Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

3 §. Intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish 
asoslari 
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda bu 
obyektlarga nisbatan subyektiv huquqlar sohibi huquqlarining qonuniy jihatdan 
qo’riqlashini vujudga keltirish asoslari tushuniladi. Binobarin, intellektual mulk 
obyekti o’z-o’zidan huquqiy muhofaza ostiga olinmaydi, balki bu obyektga 
nisbatan subyektiv huquqlarga ega bo’lgan shaxslar (muallifning shaxsiy 
huquqlari, 
mutlaq 
huquqlar 
sohibining 
huquqlari, 
litsenziya 
asosida 
foydalanuvchining huquqlari, avvaldan foydalanuvchining huquqlari va shu 
kabilar) huquqlari huquqiy jihatdan muhofaza ostiga olinadi. 
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza ostiga olish: 
- ularning yaratilganlilik fakti asosida; 
110
Каудиров Т.Е. Гражданско-правовая охрана объектов промышленной собственности в Республике 
Казахстан. Докторлик диссертацияси автореферати. -Алматы. 2002. 18-19-б. 


481 
- FKda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda 
vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza hujjati berilishi asosida 
vujudga keladi. 
Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqiy muhofaza berish shartlari 
qonun bilan belgilanadi. 
Intellektual obyektlarning quyidagi turlari bo’yicha ularni huquqiy muhofaza 
qilish ularning yaratilishi (vujudga kelish) fakti asosida sodir bo’ladi: 
- fan, adabiyot, san’at asarlari; 
- EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; 
- ijrolar, ijrolarni sahnalashtirish, eshittirish va ko’rsatuvlar; 
- topologik va integral sxemalar.
Bunda obyekt ijodkor tomonidan og’zaki, yozma, tasvir shaklida yoki 
boshqalar tomonidan idrok etish (qabul qilish) uchun imkon beradigan boshqa 
obyektiv shaklda mujassam etilishi bilan yaratilgan hisoblanadi. Binobarin, shu 
vaqtdan boshlab unga nisbatan boshqa shaxslarda subyektiv huquqlar vujudga 
keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Bunday holda obyektdan uchinchi 
shaxslarning foydalangan bo’lishi, obyekt ro’yxatdan o’tkazilishi yoki boshqa 
rasmiyatchiliklarga rioya etilishi talab etilmaydi. Hatto obyekt keyinchalik 
ro’yxatdan o’tkazilishi lozimligi haqidagi qoida mavjud bo’lsa ham (masalan, 
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari uchun davlat ro’yxati mavjud) bu 
holat ularning huquqiy muhofaza qilish holatiga ta’sir etmaydi. Bunda intellektual 
mulk obyektlari O’zbekiston Respublikasi hududida yoki xorijiy davlat hududida 
yaratilganligi fakti ahamiyatga ega emas. 
Intellektual mulkning bir qator obyektlarini huquqiy muhofaza qilish FKda 
yoki boshqa qonunlarda (masalan, «Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari 
to’g’risida»gi Qonun, Seleksiya yutuqlari haqidagi qonun va shu kabilar) 
belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi 
orqali vujudga keladi. Buning uchun intellektual mulk obyekgiga nisbatan o’z 
subyektiv huquqlarining e’tirof etilishiga haqli bo’lgan manfaatdor fuqaro yoki 
yuridik shaxs belgilangan tartibda vakolatli davlat organiga murojaat etishi va o’z 
talabini asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Talab qanoatlantirilgan 
hollarda vakolatli davlat organi fuqaro yoki yuridik shaxsni intellektual mulk 
obyektiga nisbatan subyektiv huquqlari muhofaza ostiga olinganligini bildiruvchi 
hujjat (patent, guvohnoma, qayd etilganlik haqidagi shahodatnoma), huquqiy 
muhofaza yorlig’i beradi. Vakolatli davlat organi bunday talabni rad etgan taqdirda 
bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi. Qaror ustidan Apellatsion kengashga yoki 
sudga qonunlarda belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin. 
Vakolatli davlat organi (ko’p obyektlar bo’yicha bunday organ bo’lib 
O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hisoblanadi) huquqiy 
muhofaza yorlig’i berishda quyidagi holatlarni, albatta, o’rganib chiqadi: 
a) huquqiy muhofaza berilishi so’ralayotgan obyekt intellektual mulk 
obyekti sifatida tegishli xususiyatlarga egami, yo’qmi; 
b) o’z nomiga huquqiy muhofaza yorlig’i berilishini so’rab murojaat 
qilayotgan fuqaro yoki yuridik shaxs talabi qonuniy asoslarga egami, yo’qmi; 
v) huquqiy muhofaza yorlig’i berilishi boshqa shaxslarning qonuniy huquq 


482 
va manfaatlariga putur yetkazmaydimi va hokazo. 
Ayrim turdagi intellektual mulk obyektlarini vakolatli davlat organi 
tomonidan huquqiy muhofaza yorlig’i asosida huquqiy qo’riqlanishi bo’yicha 
tartib belgilanganligining ahamiyati shundan iboratki, bunda, birinchidan, huquqiy 
muhofaza yorlig’i intellektual mulk obyektlarining sifat-jihatidan tegishli 
talablarga javob bera olishi lozimligini, ikkinchidan, nomiga huquqiy muhofaza 
yorlig’i olgan shaxsning subyektiv huquqlarini tasdiqlovchi va bu huquqlarning 
boshqalar tomonidan rioya etilishini ta’minlovchi vosita ekanligini guvohlantiradi. 
Ayni vaqtda bunday tartib huquqiy muhofaza vujudga kelishi va uning amal 
muddatlarini belgilashda bahs-nizolarga o’rin qoldirmaydi, shuningdek, boshqa 
mamlakatlar hududlarida ushbu obyektga nisbatan xuddi shunday muhofaza 
yorlig’ini olishni osonlashtiradi. Ba’zi obyektlar bo’yicha esa bunday obyekt 
yaratuvchisi bo’lgan ijodkorning mualliflik shaxsiy huquqlarini ham o’ziga xos 
tarzda guvohlantiradi. Obyektga nisbatan huquqiy yorliq mavjudligi nomiga yorliq 
berilgan shaxsning subyektiv huquqlari buzilgan taqdirda sud yo’li bilan himoya 
qilish uchun asos bo’ladi. 
Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat organi 
tomonidan huquqiy muhofaza yorlig’i berilishi asosida vujudga keladi: 
- ixtiro, sanoat namunasiga nisbatan patent beriladi; 
- foydali modelga nisbatan guvohnoma beriladi («Ixtirolar, sanoat 
namunalari, foydali modellar to’g’risida»gi Qonunning 3-moddasi); 
- seleksiya yutuqlariga nisbatan patent beriladi; 
- tovar (xizmat ko’rsatish) belgisiga nisbatan u davlat ro’yxatidan o’tkazilib, 
guvohnoma beriladi; 
- firma nomi davlat ro’yxatidan o’tkazilib (reestrga kiritilib) bu haqda 
dalolatnoma beriladi; 
- tovar chiqarilgan joy nomiga bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilib, 
undan foydalanish huquqi to’g’risida guvohnoma beriladi. 
Intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig’ida 
obyekt nomi, uning alohida xususiyatlari, ushbu obyekt muallifi (ixtiro, foydali 
model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga nisbatan huquqlar sohibining 
nomi) huquqiy muhofaza muddatining boshlanish va bekor bo’lish vaqti, ushbu 
yorliqni bergan vakolatli davlat organi nomi ko’rsatiladi, uning rahbari tomonidan 
imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi. Firma nomiga berilgan huquqiy muhofaza 
yorlig’ining amal qilishi muddat bilan chegaralanmaydi. Tovar (xizmat ko’rsatish) 
belgisi, tovar chiqarilgan joy nomiga bo’lgan huquq bo’yicha berilgan huquqiy 
muhofaza yorlig’i amal qilish muddati vakolatli davlat organi tomonidan 
belgilangan tartibda uzaytirib turilishi mumkin. Sanoat namunasi va foydali 
modelga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig’i cheklangan muddatga 
uzaytirilishi mumkin. 
Vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig’i olinishi shart 
bo’lgan intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar bunday yorliq olinmagan 
hollarda sud yoki boshqa davlat organlari tomonidan huquqiy muhofaza 
qilinmaydi. 
Huquqiy muhofaza yorlig’i har qanday davlat organi yoki jamoa tashkiloti 


483 
tomonidan emas, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli davlat idorasi 
tomonidan berilishi lozim. 
Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan intellektual mulk 
obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig’i O’zbekiston Respublikasi 
hududida amal qilishi O’zbekiston Respublikasi ishtirokida xalqaro Konvensiyalar, 
shartnomalar, ikki yoki ko’p tomonlama bitimlar yoxud O’zbekiston Respublikasi 
vakolatli davlat idoralari tomonidan ro’yxatdan o’tkazdirilishi yoki tegishli 
huquqiy yorliq berilishi asosida vujudga keladi. 
Oshkor etilmagan axborotlarni huquqiy muhofaza qilish qonunlarda 
belgilangan qator shartlar asosida (FKning 98-moddasi, «Davlat sirlarini saqlash 
to’g’risida»gi Qonunning 1-5-moddalari, «Axborotlashtirish to’g’risida»gi 
Qonunning 2-3-moddalari) belgilanadi. Ko’p hollarda bunday shartlar asosida 
oshkor etilmagan axborot sohibining bu axborotga nisbatan faktik monopol holati 
yotadi. Faktik monopol holat quyidagi shartlar bir vaqgning o’zida mavjudligini 
bildiradi: 
a) oshkor qilinmagan axborot uchinchi shaxslarga noma’lum bo’lishi; 
b) xuddi shu noma’lumligi sababli u haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga 
ega bo’lishi; 
v) uchinchi shaxslarga bunday axborotdan qonuniy asoslarda erkin 
bahramand bo’lishi (tanishuvi, xabardor bo’lishi, foydalanishi) imkoniyatlari 
bo’lmasligi; 
g) axborot sohibi uning maxfiyligi (sirligini)ni saqlash bo’yicha barcha 
choralarni ko’rgan bo’lishi shart. 
Faktik monopol holatini huquqiy muhofaza yorlig’i berish, ro’yxatdan 
o’tkazish (bunday axborot nou-xau sifatida litsenziya shartnomasi asosida berilishi 
hollaridan tashqari) yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilish tartibida 
rasmiylashtirilishi lozim emas. 
Oshkor etilmagan axborot sohibining huquqlariga uchinchi shaxslarning 
insofsiz harakatlari, g’irrom raqobat (sanoat josusligi, xodimni sotib olish) orqali 
putur yetkazilganda sud yo’li bilan huquqiy muhofaza ostiga olinadi. 
Oshkor etilmagan axborotlar uchinchi shaxslar tomonidan insofli asoslarda 
olinganda yoki u tomonidan mustaqil ravishda izlanish asosida topilganda oshkor 
etilmagan axborotga nisbatan huquq sohibining subyektiv huquqpari huquqiy 
muhofaza qilinmaydi (chunki bunda u faktik monopol egalik mavqeidan amalda 
mahrum bo’ladi). 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling