Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Seleksiya yutug’iga nisbatan patent egasining huquq va
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
5 §. Seleksiya yutug’iga nisbatan patent egasining huquq va
majburiyatlari Seleksiya yutuqlariga nisbatan seleksiya yutug’ining muallifi, ularning huquqiy vorislari, ish beruvchilar hamda seleksiya yutug’ining muallifining roziligi bilan patent olish huquqiga ega bo’lgan boshqa shaxslar patent egasi bo’lishlari mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, seleksiya yutug’ining muallifi yaratilgan seleksiya yutug’i to’g’risida ish beruvchini xabardor qilgan kundan e’tiboran to’rt oy ichida ish beruvchi Intellektual mulk agentligiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechmasa va seleksiya yutug’ini sir saqlash to’g’risida seleksiya yutug’ining muallifiga ma’lum qilmasa, seleksiya yutug’ining muallifi talabnoma topshirish orqali seleksiya yutug’iga patent egasi sifatida tan olinish huquqiga ega bo’ladi. Xizmat tartibida yaratilgan seleksiya yutug’ining egasi ish beruvchi hisoblanadi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, seleksiya yutug’ining muallifi seleksiya yutug’ini yaratishda: o’ziga egallab turgan lavozimga xos vazifalarni bajargan bo’lsa; seleksiya yutug’ini yaratish maqsadida o’z zimmasiga maxsus yuklatilgan vazifalarni bajargan bo’lsa; ish beruvchi yoki topshiriq bergan shaxs tomonidan o’ziga berilgan moddiy vositalar yoki moliyaviy mablag’lardan foydalangan bo’lsa; ish beruvchi tashkilotning o’ziga xos jihatini tashkil etadigan bilim va tajribadan foydalangan bo’lsa, bunday yutuq xizmat tartibida yaratilgan deb hisoblanadi. Shuningdek, seleksiya yutug’iga nisbatan patent egasi sifatida seleksiya yutug’i muallifi va ish beruvchi o’rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan shaxs ham tan olinishi mumkin. Agar seleksiya yutug’i muallifning o’zi tomonidan 567 mustaqil yaratilgan bo’lsa, u holda seleksiya yutug’i muallifi yoki uning huquqiy vorisining patent yoki guvohnomani boshqa shaxsga berish to’g’risidagi talabnomasi yoki arizasida ko’rsatilgan har qanday shaxs patentni olish huquqiga ega. Bu holda seleksiya yutug’i muallifi yoki uning huquqiy vorisining arizasi Intellektual mulk agentligiga patent berish to’g’risida qaror qabul qilinishiga qadar tushgan bo’lishi lozim. Seleksiya yutug’ini bir necha shaxslar bir-biridan holi ravishda yaratgan bo’lsalar, u holda patent olish huquqiga Intellektual mulk agentligiga oldinroq talabnoma topshirgan va bu talabnomasi chaqirib olinmagan yoki rad etilmagan shaxs ega bo’ladi. Intellektual mulk agentligining va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning xizmatchilari ana shu tashkilotlarda ishlagan butun davrida patent olish huquqiga ega emaslar. Ular patent olish huquqiga Intellektual mulk agentligi yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan ishdan ketganlaridan bir yil o’tgandan so’ng, ega bo’ladilar (Qonunning 15-moddasi). Seleksiya yutug’iga nisbatan mualliflik huquqidan farq qilib seleksiya yutug’iga nisbatan patent huquqi va patent olish huquqi meros asosida bir shaxsdan ikkinchisiga o’tishi mumkin. Shu bilan birga patent egasi o’zining egalik huquqidan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs foydasiga voz kechishi mumkin. Bunda seleksiya yutug’iga nisbatan patent egasi sifatida ana shu shaxslar tan olinadi. Seleksiya yutug’iga nisbatan patent egasiga ham xuddi sanoat mulk huquqi obyektlariga nisbatan patent egasiniki kabi seleksiya yutug’idan foydalanishda mutlaq huquqlar mavjud. Shu bilan birga patent egasi bunday huquqqa patent olmagan uchinchi shaxslar ega bo’lishlari mumkin emasligini ham belgilaydi. Shuningdek, qonun xuddi ixtirolarning huquqiy rejimidagi kabi seleksiya yutuqlarida ham patent egasiga mutlaq huquqlar bir bir qatorda majburiyatlarni, patentni tasarruf etish huquqini belgilaydi. Biroq seleksiya yutug’i obyektlarining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, seleksiya yutug’iga nisbatan patent egasining ixtirolarga nisbatan patent egasidan farq qiladigan bir qator alohida huquqlari mavjud. Birinchidan, sanoat mulk huquqi obyektlaridan farq qilib, seleksiya yutug’iga nisbatan berilgan patent va patent egasining huquqlari uzoq muddatga davom etadi. Bunda ixtirolar uchun patent muddati ko’pi bilan 20 yilni tashkil etsa («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida»gi qonuning 3-moddasi), seleksiya yutuqlarining ko’pchiligi uchun 30 yil (patent egasining iltimosiga binoan uzaytirilishi mumkin bo’lgan muddatni ham qo’shib hisoblaganda) boshqalari (tok, yog’ochbop, manzarali, mevali daraxtlar uchun) 35 yilni tashkil etadi. Ikkinchidan, sanoat mulk huquqi obyektlariga beriladigan patentlarning amal qilish muddati ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblansa, seleksiya yutuqlari uchun beriladigan patentni hisoblash muddati esa, nav yoki zot Davlat reestriga kiritilgandan boshlab hisoblanadi. Seleksiya yutuqlariga nisbatan patent egasining huquqlari seleksiya yutug’iga muvaqqat huquqiy himoya tayinlangan paytdan boshlanadi. Muvaqqat huquqiy himoya himoyalash talab qilingan seleksiya yutug’iga talabnoma to’g’risidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan e’tiboran seleksiya yutug’i Davlat 568 reestrida ro’yxatga olingan sanaga qadar belgilanadi. qonunning 21-moddasiga muvofiq, talabnoma beruvchi seleksiya yutug’iga muvaqqat huquqiy himoya berilgan davrda patent egasining huquqlariga ega bo’ladi. Arizachining muvaqqat huquqiy himoya davrida bunday huquqlarga ega bo’lishi ijobiy hol albatta. Seleksiya yutuqlarini patent orqali muhofaza etilishini o’ziga xos xususiyati shundaki, qonun uchinchi shaxslarga patent egasining roziligisiz seleksiya yutug’iga nisbatan amalga oshira olmaydigan harakatlar ro’yxatini belgilaydi 150 hamda patent egasining mutlaq huquqlari qaysi harakatlarga qaratilishini ko’rsatadi. qonunning 30-moddasiga binoan patent egasining mutlaq huquqi-har qanday shaxs-himoya qilinayotgan seleksiya yutug’ining urug’lik, ko’chat yoki nasl materialiga nisbatan quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun patent egasining ruxsatini olishi zarurligi bilan ifodalanadi. Patent egasining roziligidan so’ng amalga oshirilishi mumkin bo’lgan bunday harakatlar jumlasiga: etishtirish va takror etishtirish (ko’paytirish); nav yoki nasllik kondenstiyasiga etkazish; sotish uchun taklif etish; sotish va boshqa usulda o’tkazish; O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish; shuningdek yuqorida sanab o’tilgan maqsadlarda saqlash. Ushbu huquqlar patent egasining mutlaq huquqlari (patent bilan muhofaza qilinadigan huquqlar) bo’lib, ulardan foydalanish huquqi ham patent egasining o’ziga tegishlidir. Patent egasi o’zining mutlaq huquqlari jumlasiga kiruvchi ushbu harakatlardan foydalanish uchun beradigan ruxsatnomani faqat o’zining xohishi bilan beradi hamda ushbu ruxsatnoma evaziga seleksiya yutug’idan foydalanuvchi zimmasiga turli xil shartlar, cheklovlar va majburiyatlar yuklashi mumkin bo’ladi. Shuningdek, patent egasining huquqi uning ruxsatisiz fuqarolik muomilasiga kiritilgan urug’lik yoki zotli hayvonlardan etishtirilgan o’simlik materialiga va chorva mahsulotlariga ham amal qiladi. Muhofaza qilinayotgan nav, zot belgilarini jiddiy ravishda o’zida saqlab qolgan (bunda, muhofaza qilinayotgan nav yoki zot boshqa nav yoki zotning belgilarini jiddiy ravishda o’zida saqlab qolgan bo’lmasligi lozim), ushbu qonunning barqarorlik mezoniga muvofiq muhofaza qilinayotgan nav yoki zotdan aniq-ravshan farq qilmaydigan, muhofaza qilinayotgan nav yoki zotdan bir necha marta foydalanishni talab qilgan navning urug’lik, ko’chat materialiga yoki zotning nasl materialiga nisbatan patent egasining mutlaq huquqlari doirasiga kiradigan harakatlarni (qonunning 30-moddasi 2-qismida ko’rsatilgan) amalga oshirish uchun ham patent egasining ruxsatini olish zarur. «Seleksiya yutuqlari to’g’risida»gi qonun nav yoki zot boshqa (dastlabki nav yoki zotning belgilarini «jiddiy ravishda o’zida saqlab qolishi» tushunchasini ham izohlab o’tadi. Bu izoh qonun 31-moddasining 5-qismida bayon etilgan bo’lib, agar nav yoki zot: -dastlabki nav yoki zotning eng muhim belgilarini o’zida saqlab qolgan bo’lsa va bu nav yoki zot ham o’z navbatida o’zidan oldingi dastlabki nav yoki zot genotipi yoxud genotiplar kombinatsiyasini aks ettiradigan asosiy belgilarini saqlagan holda ularning eng muhim belgilarini o’zida saqlab qolgan bo’lsa; 150 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. –М.: Проспект. 2000. -720 с. 569 -tabiiy yoki hosil qilingan mutantni saralab olish, dastlabki nav o’simliklari yoki zot hayvonlardan ayrim mutantlarni saralab olish, bekkross, nav yoki zotni gen injineriyasi usullari bilan o’zgartirish kabi turli uslublarni qo’llash tufayli yuz bergan farqlarni istisno etganda dastlabki nav yoki zotdan aniq-ravshan ajralib tursa va oldingi nav yoki zotning genotipi yoxud genotiplar kombinatsiyasiga mos kelsa, o’zida boshqa (dastlabki) nav yoki zotning belgilarini saqlab qolgan nav yoki zot deb e’tirof etiladi. Bir necha patent egalariga tegishli patent bilan muhofaza qilingan seleksiya yutug’idan foydalanish chog’idagi o’zaro munosabatlar ular o’rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi. Seleksiya yutug’iga nisbatan patent egalari o’rtasida seleksiya yutug’idan foydalanish to’g’risidagi kelishuv bo’lmasa, har bir patent egasi muhofaza qilinayotgan seleksiya yutug’idan o’z xohishi bo’yicha foydalanishi mumkin. Lekin bunda har bir patent egasi muhofaza qilinayotgan seleksiya yutug’iga boshqa patent egalarining roziligisiz maxsus litsenziya berishga yoki patentdan yoxud guvohnomaga bo’lgan huquqdan boshqa shaxsning foydasiga voz kechishga haqli emas. Maxsus litsenziya berish va patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish uchun patent egasi boshqa shaxslarning yozma roziligini olishi lozim. Patent egalari o’rtasidagi seleksiya yutug’iga nisbatan mutlaq huquqlar doirasi va seleksiya yutug’idan foydalanish bo’yicha nizolar sud tomonidan tartibga solinadi. Patent egasining mutlaq huquqlariga putur yetkazmaydigan istisno holatlar ham qonunda sanab ko’rsatilgan. Istisno holatlar deganda seleksiya yutuqlaridan patent egasining roziligini olmasdan, uchinchi shaxslar foydalanishi mumkin bo’lgan holatlar tushuniladi. Patent egasining roziligisiz seleksiya yutug’idan uchinchi shaxslar shaxsiy va notijorat maqsadlarda foydalanishlari mumkin. Bunday maqsadlarda foydalanish deganda yangi nav va zot, urug’ligi, ko’chati yoki nasl mahsulotini o’z tomorqasida ekish va iste’mol qilish tushuniladi. Seleksiya yutug’idan sinov-tajriba maqsadida foydalanish ham patent egasining mutlaq huquqlarini buzish deb baholanmaydi. Seleksiya yutuqlaridan erkin foydalanishdagi muhim holatlardan biri ana shu yaratilayotgan nav va zotdan patent egasining mutlaq huquqlarini buzmagan holda boshqa navlar yoki zotlar yaratish uchun dastlabki nav yoki zot sifatida foydalanishdir 151 . Bunday foydalanish patent egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydi hamda patent egasidan ruxsat olishni talab qilmaydi. Shuningdek, korxona, xo’jalik subyektlari patent egasidan olgan navli urug’lik va nasl materialidan ikki yil davomida takror etishtirish uchun ana shu korxona, xo’jalik subyektlari hududida foydalanish ham patent egasining huquqlarini buzish deb e’tirof etilmay. Bu holatda navli urug’lik va ko’chat materialini olgan korxona, tashkilotga faqatgina takror etishtirish huquqi beriladi. Navli urug’lik va ko’chat materialini istagancha tasarruf etishga, uni sotishga yoki boshqacha usulda o’zga shaxslarga berishga yo’l qo’yilmaydi. Bundan tashqari takror etishtirish ham qonunda belgilangan muddatdan oshmasligi va aynan qonun 151 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. –М.: Проспект. 2000. -715 с. 570 belgilagan hududda amalga oshirilishi kerak. Patent egasi o’ziga patent asosida tegishli bo’lgan barcha huquqlarni tasarruf etishga haqli. qonunning 38-moddasiga muvofiq, patent egasi patent olish huquqini patent berish haqidagi talabnoma Intellektual mulk agentligida ro’yxatga olinganligi tufayli kelib chiqadigan huquqlar shuningdek, patentdan kelib chiqadigan huquqlarni har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga o’tkazishi mumkin. Talabnoma beruvchi talabnoma Intellektual mulk agentligiga topshirilgan paytdan to patent berish to’g’risidagi qaror qabul qilingunga qadar patent olish huquqini boshqa shaxsga o’tkazishga haqli. Seleksiya yutug’iga berilgan patentga nisbatan huquqlarni boshqa shaxsga o’tkazish sanoat mulki obyektlariga berilgan patentga nisbatan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish tartibi kabi haq evaziga yoki haqsiz ekanligidan qat’i nazar yozma ravishda tuziladigan shartnomalar orqali amalga oshiriladi 152 . Patent olish huquqini boshqa shaxs foydasiga voz kechish fuqarolik huquqida qonun yo’l qo’ygan istalgan shartnoma, xususan oldi-sotdi, mulkni tekinga berish, ayirboshlash va shu kabilar orqali rasmiylashtirilishi mumkin 153 . Seleksiya yutuqlaridan foydalanishga ruxsat berish – litsenziya shartnomalari esa, qat’iy yozma shaklda tuzilishi lozim. Seleksiya yutuqlariga egalik qilish huquqlarini boshqa shaxsga o’tkazish to’g’risidagi shartnoma, shuningdek litsenziya shartnomalari ham Intellektual mulk agentligidan ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng haqiqiy hisoblanadi. Patentda ko’rsatilgan nav yoki zot to’g’risida litsenziya shartnomasi tuziladi va bunday shartnomalarning predmetini nav va zotdan foydalanish huquqi kimga berilayotganligi hamda shu huquqlar doirasi tashkil etadi. Patent egasi o’z nomiga berilgan patent bilan qo’riqlanayotgan seleksiya yutug’idan foydalanishga patent egasi bo’lmagan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga berishi mumkin. Seleksiya yutug’idan foydalanishni boshqa shaxsga berish bevosita patent egasi yoki Intellektual mulk agentligi yordamida amalga oshiriladi. Birinchi holatda patent egasi seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini o’zi istagan shaxs yoki shaxslarga shartnoma asosida beradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish to’g’risidagi shartnomalar- litsenziya shartnomalari-deb ataladi. qonunda bunday shartnomalarni bir necha turlari sanab ko’rsatilgan. Bevosita patent egasining o’zi tomonidan seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o’tkazishga qaratilgan litsenziya shartnomalarining ikki turi qonunda o’z ifodasini topgan. Ulardan birinchisi seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o’tkazish to’g’risidagi maxsus litsenziya shartnomasidir. Maxsus litsenziya shartnomasi patent egasi va seleksiya yutug’idan foydalanish istagini bildirgan shaxs o’rtasida tuziladi. Qonunga muvofiq maxsus litsenziya litsenziat (seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini qo’lga kiritgan shaxs)ga shartnomada belgilangan doiradagi seleksiya yutug’idan foydalanish bo’yicha mutlaq huquqlarni beradi. Bunda mutlaq huquqlar deyilganda litsenziar litsenziatga bergan va shu bilan birga uchinchi shaxslarga berishidan saqlanishi lozim bo’lgan huquqlar tushuniladi. 152 O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi (2-qism). –T.: Adolat. 1999. -426 b. 153 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. –М.: Проспект. 2000. -722 с. 571 Patent egasi seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini litsenziya shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishda, seleksiya yutug’iga berilgan patentdan kelib chiqadigan barcha huquqlarni, shu jumladan uchinchi shaxslarga litsenziya berish huquqini ham o’zida saqlab qolsa, bunday litsenziya shartnomasi – nomutlaq (oddiy) litsenziya shartnomasi deyiladi. Oddiy litsenziya shartnomalarida litsenziar aynan bitta seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini bir necha shaxslarga berishi mumkin. Bunda litsenziar seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini ham o’zida saqlab qoladi. Mutlaq va oddiy litsenziya shartnomalari Intellektual mulk agentligi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab haqiqiy hisoblanadi. Seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini Intellektual mulk agentligi orqali boshqa shaxsga berish ochiq litsenziya va majburiy litsenziya shartnomalari orqali amalga oshiriladi. Ochiq litsenziya shartnomasi patent egasining seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini har qanday shaxsga berish to’g’risidagi Intellektual mulk agentligiga topshirgan ariza asosida buziladi. qonunning 39- moddasi 3-bandiga muvofiq, bu holda patent yoki guvohnomani o’z kuchida saqlaganlik uchun undiriladigan boj yoki yig’im 50%ga kamaytiriladi. Ochiq litsenziyani sotib olish olish istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan to’lovlar to’g’risida shartnoma tuzishi shart. Qonunga muvofiq patent egasining ochiq litsenziyaga bo’lgan huquqni boshqa shaxsga berish to’g’risidagi arizasi chaqirib olinmaydi. Ya’ni patent egasi ochiq litsenziya berishdan voz kecha olmaydi. Majburiy litsenziya berish shartlari qonunda belgilanganiga ko’ra, quyidagi holatlar mavjud bo’lganda beriladi. Birinchidan, majburiy litsenziya berilishi so’ralayotgan seleksiya yutug’iga patent uch yil oldin berilgan bo’lishi kerak. Ikkinchidan, uch yil davomida patent egasi seleksiya yutug’idan foydalanilmaganligi yoki foydalana olish imkoniga ega bo’lmasligi lozim. Uchinchidan, har qanday litsenziya shartnomasi tuzishni patent egasi rad qilgan bo’lishi shart. To’rtinchidan, majburiy litsenziya olishni talab qilgan shaxs seleksiya yutug’idan foydalanishni ta’minlay oladigan shaxs bo’lishi lozim. Bundan tashqari majburiy litsenziya olish istagini bildirgan shaxs majburiy litsenziya so’rab murojaat qilganligi uchun boj va yig’imlarni to’lashi kerak. Shuningdek, majburiy litsenziya patent egasining seleksiya yutug’idan foydalanmasligi jamiyat manfaatlariga dahl qilsa, ya’ni jamiyat manfaatlariga zarar yetkazsa, nomutlaq litsenziya shaklida beriladi. Qonun 40-moddasiga muvofiq majburiy litsenziya berishni so’rab, sudga ariza bilan murojaat qilinadi. Sud arizani o’rganish jarayonida yuqorida sanab ko’rsatilgan majburiy litsenziyani berish shartlariga e’tibor qaratish lozim. Agar shu shartlardan biri bo’lmasa ham arizani ko’rib chiqish rad etiladi. Zero, bu shartlar bir birini to’ldirish vazifasini bajaradi va ularning barchasi majburiy litsenziya berish uchun yaxlit asosni tashkil etadi. Majburiy litsenziyani qo’lga kiritgan shaxs patent egasidan seleksiya yutug’ining dastlabki urug’lik, ko’chat yoki nasl materialini talab qilib olish huquqiga ega bo’ladi. Bunda patent egasi himoya qilinayotgan seleksiya yutug’idan foydalanish yoki seleksiya yutug’idan foydalanish litsenziyasini 572 boshqa shaxsga berish huquqlarini saqlab qoladi. Intellektual mulk agentligi majburiy litsenziyalar berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi lozim. Qonunda patent egasi huquqlarining tugashi shartlari ham sanab ko’rsatilgan. Unga muvofiq, patent egasining huquqlari muhofaza qilinayotgan nav yoki zotning har qanday mahsulotiga doir xatti-harakatlarga nisbatan seleksiya yutuqlari quyidagi asoslarda muomilaga kiritilganda amal qilmaydi: -muhofaza qilinayotgan nav yoki zotga doir har qanday material O’zbekiston Respublikasi hududida patent egasining o’zi tomonidan yoki uning roziligi bilan sotish orqali; -yoxud boshqa usulda o’tkazish (masalan, hadya, ayirboshlash, tekin foydalanish uchun berish va h.k.) orqali; -qayta ishlash va iste’mol maqsadlarida tegishli botanik va zoologik turdagi nav yoki zot muhofaza qilinmaydigan mamlakatga olib chiqish orqali. Shuningdek, aynan shu harakatlar keyinchalik ko’paytirish maqsadida amalga oshirilgan holatlarda patent egasining huquqlari tugamasligi qonunning 32- moddasi 2-qismida o’z ifodasini topgan. Seleksiya yutug’idan foydalanish va tasarruf etish bilan birga qonunda patent egasiga ana shu harakatlarni amalga oshirishda bir qator majburiyatlar yuklatilgan. Bu majburiyatlar sanoat mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq egalarining majburiyatlariga mos keladi. Seleksiya yutuqlari va sanoat obyektlari bitta huquqiy hujjati (patent) orqali himoya qilinganligi sababli ularga shu huquqiy muhofa hujjati asosida deyarli bir xil majburiyatlar yuklatilgan. Patent egasi seleksiya yutug’iga berilgan patentni uning butun amal qilish muddati davomida o’z kuchida saqlaganlik uchun boj va yig’imlar to’lashi lozim. Patentni o’z kuchida saqlaganlik uchun undiriladigan boj va yig’imlarning miqdori va ularni to’lash muddatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladi. Seleksiya yutuqlariga nisbatan patent egasining o’ziga xos majburiyatlari ham mavjud bo’lib, bunday majburiyatlar sanoat mulki obyektlari patent egalarida mavjud bo’lmaydi. Seleksiya yutug’i patent egasining bu majburiyati uning intellektual mulk obyekti sifatidagi o’ziga xos xususiyatlarini ham ochib beradi. Patent egasining seleksiya yutug’ini saqlab qolish majburiyati ana shunday majburiyatlardan bo’lib bunda patent egasi navni, zotni patent yoki guvohnomaning amal qilish muddati davomida shunday saqlashi shartki, nav, zot tegishli Davlat reestrida ro’yxatga olingan sanada tuzilgan ularga doir rasmiy tavsifda ko’rsatilgan belgilar saqlanib qolishi lozim. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling