Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Integral mikrosxemalar topologiyalarini intellektual mulk obyekti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
6 §. Integral mikrosxemalar topologiyalarini intellektual mulk obyekti 
sifatida bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari 
Fan-texnika taraqqiyoti shiddatli rivojlanayotgan hozirgi davrda intellektual 
mulkning yangidan-yangi obyektlari vujudga kelmoqda. Ulardan biri integral 
mikrosxemalar topologiyasi hisoblanadi. Integral mikrosxemalar bu elektron 


524 
vazifalarni bajarishga mo’ljallangan tugal yoki oraliq shakldagi mikroelektron 
ashyo bo’lib, undagi elementlarning hech bo’lmaganda biri faol hisoblanadi, 
ashyodagi bog’lanishlarning ayrim yoki barcha bu ashyo tayyorlangan jismlar 
tarkibida va (yoki) sirtidan uzviy shakl topgan bo’ladi. Integral miksxema 
topologyasi deganda esa integral mikrosxema elementlarining va ular o’rtasidagi 
bog’lanishlar majmuining moddiy jismda qayd etilgan fazoviy-geometrik 
joylashuvi tushuniladi. Boshqacha aytganda har bir muayyan geometrik fazoviy 
joylashuv o’ziga xos yangi obyekt bo’lib hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasining «Integral mikrosxema topologiyalarini 
huquqiy muhofaza qilish to’g’risida»gi qonuniga
122
(2001 yil 12 may) asosan 
bunday turdagi obyektlarni huquqiy muhofaza qilish shartlari bo’lib: 
1. topologiyaning o’ziga xosligi (originalligi); 
2. Intellektual mulk agentligidan ro’yxatdan o’tkazilganligi hisoblanadi. 
1989 yilda ishlab chiqilgan integral mikrosxemalarga nisbatan intellektual 
mulkchilik to’g’risidagi Vashington shartnomasida, ko’pchilik rivojlangan 
mamlakatlar, shu jumladan Rossiya Federastiyasi qonunchiligida bunday 
obyektlarni huquqiy muhofaza ostiga olishning zarur sharti bo’lib ularning 
originalligi ko’rsatladi, davlat ro’yhatidan o’tkazish kompyuterlar kabi bo’lib, 
majburiy shart emas
123
. Huddi shu sababli ham ushbu mamlakatlarda integral 
mikrosxemalar topologiyasi mualliflik huquqi obyektlari kabi yaratilish fakti 
asosida huquqiy muxofaza ostiga olinadi. Garchi O’zbekistonda ushbu obyektlar 
patent asosida emas, tegishli guvohnoma asosida huquqiy himoyalansa ham, 
guvohnoma berish tartibi, mutlaq huquq mazmuni mualliflik huquqi obyektlaridan 
ko’ra, zoxiran patent obyektlarinikiga o’xshab ketishini qayd etish lozim. Biroq, 
bundan muallif topologiyalar patent huquqi obyekti degan fikrda deb xulosa 
chiqarmaslik lozim. 
Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida 
integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum bo’lmagan 
topologiya boshqacha hol isbotlangunga qadar o’ziga xos (original) deb e’tirof 
etiladi. 
Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki 
tayyorlovchilargm ma’lum bo’lgan elementlardan tarkib topgan topologiyalarga, 
agar bunday elementlaryig’indisi original bo’lsa, ijodiy faoliyat natijasida 
yaratilgan bo’lsa huquqiy muhofaza ostiga olinadi. 
G’oyalar, usullar, tizimlar texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotlar garchi 
topologiyaga singdirilgan, mujassamlangan bo’lsa ham huquqiy muhofaza 
qilinmaydi. 
Topologiyani ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma muallif (ish beruvchi
ularning huquqiy vorisi) tomonidan bevosita yoxud ishonchli vakil orqali 
O’zbekiston Respublikasi patent ijorasiga beriladi. Topologiyani ro’yxatdan 
o’tkazish uchun talabnoma berish agar topologiyadan foydalanilgan bo’lsa, undan 
birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ikki yildan oshmagan muddatda 
122
«Xalq so'zi». 2001 yil 18 may. 
123
А.П.Сергеев. Право интелектуальный собственности в Российской Федерации. М., Проспект. 2002 г. 692-
693-бетлар. 


525 
amalga oshirilishi mumkin. 
Talabnoma berilgan sanadan boshlab ikki oylik muddat ichida Intellektual 
mulk agentligi huquqiy muhofaza so’ralgan topologiya bo’yicha davlt ekspertizasi 
o’tkazadi. Ekspertiza natijalariga ko’ra, topologiyani ro’yxatdan olish yoxud uni 
rad etish haqidagi qaror chiqariladi. 
Topologiyadan foydalanishga bo’lgan mutlaq huquq o’n yil davomida amal 
qiladi. 
Topologiyadan foydalanishga bo’lgan mutlaq huquq muddatining 
boshlanishi quyidagi sanalardan eng oldingisi bo’yicha aniqlanadi: 
-topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi bo’yicha, bunda topologiya 
jahonning biror bir joyida fuqaralik muomalasiga oldinroq kiritilganligi hujjatlar 
bilan qayd etilgan sana nazarda tutiladi; 
-topologiya ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar rasmiy e’lon 
qilingan sana bo’yicha. 
Boshqa shaxs tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan aynan bir xil 
topologiya paydo bo’lgan hollarda topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqning 
amal qilish umumiy muddati o’n yildan oshib ketishi mumkin emas. 
Huquq evaziga topologiyadan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish, shu jumladan 
uni tayyorlash, qo’llash va tarqatish mutlaq huquqi egasiga tegishlidir. 
Topologiyaning huquqiy muhofaza belgisi «T» hisoblanadi. 
Muhofaza 
qilinadigan 
topologiyaning, 
shu 
topologiyali 
integral 
mikrosxemani yoki shunday ingerral mikrosxemalani o’z ichiga olgan buyumni 
huquq egasining ruxsatimiz qo’llash, O’zbekiston Respublikasi hududiga olib 
kirish, sotuvga qo’yish, sotish, takrorlash (o’ziga xos, original bo’lmagan qismini 
takrorlash bundan mustasno) va fuqarolik muomalasiga boshqacha tarzda kiritish 
topologiyadan foydalanishga bo’lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof 
etiladi. 
Biroq aynan bir xildagi toplogiyani mustaqil yaratgan shaxs undan mustaqil 
foydalanishga haqli. Mutlaq huquq egasi topologiyaga bo’lgan huquqlarni boshqa 
shaxslarga o’tkazish to’g’risidagi shartnomalar Intellektual mulk agentligida 
ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. 
Topologiya ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma mutlaq 
huquqni amal qilish muddat tugaganda, sud qarori asosida yoxud qonunda 
belgilangan boshqa asoslar bo’yicha (Qonunning 16-moddasi) bekor bo’ladi. 
Qonunning 18-moddasida O’zbekiston Respublikasiga mansub subyektlar 
tomonidan topologiyani boshqa davlatlarda ro’yhatdan o’tkazish tartibi 
belgilangan. Bunga ko’ra ular davlatlarda topologiyani belgilangan tartibda 
ro’yhatdan o’tkazishga haqlidirlar. Sanoat mulki obyektlariga nisbatan 
belgilanganidek, oldindan qo’yilgan shartlar bu o’rinda mavjud emas. 
Chet el yuridik shaxslari,jismoniy shaxslari, topologiyaga nisbatan 
O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda 
yoki o’zaroviylik asosida huquqlarga ega bo’ladilar. 
Topologiyalarga nisbatan muallifning shaxsiy huquqlari, huquq egasining 
mutlaq huquqlari FKda belgilangan tartibda va asoslarda huquqiy himoya qilinadi. 


526 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling