Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Mualliflik huquqi obyektlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2 §. Mualliflik huquqi obyektlari 
FKning 1041-moddasiga asosan, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi 
bo’lmish fan, adabiyot, san’at asarlariga ularning maqsadi va qadr-qiymati, 
shuningdek, ifodalanish usulidan qat’i nazar, joriy etiladi. 
Har qanday asar mualliflik huquqi obyekti sifatida muhofaza etilishi uchun u 
ijodiy faoliyat mahsuli bo’lishi shart. Shu sababli ham oddiy, kundalik hayotdagi 
so’zlashuvlar, muloqotlar mualliflik huquqi obyekti bo’lib hisoblanmaydi. Ijodiy 
jarayon bu, eng avvalo, inson tafakkuri, aqliy faoliyat mahsuli; u o’ziga xos 
original tusga ega. 
Huquqiy adabiyotlarda ijodiy jarayonning ikki holati ta’kidlab ko’rsatiladi: 
a) asar yaratish jarayonining ongli, intellektual xarakteri; 
b) yaratilgan asarning yangiligi, originalligi
114

Ijodkor ijodiy jarayonining ongli, intellektual tusi shundan iboratki, asar 
yaratilishidan oldin u ijodkorning ongida, xayolida shakllanadi, vujudga keladi. 
Asar ma’lum bir o’y-fikr asosida paydo bo’lib, u fikr-g’oya, fikr-reja, fikr-
qoralama tarzida bosqichlardan o’tadi, shu tarzda asar yaratilib, shakllanib 
boradi
115

Asarning yangilanishi ijodiy faoliyatning zarur unsuri sifatida asarning yangi 
mazmunida, yangi shaklida, yangi g’oyalarida, yangi milliy konsepsiyada 
ifodalanadi
3

114
Гражданское право. М., 1994 й. Том I. Изд. Бек. 321-б. 
115
Серебровский В. Й. Вопросы авторского права. М., 1956 й. 35-6. 


507 
Asarning yangiligi haqidagi mezon mutlaq tusga ega bo’lmay, nisbiy tusga 
ega. Ilm-fan sohalaridagi asarlarda yangi g’oyalar, yechimlar muhim ahamiyatga 
ega bo’lsa, adabiy asarlarda va san’at asarlarida shaklan yangilik muhim o’rinni 
egallaydi. Masalan, o’tmishda «Hamsa» – 5 doston syujeti bo’yicha Nizomiy 
Ganjaviy, Xisrav Dexdaviy, Alisher Navoiy asarlari bunga yaqqol dalildir. 
Oybekning «Qutlug’ qon» va Hamzaning «Boy ila xizmatchi» asarlarida syujet 
bo’yicha o’xshashlik mavjud, biroq asar shaklan bir-biriga o’xshamaydi. Shu 
sababli ham mualliflik huquqida shakl bo’yicha yangilik o’ziga xos tarzda birinchi 
rejaga chiqadi, deyish mumkin. 
Asarning mualliflik huquqi obyekti- sifatida muhofaza qilish uchun yana bir 
belgisi — bu uning obyektiv shaklda ifodalanganligidir. Asardagi g’oya, mazmun, 
o’y-fikr, obraz uchinchi shaxslar idrok etishi, tanishuvi, qabul qilishi uchun imkon 
beruvchi ma’lum bir obyektiv shaklda ifodalangan bo’lishi shart. Shu ma’noda 
olganda hali muallifning o’y-fikrida bo’lgan, biroq boshqalar qabul qilish uchun 
obyektiv shaklga kiritilmagan asar mualliflik huquqi obyekti bo’lib hisoblanmaydi. 
FKning 1041-moddasiga asosan, asar og’zaki, yozma shaklda yoki uni idrok 
etish imkonini beradigan boshqa obyektiv shaklda ifodalangan bo’lishi lozim. 
Yozma shaklda yoki moddiy jismda o’zgacha usulda ifodalangan asar (qo’lyozma, 
mashinkalangan yozuv, notali yozuvlar, texnika vositalari yordamidagi yozuv, shu 
jumladan, audio va video yozuvi, ikki o’lchamli yoki hajmiy-fazoviy shaklda 
yaratilgan tasvirda va h.k.) uning uchinchi shaxslar uchun foydalanish imkoniyati 
bor-yo’qligidan qati nazar, obyektiv shaklga ega hisoblanadi. Moddiy jismda 
ifodalanmagan og’zaki yoki boshqa xil asar, basharti u uchinchi shaxslarning idrok 
etishi uchun maqbul kelgan, kifoya qilgan bo’lsa (omma oldida so’zlash, ommaviy 
ijrochilik va h.k.) obyektiv shaklga ega hisoblanadi. 
Ijodkor asarining uchinchi shaxslar tomonidan idrok etilishi, qabul qilinishi, 
hozircha insonning ko’rish va eshitish xususiyatlari, qobiliyati asosida ro’y beradi. 
Yozma asarlar, videotasvirlar, ikki o’lchovli asarlar (rasmlar) hajmiy-fazoviy 
shakldagi tasvir (masalan, haykal, me’moriy binolar) ko’rish tuyg’usi orqali qabul 
qilinsa, musiqa, nutqlar, badiiy o’qishlar eshitish tuyg’usi orqali qabul qilinadi. 
Mualliflik huquqi obyektlari quyidagi turlardan iborat: 
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o’quv, publististik va boshqa asarlar); 
drama va ssenariy asarlari
matnli yoki matnsiz musiqa asarlari; 
musiqali drama asarlari; 
xoreografiya asarlari va pantomimalar; 
audiovizual asarlar; 
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san’atning 
boshqa asarlari; 
manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari; 
arxitektura, shaharsozlik va bog’-park barpo etish san’ati asarlari; 
fotografiya asarlari va fotografiyaga o’xshash usullarda yaratilgan asarlar; 
jo’g’rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo’g’rofiya, topografiya 
va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar
barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash 


508 
tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang’ich matn hamda obyekt kodida 
ifodalanishi mumkin bo’lgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari; 
Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan boshqa 
asarlar (Qonunning 6-moddasi). 
Mualliflik huquqi obyekti bo’lishi uchun asar tugallangan bo’lishi shart 
emas. Shu sababli asar tugallanmagan bo’lsa ham, agarda ularda ijodiylik unsurlari 
mavjud bo’lsa, mualliflik huquqining mustaqil obyekti bo’lib hisoblanadi. 
Mualliflik huquqi e’lon etilgan (nashr etilgan) va shuningdek, nashr 
etilmagan, hali qo’lyozma holatida bo’lgan asarlarga birday joriy etiladi. 
Mualliflik huquqining vujudga kelishi uchun asarni ro’yxatdan o’tkazish 
yoki biror rasmiyatchilikka rioya qilish talab etilmaydi. Holbuki, intellektual 
faoliyatning boshqa obyektlari bo’yicha huquqiy muhofaza bu obyekt vakolatli 
davlat idorasi tomonidan maxsus muhofaza yorlig’i (patent, guvohnoma) olgandan 
keyin vujudga keladi. 
Mualliflik huquqi g’oyalar, konstepstiyalar, prinstiplar, tizimlar, taklif 
etilayotgan yechimlar, obyektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan (agarda ular ilmiy 
asar sifatida obyektiv shaklga solinmagan bo’lsa) joriy etilmaydi. Rasmiy hujjatlar 
(qonunlar, qarorlar, ajrimlar va shu kabilar), shuningdek, ularning rasmiy 
tarjimalari, rasmiy ramzlar, xalq ijodiyoti asarlari, oddiy matbuot axboroti tusidagi 
kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar, insonning bevosita 
individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtarokisiz muayyan turdagi 
ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar 
(masalan, robot tomonidan bastalangan musiqa, yozilgan she’r) ham mualliflik 
huquqi obyekti bo’lib hisoblanmaydi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling