Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 64-BOB. OSHKOR ETILMAGAN AXBOROTNI NOQONUNIY FOYDALANISHDAN MUHOFAZA QILISH 1 §. Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish shartlari
MUAMMOLI SAVOLLAR
1. Seleksiya yutuqlari tushunchasi 2. Seleksiya yutuqlarining ixtirolardan farqi 3. Seleksiya yutuqlarining huquqiy muhofazaga layoqatlilik shartlari 4. Seleksiya yutuqlariga patent berish tartibi 5. Seleksiya yutuqlari patentining amal qilish muddati 6. Seleksiya yutuqlarining muvaqqat huquqiy muhofazasi 573 7. Seleksiya yutuqlari muallifining huquq va majburiyatlari. 8. Patent egasining huquq va majburiyatlari 9. Patentdan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish 10. Seleksiya yutuqlaridan foydalanishga doir lestenziya shartnomalari 11. Xizmat tartibida yaratilgan seleksiya yutuqlariga bo’lgan huquq 574 64-BOB. OSHKOR ETILMAGAN AXBOROTNI NOQONUNIY FOYDALANISHDAN MUHOFAZA QILISH 1 §. Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish shartlari Oshkor etilmagan axborot deganda uchinchi shaxslar uchun ma’lum bo’lmagan, maxfiy, sir bo’lib hisoblanuvchi ma’lumotlar tushiniladi. Texnikaviy axborot deganda mashina, mexanizmlar, qurilmalar, uskunalar, texnologik jarayonlarni yaratish, tayyorlash, ulardan foydalanish, qo’llashga oid bo’lgan ma’lumotlar nazarda tutiladi. Tashkiliy axborot deganda yuridik shaxsning tashkiliy stukturasi, xo’jalik subyektlarining o’zaro munosabatlari tashkiliy mexanizmiga, mehnat (ish) jarayonlarini tashkil etish, ularga ta’sir qilish, boshqarishga oid ma’lumotlar tushuniladi. Tijorat axboroti yoki korxonaning (xo’jalik yurituvchi sub’ktning) tijorat siri deganda korxonaning (subyektning) ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliya va boshqa faoliyat bilan bog’liq bo’lgan hamda e’lon qilish ( topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, davlat siri bo’lib hisoblanmaydigan ma’lumotlar tushuniladi. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi, hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Nou-xau deganda fuqaro yoki yuridik shaxsga faktik monopoliya asosida tegishli bo’lgan, foydali texnikaviy, tashkiliy yoki boshqa ma’lumotlar tushiladi. Oshkor etilmagan axborotlarga qununiy egalik quyidagi asoslarda vujudga keladi: - bunday axborotlarni o’zi yaratgan, ishlab chiqqan bo’lsa; - bunday axborotlar egalik qiluvchining topshirig’i, buyurtmasi asosida yaratilgan, ishlab chiqilgan bo’lsa; - bunday axborotlar huhuqiy vorislik tartibda o’tgan bo’lsa; - bunday axborotlar boshqa shaxslardan insofli asoslarda olingan bo’lsa (sotib olish, litsenziya olish, tekin foydalanishga berish va hokazo). Har qanday ma’lumot oshkor etilmagan axborot sifatida tan olinishi uchun; a) bu axborot uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo’lishi ( ya’ni axborot egasi ushbu axborotga egaligi sababli o’zi yoki ishlab chiqargan mahsuloti, ko’rsatadigan ishi, bajaradigan ishi boshqa raqobatdagi subyektlar yoki ularning mahsulotlari, xizmatlari, ishlariga nisbatan afzalikka, imtiyozga ega bo’lishi) shart; b) boshqa uchinchi shaxslarda qonun yo’li bilan bunday axborotlardan erkin bahramand bo’lish, tanishib chiqish, bilib olish imkoniyati bo’lmasligi lozim; v) axborot egasi uning maxfiyligini, sirliligini saqlashga doir choralar ko’rgan (bunday axborotlardan xabardor shaxslar doirasi qat’i cheklangan, bu shaxslar sir saqlash majburiyati haqida ogohlantirilgan, ma’lumotlardan foydalanishning yopiq tizimi ishlab chiqilgan va hokazo) bo’lishi shart. Yuqoridagi uchla shart FKning 98-moddasida mustahkamlanib qo’yilgan bo’lib, ushbu shartlar bir vaqtning o’zida mavjud bo’lgan va ularga rioya qilingan hollarda oshkor qilinmagan axborot egasi undan boshqa shaxslarning 575 g’ayriqonuniy foydalanishidan muhofazalanish, himoyalanish huquqiga ega. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling