Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Patentga bo’lgan huquqni boshqa shaxslarga o’tkazish tartibi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3 §. Patentga bo’lgan huquqni boshqa shaxslarga o’tkazish tartibi Sanoat mulki obyektiga berilgan patent patentga bo’lgan huquqni boshqa shaxsga o’tkazish daqidagi shartnoma haq evaziga yoki haqsiz ekanligidan qati nazar, yozma ravishda tuzilishi shart. Bunday shartnomani shakllantirishda FKning 107-moddasida belgilab qo’yilgan bitimning yozma shakli haqidagi qoidalariga rioya qilinishi lozim. Yozma ravishda tuzilgan shartnoma Intellektual mulk agentligida ro’yxatdan o’tkazilishi shart. Ro’yxatdan o’tkazishga vakolatli davlat idorasi, eng avvalo, shartnoma shartlarini qonunga muvofiqligi nuqtai nazaridan tekshiradi. Qonunga nomuvofiq bo’lgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazdirish rad etilib, taraflarga shartnoma shartlarini qonunga muvofiqlashtirish taklif etiladi. Umumiy qoidalar bo’yicha shartnomalarning ro’yxatdan o’tkazilishida ular qanchalik maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholanmaydi (davlat va jamiyat manfaatdariga ataylab xilof ravishda tuzilgan shartnomalar bundan mustasno). Shartnoma ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin yuridik kuchga ega bo’ladi. Shartnomaning yozma ravishda tuzilishiga yoki ro’yxatdan o’tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo’ladi. FKning 112-moddasiga asosan, bunday shartnoma o’z-o’zidan haqiqiy hisoblanmaydi. Agar shartnoma yozma ravishda tuzilgan, ammo taraflardan biri uni davlat ro’yxatidan o’tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni FKning 112-moddasi 3-qismiga binoan ro’yxatdan o’tkazishga haqlidir. Shartnomani Davlat ro’yxatidan o’tkazishdan asossiz bosh tortgan taraf shartnomani tuzishni kechiktirganligi tufayli yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga to’lashi lozim. Shartnomadagi taraflar tomonidan ushbu talablarga rioya qilmaslik oqibatlariga nisbatan FKning 113-114-moddalarida belgilangan qoidalar qo’llaniladi. Mutlaq huquq egasi tomonidan sanoat mulki obyektidan boshqa shaxsga foydalanish uchun litsenziya shartnomasi haqidagi kelishuvi albatta yozma ravishda tuzilishi shart. Bunda FKning 107-moddasi va 1037-moddasi talablariga rioya qilinishi lozim. Bunday talab asosiy litsenziya shartnomasi uchun ham, sublitsenziya (qo’shimcha litsenziya, hosila yoki ikkilamchi litsenziya) 543 shartnomasi uchun ham taalluqlidir. Yozma ravishda tuzilgan litsenziya shartnomasi Intellektual mulk agentligida ro’yxatdan o’tkazilishi shart. Bunda shartnoma shartlari qonunga muvofiqlik nuqtai nazaridan va alohida hollarda maqsadga muvofiklik nuqtai nazaridan baholanadi. Ro’yxatdan o’tkazish rad etilganda tegishli tartibda shikoyat berilishi mumkin. Litsenziya shartnomasi ro’yxatdan o’tkazilgandan keyingina yuridik kuchga ega bo’ladi, taraflarda shartnoma bo’yicha huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi. Agar litsenziya shartnomasi taraflaridan biri asossiz ravishda shartnomani ro’yxatdan o’tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan shartnomani ro’yxatdan o’tkazish haqida FKning 112-moddasi 3-qismiga asosan qaror chiqarishga haqli. Shartnomani Davlat ro’yxatidan o’tkazishdan asossiz bosh tortgan taraf shartnomani tuzishni kechiktirganligi uchun yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga to’lashi lozim. Litsenziya shartnomasi tuzishda taraflar tomonidan ushbu talablarga rioya qilmaslik shartnomaning FKning 112-moddasi 1-qismiga asosan o’z-o’zidan haqiqiy sanalmasligiga sabab bo’ladi. Bunda vujudga keladigan huquqiy oqibatlarga nisbatan FKning 113-114-moddalarida belgilangan qoidalar qo’llanadi. FKning 1090-moddasida sanoat mulki obyektiga nisbatan huquqiy muhofaza hujjati – patent asosida amal qiluvchi mutlaq huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan. Ushbu javobgarlikning vujudga kelish asoslari FKning 24-bobi moddalarida nazarda tutilgan qoidalarda mujassamlashgan. Patent egasining mutlaq huquqlarini buzish, eng avvalo, muhofazalanayotgan obyektdan boshqa shaxslar beruxsat foydalanayotganlarida namoyon bo’ladi. Shu sababli ham patent egasi birinchi navbatda qoidabuzardan huquq buzilishi harakatlari to’xtatilishini talab qilishga haqlidir. Sanoat mulki obyektiga nisbatan patent egasining huquqlarini buzgan qoidabuzar patent egasiga yetkazilgan zarar o’rnini qoplashi shart. Zarar to’la hajmda to’lanishi lozim. Yetkazilgan zarar moddiy yoki ma’naviy ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Moddiy zarar patent egasi tomonidan sanoat mulki obyektlaridan foydalanish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot patent egasi huquqlari buzilishi oqibatida bozorda o’tmay qolishi, narxining pasayishi va shu kabilarda namoyon bo’lishi mumkin. Bunday holat nafaqat mahsulot chiqarishda, balki xizmat ko’rsatish sohasida ham ro’y berishi mumkin. Ma’naviy zarar patent egasi huquqlarini buzish natijasida uning kasb-kor nufuziga, mutlaq huquq sohibi sifatida holatiga putur yetishida namoyon bo’ladi. Bunday ma’naviy zarar pul bilan qoplanishidan tashqari, sud huquqbuzar zimmasiga patent egasining ishbilarmonlik mavqeini qayta tiklash maqsadida sud qarorini o’z hisobidan e’lon qiddirish majburiyatini yuklashi mumkin. Patent egasi ko’rilgan zararning qoplanishi o’rniga qoidabuzar tomonidan patent egasi huquqdarini buzish natijasida (ya’ni muhofazalanayotgan sanoat mulki obyektlaridan ruxsatsiz foydalanish orqali) olgan barcha daromadlarini undirib olishga haqli. Bunday hodda patent egasi zararning qoplanishini talab qilishga haqli emas. Binobarin, zararni qoplash yoki daromadlarni qaytarish alternativ 544 javobgarlik choralari hisoblanadi, ularning qaysi birini qo’llashni tanlash huquqi patent egasiga taalluqlidir. FKning 1040-moddasida mutlaq huquqni himoya qilishning quyidagi usullari ham nazarda tutiladi: - mutlaq huquqlarni buzishga ko’maklashgan moddiy obyektlarni va bunday huquqbuzarlik asosida yaratilgan mahsulotlarni olib qo’yish. Olib qo’yilgan ushbu moddiy obyektlar patent egasining talabi bo’yicha huquqbuzarning hisobidan yo’q qilib yuborilishi yoki patent egasi ixtiyoriga berilishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling