Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Zararni qoplash usullari. Delikt majburiyatlari uchun umuman fuqarolik-
huquqiy javobgarlik uchun yetkazilgan zararni qoplash usullari muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi navbatda yetkazilgan zararni qoplash usullarining xilma xilligi jabrlanuvchi uchun qaysidir ma’noda «yupanch» vazifasini bajaradi. Chunki, aynan zararni qoplash usullarini tanlash orqali jabrlanuvchi o’zi uchun adolat qaror topishiga, o’zi tanlagan asoslarda zarar qoplanishiga umid uyg’otadi. Ta’kidlash lozimki, zararni qoplash usullarini belgilash fuqarolik-huquiy javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Zero, yuridik javobgarlikning boshqa turlarida jabrlanuvchi huquqbuzarga nisbatan javobgarlikning u yoki bu chorasini belgilash huquqiga ega bo’lmaydi. Fuqarolik- huquqiy javobgarlikda jabrlanuvchiga nisbatan bunday imkoniyatning berilishi fuqarolik-huquqiy javobgarlikning mulkiy ko’rinishda bo’lishi va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish ham subyektiv fuqarolik huquqi ekanligi bilan belgilanadi. FKning 1003-moddasiga muvofiq, sud zararni qoplash to’g’risidagi talabni qanoatlantirar ekan, ish holatlariga muvofiq ravishda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga zararni aslicha qoplash (o’shanday turdagi va sifatdagi ashyoni taqdim etish, shikastlangan ashyoni tuzatish va hokazo) yoki yetkazilgan zararni to’lash majburiyatini yuklaydi. Yetkazilgan zararni qoplash usullari FKning 1003 moddasida ikkiga bo’linadi: - zararni aslicha qoplash; - yetkazilgan zararni to’lash. Umumiy ma’noda sud zararni qoplash to’g’risidagi talabni qondirishda zarar miqdorini pul summasi ko’rinishida belgilashi ham mumkin. Biroq ish holatlariga ko’ra huquqbuzarning huquqqa xilof harakati natijasida jabrlanuvchiga tegishli mol-mulk shikastlangan bo’lsa yoki uning mol-mulki nobud bo’lgan bo’lsa, 435 jabrlanuvchi shikastlangan mol-mulk huquqbuzar hisobidan tuzatilishini yoki nobud bo’lgan mol-mulk o’rniga aynan shunday ashyoni taqdim etishni talab etishga haqli bo’ladi. Bunday vaziyatda huquqbuzar ashyoni natura holida taqdim etishni rad etishga haqli bo’lmaydi. Yetkazilgan zararni to’lashda esa, huquqbuzar FKning 14-moddasiga muvofiq, haqiqiy zarar, boy berilgan foyda va ma’naviy zararni to’lashi lozim bo’ladi. Bunday zararlar jumlasiga mol-mulkning shikastlanishi yoki fuqaroning sog’lig’i va hayotiga yetkazilgan zarar, fuqaroning ish haqi, fuqarolik-huquqiy shartnomalardan oladigan daromadlari, mualliflik haqi va boshqa daromadlari ham kiradi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling