Toshkent davlat yuridik universiteti


 §.Oshkor etilmagan axborotdan g’ayriqonuniy foydalanganlik uchun


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2 §.Oshkor etilmagan axborotdan g’ayriqonuniy foydalanganlik uchun 
javobgarlik 
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asosi bo’lmay turib olgan yoki 
tarqatgan yoxud unday foydalanayotgan shaxs axborotni qonunan ega bo’lib turgan 
shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik (olganlik, tarqatganlik) natijasida 
yetkazilgan zarani to’la hajmda to’lashi shart. Zarar oshkor etilmagan axborotni 
axborot uchun mutlaq yoki nisbiy tijorat qiymati (samarasi)ning pasayishida, 
kamayishida yoki yo’qolishida (kasb-kor, nufuzi, mahsulot, xizmatning 
raqobatbardoshlik darajasiga, narxiga salbiy ta’sir qilishda) namoyon bo’ladi. 
Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalangan shaxs buning natijasida 
daromad olganligi zararni undirmaslik uchun asos bo’lmaydi. Agar daromad 
(foyda) olingan bo’lsa, u axborotning qonunan egasiga undirib berilishi lozim. 
FKning 1096-moddasida oshkor etilmagan axborotni insofli egallovchi 
tushunchasi berilgan va uning axborotdan noqonuniy foydalanganda axborot egasi 
oldida javobgarlikning vujudga kelishi vaqti belgilangan. Axborotni insofli 
egallovchi axborotdan noqonuniy foydalanayotganligini bilgan vaqtdan boshlab, 
agar axborotdan foydalanishni davom ettirsa, axborot egasi oldida javobgar bo’ladi 
va unga yetkazilgan zararni to’lashi shart. Shu sababli ham axborotning qonuniy 
egasi insofli egallovchini axborotdan noqonuniy foydalanayotganligi haqida 
ogohlantirishi lozim.
Oshkor etilmagan axborotni insofsiz egallovchi axborotni olgan, tarqatgan 
yoki undan foydalangan vaqtdan boshlab javobgar bo’ladi. Oshkor etilmagan 
axborotni insofsiz egallashning keng tarqalgan usullari - bu sanoat josusligi va 
axborot egasi bo’lgan subyektning ishchi-xizmatchisini sotib olish – g’irrom 
raqobat hisoblanadi va u fuqarolik - huquqiy javobgarlikka ham sabab bo’ladi. 
Oshkor etilmagan axborotga qonunan ega bo’lib turgan shaxs bu axborotdan 
boshqa shaxslar noqonuniy foydalanayotganligini bilgan zahoti bunday 
foydalanishni to’xtatishni talab qilishga haqli.
Ayni vaqtda axborotni insofli egallovchi undan foydalanishning qonuniy 
asosga o’tkazilishini so’rab, axborot egasiga murojaat qilishga, u bilan kelishuvga 
erisha olmagan taqdirda sudga murojaat qilishga haqli. Agarda insofli egallovchi 
bu axborotlardan foydalanish uchun sarf-xarajatlar qilgan (uskunalar, qurilmalar, 
inshootlar tayyorlagan, qurgan, sotib olgan) bo’lsa, sud unga bu axborotdan haq 
to’lab olinadigan mutlaq litsenziya asosida bundan buyon ham foydalanishga 
ruxsat berishga haqli. 
Haq miqdori taraflar o’rtasida kelishuv asosida yoki sud tomonidan 
belgilanadi. 
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o’zi 
mustaqil tarzda olgan shaxs o’zi yaratgan,ishlab chiqqan, aniqlagan yoki uning 
topshirig’i, buyurtmasi asosida boshqa shaxslar yaratgan, ishlab chiqqan, aniqlagan 
bo’lsa va bunday axborotni qonunan olgan shaxs (axborotni qonuniy egasidan haq 
baravariga sotib olgan, foydalanishga litsenziya olgan, huquqiy vorislik tartibda 
olgan, va hokazo) bu ma’lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining 


577 
huquqlaridan qat’i nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanish uchun uning 
oldida javobgar emas. Axborotning qonunan egasi axborotni mustaqil va qonunan 
olgan boshqa shaxslarga undan foylanishlarini taqiqlab qo’yishga, haq talab 
qilishga, shuningdek, boshqacha tarzda erkin tasarruf qilishlariga to’sqinlik 
qilishga haqli emas. Agar axborot xabardor bo’lgan barcha shaxslar uning 
maxfiyligi, sirligini saqlab qolishni xohlagan, uni ta’minlash bo’yicha o’zaro 
kelishuvga erishishlari lozim bo’ladi va oshkor etilmagan axborotni sherik egalari 
sifatida tasarruf qilishlari shart.  

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling