi ehtimol tutilib umumiy mehnat layoqati yo’qotilishi hisobga olinib tovon miqdori besh minimal ish hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Agarda voyaga yetmagan shaxs sog’lig’iga shikast yetkazilguniga qadar ish haqi (daromad)ga ega bo’lsa, unda zarar ushbu ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Biroq shuni qayd etish o’rinliki voyaga yetmaganlar mehnat shartnomasi orqali ishlaganlarida ham tajriba ma’lumot, malaka yetishmasligi sababli kam ish haqi to’lanadigan ishlarda ishlaydilar. Odatdagi normal sharoitda bu muammo vujudga kelmaydi. Biroq sog’liqqa shikast yetkazilganda, agarda amaldagi ish haqidan tovon hajmi belgilangan, bu holda jabrlanuvchi manfaatlariga putur yetishi mumkin. Shu sababli qonunda o’rni qoplanadigan ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan ish haqining besh karrasidan kam bo’lmasligi shart qilib qo’yiladi. Bu esa voyaga yetmagan jabrlanuvchi uchun o’ziga xos ijtimoiy kafolat hisoblanadi. O’z-o’zidan ravshanki yuqoridagi norma nafaqat mehnat shartnomasi, balki fuqarolik shartnomasi va tadbirkorlik faoliyati asosida olingan daromadlarga (bunday daromadlar soliqqa tortilgan bo’lishi shart) ham taalluqlidir. Sog’lig’iga ilgari shikast yetkazilgan voyaga yetmagan shaxs mehnat faoliyati boshlanganidan so’ng zarar uchun to’layotgan haqni u oladigan ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqib, ko’paytirishni talab qilishga haqli. Jabrlanuvchining xohishiga ko’ra ilgari tayinlangan tovon miqdori uning 12 oy davomida egallagan lavozimi bo’yicha olgan ish haqi hajmidan kelib chiqib qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Egallagan lavozimi bo’yicha ish haqi hajmini belgilashda nafaqat mehnatga haq to’lash stavkalari, balki tegishli lavozimda ishlaganda olgan doimiy ustamalar va mukofot to’lovlari ham hisobga olinadi. Agarda jabrlanuvchi mehnat faoliyatini boshlagandan keyin muayyan kasb bo’yicha mutaxassislikni egallasa yoki yakka tadbirkor bo’lsa, zararni o’rnini bosish hajmi jabrlanuvchining iltimosiga ko’ra quyidagilardan biri asosida qayta hisoblab chiqiladi: - mutaxassislik bo’yicha olgan ish haqi (yakka tadbirkor sifatida olgan daromadi) miqdoridan kelib chiqib, yoki: - u ishlayotgan joydagi ayni shunday malakadagi xodimning ish haqi (o’sha joyda o’sha turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi yakka tadbirkorlar daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda. Bunda jabrlanuvchi bilan bir xil malakada bo’lgan xodimlarning ham , yakka tadbirkorning ham o’rtacha ish haqi (daromadi)dan emas, balki maksimal ish haqi 443 (daromad) miqdori asos qilib olinadi. Qonunni mana shunday qo’llagandagina o’zi olgan yoki egallagan malakasi, kasbi, mutaxassisligi bo’yicha eng ko’p ish haqi olish imkoniyatidan mahrum bo’lgan voyaga yetmagan jabrlanuvchi manfaatlarini eng to’liq ravishda hisobga olish mumkin bo’ladi. Marhumning qaramog’ida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan ta’minot olish huquqiga ega bo’lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar boquvchisi vafot etgan taqdirda unda aybdor javobgarlik subyektidan ziyonni undirishga haqli. Quyidagilar mehnatga layoqatsiz hisoblanadilar: - 15 yoshgacha bo’lgan bolalar; - qonunda belgilangan tartibda nogironligi belgilangan shaxslar; - 55 yoshdan oshgan ayollar, 60 yoshdan oshgan erkaklar. Ushbu shaxslar marhum bilan qarindoshlik munosabatlaridan qat’iy nazar, agarda uning qaramog’ida bo’lgan bo’lsalar (agarda marhum tomonidan berilgan ta’minot ular tirikchiligining yagona yoki asosiy manbasi bo’lgan bo’lsa), boquvchini yo’qotganlik bo’yicha ziyonni qoplashni talab qilish huquqiga ega. Amalda marhumning qaramog’ida bo’lmagan bo’lsa ham, biroq uning vafot etish kunida undan ta’minot (masalan, alimentlar) olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar ham xuddi shunday huquqqa ega. Marhumning vafotidan keyin tug’ilgan farzandi ham boquvchisi vafot etganligi natijasida yetkazilgan zararni qoplanishiga bo’lgan huquqqa ega. Agarda farzand ota va ona nikohida tug’ilgan bo’lsa otasi vafot etganidan keyin uch yuz kundan oshmagan muddatda tug’ilsa yuqorida ko’rsatilgan huquqqa ega bo’ladi. Agarda tug’ilgan bolaning otasi-onasi bilan nikohda bo’lmasa, marhumning otaligi Oila Kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanishi shart. Bolalarni marhumning qaramog’ida ekanligi nazarda tutiladi va buni isbot talab etilmaydi. Mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar marhumning qaramog’ida bo’lgan uning o’n to’rt yoshga to’lmagan yoxud ko’rsatilgan yoshga to’lgan bo’lsa ham tibbiyot muassasining xulosasiga ko’ra salomatligi bo’yicha boshqalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo’lgan va ishlamaydigan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa a’zosi ham boquvchisi vafot etganligi sababli yetkazilgan zararni undirish huquqiga ega. Nizo chiqqan taqdirda ziyonni undirishni talab qilgan shaxs nevaralar, aka-ukalar, opa-singillar va boshqa shaxslarni marhumning qaramog’ida bo’lganlik faktini tasdiqlovchi dalillar taqdim etishi lozim. Shuni ham unutmaslik kerakki, ota-onadan biri, eri yoki xotini yoki oilaning boshqa a’zosi tegishli shaxslarning boshqalarni parvarishiga muhtoj bo’lgan butun davri mobaynida va bunday parvarish real, haqiqatda amalga oshirilishi sharti bilan boquvchini vafot etganligi sababli zararni undirish huquqiga ega bo’ladi. Marhumning qaramog’ida bo’lgan va uning vafotidan keyin besh yil ichida mehnatga layoqatsiz bo’lib qolgan shaxslar boquvchisi vafot etganligi natijasida zararni undirish huquqiga ega shaxslar darajasiga kiradi. Ushbu shaxslar boquvchi hayot bo’lganda, garchi uning qaramog’ida bo’lgan bo’lsalar ham, biroq mehnatga qobiliyatli hisoblanganlar. Xuddi shu sababli FK 1009-moddaning 1-qismida belgilangan shaxslar doirasiga kiritilmagan. Boquvchi 444 vafot etganidan keyin besh yil ichida ushbu shaxslar mehnatga qobiliyatsiz bo’lib qolsalar (nogironlik yoki muayyan yoshga etganlik sababli), yuqorida ko’rsatilgan huquqqa ega bo’ladilar. Ishlamaydigan va marhumning FK 1009 moddasining 1-qismida ko’rsatilgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo’lgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa a’zosi parvarishlashni amalga oshirish davrida mehnatga qobiliyatsiz bo’lib qolgan taqdirda, ana shu shaxslarni parvarishlash tugaganidan keyin zararni undirish huquqini saqlab qoladi (butun mehnatga qobiliyatsizlik davri mobaynida). Parvarishlovchi shaxs kichik yoshdagi bolalarni 14 yoshga to’lgunicha parvarish qilishni to’xtatgan hollarda (salomatligi yomonlashib, mehnatga qobiliyatsiz bo’lib qolgani sababli), ushbu qoidaning ta’sir kuchi saqlanib qoladi. Boquvchisi vafot etgani natijasida zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega bo’lgan shaxslar o’z talablarini isbotlab berishlari shart. Qon-qarindoshlik munosabatlari tegishli hujjatlar bilan guvohlantiriladi, agar ular bo’lmasa sud orqali belgilanadi. Farzandlar tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma taqdim etadilar, oila tarkibi marhum oilasi yashagan joydagi o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida tasdiqlanadi. 18 yoshdan 23 yoshgacha bo’lgan ta’lim muassasasida o’qiyotgan shaxslar bu to’g’risida tegishli o’quv yurtining ma’lumotnomasini taqdim etadilar. Qonunda zararni to’lash muddatlari qator shartlar asosida belgilanadi. Ularning asosiysi bo’lib tegishli shaxslarni ta’minot olish huquqini vujudga keltirish yoki uni bekor bo’lishiga asos bo’luvchi shartlar hisoblanadi. Zarar quyidagilarga to’lanadi: - voyaga etmaganlarga – o’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar; - 18 yoshdan oshgan talabalar, o’quvchilar – o’quvning kunduzgi shaklida o’qishni tugatgunga qadar, biroq 23 yoshdan oshmaguncha (bunda ta’lim muassasasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar qonunda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan bo’lishi lozim); - 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklarga (ishlayotgani yoki qarilik pensiyasi olayotganligidan qat’iy nazar) – umrbod; - nogironlarga – nogironlik muddati tugagunga qadar; - marhumning qaramog’ida bo’lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa- singillarini parvarishlashda band bo’lgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa a’zosiga – parvarish qilinayotgan shaxs 14 yoshga to’lgunga qadar. Agarda parvarishga muhtoj shaxsga qarayotgan oila a’zosi mehnatga layoqatsiz bo’lib qolganida mehnat qobiliyati va salomatligi tiklanguniga qadar ta’minot olish huquqini saqlab qoladi. Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga zarar marhumning FKning 1007-moddasi qoidalari bo’yicha aniqlangan ish haqi (daromadi)ning marhum hayot vaqtidagi ular o’z ta’minoti uchun olgan yoki olish huquqiga ega bo’lgan ulush miqdorida qoplanadi. Bu shaxslarga zararni qoplashni aniqlashda marhumning daromadlari tarkibiga ish haqi (daromad) bilan bir qatorda u hayot vaqtida olgan pensiya, umrbod ta’minot 445 va boshqa shunga o’xshash to’lovlar (mualliflik gonorarlari, renta to’lovlari, patentlar uchun berilgan litsenziya uchun to’lovlar va sh.k.) kiritiladi. Marhumning qaramog’ida bo’lgan va zararni o’rnini qoplanishini talab qilish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga to’lov miqdori marhumni yo’qotilgan ish haqi (daromadi) hajmida uning o’ziga va uning qaramog’ida bo’lgan mehnatga layoqatli, biroq zararni qoplanishini talab qilish huquqiga ega bo’lmagan fuqarolar ulushi chegirib tashlangan holda belgilanadi. Agarda zararni qoplanishini talab qilish huquqiga ega bo’lgan fuqarolar bir necha bo’lsa, marhum boquvchi daromadlari (ish haqi) ularning soniga bo’linadi. Marhumning qaramog’ida bo’lmagan, biroq undan ta’minot olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolar to’lov miqdori sud tomonidan belgilanadi. Agarda zararni qoplanishi bo’yicha huquqqa bir vaqtning o’zida marhumning qaramog’ida bo’lgan va qaramog’ida bo’lmagan fuqarolarga ega bo’lsa, oldin marhumni qaramog’ida bo’lmagan fuqarolarga zararni qoplash bo’yicha to’lovlar hajmi belgilanadi. Ularga belgilangan summa marhum boquvchi ish haqi (daromadlari) miqdoridan chiqariladi. Shundan keyin qolgan summadan marhumni qaramog’ida bo’lgan fuqarolarga zararni qoplash miqdori ularni o’zlarini va marhumni qaramog’ida bo’lgan, biroq zararni qoplanishiga bo’lgan huquqqa ega bo’lmagan boshqa mehnatga layoqatli fuqarolarni hisobga olgan holda belgilanadi. Agarda marhum qaramog’ida bo’lganlar bir nechta bo’lsa, uning ish haqi (daromadlari) tegishli kishilar bo’yicha teng taqsim qilinadi. Marhumning qaramog’ida bo’lmagan, biroq ta’minot olishga bo’lgan huquqqa ega bo’lganlar zararni qoplash miqdorlari quyidagi tarzda belgilanadi: - sud tomonidan tayinlangan summada; - agarda u sud tartibida undirilgan bo’lsa fuqarolarning mulkiy ahvoli va marhumni hayotligida ularga yordam berish imkoniyatlarini hisobga olgan holda. Zararning o’rnini qoplash miqdorini aniqlashda boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan FKning 1009-moddasida ko’rsatilgan shaxslarga tayinlangan pensiya, shuningdek, boquvchisining vafotidan oldin ham , vafotidan keyin ham tayinlangan boshqa turdagi pensiyalar hamda ish haqi (daromad), stipendiya va boshqa shu kabi to’lovlar qoplash hisobiga kamaytiriladi. Chunki ushbu to’lovlar ularni oluvchi shaxslarning sa’i harakatlar natijasi yoki ijtimoiy jamg’armalarning maqsadli ajratmalari hisoblanadi. Marhum boquvchini o’limi kelib chiqishidagi aybi (qasddan qilingandan tashqari) hisobga olinmaydi. Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo’lganlarning har biriga belgilangan qoplash miqdori keyinchalik qaytadan hisoblab chiqilmaydi. Ushbu qoida mavjud delikt munosabatlarida barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ayni vaqtda qonunda bundan mustasno quyidagi hollar belgilab qo’yilgan: - boquvchining vafotidan keyin farzand tug’ilishi (bunda tug’ilgan farzand marhumga kim bo’lishi – o’z bolasi, nevarasi, ukasi, singlisi ekanligi ahamiyatga ega emas, asosiysi, zararni undirish huquqiga ega ekanligi hisoblanadi); - vafot etgan boquvchining bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa- 446 singillarini parvarishlashda band bo’lgan shaxslarga haq to’lashni tayinlash yoki to’xtatish (ushbu yuridik fakt zararni undirish huquqiga ega bo’lgan boshqa shaxslarga to’lovlar miqdorini oshirish yoki kamaytirish yoxud qayta hisoblashga asos bo’lib xizmat qiladi). Tayinlangan qoplash summalari marhumni ish haqi (daromadlari)dan har bir ulushlarni hisoblashda marhumdan ta’minot olish huquqiga ega bo’lgan (masalan, marhumni vafot etganligidan bexabar bo’lgan) shaxslar hisobga olinmay qolgan hollarda qayta hisoblash amalga oshiriladi. Qonun hujjatlarida yoki shartnomada qoplash miqdorini ko’paytirish nazarda tutilishi mumkin. Bunday hollarda marhumning ish haqi (daromadi)ning qismi zararni qoplanishiga bo’lgan huquqqa ega har bir shaxs hisobiga qayta hisoblab chiqiladi. Fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash majburiyati uning vafotidan keyin qonunlarda belgilangan tarbida, asoslarda va hajmlarda merosni qabul qilgan merosxo’rlariga o’tadi. Merosxo’rlar doirasi FKning 118, 1120, 1134-moddalarida belgilab qo’yilgan. Merosxo’rlar jabrlanuvchining oldida o’zlariga meros bo’lib o’tgan mol- mulkning haqiqiy qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Nizo kelib chiqqan taqdirda mol-mulkning haqiqiy qiymati”Baholash faoliyati to’g’risida” Qonunga asosan belgilanadi. Meros qoldiruvchining kreditori sifatida jabrlanuvchilar va shartnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchilarga) yoki merosxo’rlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan o’z talablarini qo’yishga haqlidirlar. Bu holda merosxo’rlarning har biri o’ziga tekkan mol-mulkning qiymati doirasida solidar qarzdorlar sifatida jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) oldida javobgar bo’ladilar (FKning 1156-moddasi). Agarda zarar yetkazgan fuqaro vafot etganidan keyin uning mol-mulk yoki egasiz mol-mulk sifatida fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga yoxud davlatga o’tsa (FKning 1157-modddasi.), ular ham yuqoridagi asoslar bo’yicha javobgar bo’ladilar. Zararni qoplash miqdorlari jabrlanuvchini mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasini tegishli ravishda o’zgarishi bilan bog’liq ravishda o’zgarishi mumkin. To’lovlar miqdorini ko’paytirilishi yoxud kamaytirilishi manfaatdor shaxslarning talabiga ko’ra ixtiyoriy tartibda, nizo chiqqan taqdirda esa sud tomonidan belgilanadi. Mehnat qobiliyatini qisman yo’qotgan jabrlanuvchi zararni to’lash majburiyati yuklangan shaxsdan istalgan vaqtda, agar uning mehnat qobiliyati sog’lig’iga yetkazilgan shikast tufayli o’ziga zararni undirish belgilangan paytda (masalan, zararni qoplashning dastlabki miqdori jabrlanuvchining umumiy mehnat qobiliyati 60 foiz ekanligini hisobga olib belgilangan) bo’lganidagiga nisbatan yomonlashsa (masalan, vakolatli organ jabrlanuvchining umumiy mehnat qobiliyati 40 foizga tushgan deb xulosa beradi), qoplash miqdorini tegishlicha ko’paytirishni talab qilishga haqli. Biroq bunda jabrlanuvchining mehnat qobiliyatini keyingi yomonlashuvi bilan sog’liqqa shikast yetkazilishi o’rtasida sababiy bog’lanish bo’lishi shart. Agarda mehnat qobiliyatini keyingi pasayishi 447 boshqa kasallikning oqibati bo’lsa, jabrlanuvchi ushbu normada belgilangan huquqqa ega bo’lmaydi. Demak, ushbu holatda zararni qoplash miqdorini qayta ko’rib chiqish uchun asos bo’lib: - jabrlanuvchi mehnat qobiliyatini yanada pasayganligi to’g’risida vakolatli organ xulosasining mavjudligi; - mehnat qobiliyatini yanada pasayishi sog’liqqa yetkazilgan shikastlanish bilan uzviy bog’liq va uning oqibat ekanligi hisoblanadi. Jarlanuvchining sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash majburiyati yuklangan shaxs, agar jabrlanuvchining mehnat qobiliyati zararni undirish belgilangan paytda bo’lgandagiga nisbatan oshgan bo’lsa, (masalan, zararni qoplashning dastlabki miqdorini belgilashda umumiy mehnat qobiliyati 60 foiz deb belgilangan bo’lsa, keyingi ekspert guvohlantirilishida umumiy mehnat qobiliyati 80 foizga ko’tarilgan), qoplash miqdorini tegishlicha kamaytirishni talab qilishga haqli. Jabrlanuvchi agar zarar o’rnini qoplash majburiyati zimmasiga yuklangan fuqaroning mulkiy ahvoli yaxshi bo’lsa, qoplash miqdori esa FKning 1004- moddasi 5-qismiga muvofiq (fuqaro tomonidan zarar yyetkazilganda uning mulkiy holatini hisobga olib qoplash miqdorini kamaytirish) kamaytirilgan bo’lsa, zararni to’lash miqdorini ko’paytirishni talab qilishga haqli. Javobgarlik subyektini mulkiy holatini yaxshilanish holatlari bo’lib hisoblanadi: - qoplash miqdori belgilangan kundagiga nisbatan qarzdorni ko’proq miqdorda maosh olayotganligi; - agarda qarzdor nogiron bo’lsa mehnat qobiliyatini to’liq tiklanib, nogironlik bekor qilinganligi; - salmoqli qiymatda mol-mulk, pul mablag’larini meros bo’lib o’tishi yoxud xadya qilinishi; - qarzdorning mulkiy holatini barqaror (doimiy) yaxshilanishidan dalolat beruvchi boshqa holatlarni ro’y berishi (buning natijasida qarzdorga mulk huquqi asosida tegishli mol-mulk hajmini va qiymati ko’payishi, mulkiy va mutloq huquqlar hajmini ko’payishi va sh.k.). Qarzdorning turmush darajasini yaxshilanishi (masalan, turar-joyni ta’mirlash, gazlashtirish, kanalizatsiya o’tkazish va sh.k.), yaqin qarindoshlarni va boshqa shaxslarni g’amxo’rligi oqibatida hayot sharoitlarini yaxshilanishi (oziq- ovqatlar, kiyim-boshlar olib berilishi va x.k.) uning mulkiy ahvolini yaxshilanishi bo’lib hisoblanmaydi. Sud zarar yetkazgan fuqaroning talabiga binoan agar uning mulkiy ahvoli zararni qoplash belgilangan paytdagiga nisbatan yomonlashgan bo’lsa, zararni o’rnini qoplash miqdorini kamaytirishi mumkin. Bunda bir vaqtning o’zida quyidagi shartlar mavjud bo’lishi talab etiladi: a) qarzdor belgilangan tartibda nogiron topilganligi yoxud pensiya yoshiga etganligi; b) ushbu yuqoridagi holat qarzdor mulkiy ahvolini yomonlashtirganligi (daromadlarni kamayganligi, har ajatlarni oshganligi va x.k.); v) zarar yetkazish qasddan sodir etilmaganligi. 448 Zarar qasddan yetkazilgan bo’lsa, FKning 1012-moddasi, 4-qismi qo’llanmaydi. Nogironlikni belgilanishi yoki qarilik pensiyasi yoshiga etganligi qarzdor mulkiy ahvolini yomonlashtirmasa (uning ish haqi yoki daromadlari hajmi kamaygan va avvalgi miqdorda zararni qoplash uchun yetarli bo’lsa) qoplash miqdorini kamaytirish uchun asos bo’la olmaydi. FKning 1012-moddasi 4-qismi kengaytirilgan holda talqin etilishi mumkin emas. Demak, unda belgilangan asoslardan boshqa holatlar, garchi qarzdor mulkiy holatini yomonlashganidan dalolat bersa ham, biroq zararni qoplash miqdorini kamaytirishga asos bo’la olmaydi. Bozor munosabatlari tizimida tovarlar, ishlar va xizmatlar bahosi bozor konyunkturasi, ya’ni talab va taklifdan kelib chiqib belgilanadi. Kishilarni ehtiyojlari darajasi ham doimo kengayib bormoqda. Dunyoning barcha mamlakatlarida narx-navolarni asta-sekin oshib borishi kuzatilmoqda, ayrim mamlakatlarda esa bu holat keskinroq tarzda namoyon bo’lmoqda. Bozor munosabatlarini rivojlantirish dinamikasi iqtisodiy va ijtimoiy institutlar va mexanizmlarni o’zaro muvofiqlashtirish va uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish haqining eng kam miqdori oshirilganda yo’qotilgan ish haqi (daromad)ni jabrlanuvchining sog’lig’iga shikast yetkazilishi va uning vafoti munosabati bilan belgilangan boshqa to’lovlarni qoplash summalari qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining oshirilishiga mutanosib ravishda ko’paytiriladi. Odatda eng kam ish haqi miqdori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida belgilanadi. Ushbu qonun osti hujjatining ijrosi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar, korxonalar, muasasalar va tashkilotlar va ish beruvchi fuqarolar uchun majburiydir. Qonun hujjatiga asosan eng kam ish haqi miqdorini oshirish haqidagi norma amalga kiritilishidan oldin barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar, sud ijrochilari (jabrlanuvchilar ularga murojaat qilishlari yoki eslatishlaridan qat’iy nazar) yetkazilgan zararni qoplash miqdorlarini qayta hisoblab chiqarashlari shart. Javobgarlik subyektida tegishli mablag’larni yo’qligi yetkazilgan zararni qoplash miqdorini qayta hisoblashni amalga oshirishga to’sqinlik qilmaydi. Odatda jabrlanuvchining mehnat qobiliyati pasayishi yoki uning vafot etganiligi bilan bog’liq zararni qoplash har oylik to’lovlar bilan amalga oshiriladi. Demak, may oyi uchun mo’ljallangan to’lovlar iyun oyida emas, balki aynan may oyida berilish shart. May oyining to’lovi iyun oyida amalga oshirilsa, to’lov majburiyatlarini lozim darajada bajarilmaganidan dalolat beradi. Uzrli sabablar mavjud bo’lganda sud zarar yetkazuvchining (javobgarlik subyektining) imkoniyatlarini hisobga olib, jabrlanuvchining (undirish huquqiga ega bo’lgan fuqaroning) talabi bilan unga tegishli to’lovlarni bir yo’la, lekin uch yildan oshmagan davr uchun to’lashni belgilashi mumkin. Uzrli sabablar mavjudligidan dalolat beruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: - jabrlanuvchining og’ir mulkiy holati; - hayotdagi, turmushdagi qiyinchilik holatlarini bartaraf etish uchun yirik 449 sarf-har ajatlar qilish bo’yicha keskin zaruratni mavjudligi; - qarzdorni O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy istiqomad uchun chiqib ketish extimolining mavjudligi (agarda qarzdor chiqib ketishni mo’ljallagan davlat bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida huquqiy yordam to’g’risida shartnoma tuzilmaganligi sababli zararni undirish to’g’risidagi sud qarorini ijro etilmasiligiga yoxud ijroni qiyinlashtirishga olib kelishi mumkin bo’lsa). Qonun hujjatlarida uzrli sabablarni tugal ro’yxati berilmagan. Sud har bir holatda, muayyan va aniq sharoitlardan kelib chiqib jabrlanuvchini vajlarini uzrli yoki uzrsiz sabab sifatida baholash to’g’risida qaror qabul qiladi. Tegishli to’lovlarni bir yo’la undirishni qo’llashning asosiy shartlaridan biri javobgarlik subyektini (qarzdorni) ushbu to’lovlar summasini birdaniga to’lash imkoniyatlarining mavjudligi hisoblanadi. Bunda javobgarlik subyekti bo’lgan shaxslarning (jismoniy shaxsning ham , yuridik shaxsning ham ) mulkiy holati har taraflama o’rganiladi. Ushbu masalani xal etishda sud tegishli to’lovlar summasini bir yo’la to’lanishidan javobgarning manfaatdorligini e’tiborga oladi va javobgarni kelgusida to’lovlarni bir yo’la olishga nisbatan niyatini aniqlaydi. Uzrli sabablar mavjudligini isbotlash burchini sud da’vogar zimmasiga yuklaydi. O’z navbatida javobgar o’zining mulkiy holatini tasdiqlovchi dalillar taqdim etishi lozim. Sud kelgusida undirishni har oylik to’lovlar bo’yicha belgilash to’g’risida xal qiluv qarori chiqargandan keyin bir yo’la to’lov summasini undirish asoslari vujudga kelishi mumkin. Bu holda jabrlanuvchining yangi ochilgan holatlar bo’yicha talabi sifatida bir yo’la to’lovlar undirishni belgilash to’g’risidagi asoslar umumiy tartibda da’vo ish yuritilishi bo’yicha ko’rib chiqiladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, agarda vakolatli ekspert muasasasi tomonidan mehnat layoqatini yo’qotganlik muddati bir yil belgilangan bo’lsa, bir yo’la to’lovlarni undirish ham faqat shu muddat doirasida amalga oshirilishi mumkin. Zararni o’rnini qoplash to’lovlari undirilish jarayonida jabrlanuvchi tomonidan qilingan qo’shimcha sarf-har ajatlar uchun asoslar vujudga kelishi mumkin. Ushbu asoslar FKning 1014 moddasining 3-qismida belgilab qo’yilgan. Bunga ko’ra kelgusi vaqt uchun qo’shimcha har ajatlarni undirish tibbiy ekspertiza xulosasi asosida aniqlangan muddatlar doirasida amalga oshirilishi lozim. Tibbiy ekspertiza jabrlanuvchi uchun qilinishi lozim bo’lgan qo’shimcha sarf-har ajatlar turlari (davolanish, qo’shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez qo’ydirish va x.k.) va ularni qo’llash muddatlari to’g’risida (masalan, bir yil parxez taom berish va x.k.) xulosasi bunday qo’shimcha sarf har ajatlarni oldindan javobgarlik subyektidan undirish uchun asos bo’ladi. Bunday asoslardan yana biri tegishli xizmatlar va mol-mulk (sanatoriyga yo’llanma sotib olish, davolanish uchun boshqa xududga borilganda yo’l kira haqini oldindan to’lash, maxsus transport vositalari – velokolyaska, avtokolyaska va h.k.) qiymatini oldindan to’lash zarurati tug’ilganda amalga oshirilishi mumkin. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq to’lashga jabrlanuvchining muhtojligi nazarda tutiladi va ushbu holatlarni tasdiqlash uchun dalil-isbotlar 450 taqdim etish talab etilmaydi, chunki jabrlanuvchi zarar yyetkazilganligi sababli ushbu oldindan rejalashtirilmagan har ajatlar muammasiga duch kelmoqda. Jabrlanuvchi qonunga muvofiq majburiyatning bekor qilinishi yoki muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli bo’lgan hollarda bunday talab vaqti-vaqti bilan to’lab turiladigan tegishli to’lovlarni kapitallashtirish yo’li bilan qanoatlantiriladi. To’lovni amalga oshiradigan qarzdor korxona sotilganda jabrlanuvchi majburiyatini muddatidan oldin ijrosini talab qilishga haqli (FKning 492-moddasi 2-qismi). Muddatidan oldin ijro, agarda har oylik to’lovlarga nisbatan qo’llanilsa tegishli to’lovlarni kapitallashtirishni bir yo’la to’lov orqali amalga oshiriladi. Ushbu norma jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni real va to’liq qoplanishini o’ziga xos kafolati hisoblanadi (bu haqda batafsil qarang: FKning 1015-moddasi 2-qismiga sharxlar. Hayot va sog’liqqa yetkazilgan zarar belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan, qayta tashkil etilgan taqdirda (FKning 49- moddasi.) tegishli to’lovlarni to’lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida bo’ladi. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda vorislik masalalari FKning 50- moddasida belgilab qo’yilgan. Jabrlanuvchi zararning o’rnini qoplash to’g’risidagi talabnomani yuridik shaxs huquqiy vorisiga taqdim etadi. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish, bo’linish, qo’shib olish, ajratib chiqarish, o’zgartirish shaklida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar qo’shib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o’tadi. Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo’shilganida, bu yuridik shaxsga qo’shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq o’tadi. Yuridik shaxs bo’lingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o’tadi. Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o’tadi. Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy shakli o’zgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o’tadi. Ko’rinib turibdiki, bo’linish, ajratib chiqarishda bir yuridik shaxsdan bir necha yuridik shaxs vujudga keladi. Zararlarni undirish bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish subyekti taqsimlash balansida ko’rsatiladi. Qo’shib yuborishi, qo’shib olishda bir necha yuridik shaxs o’rniga bir yuridik shaxs vujudga keladi. Bunda topshirish balansi tuziladi. Topshirish hujjati va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlar bo’yicha, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar bo’yicha ham, huquqiy vorislik to’g’risidagi qoidalarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak (FKning 51-moddasi 1-qismi). Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik 451 shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar o’z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo’yicha solidar javobgar bo’ladilar. Yuridik shaxs qayta tuzilganida (tashkiliy-huquqiy shakli o’zgartirilganida) jabrlanuvchiga zararni qoplash bo’yicha to’lovlar to’lash majburiyati mulkchilik shakli, muasislar tarkibi o’zgarganidan qat’iy nazar, yangi tuzilgan yuridik shaxs zimmasiga yuklatiladi. Hayot va sog’liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to’lovlar ularni qonun hujjatlarida belgilangan qoidalariga ko’ra jabrlanuvchiga to’lash uchun kapitallashtirish lozim. Yuridik shaxs tugatilganda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o’tmasdan bekor bo’ladi. Yuridik shaxsni tugatish asoslari FKninn 53- moddasida nazarda tutilgan. Yuridik shaxs tugatilayotganda birinchi navbatda fuqarolarning hayotiga yoki sog’lig’iga zarar yyetkazilganligi uchun tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo’lgan fuqarolarning talablari ham tegishli vaqtbay to’lovlarni kapitallashtirish yo’li bilan qanoatlantiriladi (FKning 56-moddasi 1-qismi). Tom ma’noda kapitallashtirish – bu aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqarilgan barcha qimmatbaho qog’ozlarni kapitalga aylantirilgan umumiy summasidir. Kapitallashtirish obligatsiyalar, boshqa qarz majburiyatlari, imtiyozli va oddiy aksiyalarni va rezerv kapitalini qamrab oladi. Jabrlanuvchilarga to’lovlarni ta’minlash uchun kapitallashtirish turli shakllarda amalga oshiriladi. Masalan, tijorat bankida muayyan summaga maqsadli hisob raqami ochish yo’li bilan. Uning hajmi va foizlari jabrlanuvchilarga davriy to’lovlarni amalga oshirish uchun sarflanadi, demak, ushbu vazifani muayyan muddatga yoki doimiy bajarish uchun yetarli bo’lishi shart. Boshqa bir shaklda esa qimmatbaho qog’ozlar (aksiyalar, obligastiyalar, depozit sertifikatlari va sh.k.) paketi sotib olinadi, undan olinadigan dividentlar va foizlar yetkazilgan zararni qoplash bo’yicha majburiyatlarga xizmat qiladi (bunda ham asosiy shart – ularni yetarli bo’lishi hisoblanadi). O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2005 yil 11 fevraldagi “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash Qoidalari” to’g’risidagi 60-sonli Qarorining VI-bo’limida (42-49-bandlar) yuridik shaxslarni qayta tashkil etish yoki tugatishda zararni qoplash summalarini kapitallashtirish va to’lash tartibi belgilangan. Belgilangan tartibda xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar uchun javobgar deb e’tirof etilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo’shib yuborish, qo’shib olish, birlashtirish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) taqdirda zararni to’lash bo’yicha tegishli to’lovlarni to’lash majburiyati uchun uning huquqiy vorisi javob beradi. Zararni to’lash to’g’risidagi talab ham unga beriladi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bo’limlari zarar to’lanishi huquqiga 452 ega bo’lgan shaxslarning yashash joylari bo’yicha zarar summasi to’lovini mazkur Qoidalarga muvofiq hisoblab chiqilgan miqdorda amalga oshiradilar. Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yo’qligi yoki yetarli emasligi sababli to’lovlarni kapitallashtirish mumkin bo’lmagan hollarda belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to’lanadi. Jabrlanuvchi vafot etganligi sababli ko’rilgan zarar uchun javobgar shaxslar dafn etish uchun zarur bo’lgan har ajatlar o’rnini bu har ajatlarni qilgan shaxsga (mayyit egasiga) to’lashlari shart. Dafn etish uchun zarur bo’lgan har ajatlar hajmi va turlari normativ-huquqiy jihatdan belgilab qo’yilmagan. Biroq amalda ushbu sarf-har ajatlar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi: - marhum uchun qabr qazish bilan bog’liq har ajatlar; - marhumni dafn etishga tayyorlash bilan bog’liq har ajatlar (musulmonlar odatlari bo’yicha – murdani yuvish, kafanlik, janozani tashkil etish; xristian odatlari bo’yicha – tobut tayyorlash, kiyim-boshlar, gulchambarlar); - dafn etishni amalga oshirish, shu jumladan, transport har ajatlari. Urf-odat va marosimlar har ajatlari, ya’ni xudoyi, yigirma, qirq, yil oshi va sh.k. dafn har ajatlari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq bu javobgarlik subyektlari tomonidan bunday marosimlarni o’tkazish har ajatlarini ixtiyoriy ravishda to’liq yoki qisman o’z zimmalariga olishlariga to’sqinlik qilmaydi. Muayyan holatlardan kelib chiqib, murdani kremastiya qilish har ajatlarini ham javobgarlik subyektlari qoplash shart bo’lgan har ajatlar turkumiga kiritish mumkin. Taraflarni roziligi va talabi bilan dafn etish uchun zarur har ajatlar hajmi va xatto marosimlar sarf-har ajatlari miqdori oqilonalik tamoyillari asosida fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari yoki sud tomonidan belgilanadi. Odatda marhumni oilasiga (eri yoki xotiniga, farzanlariga yoxud dafn etish tashkil etish har ajatlarini amalda o’z zimmasiga olgan boshqa yaqin qarindoshlarga) belgilangan tartibda dafn etish nafaqasi to’lanadi, marhumni, oila a’zolarini ish joylaridan, mahalladan moddiy yordam ko’rsatiladi. Biroq ushbu mablag’lar dafn etish har ajatlarini o’rnini qoplash hisobiga kiritilmaydi. Dafn etish har ajatlarini to’lashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi (FKning 1004-moddasi 4-qismi). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling