Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Mualliflik huquqi subyektlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3 §. Mualliflik huquqi subyektlari
Mualliflik huquqi subyektlari ichida fan, adabiyot, san’at asarlarini ijodiy mehnati bilan yaratgan shaxs-muallif alohida o’rinni egallaydi. Fuqaroning subyektiv mualliflik huquqi vujudga kelishi, fan, adabiyot yoki san’at asarlarining muallifi sifatida e’tirof etilishi uning yoshiga, aqli va ruhiy holatiga, asarning yaratilish joyiga, nashr etilgan-etilmaganligiga bog’liq emas. O’zbekiston Respublikasi hududida e’lon qilingan yoki obyektiv shaklda mavjud bo’lgan asarni yaratgan shaxsning mualliflik huquqi uning qaysi davlatning fuqaroligidan qati nazar, tan olinadi. Asari xorijda nashr etilgan yoki qo’lyozma holida xorijda saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining mualliflik huquqlari ham tan olinadi. Agarda bunday shaxs xorijiy davlat fuqarosi bo’lsa, uning mualliflik huquqi O’zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida belgilanadi. Garchi asarni yaratishda qatnashmagan bo’lsa-da, muallifning huquqiy vorislari bo’lgan shaxslar va yuridik shaxslar ham subyektiv mualliflik huquqlarining subyekti sanaladi. Bunday toifadagi subyektlarga muallifning barcha huquqlari emas, balki asardan foydalanish bo’yicha ma’lum huquqlarigina o’tadi, xolos. Subyektiv mualliflik huquqining bunday tarzda o’tishi meros yoki muallif bilan tuzilgan shartnoma asosida ro’y beradi. Xizmat topshirig’ini bajarish 509 yuzasidan yaratilgan asardan topshiriq maqsadi taqozo etgan usulda va topshiriqdan kelib chiqadigan doirada foydalanish huquqi, basharti ish beruvchi bilan muallif o’rtasidagi shartnomada o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, asar yaratish haqida topshiriq bergan va muallif bilan mehnat munosabatlari o’rnatgan shaxsga (ish beruvchiga) tegishlidir. Ish beruvchi bunday foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga haqlidir. (Qonunning 34-moddasi). Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (audiovizual asarlarni tayyorlovchilar, enstiklopediyalar noshirlari, prodyuserlar va boshqa shu kabilar) tegishli asarlarning muallifi deb hisoblanmaydi. Biroq qonunlarda nazarda tutilgan hollarda bunday shaxslar ana shunday asarlardan foydalanishda mutlaq huquqlarga ega bo’ladilar. Qomuslardan, qomusiy lug’atlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli to’plamlaridan, gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlardan foydalanishning mutlaq huquqi ularning noshirlariga tegishlidir. Bunday nashrdan har qanday tarzda foydalanilganda ham noshir o’z nomini ko’rsatishga yoki nomi ko’rsatilishini talab qilishga haqyaidir. Audiovizual asar, shu jumladan, film yaratish xususida shartnoma tuzish, basharti bunday shartnomada o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, mazkur asar mualliflarining asarni istifoda etilishiga, uni tarqatishga, omma oldida ijro etishga, barchaning e’tiboriga etkazishiga, kabel orqali berishga, efir orqali uzatishga va asardan har qanday tarzda ommaviy foydalanishga, film matnini subtitrlash va dublyaj qilishga bo’lgan mutlaq huquqlarini asarni tayyorlovchiga (prodyuserga) o’tkazishga olib kelmaydi. Yuqoridan ko’rinib turibdiki, asarlar yaratilishini tashkil etuvchi yuridik shaxslar, ya’ni gazeta, jurnal, ilmiy to’plamlar, chop etuvchi nashriyotlar, kino- telestudiyalar, eshittirish va ko’rsatuvlar tayyorlovchi tashkilotlar mualliflik huquqlari doirasi muallif huquqlariga nisbatan ancha qisqa, asosan, asarlardan foydalanish bilan bog’liq. Boshqacha aytganda, asar muayyan jismoniy shaxsning ijodiy mehnati bilangina yaratiladi, shu sababli ham yuridik shaxslar muallif bo’la olmaydilar. Mualliflik huquqining eng muhim qoidalaridan biri bu – hammualliflik bo’yicha munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlardir. Qonunning 12-moddasiga asosan ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo’lgan mualliflik huquqi mazkur asar bo’linmas, bir bu-tun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo’ladi. Hammualiflikning quyidagi belgilari mavjud: a) ikki yoki undan ortiq shaxslarning birgalikdagi ijodiy mehnati; b) bunday birgalikdagi faoliyat natijasida vujudga kelgan asarga ni-batan mualliflik huquqining bunday faoliyatda ishtirok etgan barcha shaxslarga taalluqli ekanligi; v) jamoa asarining yaratilganligi. Hammualliflar tomonidan yaratilgan yagona asarga nisbatan ularning huquqlari va o’zaro munosabatlarini, umumiy mulk institutini birgalikdagi mulk va hissali mulkka nisbatan sherik mulkdorlar huquqlari va o’zaro munosabatlariga qiyoslash mumkin, zero bunday huquqiy tartibga solish mexanizmida o’xshashliklar mavjud. 510 Agar hammualliflar tomonidan yaratilgan asar mazmun yaxlitligiga putur yetmagan holda tarkibiy qismlarga ajralishi mumkin bo’lsa, u holda Qonunning 12-moddasi 2-3-qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo’llaniladi. Unda aytilishicha, agar asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bog’liq bo’lmagan holda foydalanish mumkin bo’lsa, bu mustaqil mazmunga ega bo’lgan qism deb e’tirof etiladi. Bunday asarlar jumlasiga qo’shiq (musiqasi va she’r matni bilan birgalikda), kitob (matn va unga ishlangan rasmlar bilan birgalikda), spektakl (drama matni, musiqasi va sahna bezagi) va shu kabilar kiradi. Bunday asarlarda nisbiy mustaqil hammualliflik mavjud, chunki ularning har bir qismi alohida badiiy, ilmiy yoki adabiy ahamiyatga ega. Bunday asarning ma’lum qismi muallifi o’z qismiga nisbatan mualliflik huquqiga ega. Qonunga asosan hammualliflarning har biri, agar, ular o’rtasidagi bitimda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, asarni o’zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo’lgan qismidan o’z xohishiga ko’ra foydalanishga haqli. Huquqiy adabiyotlarda bunday hollarda asar yaratuvchilari o’rtasida hammualliflik mavjud emas, balki bu turli asarlardan birgalikda foydalanish holati sodir bo’ladi, degan nuqtai nazarlar ham mavjud. Bunga javoban boshqa mualliflar bunday asarlarning har bir qismi ijodiy faoliyatning ma’lum turi mahsuli (masalan, qo’shiq she’ri matni, poetik asarning musiqasi va bastakorlik faoliyati natijasida yaratilgan musiqaviy asarni) tashkil etadi, biroq ular birlashtirilganda mualliflik huquqining yangi obyekti – qo’shiq vujudga keladi deb haqli fikr bildiradilar 116 . Nisbiy mustaqil hammualliflarning umumiy yagona asar bo’yicha majburiyatlar uchun javobgarlikka nisbatan ham hissali majburiyatlar haqidagi qoidani qo’llash mumkin. Boshqacha aytganda, bunday hammualliflarning biri tomonidan o’z majburiyatini buzganligi boshqa mualliflar uchun huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi. Har bir muallif o’z qismi bo’yicha javob beradi. Hammualliflikning yana bir turi mutlaq hammualliflikdir. Bunda hammualliflar tomonidan yaratilgan asar mazmunan bir butun, yaxlitlikni tashkil etib, u mustaqil qismlarga ajralmaydi. Bunga H. Nu’mon, Sh. Shorahmedovning «Ota», Ilf, Petrovning «Oltin buzoq», «12 stul» asarlari yaqqol misol bo’la oladi. Bunda barcha asarga nisbatan mualliflik huquqi bir vaqtning o’zida barcha hammualliflarga teng darajada taalluqli bo’ladi. Qonunning 12-moddasiga asosan, bunday hollarda asardan foydalanishni yetarli asoslar bo’lmay turib, taqiqlab qo’yishga hammualliflarning hech biri haqli emas. Bo’linmas asar yaratish bo’yicha hammualliflarning majburiyati uchun javobgarlik masalasida ham birgaliqdagi umumiy majburiyatlar haqidagi qoidalarni qo’llash mumkin. Binobarin, bunday hollarda bir hammuallifning majburiyati bo’yicha boshqa hammualliflar ham hech istisnosiz javobgar bo’ladilar. Hammualliflar o’rtasidagi munosabatlar umumiy qoida bo’yicha o’zaro kelishuv, bitim asosida belgilanadi. Bunday bitimda turli masalalar, masalan, asar nashr etilganda zarvaraqda qaysi hammuallif ismi-sharifi qanday tartibda yozilishi, qalam haqini taqsimlash va hokazolar ko’zda tutilishi mumkin. Bunday bitim 116 Гражданское право. Т. 2, 1994, 328-б. 511 bo’lmagan taqdirda asarga nisbatan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, qalam haqi ular o’rtasida teng taqsimlanadi. Agarda hammualliflar o’zaro kelishuvga erisha olmasalar, nizo sud tomonidan hal etiladi. Qonunda filmlar mualliflari, hosila asarlar mualliflari, intervyu mualliflari haqidagi masalalar bevosita o’z ifodasini topgan bo’lib, ular mualliflik huquqi subyektlari hisoblandilar. Qonunning 15-moddasiga asosan, quyidagilar kinofilm, telefilm, videofilm (audiovizual asar) ning to’liq mualliflari hisoblanadilar: filmni sahnalashtiruvchi rejissyor; ssenariy muallifi; muayyan ( audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoxud matnsiz musiqa asarining muallifi; sahnalashtiruvchi (suratga oluvchi) operator; sahnalashtiruvchi rassom. Bunday asarning hammualliflari jumlasiga filmda foydalanilgan boshqa asarlarning muallifi ham kiritilishi mumkin. Muqaddam mavjud bo’lib, shuningdek, film ustida ish olib borish jarayonida yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har biri umuman filmga bo’lgan mualliflik huquqidan qat’i nazar, mustaqil mazmunga ega bo’lgan o’z asariga mualliflikni saqlab qoladi. Hosila asarlar, odatda, boshqa bir asar asosida yaratiladi. Hosila asarni yaratish uchun asos bo’lgan asar asosiy yoki birlamchi asar sifatvda qaraladi. Masalan, Abdulla qodiriyning «O’tgan kunlar» romani asosiy asar bo’lsa, «O’tgan kunlar» radiopostanovkasi yoki «O’tgan kunlar» badiiy filmi ssenariysi hosila asar hisoblanadi. Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaxslar, tarjimonlar, to’plamlar va boshqa jamlama asarlarni tuzuvchilar hosila asarning muallifi deb e’tirof etiladi. Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan yoki jamlanma asarga kiritilgan asar muallifining huquqlariga rioya etgan taqdirdagina hosila asarga bo’lgan mualliflik huquqidan foydalanadi. Bir asosiy asar asosida nomuayyan miqdorda hosila asarlar yaratilishi mumkin. Boshqacha aytganda, hosila asarga bo’lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning o’sha asosiy asar asosida hosila asarlar yaratishiga aslo to’siqlik qilmaydi. Jamlama asar muallifiga (tuzuvchisiga) ijodiy mehnat natijasini ifodalovchi, mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan, materiallarni tanlab olish yoki joylashtirishga bo’lgan mualliflik huquqi tegishlidir. Tuzuvchi jamlama asarga kiritilgan asarlardan har birining mualliflari huquqlariga rioya etgan taqdirda, mualliflik huquqidan foydalanadi. Agar mualliflik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, jamlama asarga kiritilgan asarlarning mualliflari o’z asarlaridan foydalanishga bo’lgan mutlaq huquqlarini jamlama asardan qat’i nazar saqlab qoladilar. Tuzuvchining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning o’z jamlama asarlarini yaratish uchun ayni o’sha materiallarni mustaqil ravishda tanlab olishlariga yoki joylashtirishlariga to’sqinlik qilmaydi (Qonunning 14-moddasi). Intervyu savol-javob tarzidagi asar hisoblanadi. Bunda intervyu beruvchi va intervyu oluvchi ishtirok etadilar. Intervyu yozuvchiga bo’lgan mualliflik huquqi 512 hammualliflik asosida intervyu bergan shaxs bilan intervyu o’tkazgan yoki uni yozib olgan shaxsga, basharti ular o’rtasidagi kelishuvda boshqacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, tegishlidir. Biroq, intervyu yozuvini e’lon qilish, ko’rsatish yoki eshittirishga intervyu bergan shaxsning roziligi bilangina yo’l qo’yiladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling