Toshkent davlat yuridik universiteti


 Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

3. Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar 
taraflar, ularning huquq va majburiyatlari 
FKning 1023-moddasida asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan 
majburiyatlar taraflari sifatida “mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs 
(qo’lga kirituvchi)” hamda “belgilangan asoslarsiz ixtiyoridan mol mulk chiqib 
ketayotgan boshqa shaxs (jabrlanuvchi)” ko’rsatilgan. Boshqacha qilib aytganda, 
ushbu majburiyatda qarzdor sifatida huquqiy asoslarsiz mulkiy foyda (daromad) 
kelgan shaxs qatnashsa, kreditor sifatida esa ushbu holat uning hisobidan vujudga 
kelgan va natijada zarar ko’rgan shaxs ishtirok etadi. 
Asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylik bo’yicha majburiyatlarning 
subyekti bo’lib, asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan mol-mulkni yoki mulkiy 
(talab qilish) huquqini qo’lga kiritgan qarzdor va bu mulkni yoki mulkiy huquqni 
talab kilish huquqi ega bo’lgan haqiqiy mulkdor (kreditor) bo’lishi mumkin. Bunda 
qarzdor va kreditor bo’lib fuqarolar, jumladan, muomalaga layoqatsiz shaxslar 
ham, huquq subyektliligi xarakteridan kati nazar, yuridik shaxslar ham bo’lishi 
mumkin. 
Asossiz boylik orttirishdan kelib chiqadigan majburiyatlar asosan pul 
majburiyatlariga nisbatan qo’llaniladi. Bunda asossiz ravishda olingan yoki tejab 
qolingan pul mablag’lari boshqa shaxsning mulki bilan qo’shilishi natijasida egasiz 
mulkka (mulkiy huquqqa) aylanadi. Bir qarashda ushbu holatga nisbatan e’tiroz 
bo’lishi mumkin emasdek bo’lib tuyuladi va bunda pul mablag’lari tasarrufiga 
o’tgan shaxsda huquq paydo bo’ladi, biroq, unda buning uchun huquqiy asos 
mavjud bo’lmaydi. Shu boisdan ham pul mablag’lari unga nisbatan huquqqa ega 
bo’lmagan shaxsdan olinib, unga nisbatan huquqi bo’lgan shaxsga qaytarilishi 
shart.
Asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylik majburiyatlarning obyekti 
bo’lib, asossiz boylik orttirgan shaxsning asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan 
boylikni kreditorga qaytarishi bo’yicha qiladigan harakatlari hisoblanadi. Asossiz 
orttirilgan boylikni talab qiluvchi kreditor mavjud bo’lmagan hollarda mulk davlat 
byudjetiga yoki qonunga muvofiq tegishli muassasaga o’tkaziladi. Bunday 
majburiyatlarning mazmuni jabrlanuvchining asossiz orttirilgan boylikni asl holida 
yoki pul summasida asossiz boylik orttirgan shaxsdan talab qilish huquqi va bu 
qarzdorning asossiz orttirilgan boylikni jabrlanuvchiga qaytarish majburiyatidan 
iboratdir. 
Majburiyatda kreditorning subyektiv huquqi asossiz orttirilgan yoki tejab 
qolingan boylikni unga tegishli bo’lgan barcha daromadlari bilan birgalikda hamda 
harajatlarni chegirib qolgan holda talab qilishning huquqiy ta’minlangan 
imkoniyati hisoblanadi. O’z navbatida subyektiv majburiyat qarzdorning 
majburiyat yuzasidan muayyan harakatlarni amalga oshirish ya’ni, kreditorga 
tegishli bo’lgan boylikni unga tegishli bo’lgan barcha daromadlari bilan birgalikda 
hamda harajatlarni chegirib qolgan holda qaytarishni nazarda tutadi. Asossiz 
olingan yoki tejab qolingan mol-mulk qaytarilganida yoxud uning qiymati 
to’langanida qo’lga kirituvchi daromadlarni qaytarishi shart bo’lgan vaqtdan 


471 
boshlab mol-mulkni saqlab turish va asrash uchun qilingan zarur xarajatlarni o’zi 
olgan nafni e’tiborga olgan holda to’lashni jabrlanuvchidan talab qilishga haqli. 
Biroq, qo’lga kirituvchi qaytarilishi lozim bo’lgan mol-mulkni bila turib bermay 
turgan hollarda xarajatlarni undirish huquqi yo’qoladi. 
Demak, bu o’rinda birinchi o’ringa jabrlanuvchiga tegishli mol mulkni 
(boylikni) asl holida qaytarish majburiyati qo’yiladi. Asossiz orttirilgan boylikni 
qaytarish majburiyati uni assossiz ekanligini qarzdor bilgan yoki bilishi lozim 
bo’lganiga bog’liq emas. Shu boisdan, asossiz ekanligini qarzdor bilgan yoki 
bilishi lozim bo’lganidan qat’iy nazar talab qanoatlantirilishi lozim. Qo’lga 
kirituvchi jabrlanuvchining oldida har qanday, shu jumladan u orttirilgan 
boylikning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan paytdan keyin asossiz 
qo’lga kiritilgan yoki tejab qolingan mol-mulkning tasodifiy etishmovchiligi yoki 
yomonlashuvi uchun javobgar bo’ladi. Bu paytgacha u qasd va qo’pol ehtiyotsizlik 
uchungina javobgar bo’ladi. Bunday holatda mol mulkni yomonlashtirganlik yoki 
kamchilikni vujudga kelishida qaysi tarafning mas’ul ekanligi aniqlanishi talab 
qilinadi. 
Mol-mulkni asossiz olgan yoki tejab qolgan shaxs boylikning asossiz 
orttirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan vaqtdan boshlab ana shu mol-
mulkdan chiqarib olgan yoki chiqarib olishi lozim bo’lgan barcha daromadlarni 
jabrlanuvchiga qaytarishi yoki to’lashi shart. Asossiz orttirilgan pul summasiga, 
qo’lga kirituvchi pul mablag’larini olish yoki tejab qolishning asossizligini bilgan 
yoki bilishi lozim bo’lgan vaqtdan boshlab, o’zganing mablag’laridan 
foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi lozim (FK 1028-modda). 
FKning 327-moddasida boshqa shaxslarning pul mablag’larini g’ayriqonuniy 
ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to’lashni boshqacha 
tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg’arish 
natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag’lar summasiga foiz 
to’lanishi kerakligi belgilangan. Bunda foizlar g’ayriqonuniy ushlab turilgan, 
foydalanilgan pul mablag’lari miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Demak, FKning 
327-moddasida belgilangan foizlar to’lash haqidagi talabni asossiz boylik orttirish 
oqibatida kelib chiqadigan majburiyat sifatida ko’rish mumkin. Garchi foizlarni 
to’lash haqidagi talab shartnomaviy majburiyatni bajarmaganlik natijasida kelib 
chiqsada, asosiy qarzni qaytarish haqidagi talab shartnomaviy da’vo, foizlarni 
to’lash haqidagi talab esa, shartnomadan tashqari asossiz boylik orttirish oqibatida 
kelib chiqadigan majburiyat hisoblanadi va shartnomaviy da’voga yo’ldosh 
bo’ladi. 
Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl holida qaytarishning 
imkoniyati bo’lmagan taqdirda, qo’lga kirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-mulkning 
qo’lga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini to’lashi, shuningdek agar qo’lga 
kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning 
qiymatini to’lamagan bo’lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o’zgarishi tufayli 
ko’rilgan zararni to’lashi lozim. Egallab olish niyatisiz o’zganing mol-mulkidan 
yoki o’zganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxs jabrlanuvchiga 
bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va 
o’sha joyda mavjud narx bo’yicha to’lashi lozim bo’ladi. Ya’ni, narx navoning u 


472 
yoki bu tarafga o’zgarishi ahamiyatga ega bo’lmaydi va foydalanish narxi 
foydalanishning tugashi vaqti bilan aniqlanadi. Shu bilan birgalikda foydalanish 
narxi qaysi joyda foydalanilgani, agar turli joyda foydalanilgan bo’lsa, u holda 
foydalanish tugallangan joy hisobga olinadi. 
FKning 1027-moddasida huquqni boshqa shaxsga asossiz berish oqibatlari 
nazarda tutilgan. Bunda birmuncha murakkab vaziyat vujudga keladi. Shaxsga 
biron bir huquq (masalan, mulk huquqi yoki majburiyat yuzasidan kreditor huquqi) 
tegishli bo’ladi. Ushbu shaxs o’zini boshqa bir shaxs bilan majburiyat orqali 
bog’langan deb hisoblaydi, biroq aslida bunday majburiyat umuman yo’q yoki 
haqiqiy majburiyat emas. Ushbu (mavjud bo’lmagan yoki haqiqiy bo’lmagan) 
majburiyatni bajarish maqsadida huquq egasi garchi bunga asos bo’lmasa ham 
ko’rsatilgan shaxsga o’z huquqlarini o’tkazadi. Ushbu holatda huquqini o’tkazgan 
shaxs ilgarigi holatini tiklanishini shu jumladan huquqni o’tkazilganligini 
tasdiqlovchi hujjatlarni qaytarilishini talab qilishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling