Toshkent davlat yuridik universiteti


  2 §. Patentga bo’lgan huquq va shaxsiy huquqlar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 


539 
2 §. Patentga bo’lgan huquq va shaxsiy huquqlar 
Patentga bo’lgan huquqni tasarruf etish huquqlarning yuridik taqdirini 
belgilashni anglatadi. Mutlaq huquq sohibi bu huquqlarni shaxsan o’zi amalga 
oshirishi, boshqa har qanday shaxslarga to’liq yoki qisman haq baravariga 
(litsenziya berish, sotish) yoki tekin (hadya qilish) o’tkazishga haqli. 
Patentga bo’lgan huquq o’z tarkibiga, doirasiga xilma-xil huquqlarni qamrab 
oladi. Bu huquqlarning majmui patentga bo’lgan huquqni tashkil etadi. FKning 
1034-moddasida patentga bo’lgan huquqlarning asosiy turlari belgilab qo’yilgan 
bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 
a) patent olish huquqi. Qonunning 9-moddasiga asosan tubandagilar sanoat 
mulki obyektiga huquqiy muhofaza yorlig’i (patent) olishga haqli: sanoat mulk 
ob’etining muallifi (hammualliflari) yoki uning (ularning) merosxo’rlari; 
muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki patent yoki 
guvohnomaga oid talablarda yoxud sanoat mulki obyekti Intellektual mulk 
agentligida ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar topshirilgan arizada ko’rsatilgan 
jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti bilan) ushbu asosga ko’ra 
patent olish huquqi haq evaziga yoki tekin har qanday shaxsga o’tkazilishi 
mumkin. Muallif bilan sanoat mulki obyektini yaratish bo’yicha shartnoma tuzgan 
va shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini lozim darajada bajargan buyurtmachi 
ham ushbu asosga ko’ra, patent olish huquqini qo’lga kiritadi; 
obyekt xizmat topshirig’i bo’yicha yaratilganda, muallif uchun ish 
beruvchiga (FKning 1087-moddasida belgilangan hollarda asoslarda va tartibda); 
patent olish huquqi meros bo’yicha o’tadi; 
b) sanoat mulki obyektiga patent (guvohnoma) berish so’ralgan 
talabnomani ruyxatdan o’tkazishdan kelib chiqadigan huquqlar. Patent olishga 
bo’lgan huquq Intellektual mulk agentligiga belgilangan tartibda patent berishni 
so’rab talabnoma berish (Qonunning 14, 20-moddalari) orqali amalga oshiriladi. 
Talabnoma topshirilib, u Intellektual mulk agentligida ro’yxatdan o’tkazilgach, 
talabnoma topshirgan shaxsda vujudga keladigan huquqlar (ular orasida markaziy 
o’rinda o’z nomiga patent olish huquqi turadi) boshqa shaxslarga to’liq yoki 
qisman, haq evaziga yoki tekin o’tkazilishi mumkin. Bunday o’tkazish tegishli 
shaklda rasmiylashtirilishi lozim; 
v) patentga egalik huquqi bu, eng avvalo, patent bo’yicha mutlaq huquqni 
to’liq holda o’z ixtiyori, erk-irodasi doirasida ushlab turish, saqlab turish 
hisoblanadi. Bu huquq mazmuni Qonunning 11-moddasida belgilab qo’yilgan. 
Patentga egalik huquqi ham to’liq yoki qisman, haq evaziga yoki tekin tarzda 
boshqa shaxslarga o’tkazilishi mumkin (u tegishli tartibga rioya qilgan holda 
rasmiylashtirilishi lozim – yozma tuzilishi va Intellektual mulk agentligida 
ro’yxatdan o’tkazilishi shart); 
g) patentdan kelib chiqadigan huquqlar, ya’ni sanoat mulki obyektidan o’zi 
foydalanishi, boshqalarning foydalanishiga ruxsat (litsenziya) berishi va 
boshqalarning bu obyektlardan foydalanishini taqiqlab qo’yishi, litsenziya uchun 
tegishli haq olishi, mutlaq huquqlari buzilish natijasida etkazilgan zararlarning 
(ham moddiy, ham ma’naviy zararlarning) qoplanishini talab qilishi va shu kabi 
huquqlardan iborat. Bu huquqlar ham boshqa shaxslarga to’liq yoki qisman, haq 


540 
evaziga yoki tekin o’tkazilishi mumkin. 
1. Sanoat mulki obyekti (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi)ni o’z ijodiy 
mehnati bilan shaxsan yaratgan jismoniy shaxs bu obyektning muallifi deb e’tirof 
etiladi. 
Sanoat mulki obyektiga huquqiy muhofaza yorlig’i berish haqidagi 
topshirilgan talabnomani ko’rib chiqishning istalgan bosqichida muallif ariza berib, 
sanoat mulki obyektiga o’z nomini yoki maxsus nom berish huquqiga ega. 
2. Ixtiro, foydali, model, sanoat namunasiga bo’lgan mualliflik huquqi va 
boshqa shaxsiy huquqlar patentga asoslangan huquqlar vujudga kelgan vaqgdan 
boshlab vujudga keladi. Qonunning 5-moddasiga asosan patent asosida kelib 
chiquvchi mutlaq huquqlar obyektning ustuvorlik sanasidan boshlab amal qila 
boshlaydi. Binobarin, mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy huquqlar ham shu 
vaqgdan boshlab vujudga keladi va patentga asoslangan huquqpardan farqli 
ravishda bemuddat amal qiladi. 
3. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi muallifiga qonun hujjatlari asosida 
maxsus huquqlar, imtiyozlar va ijtimoiy tusdagi (xarakterdagi) afzalliklar berilishi 
mumkin. 
FKda, boshqa qonun hujjatlarida muallifga tegishli quyidagi maxsus 
huquqlar va ularni himoya qilish bo’yicha me’yorlar belgilab qo’yilgan: 
a) obyektning muallifi sifatida huquqiy muhofaza yorlig’ida qayd etilishi va 
bu huquqning, hamma tomonidan tan olinishi, rioya etilishiga bo’lgan huquq. 
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan mualliflikni o’zlashtirish, 
hammualliflikka majbur qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan; 
b) muallifning sanoat mulki obyektiga nom berish huquqi; 
v) sanoat mulki obyektidan muallif bu obyektiga nisbatan mutlaq huquq 
egasidan ruxsat olmay va haq to’lamay, ilmiy tadqiqot va shaxsiy maqsadlarda 
foydalanishga haqli; 
g) patent (guvohnoma) egasi bo’lmagan sanoat mulki obyektining muallifi 
mazkur obyektdan foydalanilganligi va unga doir litsenziya sotilganliga uchun 
mukofot puli olishga haqlidir. Haq miqdori, uni to’lash tartibi ish beruvchi, patent 
egasi yoki ularning huquqiy vorisi bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi. 
Patent (guvohnoma) egasi uning amal qilish muddati davomida muallifga 
quyidagilar hisobidan haq to’lanadi: 
obyektdan foydalanganlikdan keladigan foyda (daromad); 
obyekt asosida ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan 
xizmat) tannarxi; 
obyekt uchun berilgan litsenziya to’lovlari. 
Litsenziya shartnomasi bo’yicha mukofot puli litsenziya shartnomasida 
ko’rsatilgan to’lov valyutasida haq to’lanishi mumkin (Qonunning 32-moddasi); 
d) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda sanoat mulki obyekti 
mualliflari qator imtiyozlar va afzalliklarga (shtatlar qisqarganda ishda qoldirishda 
imtiyoz, ijodiy ta’tilga chiqish huquqi va hokazo), davlat turarjoyi berilganda 
qo’shimcha turarjoy normasi olish huquqiga ega bo’lish, ularga davlat mukofotlari, 
ilmiy daraja va faxriy unvonlar berilishi mumkin. 
Qonunning 15-17-moddalarida ko’rsatiladiki, sanoat mulki obyektiga 


541 
huquqiy muhofaza yorlig’i berish haqidagi talabnomada obyektni o’z ijodiy 
mehnati bilan yaratgan shaxs uning muallifi sifatida ko’rsatiladi. Bu holatning aksi 
(obyekt muallifi boshqa shaxs ekanligi) isbotlab berilmaguncha talabnomada 
obyekt muallifi sifatida ko’rsatilgan shaxsning mualliflik prezumpsiyasi amal 
qiladi. Mualliflik haqida nizo chiqqan taqdirda mualliflik huquqi vujudga 
kelishidan avval mavjud bo’lgan faktlar va holatlar (mualliflik huquqi 
da’vogarining obyekt bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borganligiga, ijobiy 
natijalarga erishgani va hokazo) dalil-isbot tariqasida jalb etilishi mumkin. Huquq 
yuzaga kelishidan keyin vujudga kelgan faktlar va holatlar mualliflikni 
tasdiqlovchi dalil-isbot sifatida keltirilishi mumkin emas. 
Agar, sanoat mulki obyekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy 
mehnati asosida yaratilgan bo’lib, ular o’rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha 
qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, ularning barchasi bu obyektning teng huquqli 
hammuallifi deb e’tirof etiladi. 
Sanoat mulki obyekti hammualliflarning obyekt bo’yicha o’zaro 
munosabatlari ular o’rtasidaga o’zaro kelishuv asosida, bunday kelishuvga 
erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilanadi. 
Sanoat mulki obyektini yaratishda ijodiylik tusiga ega bo’lgan faoliyat orqali 
yordam bergan (texnikaviy, tashkiliy yoki matematik yordam berish, huquqlarning 
rasmiylashtirilishiga ko’maklashish va hokazolar) hammualliflikka sabab 
bo’lmaydi. Biroq ular sanoat mulki obyektlarini yaratish va ulardan foydalanishda 
ko’maklashgan shaxs sifatida mukofot olishga haqli. 
Quyidagi hollarda sanoat mulki obyektiga nisbatan guvohnoma olish huquqi 
obyekt muallifi bilan mehnat shartnomasi (bitimi, kontrakti) tuzgan ish beruvchiga 
tegishli bo’ladi: 
a) obyekt xodimning o’z xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida yaratilgan 
bo’lsa; 
b) obyekt xodim tomonidan ish beruvchining aniq muayyan xizmat 
topshirig’ini bajarish natijasida yaratilgan bo’lsa; 
v) basharti bu holat sanoat mulki obyektining muallifi bilan ish beruvchi 
o’rtasidagi shartnomada (kontraktda) nazarda tutilgan bo’lsa (agarda yuqoridagi 
holatlardan biri mavjud bo’lsa-yu, obyektiv patent olish huquqi ish beruvchiga 
tegishli bo’lishi haqida kelishuv mavjud bo’lmasa, u holda patent olish huquqi 
muallifning o’zida qoladi). 
Qonunda, shuningdek, xodim korxonaning ixtisosiga doir texnik bilimlar 
yordamida yaratilgan sanoat mulki obyektiga patent olish huquqi ham ish 
beruvchiga tegishli bo’lishi nazarda tutiladi (9-modda). 
Agarda ish beruvchi sanoat mulki obyekti yaratilganligi haqida muallif 
xabardor qilgan sanadan boshlab to’rt oy mobaynida Intellektual mulk agentligiga 
talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini boshqa shaxsga 
o’tkazmasa, muallif o’z nomiga patent olish huquqiga ega bo’ladi. 
Sanoat mulki obyekti ish beruvchi tomonidan maxfiy (nou-xau sifatida) 
saqlanadigan bo’lsa, muallif maxsus haq olish huquqiga ega. 
Xodim tomonidan xizmat tartibida sanoat mulki obyekti yaratilganda muallif 
mukofot puli olishga haqli. Mukofot puli miqdori, to’lov tartibi, to’lov shartlari 


542 
xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuv asosida belgilab qo’yiladi. Agar 
taraflar bunday kelishuvga erishmasalar, sudga murojaat qilishga haqli. U holda 
kelishuv shartlari sud tomonidan belgilanadi. 
Odatda obyekt yaratilishida xodim o’z ijodiy mehnati bilan, ish beruvchi esa 
mehnat sharoitini vujudga keltirish, zarur asbob-uskuna, adabiyotlar, ma’lumotlar 
bilan ta’minlash orqali ishtirok etadi. Obyektdan foydalanishda olinadigan 
daromadni
taqsimlashda kim qancha hissa qo’shganligi aniq hisobga olinadi va 
shunga mutanosib ravishda foydadan ulush belgilanadi. Agarda obyektni 
yaratishda xodim va bajaruvchi qo’shgan hissalarini aniq
belgilashning iloji 
bo’lmasa, obyektdan foydalanish yoki litsenziya berish asosida ish beruvchi 
oladigan foydaning yarmi (50 foizi) muallifga tegishli bo’ladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling