Toshkent davlat yuridik universiteti
9 §. Mutlaq huquqlarning amal qilish muddatlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
502 9 §. Mutlaq huquqlarning amal qilish muddatlari Ma’lumki, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlarning amal qilishi abadiy muddatsiz bo’lmay, ma’lum muddat, vaqt bilan chegaralangan bo’ladi. Biroq bu muddat barcha obyektlar uchun bir xilda bo’lmay, turli obyektlarga nisbatan muddatning boshlanish, amal qilish, bekor bo’lish, ba’zi hollarda esa uzaytirish tartibi bo’yicha turlicha namoyon bo’ladi. Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqning amal qilish muddati bevosita FKda yoki boshqa amaldagi qonunlarda nazarda tutilishi mumkin. Intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan mutlaq huquqning amal qilish muddati davomida huquq egasining bu mutlaq huquqlardan kelib chiquvchi subyektiv huquqlari huquqiy muhofaza ostida bo’ladi va qo’riqlanadi, bu huquqlarga hamma rioya qilishi shart, basharti ular kimdir tomonidan buzilsa, buzilgan huquq huquq egasining talabi bilan sud orqali himoya qilinadi, zarur hollarda bu huquqlar amalga oshirilishi qonuniy tartibda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi. Mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab 70 yil davomida amal qiladi. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo’lgan mutlaq huquqlar uchun bunday 70 yil muddatning boshlanishi eng uzoq yashagan hammuallif vafotidan keyin boshlanadi. Yashirin taxallus ostida yoki imzosiz chop etilgan asarga bo’lgan mutlaq huquq asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Agar asar muallif vafotidan keyin 70 yil ichida birinchi marta chop etilsa, mutlaq huquq asar chop etilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran 70 yil davomida amal qiladi (FKning 1065-moddasi). Turdosh huquqlar obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar quyidagi muddatlarda amal qiladi: ijrochining huquqlari birinchi yozuv (ijroni yozib olish) yoki birinchi ijro (sahnalashtirish) paytidan e’tiboran 50 yil davomida; efir, kabel orqali ko’rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ko’rsatuv va eshittirishga bo’lgan huquqi uni birinchi marta efir orqali translyastiya qilish vaqtidan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. («Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida»gi Qonunning 54, 55-moddalari); ixtiroga nisbatan patent yigirma yil davomida amal qiladi (ustuvorlik sanasidan boshlab); sanoat namunasiga nisbatan patent 10 yil davomida amal qi-adi (ustuvorlik sanasidan boshlab); foydali modelga bo’lgan patent 5 yil davomida amal qiladi. Sanoat namunasiga, foydali modelga bo’lgan patent amal qilish muddatlari uzaytirilishi mumkin. («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida»gi Qonunning 5-moddasi). Seleksiya yutuqlariga bo’lgan patent seleksiya yutug’i davlat reestriga kiritilgan vaqgdan boshlab 20 yil davomida, tok, yog’och-bop, manzarali, mevali 503 daraxtlar va o’rmon o’simliklari, shu jumladan, ularning payvandtaglari uchun 25 yil davomida amal qila-di va u 10 yilga uzaytirilishi mumkin («Seleksiya yutuqlari to’g’risida»gi Qonunning 14-moddasi). Mahsulot (xizmat) belgisiga bo’lgan mutlaq huquqlarni guvoh-lantiruvchi guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil davomida amal qiladi va har gal 10 yilga uzaytirilishi mumkin. («Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida»gi Qonunning 22-moddasi). Firma nomiga bo’lgan huquqning amal qilish muddati cheklanmagan bo’lib, yuridik shaxs bekor bo’lgan yoxud nomi o’zgargan hollardagina bekor bo’lishi mumkin (FKning 1100-moddasi). Oshkor etilmagan axborotlarga bo’lgan mutlaq huquqlarning amal qilish muddati (huquqiy muhofaza qilinishi) ham FKning 1095-moddasida belgilangan shartlar mavjud bo’lgan hollarda muddat bilan chegaralanmagan. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarning amal qilish muddati qat’iy belgilab qo’yilgan hollarda bu muddat o’tganidan keyin (agarda uni uzaytirish mumkin bo’lmasa) huquq egasining mutlaq huquqlari bekor bo’ladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, bunday obyektlar ijtimoiy boylik, ijtimoiy ne’matga aylanadi, ya’ni har kim undan erkin va tekin foydalana oladi (obyekt muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilgan holda). Ma’lumki, intellektual mulk huquqi obyektlarga nisbatan mutlaq huquqlar o’z mazmuni va xarakteri bo’yicha mulkiy huquqlar majmuini tashkil etadi va binobarin, ular qonun asosida ma’lum belgilangan muddat davomida amal qiladi. Mutlaq huquqlardan farqli ravishda intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquqlar muddatsiz amal qiladi, ya’ni ularga rioya etilishi vaqt bilan chegaralanmaydi. Bunday shaxsiy huquqlar intellektual faoliyat mahsuli muallifiga ham (masalan, mualliflik huquqi), uchinchi shaxslarga ham (masalan, rassom tomonidan portretda ifodalangan shaxsning o’z qiyofasiga bo’lgan shaxsiy huquqi) tegishli bo’lishi mumkin. Shaxsiy huquqlar mutlaq huquqlar kimga tegishli ekanligidan qat’i nazar, amal qiladi. Intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar fuqarolik muomalasida erkin harakat qiladi, u boshqa shaxslarga o’tkazilishi mumkin, shaxsiy huquqlar esa huquq sohibining o’zidan begonalashtirilmaydi va boshqa shaxslarga o’tkazilmaydi. Mutlaq huquq amal qilish muddatining tugashi yoki uning muddatidan oldin, qonunda belgilangan asoslarda bekor bo’lishi, shuningdek, shaxsiy huquq sohibining vafot etishi bunday shaxsiy huquqqa boshqalar tomonidan rioya etilish shartligiga aslo ta’sir etmaydi. Intellektual mulk huquqi obyektga bo’lgan mutlaq huquqlarning amal qilish muddati tamom bo’lganligi sababli bu obyektlarning ijtimoiy boylik, ne’matga aylanganligi fakti ham ularga nisbatan muallifning yoki uchinchi shaxslarning shaxsiy huquqlari bekor bo’lishiga aslo olib kelmaydi. Bunday shaxsiy huquqlar qonun bilan bemuddat qo’riqlanadi. FKning 1039-moddasida nazarda tutilgan qoidaga asosan agarda qonunda belgilab qo’yilgan hollarda intellektual mulk huquqi obyektga bo’lgan mutlaq huquq egasi tomonidan bunday mutlaq huquqlardan muayyan vaqg davomida foydalanmagan hollarda bekor qilinishi mumkin. Ma’lumki, umumiy qoida bo’yicha mutlaq huquq egasi o’z huquqidan o’zi mustaqil, erkin va o’z xohishiga 504 ko’ra foydalanishga haqli. Ayrim hollarda qonun mutlaq huquq sohibi zimmasiga o’ziga tegishli bo’lgan mutlaq huquqlardan foydalanish bo’yicha faol harakatlar sodir etish majburiyatini yuklaydi, ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda huquq egasi uchun qator salbiy oqibatlar vujudga kelishi qonunlarda belgilab qo’yilgan. Masalan, dastlabki patent ro’yxatga olingan sanadan boshlab uch yil davomida patent egasi sanoat mulki obyektidan butunlay yoxud yetarli foydalanmasa va bu uzrli sabablarga ko’ra ro’y berganligini isbotlab bera olmasa, obyektdan foydalanishni xohlovchi boshqa shaxslar obyektdan foydalanishga majburiy litsenziya berilishini so’rab, sudga murojaat etishga haqli («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida»gi Qonunning 11 -moddasi). Tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisiga bo’lgan mutlaq huquqni guvohlantiruvchi hujjat — guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi ro’yxatdan o’tkazilgandan keyingi besh yil davmida uzluksiz ishlatilmagan yoki umuman foydalanilmagan bo’lsa, agarda tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi egasi belgidan o’ziga bog’liq bo’lmagan uzrli sabablarga ko’ra foydalanmaganligini isbotlab bera olmasa, istalgan shaxsning arizasiga muvofiq, sud chiqargan qaror asosida to’liq yoki qisman muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin («Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida»gi Qonun 25-moddasi). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling