Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV B O’ L I M. 59-BOB. INTELLEKTUAL MULK HUQUQI 1 §. Intellektual mulk obyektlarining o’ziga xos xususiyatlari
Nazorat uchun savollar:
1. Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar boshqa fuqarolik huquqiy majburiyatlardan nimasi bilan farq qiladi? 2. Huquqni boshqa shaxsga asossiz berish oqibatlari haqida fikringizni bayon qiladi? 3. Zarafshon qishlog’i fuqarosi Hamidovnikidan uy qurilishi uchun tayyorlab qo’yilgan o’n dona yog’ochni o’g’irlab ketishdi. Ikki haftadan so’ng unga yog’och o’g’irlagan kunning ertasiga qo’shni qishloqlik Tolipov degan kimsa arzon garovga noma’lum haydovchidan o’nta yog’och sotib olganligi ma’lum bo’ldi. Tolipovning oldiga kelgan Hamidov tasodifan saqlanib qolgan yog’ochdagi belgilardan o’zining yog’ochlarini tanib qoldi. Lekin yog’ochlar Tolipov qurgan og’ilxonaga ishlatilgan edi. Hamidov Tolipovdan o’g’irlangan yog’ochlarning narxini yoki shunga o’xshash o’n dona yog’och berishni talab qildi. Tolipov noma’lum haydovchidan yog’ochlarni sotib olganligini inkor etmaydi, lekin u yog’ochlarning o’g’irlanganligini bilmasligini aytib Hamidovning talabiga rad javobini berdi. Hamidov Tolipovdan o’g’irlangan yog’ochlarning narxini undirib berishni so’rab sudga murojaat etdi. Sud qanday qaror chiqarishi kerak? Agar yog’ochlarni shofyor Olimov o’g’irlab Tolipovga sotganligi aniqlansa sud qarori o’zgaradimi? 473 IV B O’ L I M. 59-BOB. INTELLEKTUAL MULK HUQUQI 1 §. Intellektual mulk obyektlarining o’ziga xos xususiyatlari Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining alohida o’ziga xos obyekti bo’lib hisoblanadi. «Intellekt» lotincha so’z bo’lib, «aql» ma’nosini anglatadi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari — ashyolar, qimmatbaho qog’ozlardan quyidagi xususiyatlari bo’yicha farq qiladi: a) ko’p hollarda intellektual mulk obyektlari moddiy ko’rinishda emas, balki, g’oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo’ladi. Obyektiv shaklda ifodalangan g’oya, bilim moddiy eltuvchida, moddiy ifodada, masalan, chizma, maket, apparat, qurilmada mujassamlashgan bo’lishi mumkin, biroq, bunda g’oya, bilim birlamchi, uning moddiy mujassami har doim ikkilamchi bo’ladi; b) g’oya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) bunday obyektlardan bir vaqtning o’zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olishi mumkin; g) intellektual mulk huquqi obyektlariga mulk huquqining muddatsizligi haqidagi qoida (FKning 164-moddasi) qo’llanilmaydi. Binobarin, ko’pchilik hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni hisobga olmaganda) intellektual mulk huquqi amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan bo’ladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar o’tishi bilan intellektual mulk huquqi sohibining intellektual mulkning muayyan obyektiga nisbatan huquqlari bekor bo’ladi va bu obyektlar umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan ma’lum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli bo’ladi; e) intellektual mulk huquqi obyektlari g’oya ko’rinishida bo’lgan hollarda ularni ashyolar singari egallash mumkin emasligi, ulardan bir vaqtning o’zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olish imkoniyatlari mavjudligi sababli bunday obyektlarga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsion da’voni qo’llash (FKning 228-moddasi) imkoniyati amalda mavjud emas; y) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqi emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qo’llaniladi; j) intellektual mulk huquqining amal qilishi, ayni vaqtda, ma’lum hudud bilan ham chegaralangan bo’ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan patent O’zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o’rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan hududlardagina amal qiladi; z) ko’pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan ularning mualliflari shaxsiy huquqlari mavjud bo’lib, bu obyektlardan foydalanuvchilar ushbu shaxsiy huquqlarga rioya qilishlari lozim bo’ladi. Intellektual mulk obyektlari bu obyektlarning qanday faoliyat mahsuli ekanligi, ularning huquqiy rejimi va shu kabi xususiyatlariga qarab quyidagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling