Toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

3-§. Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan 
zararning o’rnini qoplash 
 
Fuqaroning hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-
mulkiga tovarning (ishning, xizmatning): 
- konstruktiv nuqsonlari; 
- retsepturaviy nuqsonlari; 
- boshqa nuqsonlari; 
- shuningdek tovar, ish, xizmat haqidagi ma’lumot noto’g’ri ekanligi; 
- tovar, ish, xizmat to’g’risida ma’lumot yetarli emasligi oqibatida 


453 
yetkazilgan zarar tovarni tayyorlovchi yoki sotuvchi, ishning yoki xizmatning 
ijrochisi tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnomaviy 
munosabatlarida bo’lgani yoki bo’lmaganidan qat’iy nazar qoplanishi lozim. 
Tovar konstruksiyasi eng avvalo uning shaklida, ko’rinishida ifodalanadi. 
Tovarning konstruktiv elementlari standartlarga va texnik shartlarga muvofiq 
bo’lishi lozim. Ko’pchilik tovarlar konstruksiyasi uning sifati va tayinlanishi 
maqsadiga yaroqliligini belgilab beradi. Agar tovar maxsus idishda yoki o’rovda 
sotilsa, ko’zdan kechirish orqali uning konstruktiv nuqsonlarini aniqlab bo’lmaydi. 
Ushbu nuqsonlar bo’yicha tovarni tayyorlovchi yoki sotuvchi ular to’g’risida 
xabardor ekanligidan qat’iy nazar, solidar javobgar bo’ladilar. 
Agarda tovarning konstruktiv nuqsonlari uning tashqi shakli bilan bog’liq 
bo’lsa, tovarning retsepturaviy nuqsonlari uning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari 
(eng avvalo kimyoviy, fizik tarkibi va sh.k.) shuningdek tovar (ish, xizmat)dan 
foydalanish qoidalaridagi kamchiliklar bilan bog’liq. Ushbu nuqsonlar 
iste’molchining e’tirozi asosida mutaxassislar tomonidan aniqlanadi. 
Qonunda tayyorlovchi (sotuvchi, ijrochi)ning huquqqa xilof qilmishi sifatida 
tovar (ish, xizmat)ning boshqa nuqsonlari ham ko’rsatib o’tiladi. Bunday 
nuqsonlarni tugal ro’yxatini oldindan belgilash qiyin – bunda nuqsonlarning 
harakteri emas, balki mol-mulkka (kishilar hayotiga, sog’lig’iga) yetkazilgan zarar 
sifatida ularning oqibatlari muhim ahamiyatga ega. 
O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish 
to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq tayyorlovchi, ijrochi sotuvchi iste’molchiga o’zi 
haqida va o’z faoliyatining qoidalari to’g’risida ma’lumot yetkazishi shart (5-m.). 
Tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi o’zi realizatsiya qilayotgan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) to’g’risida zaruriy, ishonchli va tushunarli ma’lumotlarni o’z vaqtida 
taqdim etishi shart. Odatda tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risida noto’g’ri 
ma’lumot berilganda iste’molchiga sifat ko’rsatkichlari mubolag’a bilan, oshirib, 
bo’rttirib yuborilgan ma’lumotlar taqdim etiladi (masalan, “Suv uchun filtr suvdagi 
yot aralashmalarni mutlaqo o’tkazmaydi” qabilida) va salbiy xususiyatlar 
to’g’risida lom-mim deyilmaydi (aytaylik o’sha filtrda sog’liq uchun zararli 
bo’lgan radioaktiv nur chiqaruvchi qurilma mavjud). Har ikkala holatda ham
axborot to’g’ri va real voqelikka to’g’ri kelmaydi. Iste’molchiga noto’g’ri 
ma’lumot berish oqibatlari “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi 
Qonunning 7-moddasida ko’rsatilgan. Bunda shuni unutmaslik lozimki, 
iste’molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto’g’ri va yetarli darajada to’liq 
bo’lmagan ma’lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to’g’risidagi talablari 
sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste’molchi 
maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi. Boshqacha 
aytganda, iste’molchi maxsus bilimga ega emas, iste’molchi mutaxassis emas 
tamoyili amal qiladi. 
Iste’molchilarga taqdim etiladigan axborotlar hajmi “Iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 5-6-moddalarida ko’rsatilgan. 
Jumladan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o’zi realizatsiya 
qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o’z vaqtida, zarur, to’g’ri va tushunarli 
ma’lumotlar berishi va ularda albatta quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi lozim: 


454 
- tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo’lgan 
normativ hujjatning nomi; 
- bahosi va sotib olish shartlari; 
- tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari: shu jumladan o’ziga 
xos xususiyatlari ro’yxati; 
- ayrim turdagi tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi; 
- ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari; 
- tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari ham da shartlari; 
- tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin 
iste’molchi nima ishlar qilish zarurligi, shuningdek, bunday ishlarni bajarmaslik 
natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlar to’g’risidagi ma’lumotlar; 
- ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo, 
e’tirozlar qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, ta’mirlash ishlarini 
bajaradigan va texnikaviy xizmat ko’rsatadigan korxonalarning manzillari; 
- ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, 
ro’yxatga olish va litsenziya guvohnomasi qayd raqami; 
- tovarlarni xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari; 
- sertifikatlashtirish haqidagi ma’lumotlar. 
Qonun hujjatlarida alohida turdagi boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risida 
iste’molchilarga taqdim etilishi shart bo’lgan boshqa zarur ma’lumotlar ro’yxati 
ham belgilab qo’yilishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 
30 avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi 
to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasida oziq-ovqat mahsulotlari realizatsiya 
qilinganda iste’molchiga taqdim etilishi majburiy bo’lgan axborotlar hajmi 
belgilab qo’yilgan. Agarda iste’molchiga taqdim etilgan ma’lumotlar ichida ushbu 
qonunda sanab o’tilgan ma’lumotlarning birontasi bo’lmasa, bu iste’molchiga 
zarur ma’lumotlarni bermaslik sifatida baholanadi.
Ushbu hollarda javobgarlik asosi sifatida zarar mol-mulkka yetkazilgan 
ziyon (shikastlanishi, nobud bo’lishi, yo’qotilishi) yoki shaxsga yetkazilgan ziyon 
(boquvchining o’limi yoki jaroxatlanishi yoxud sog’liqqa boshqacha shikast 
yetkazilishi oqibatida ish haqini (daromadni) yo’qotilishi yoki ta’minotdan 
mahrum bo’lish) tariqasida namoyon bo’ladi. 
Tovar, ish, xizmatlardagi nuqsonlar (moddiy va axborot harakteridagi 
kamchiliklar) bilan zarar o’rtasida sababli bog’lanish bo’lishi shart. 
Javobgarlik ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning aybidan qat’iy nazar 
(aybli bo’lganda ham, aybsiz bo’lganda ham) vujudga keladi. 
Zararni qoplanishini talab qilish huquqiga nafaqat tovar, ish, xizmatni sotib 
olgan, buyurtma bergan shaxslar, balki undan foydalanish jarayonida yoki 
boshqacha holatda zarar ko’rgan har qanday shaxs (iste’molchi) hisoblanadi. 
Agarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tovarlar, ishlar, 
xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida zarar yetsa, zarar yetkazganlik uchun 
javobgarlik umumiy asoslarda FKning 985-moddasiga asosan vujudga keladi. 
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)dagi nuqsonlar sababli yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlik subyekti bo’lib tovarlarni ishlab chiqaruvchisi, tovarlarni sotuvchisi, 
ishlar (xizmat)ni ijrochisi hisoblanadi. 


455 
Ishlab chiqaruvchi bo’lib realizatsiya qilingan tovarlarni tayyorlagan 
korxona, muassasa, tashkilot yoxud yakka tadbirkor hisoblanadi. 
Iste’molchiga maishiy, turar-joy va kommunal, qurilish-ta’mirlash, transport 
va boshqa soxalarda shartnoma asosida ish bajargan yoxud xizmat ko’rsatgan 
korxona, muassasa, tashkilot yoki yakka tadbirkor ijrochi deb tan olinadi. 
Tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi asosida realizatsiya qiluvchi korxona, 
muassasa, tashkilot yoki yakka tadbirkor sotuvchi bo’lib hisoblanadi. 
Tovarning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga 
ko’ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishlab chiqaruvchisi tomonidan 
qoplanishi lozim. Bunda tanlash huquqi mutlaqo iste’molchiga tegishli. 
Ishlar (xizmatlarning) nuqsoni oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan 
yoki xizmatni ko’rsatgan shaxs, ya’ni ijrochi tomonidan qoplanishi lozim. Agarda 
ish bir necha subyektlar tomonidan bajarilgan bo’lsa (bosh pudratchi va yordamchi 
pudratchilar bo’lsa), javobgarlik subyekti FKning 634-moddasida belgilangan 
qoidalar asosida belgilanadi. 
Tovar (ish, xizmat) to’g’risida to’liq yoki ishonchli ma’lumot bermaganlik 
oqibatida yetkazilgan zarar iste’molchining tanloviga ko’ra tovarni tayyorlovchi 
yoki tovarni sotuvchi, ish (xizmat) ijrochisi tomonidan qoplanadi. 
Agarda tovardagi nuqsonlar tovar ishlab chiqaruvchining aybi bilan sodir 
bo’lgan, tovarlarni sotuvchi jabrlanuvchi (iste’molchi) oldida zararlarni qoplagan 
bo’lsa, umumiy asoslarda regress huquqiga ega. 
Tovarning (ishning, xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar, agar 
u tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan yaroqlilik muddatlari mobaynida 
yetkazilgan bo’lsa, qoplanadi. 
Qonun hujjatlarida, shu jumladan, davlat standartlarida tovar o’z vazifasi 
bo’yicha foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi deb hisoblanadigan vaqt 
(yaroqlilik muddati) belgilanishi mumkin (FKning 405-moddasi 1-qismi). 
Yaroqlilik (saqlash) muddati-muayyan davr bo’lib, bu davrda tovar foydalanishga 
yaroqli bo’ladi va u tamom bo’lgach, tovar odamlar hayoti hamda sog’lig’i uchun 
xavf tug’dirishi mumkin. Xizmat muddati – tovardan foydalanishning belgilangan 
muddati bo’lib, u tamom bo’lgach, tovarning texnik holatidan qat’iy nazar, undan 
foydalanish to’xtaladi. (“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi 
Qonunning 1-moddasi). Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yaroqlilik muddati tovarlar, 
ishlar, xizmatlar xavfsizligini ta’minlashning asosiy yuridik vositasi hisoblanadi. 
Odatda yaroqlilik muddati foydalanish jarayonida to’liq iste’mol qilinadigan 
tovarlarga (ish natijalariga), ya’ni oziq-ovqatlar, dori-darmon vositalari, pardoz va 
parfyumeri mahsulotlari, maishiy kimyo buyumlari va shu kabilarga belgilanadi. 
Ular iste’mol qilinadigan ashyolar hisoblanadi. 
Xizmat muddati esa uzoq muddat foydalaniladigan, foydalanish jarayonida 
garchi o’zgarishlarga duchor bo’lsa ham , to’liq iste’mol qilinmaydigan tovarlar 
(ishlarning natijalari)ga belgilanadi. Ular jumlasiga texnik murakkab qurilmalar
mashinalar, 
mexanizmlar, 
agregatlar, 
samolyotlar, 
ularning 
dvigatellari, 
shuningdek, boshqa ashyolar (kiyim-bosh, poyafzallar, bino va sh.k.) kiradi. Ular 
iste’mol qilinmaydigan ashyolar hisoblanadi. 
Sotuvchi yaroqlilik muddati belgilangan tovarni sotib oluvchiga shunday 


456 
mo’ljal bilan topshirish kerakki, toki undan yaroqlilik muddati tugagunga qadar o’z 
vazifasi bo’yicha foydalanish mumkin bo’lsin. Tovarning yaroqlilik muddati tovar 
tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli bo’lib turadigan sana bilan 
belgilanadi. 
Tovarning yaroqlilik muddatini o’tishi kishilar hayoti va sog’lig’iga xavf 
tug’diradigan barcha xollarda ishlab chiqaruvchi tovarning yaroqlilik muddatini 
(xizmat muddatini) belgilashi shart. Davolash vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari 
va maishiy kimyo buyumlarida tovarni chiqarilish sanasi, yaroqlilik muddati va 
saqlash shartlari ko’rsatilish lozim. Sotuvchilarni yaroqlilik muddati o’tgan yoki 
ushbu muddat ko’rsatilmagan tovarlarni qabul qilish va realizatsiya qilishi 
ta’qiqlanadi. Agarda tovarni yaroqlilik muddati o’tganidan keyin ham foydalanish 
va iste’mol qilish kishilar hayoti va sog’lig’i uchun xavfsiz bo’lsa, yaroqlilik 
muddatini belgilash ishlab chiqaruvchining majburiyati emas, balki huquqidir. 
Tovarni yaroqlilik yoki xizmat muddatini ko’rsatish ishlab chiqaruvchi (ijrochi) 
uchun majbur bo’lmagan xollarda FKning 1019-moddasini qo’llashda ikki xil 
vaziyat vujudga kelishi mumkin: agarda ishlab chiqaruvchi bunday muddatni 
belgilab qo’ygan bo’lsa, zarar shu muddat davomida yetkazilgan taqdirda 
qoplanadi, agarda yaroqlilik muddati belgilanmagan bo’lsa, tovar ishlab 
chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab o’n yil mobaynida 
qoplanishi lozim. 
FKning 1019-moddasi 1-qismida belgilangan o’n yillik muddat tovarlar, 
ishlar, xizmatlardan tadbirkorlik bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda 
foydalanayotgan iste’molchilar va boshqa subyektlarni huquqlarini ishonchli va 
oqilona himoya qilishni ta’minlaydi. Boshqa jihatdan olganda ushbu muddat 
qonunlarda tegishli o’xshash vaziyatlarda qo’llaniladigan muddatlar bilan aynan 
bir xil (masalan, FKning 682-moddasi 1-qismiga muvofiq qurilish pudrati bo’yicha 
kafolat muddati agar qonunda yoki shartnomada boshqacha belgilangan bo’lmasa, 
obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilingandan boshlab o’n yil qilib 
belgilangan). 
“Iste’molchilar 
huquqlarini 
himoya 
qilish 
to’g’risida”gi 
Qonunning12-moddasi 3-qismiga ko’ra ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tovar (ish, 
xizmat)ning xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida, agar bunday 
muddat belgilangan bo’lmasa, tovar iste’molchiga sotilgan (ish bajarilgan) kundan 
e’tiboran o’n yil mobaynida uning xavfsiz bo’lishini ta’minlashi shart. Muayyan 
turdagi tovarlar bo’yicha normativlarda (standartlarda) tovarni yaroqlilik muddati 
belgilangan bo’lsa, biroq bunday ma’lumot tovarda bo’lmasa, “Iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasi 2-qismida tovar 
(ish, xizmat)ning nuqsonlari natijasida yetkazilgan zararni qoplashda da’vo 
muddatlarini qo’llamaslik shartlari belgilab qo’yilgan. Boshqacha aytganda 
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nuqsonlari natijasida yetkazilgan hech qanday 
muddatlar bilan chegaralanmagan xolda qoplanadi, agarda: 
- qonun talablari buzilib yaroqlilik muddati belgilanmagan bo’lsa (masalan, 
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasi 6-
qismida xuddi shunday talablar mustaxkamlab qo’yilgan); 
- tovarni sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan foydalangan shaxs 
yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zarur bo’lgan harakatlarni qilishi to’g’risida 


457 
va ko’rsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo’lgan 
oqibatlar to’g’risida ogoxlantirilmagan bo’lsa. Qonun ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, 
ijrochi zimmasiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risida to’liq, zarur, ishonchli va 
tushunarli ma’lumot berish majburiyatini yuklaydi. Ma’lumotni tushunarli 
bo’lishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Masalan, muayyan tovardan foydalanish 
qoidalarida uni utilizatsiya qilish shartlari ingliz tilida yozilgan. Agar tovar 
O’zbekistonda realizatsiya qilinsa, qonun talablari buziladi. Agarda ushbu tovardan 
foydalanib bo’lingandan keyin tashlab yuborilgach, undagi simob yoki kislota 
boshqa shaxslarga sog’lig’iga zarar yetkazsa, ushbu sharxlanayotgan moddaning 2-
qismi 2-b. qo’llashga asos bo’ladi.
Iste’molchini ogoxlantirish (tovar, ish, xizmat xossalari va xususiyatlari 
to’g’risida) har doim yozma shaklda rasmiylashtirilmog’i lozim. Amalda ba’zi 
xollarda iste’molchi qo’llanmalar, foydalanish qoidalarining eslatma yoki qaydlar 
uchun deb nomlangan qismlariga tovardan foydalanish qoidalari tanishganligi 
to’g’risida imzo chekadi. Iste’molchini qonun talab qilgan ma’lumotlar bilan 
tanishtirish, taqdim etish jarayoniga bunday formal, yuzaki, xo’jako’rsinga va 
e’tiborsizlik bilan yondoshmaslik lozim. Tovardagi ogoxlantirish yozuvlari yaqqol 
ko’zga tashlanadigan, e’tiborni jalb qiladigan shaklda berilishi maqsadga muvofiq. 
Masalan, ko’p xollarda maxsus avtomobillarga katta-katta har flar bilan 
“Yong’indan xavfli” , “Tayanch qo’yilmasdan ishlanmasin”, “Odam tashish 
mumkin emas” kabi yozuvlar qonun talablarini amaldagi ijrosi hisoblanadi. 
Shuni unutmaslik kerakki, ba’zi tovarlar foydalanish jarayonida zarar 
keltirmaydi, biroq xizmat muddati tugugandan keyin ularni shunchaki tashlab 
yuborish, yo’q qilib tashlash, buzib tashlash yoki o’zbilarmonlik bilan utillashtirish 
mumkin emas (uning tarkibiy qismlar germetikligi buzilganda zahar li gazlar
moddalar chiqishi, kishilar sog’lig’i yoki hayotiga xavf tug’dirishi mumkin). 
Xuddi shu sababli ham qonunda ishlab chiqaruvchi zimmasiga tovarni yaroqlilik 
muddati tugagandan keyin zarur bo’lgan harakatlarni qilish to’g’risida 
(utillashtirishni maxsus usullari, zararsizlantirish yo’llari, maxsus saqlash shartlari 
va x.k.) va ko’rsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin 
bo’lgan oqibatlar (portlash, zahar lanish va shu kabilari natijasida kishilar hayoti va 
sog’lig’iga xavf tug’dirishi) to’g’risida ogoxlantirish majburiyatini yuklaydi. 
Tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishning (xizmatning) ijrochisi 
zarar yyengib bo’lmas kuch ta’sirida yetkazilganligi isbotlangan xolda 
javobgarlikdan ozod qilinadi. Yengib bo’lmaydigan kuch va favqulotda vaziyatlar 
(fors-major holatlari) mohiyati, harakteri va ular sodir bo’lishini yuridik oqibatlari 
to’g’risida FKning 333-moddasida belgilab qo’yilgan. Yyengib bo’lmas kuch 
tovarga ta’sir ko’rsatishi natijasida (masalan, zilzila natijasida zaharli moddalar 
ombori buzilib, kishilar sog’lig’iga shikast yetkazishi) zarar yetkazishda tovar 
ishlab chiqaruvchining aybi mavjud emas, binobarin uning javobgarligi istisno 
etiladi. 
Tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishning (xizmatning) ijrochisi 
zarar iste’molchi tovarlarni saqlash yoki ulardan foydalanish yuzasidan 
belgilangan qoidalarni buzish oqibatida yetkazilganligini isbotlagan xollarda ham
javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda iste’molchi tomonidan tovardan (ishdan, 


458 
xizmatdan) foydalanish, saqlash, tovarlarni tashish, utillashtirish bo’yicha 
belgilangan qoidalar buzilishi oqibatida zarar vujudga keladi. 
Foydalanish 
(saqlash, 
transportirovka 
qilish, 
utilizatsiyalashtirish) 
qoidalarida rioya qilmaslik yoxud lozim darajada rioya qilmaslik deyilganda 
tovarlar, ishlar, xizmatlar to’g’risidagi axborotlar orqali yetkazilgan odatdagi yoki 
maxsus qoidalarni buzilishi tushuniladi. Ushbu qoidaga iste’molchining rioya 
qilmasligi yoki lozim darajada rioya qilmasligi uning aybi mavjudligini anglatadi. 
Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar sababli iste’molchiga zarar 
yyetkazilganda ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, ijrochi javobgarligini istisno etuvchi 
holatlar mavjudligini isbotlash burchi ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, ijrochi 
zimmasiga yuklanadi. 
Agar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xavfli xossalarga ega bo’lgan tovarni 
qaytarib olish yuzasidan barcha zarur choralarni ko’rgan bo’lsa, u iste’molchi 
mazkur tovardan foydalanishni davom ettiraverishi tufayli yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlikdan ozod qilinadi (“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish 
to’g’risida”gi Qonunning 12-moddasi 11-q.). 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling