Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Seleksiya yutuqlariga patent berish tartibi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3 §. Seleksiya yutuqlariga patent berish tartibi
Intellektual mulkning bir qator obyektlari singari seleksiya yutuqlari ham patent bilan muhofaza etiladi. Yaratilgan yangi nav va zot Intellektual mulk agentligi tomonidan huquqiy himoya hujjati-patent berilganidan so’ng, seleksiya yutug’i deb e’tirof etiladi. Seleksiya yutug’i muallifi tomonidan ijodiy faoliyat natijasida yaratilgan yangi nav va zotga patent berilmasa, u intellektual mulk 137 Seleksiya yutuqlari. Rasmiy Axborotnoma. -T., 1998. -93-95 b. 556 obyekti hisoblanmaydi va huquqiy himoya qilinmaydi. O’zbekiston Respublikasining Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi qonuniga muvofiq, seleksiya yutug’iga bo’lgan huquq patent bilan tasdiqlanadi (Qonunning 14-moddasi). Bunday huquqiy muhofaza hujjati huquqiy jihatdan ancha maqbul hisoblanadi. 1961 yilgi O’simliklarning yangi navlari bo’yicha Parij Konvensiyasida ham ishtirokchi davlatlarga huquqiy himoya hujjatining bittasini tanlash lozimligi ko’rsatilgan edi. Shu bilan birga Rossiya Federastiyasining 1993 yil 7 avgustdagi Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi qonunda ham seleksiya yutuqlariga faqat bitta huquqiy muhofaza hujjati-patent berilishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari ko’pchilik davlatlarda ham seleksiya yutuqlari faqat bitta himoya hujjati bilan muhofaza qilinadi. Masalan, seleksiya yutuqlari Germaniyada – “Navlarni muhofaza qilish to’g’risida”gi 1968 yildagi qonunga muvofiq guvohnoma orqali AQShdagi ikki qonun hujjati - 1930 yildagi “O’simlik navlarini muhofaza qilish to’g’risida”gi va 1970 yildagi “O’simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunga ko’ra seleksiya yutuqlari guvohnoma bilan Italiyadagi “O’simliklarni yangi navlarini muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun 138 bilan guvohnoma asosidamuhofaza qilinadi. Bolgariyada esa yangi nav va zotga nisbatan sertifikat beriladi va Bolgariya Respublikasining “O’simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari to’g’risida”gi 1996 yil 19 sentyabrda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, sertifikat mutlaq huquq sohiblariga beriladi 139 . “Seleksiya yutuqlari to’g’risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq, patentga bo’lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning merosxo’riga (merosxo’rlariga) tegishlidir. Seleksiya yutug’ini bir necha shaxs birgalikda yaratgan bo’lsa, patent olish huquqiga ularning hammasi ega bo’ladi. Ushbu shaxslardan bittasining patent olish huquqidan voz kechishi boshqalarning patent olish huquqiga ta’sir etmaydi. Agar seleksiya yutug’i xizmat vazifalarini aniq topshiriqni bajarish natijasida yoki ish beruvchi tashkilotning o’ziga xos jihatini tashkil etuvchi bilim va tajribasi natijasida yaratilgan bo’lsa, patent olish huquqi ish beruvchi shaxsga tegishli bo’ladi. Seleksiya yutug’iga nisbatan patent berish tartibi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalariga patent berish tartibiga o’zining asosiy belgilari bilan o’xshaydi va maxsus davlat organlari orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga seleksiya yutug’ining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, “Seleksiya yutuqlari to’g’risida”gi qonun seleksiya yutug’iga patent berish tartibining bir necha xususiyatlarini ifodalaydi 140 . Seleksiya yutuqlariga bo’lgan huquqlarni rasmiylashtirishni birinchi bosqichi patent (yoki guvohnoma) olish uchun ariza tuzish va topshirish 138 Левченко В.И. Правовая охрана селекционных достижений. -М.: Наука. 1983. - с. 139 Ненова А. Охрана интеллектульной собственности в Болгарии.//Патент и лицензии.2000.№12. С.56-57. 140 Fan va texnika Davlat qo'mitasining 15 avgust 1997y. №365-Sonli O'zbekiston Respublikasida ixtirolarga patent, dastlabki patent uchun ariza tuzish qoidalari. 557 hisoblanadi 141 . Huquqshunos olim T.E Kaudrovning fikriga ko’ra, seleksiya yutug’ini huquqiy muhofaza qilish to’g’risidagi talabnoma, seleksiya yutug’i muallifining fikriga ko’ra yaratilgan yangi nav yoki zotga nisbatan beriladi. Barcha holatlarda ham olib boriladigan sinov va ekspertiza tadqiqotlarning obyekti taxmin qilinayotgan nav va zot emas, amalda mavjud bo’lgan nav va zot hisoblanadi 142 . Darhaqiqat, bunda talabnoma topshirgan seleksiya yutug’i muallifi o’zi tomonidan chiqarilgan nav yoki zotni seleksiya yutug’i deb hisoblab, unga huquqiy muhofaza hujjatini olishni so’rab murojaat qiladi. Hali yaratilmagan yoki chiqarilmagan, yoxud to’liq tugallanmagan tadqiqot natijalariga nisbatan patent berilmaydi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining 49-son buyrug’i bilan 1997 yil 3 sentyabrda tasdiqlangan “Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik qoidalari”ga muvofiq, seleksiya yutug’iga patent olish uchun topshirilgan talabnomada: referat (seleksiya yutug’ining qisqacha mazmuni) ham bo’lishi kerak. Shu bilan birga, talabnoma beruvchi, talabnoma beruvchilarning nav va zotni sinovdan o’tkazganlik haqidagi hujjatlarni talabnoma bilan bir vaqtda yoki agentlikka talabnoma tushgan sanadan boshlab uch oy muddat ichida topshiradi. Talabnoma beruvchilarning nav va zotni sinovdan o’tkazganligi haqidagi hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Seleksiya yutuqlari bo’limiga (ish vaqtida) bir yil davomida topshirilishi mumkin. Seleksiya yutuqlari bo’limiga talabnoma topshirish sanasi talabnoma materiallari kelib tushgan sana bilan belgilanadi. Talabnoma o’simliklarning bitta navi yoki hayvonlarning bitta zotiga taalluqli bo’lishi kerak. Shuningdek, talabnoma materiallaridan o’simliklarning navlari bir parhishdan ko’paygan o’simlik bir yoki bir necha avlodlar, birinchi avlod duragayi va aralashmasi bilan, hayvonlar zotlari esa-zotning ichidagi xili, zavod xili, zavod tizimi, kross (parrandachilikda), partenoklon tizimlari, duragaylari tavsiflanishi kerak. Agar talabnoma tizimi nav, zot yoki aralashmaga berilsa (o’z-o’zidan changlanuvchan va mavsumiy ko’payuvchan o’simliklar), u holda nav, zotning hamma tizimlariga tegishli anketalarga ega bo’lishi kerak. Patent berish haqidagi seleksiya yutug’i muallifi va kimning nomiga patent yoki guvohnoma so’ralayotgan bo’lsa, ana shu shaxs, shuningdek, ularning turar- joyi yoki joylashgan eriga doir ma’lumotlar ko’rsatilgan ariza vaqtinchalik qoidalarning 3.1.bandiga muvofiq va vaqtinchalik qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladi. Seleksiya yutug’ining nomi Qonunga va “Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik qoidalari”ga muvofiq, talabnoma beruvchi taklif qilgan va seleksiya yutuqlari bo’limi ma’qullagan nom bo’lishi lozim. Seleksiya yutug’ining nomi o’xshashlikka olib kelishi, qisqa bo’lishi, u yoki bu yaqin botanik yoki zoologik avlod hamda turga taalluqli va 141 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М., Проспект, 2000. -711 с. 142 Каудыров.Т.Е. Гражданско-правовая охрана объектов промышленной собственности в Республике Казахстан. Автореф.дисс…. док. юрид. наук. -Алматы: 2002. –37 с. 558 hammaga ma’lum seleksiya yutug’i nomlaridan farqlanishi kerak. U faqat raqamlar bilangina chegaralanmasligi, xususiyati, kelib chiqishi, seleksiya yutug’ining muhimligi, seleksiya yutug’i muallifilar shaxsi bo’yicha chalg’itmas- ligi, insonparvarlik va axloqiy tamoyillarga zid bo’lmasligi kerak. Talabnomadan qishloq xo’jalik sohasidagi boshqaruv organlari va ilmiy- tadqiqot muassasalarining xulosalari o’z aksini topgan. Bu ijobiy hol albatta. Lekin seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirish tartibi hanuzgacha “vaqtinchalik qoidalar” bilan amalga oshirilayotganligi mavjud huquqiy mexanizmning barqaror emasligidan dalolat beradi. Qonun talablariga muvofiq tuzilgan talabnoma Intellektual mulk agentligining seleksiya yutuqlari bo’limiga talabnoma beruvchi orqali bevosita yoki pochta orqali topshiriladi, shuningdek, Intellektual mulk agentligidan ro’yxatdan o’tgan va tegishli ishonch qog’oziga ega bo’lgan shaxslar tomonidan ham topshirilishi mumkin. Shu o’rinda seleksiya yutuqlariga patent berish huquqiga ega davlat organi haqida quyidagi fikrlarni bayon etish maqsadga muvofiq. “Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi qonunning 3-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi seleksiya yutuqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi. Intellektual mulk agentligi seleksiya yutuqlariga patent berish haqidagi talabnomalarni qabul qilib oladi hamda ko’rib chiqadi. Seleksiya yutuqlari bo’yicha rasmiy ekspertiza o’tkazadi, seleksiya yutuqlarini davlat reestriga kiritadi va himoya hujjati beradi. Bir necha talabnoma beruvchidan talabnomasini topshirishda muhofaza hujjatini olish tadbirida talabnoma beruvchilardan biri ishtirok etishdan bosh tortsa, bu boshqa talabnoma beruvchilarni muhofaza hujjatini olishga bo’lgan harakatini amalga oshirishda to’siq bo’lmaydi. Qonunga muvofiq, talabnomada ko’rsatilgan seleksiya yutug’ining davlat ekspertizasi rasmiy ekspertizani va yangilik ekanligini ekspertiza qilishdan hamda farqlanish, o’xshashlik va barqarorlikni aniqlash maqsadida o’tkaziladigan davlat sinovidan iborat himoyaga layoqatlilik ekspertizasini o’z ichiga oladi. Seleksiya yutug’iga patent uchun himoyaga layoqatlilik jihatdan to’liq ekspertiza qilinadigan guvohnoma uchun esa, o’xshashlik va barqarorlik sinovi o’tkaziladi. Talabnomaning rasmiy ekspertizasi ikki oy muddatida o’tkazilib, ekspertiza davomida ustuvorlik sanasi belgilanadi hamda zarur hujjatlarning qo’yilgan talablarga qanchalik mosligi tekshiriladi (Rossiya Federastiya qonunchiligida bu muddat bir oyni tashkil etadi). Talabnoma noto’g’ri tuzilgan yoki mavjud xatoliklarning ahamiyatidan kelib chiqib talabnoma qabul qilinmaydi yoxud talabnoma beruvchiga talabnomani tuzatish va to’ldirish uchun zaruriy muddat beriladi. Shuningdek, rasmiy ekspertiza o’tkazilayotgan davrda talabnoma beruvchi o’z tashabbusi bilan talabnoma materiallarini to’ldirishga, ularga aniqlik yoki tuzatishlar kiritishga haqlidir. Rasmiy ekspertiza o’tkazilgandan so’ng, rasmiy ekspertiza natijalari va tegishlicha o’simliklar naviga yoki hayvonlar zotiga berilgan talabnomani qabul 559 qilinganligi yoki qaytarilganligi, arz hujjatlarini ixtisoslashtirilgan tashkilotga yangilik, farqlanish, o’xshashlik va barqarorlik bo’yicha davlat ekspertizasiga topshirilganligi to’g’risida talabnomachiga bildirish qog’ozi yuboriladi. Talabnomalar olinganligi to’g’risidagi ma’lumotlar Intellektual mulk agentligining rasmiy ma’lumotnomasida chop etiladi. Talabnoma muhokamaga qabul qilinganligi va uni ixtisoslashtirilgan tashkilotga topshirilganligi to’g’risidagi bildirish qog’ozi Intellektual mulk agentligidan olinganidan so’ng, talabnoma beruvchi tegishli bojlarni to’laydi va nav, zot namunalarini huquqiy himoyaga layoqatlilik bo’yicha davlat sinovini o’tkazishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning namunalar soni ko’rsatilgan hujjati asosida tegishli manzillarga o’z vaqtida urug’lar, nasl materiallariga guvohnomalar qo’shilgan holda yuboriladi. Ko’rib chiqishga qabul qilingan talabnomalardagi seleksiya yutuqlariga muvaqqat huquqiy himoya tayinlanadi. Muvaqqat huquqiy himoya talabnoma to’g’risidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan e’tiboran seleksiya yutug’i davlat reestrida ro’yxatga olingan sanaga qadar belgilanadi. Muvaqqat huquqiy himoya davrida seleksiya yutug’i muallifi patent egasi huquqlariga ega bo’ladi. Agar patent yoki guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat qilish imkoniyatlari tugagan bo’lsa, muvaqqat huquqiy himoya boshlanmagan deb hisoblanadi. Himoyalash talab qilingan seleksiya yutuqlaridan ularga muvaqqat huquqiy himoya belgilangan davrda foydalanilayotgan shaxs patent egasining talabiga binoan unga patent yoki guvohnoma olganidan keyin pul tovoni to’lashi shart. Bu tovonning miqdori patent egasi bilan tuzilgan bitimda belgilab qo’yiladi. Seleksiya yutug’ining yangilik ekanligi ekspertizasi urug’lik yoki nasl materiali ustuvorlik sanasi va qonunda belgilangan boshqa muddatlar davomida, seleksiya yoki uning huquqiy vorisi tomonidan boshqa shaxslarga berilmaganligi yoki seleksiya yoki uning huquqiy vorisining roziligi bilan boshqa shaxslar undan foydalanmaganligini aniqlaydi 143 . Qonunning 22-moddasiga muvofiq seleksiya yutug’ining yangilik ekanligi ekspertizasini ixtisoslashtirilgan tashkilot mavjud hujjatlar va dalil isbotlar shu jumladan, o’z tashabbusi bilan olgan axborot asosida amalga oshiradi va Intellektual mulk agentligiga talabnomada ko’rsatilgan seleksiya yutug’ining yangilik mezonlariga muvofiq yoki nomuvofiqligi to’g’risidagi xulosani taqdim etadi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning xulosasiga muvofiq, Intellektual mulk agentligi seleksiya yutug’ining yangilik mezoni mavjud yoki mavjud emasligi to’g’risida talabnoma beruvchini yozma ravishda xabardor etadi. Agar talabnomada ko’rsatilgan seleksiya yutug’i yangilik mezoniga mos bo’lmasa, Intellektual mulk agentligi patent berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Talabnoma to’g’risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida har qanday manfaatdor shaxs talabnomada ko’rsatilgan seleksiya yutug’ining yangilik ekanligiga nisbatan o’z da’vosini Intellektual mulk agentligiga jo’natishi mumkin. Intellektual mulk agentligi seleksiya yutug’ining 143 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. –М., Проспект, 2000. -713 с. 560 yangiligiga nisbatan olingan da’vo haqida talabnoma beruvchini xabardor qiladi. Talabnoma beruvchi bunday da’voga rozi bo’lmasa, bildirishnoma (bu haqda Intellektual mulk agentligining xabarini) olgan kundan boshlab uch oylik muddat ichida Intellektual mulk agentligiga dalil isbotlar bayon etilgan e’tirozni jo’natish huquqiga ega. Intellektual mulk agentligining patent berishni rad etish to’g’risidagi qarori ustidan talabnoma beruvchi Intellektual mulk agentligining Apellastiya kengashiga shikoyat bilan murojaat etishga haqli. Bu huquq rad etish haqidagi qaror qabul qilinib, bu haqda talabnoma beruvchi xabardor qilingandan so’ng uch oylik muddat ichida saqlanib qoladi. Uch oylik muddat o’tgach, talabnoma beruvchi bunday huquqni yo’qotadi. Apellastiya tushgan sanadan e’tiboran ikki oylik muddatda apellastiya kengashi tomonidan ko’rib chiqilishi kerak. Apellastiya kengashining qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida uning ustidan shikoyat qilish mumkin. Seleksiya yutug’i himoyaga layoqatliligining farqlanish, o’xshashlik va barqarorlik mezonlari chuqur ilmiy tekshiruv va biologik, zoologik, fiziologik, genetik tadqiqotlarni talab qilish uchun ularga nisbatan tayinlangan ekspertiza- seleksiya yutug’ining davlat sinovi deb ataladi. Seleksiya yutug’ining farqlanish, o’xshashlik va barqarorlik mezonlariga mosligining davlat sinovi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (qishloq xo’jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi va chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi) tomonidan belgilangan uslub va muddatlarda o’tkaziladi. Davlat sinovi o’tkazish uchun talabnoma beruvchi kerakli miqdordagi urug’lik, ko’chat yoki nasl mahsulotlarini ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan belgilangan manzilga «Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik qoidalari»ning 4-ilovasida 144 ko’rsatilgan muddatda taqdim etilishi shart. Seleksiya yutug’ining davlat sinovini o’tkazishda ixtisoslashtirilgan tashkilot talabnoma beruvchi, O’zbekiston Respublikasining tashkilotlari, shuningdek boshqa davlatlarning vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan sinov natijalaridan foydalanishi mumkin. O’tkazilgan sinov natijalariga qarab, seleksiya yutug’ining himoyaga layoqatlilik mezoniga mosligi to’g’risida ixtisoslashtirilgan tashkilot xulosa chiqaradi. Agar, seleksiya yutug’i himoyaga layoqatlilik mezonlariga mos bo’lsa, uning nomi belgilangan talablarga mos kelsa, ixtisoslashtirilgan tashkilot seleksiya yutug’ining rasmiy tavsifini tayyorlayodi. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tayyorlagan seleksiya yutug’ining rasmiy tavsifiga muvofiq, Intellektual mulk agentligi seleksiya yutug’iga patent berish to’g’risidagi qarorni qabul qiladi. Seleksiya yutug’i himoyaga layoqatlilik mezonlariga mos bo’lmasa, Intellektual mulk agentligi patent yoki guvohnoma berishni rad etish to’g’risidagi qarorni qabul qiladi. Bunda arizachi uch oylik muddat ichida Intellektual mulk agentligining qarori ustidan shikoyat bilan Apellastiya kengashiga murojaat qilish huquqiga ega bo’ladi (qonuning 23-moddasi). Seleksiya yutug’iga patent berish haqidagi talabnoma talabnoma 144 Seleksiya yutuqlari. Rasmiy Axborotnoma.-T.: 1998. -142 b. 561 beruvchining yozma roziligi bilan patent berish to’g’risida yoki berishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar chaqirib olinishi mumkin. Bunda talabnoma beruvchilar bir nechta bo’lsa, talabnoma ulardan har birining roziligi bilangina chaqirib olinadi. Agar ulardan biri norozi bo’lsa, talabnoma chaqirib olinmaydi. Talabnoma beruvchining iltimosiga muvofiq, talabnomani to’ldirish, unga aniqlik va tuzatish kiritish muddatlari uch oygacha uzaytirilishi mumkin, hamda bunday uzaytirish ko’pi bilan ikki marta amalga oshiriladi. Muddatlarni uzaytirish to’g’risida iltimosnoma topshirganlik uchun boj yoki yig’im to’laydi. Intellektual mulk agentligi patent berish to’g’risida qaror qabul qilganidan so’ng, seleksiya yutuqlariga bo’lgan huquqlarni rasmiylashtirish hamda patent berish tartibining uchinchi-so’nggi bosqichi boshlanadi. Unda Intellektual mulk agentligi seleksiya yutug’ini O’zbekiston Respublikasi Seleksiya yutuqlari davlat reestrida ro’yxatga oladi. Davlat reestriga o’simlik va hayvonlar ajdodi (turi) haqidagi ma’lumotlar nav yoki zotning nomi, seleksiya yutug’ining ro’yxatdan o’tish sanasi va ro’yxat raqami, patent egasining ismi va uning manzili, hamda seleksiya yutug’i muallifining nomi to’g’risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Keyinchalik reestrga patentning boshqa shaxsga (uning ismi va manzilini ko’rsatgan holda) o’tkazilganligi haqidagi mutlaq, ochiq va majburiy litsenziyalar haqidagi ma’lumotlar hamda patentning amal qilinishini to’xtaganligi (sababini ko’rsatib) haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi qonunning 27-moddasiga muvofiq, patentni O’zbekiston Respublikasi nomidan Intellektual mulk agentligi beradi. Seleksiya yutug’i ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan boshlab olti oy ichida har qanday shaxs patent berilishiga e’tiroz bildirish huquqiga ega. Bu e’tirozni Apellastiya kengashi tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilot vakillari ishtirokida e’tiroz bildirilgan sanadan boshlab olti oy ichida ko’rib chiqishi lozim. Bunday e’tirozlar bildirilmagan va ular rad qilingan bo’lsa, Intellektual mulk agentligi seleksiya yutug’ini ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumot e’lon qilingan vaqtdan boshlab, olti oy o’tgach patentni beradi. Bunda seleksiya yutug’iga patent berish haqidagi qarorga e’tiroz bildirilgan yoki bildirilmaganligi ahamiyatga ega emas. Patent berishni so’rayotgan shaxslar sonidan qat’i nazar seleksiya yutug’iga bitta himoya hujjati beriladi. Himoya hujjatlarining shakli va ularda ko’rsatiladigan ma’umotlar tarkibi Intellektual mulk agentligi tomonidan belgilanadi. Patent egasi patent olganidan so’ng, shu nav va zotga taalluqli zarur materiallarni saqlash uchun jo’natadi (Qonunning 27-moddasi 8-qismi). Patent egasi navni, zotni patentning amal qilishi muddati davomida, nav, zot tegishli davlat reestrida ro’yxatga olingan sanada tuzilgan, ularga doir rasmiy tavsifda ko’rsatilgan belgilarini o’zgartirmay saqlashi lozim. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va Intellektual mulk agentligining so’roviga binoan patent egasi nazorat sinovlarini o’tkazish uchun nav urug’larini yoki nasl materialini jo’natishi va tegishli joyda tekshiruv o’tkazish uchun imkoniyat yaratib berishi lozim. Seleksiya yutuqlariga patent huquqini rasmiylashtirish harakatlari: patent berish haqida talabnoma topshirish, talabnomada ko’rsatilgan seleksiya yutug’ini 562 ekspertiza va sinovdan o’tkazish, patent berish, uni o’z kuchida saqlab qolish, shuningdek, seleksiya yutug’ining ekspertizasi va himoyasi bilan bog’liq yuridik ahamiyatga molik amallarni bajarish uchun bojlar yoki yig’imlar undiriladi. qonunga muvofiq, bajarilganligi uchun bojlar va yig’imlar undiriladigan harakatlar ro’yxati, bojlar va yig’imlar miqdori hamda ularni to’lash muddati, shuningdek, to’lovdan ozod qilish, to’lov muddatlarini kamaytirish yoki bojlar yoxud yig’imlarni qaytarib berish uchun asoslar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladi (Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi qonun- ning 29-moddasi). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling