Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
MUAMMOLI SAVOLLAR 
 
1. Sanoat mulki tushunchasi va turlari 
2. Ixtiro tushunchasi 
3. Ixtiro obyektlari 
4. Ixtiro hisoblanmaydigan obyektlar 
5. Ixtironing huquqiy muhofazaga layoqatlilik shartlari
6. Foydali model tushunchasi va huquqiy muhofazaga layoqatlilik shartlari 
7. Sanoat namunasi tushunchasi va huquqiy muhofazaga layoqatlilik shartlari 
8. Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga patent berish tartibi 
9. Ixtiroga berilgan patentning amal qilish muddati 
10. Foydali modelga berilgan patentning amal qilish muddati 
11. Sanoat namunasiga berilgan patentning amal qilish muddati 
12. Ixtiro, foydali model va sanoat namunasi muallifining huquq va 
majburiyatlari. 
13. Patent egasining huquq va majburiyatlari 
14. Patent foydalanish huquqini boshqa shaxsga o’tkazish 
15. Patent amal qilish muddatining bekor bo’lishi 


545 
63-BOB. SELEKSIYA YUTUQLARIGA BO’LGAN HUQUQ 
1 §. Seleksiya yutug’i tushunchasi 
Seleksiya yutug’i deganda, umumiy ma’noda, o’simliklarning yangi navi va 
hayvonlarning yangi zoti tushuniladi (Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi qonunning 
2-moddasi). Seleksiya o’zida inson irodasi asosida yo’naltirilgan o’simliklar va 
hayvonlarning evolutsiyasini ifodalaydi
124
. Ayni vaqtda seleksiya yutuqlari inson 
aqliy faoliyati natijasi hisoblanadi. 
Seleksiya -lotincha, selego so’zidan olingan bo’lib, saralash, to’plash degan 
ma’noni anglatadi
125
. Seleksiya -bu jonli tabiat, tirik borliq ustida olib borilgan 
kishilarning aqliy faoliyatlari bo’lib, seleksiya yutug’i esa, ana shu aqliy faoliyat 
natijasida erishiladigan muvaffaqiyatlardir. O’simliklarning navlari va hayvonlar-
ning zotlarini saralash, to’plash va ularni fiziologik, genetik va biologik usullar 
hamda ilmiy-ijodiy faoliyat orqali o’zaro chatishtirish yoki boshqa yo’llar bilan 
ko’paytirish natijasida yangi nav va zotni hosil qilish seleksiya yutug’i 
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi 2002 yil 29 avgustdagi “Seleksiya yutug’i 
to’g’risida”gi qonuni “seleksiya yutug’i” atamasi uchun asosiy tushunchalar 
hisoblangan-o’simliklar navi va hayvonlarning zoti tushunchalarining ta’rifini 
bayon etadi. Ushbu qonunga muvofiq, nav-o’simliklar guruhi bo’lib, u nasldan-
naslga barqaror o’tuvchi muayyan genotip yoki genotiplar kombinatsiyasini 
boshqalardan ajratib turuvchi belgilariga qarab aniqlanadi va ayni bir botanik 
taksondagi boshqa o’simliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farq 
qiladi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyatsiya navning muhofaza 
qilinadigan obyektlaridir.
Zot-genetik jihatdan o’zaro bog’liq biologik va morfologik xususiyatlari 
hamda belgilariga qarab aniqlanadigan hayvonlar (shu jumladan, parrandalar, 
hashoratlar, ipak qurti) yoki ularning duragaylari guruhi bo’lib, bu xususiyatlar 
hamda belgilarning ayrimlari muayyan guruhgagina xos bo’lib, uni hayvonlarning 
boshqa guruhlaridan farqlab turadi. Zot guruhi, zot ichidagi tip (zonal tip), zavod 
tipi, zavod liniyasi, zot oilasi, partinoklonlar, liniyalar, duragaylar zotning 
muhofaza qilinadigan obyektlaridir (Qonunning 2-moddasi). 
Yuqorida sanab o’tilgan nav va zotning muhofaza qilinadigan obyektlari 
formal biologik tushunchalar bo’lib, bu obyektlarning buzilishi yoki ularga putur 
yetkazilishi mavjud nav va zotning buzilishiga va nobud bo’lishiga olib kelishi 
mumkin. Seleksiya yutug’i huquqiy muhofaza etilayotganda nav va zotga tegishli 
bo’lgan muhofaza qilinadigan obyektlarning holatini o’rganilib, huquq buzilishiga 
baho berish lozim.
Seleksiya – insonning ilmiy va aqliy bilimlarini o’simliklar va hayvonlar 
evolutsiyasiga yo’naltirish natijasida insonning o’zi uchun qulay, maqbul va 
foydali nav va zot yaratish jarayonidir. Shu o’rinda seleksiya sohasidagi 
tadqiqotlar bilan gen injineriyasi sohasida tadqiqotlar o’rtasidagi farqni izohlab 
o’tish joiz. Seleksiya - bu faqat o’simliklar va hayvonlar ustida olib boriladigan 
124
Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. -М.: Проспект. 2000. -702 с. 
125
O'zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. 9-tom. -T.: 1997.-585 b 


546 
tadqiqotlar bo’lsa, gen injineriyasi-barcha jonzot (shu jumladan, inson) ustida olib 
boriladigan ilmiy-tajribaviy faoliyatdir. Gen injeneriyasi tadqiqotlarining asosiy 
maqsadi tirik jonzotning asosiy unsuri-geniga turli ta’sir o’tkazib, yangi tur, nav, 
zot, xil yaratishdan iborat. Gen injeneriyasi usulida yaratilgan nav va zotlarni 
an’anaviy seleksiya usulida yaratilgan nav va zotlardan farqlash zarur. Gen 
injeneriyasida yangi nav va zot yaratish uchun bir turdagi yoki bir oiladagi 
hayvonlar va o’simliklar emas, balki bir-biridan butunlay uzoq tur va oiladagi 
o’simliklar va hayvonlar o’zaro gen injineriyasi usulida chatishtiriladi yoki sun’iy 
ravishda gen o’zgartiriladi. Natijada mutlaqo inson tasavvuriga sig’ishi qiyin 
bo’lgan gibridlar va mutantlar (masalan, fil va tuyaning, baliq va tovuqning, bo’ri 
va quyonning chatishmalari) yuzaga keladi. Jahon jamoatchiligining fikricha, 
bunday gibrid va mutantlarni yaratilishi mavjud tabiiy muvozanatni buzish bilan 
birga inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu holatlarni hisobga 
olib, bunday tadqiqotlarni o’tkazishni taqiqlash zarur.
A.I.Ioyrыsh, O.A.Krasovskiylarning fikricha gen injeneriyasi bu dasturli, 
nasldan naslga o’tish xususiyatiga ega bo’lgan, an’anaviy seleksiya yo’li bilan 
chiqarishning imkoni bo’lmagan biologik tuzilmalar (hayvonlar va o’simliklarning 
individual genlari, mikroorganizmlari, oqsillari) ini olishga qaratilgan uslub va 
vositalarning yig’indisidir. Gen injeneriyasi tabiat qonuniyatlarni bilishda, 
tibiiyotning dolzarb muammolarini hal qilishda, sanoat va qishloq xo’jaligining 
turli xil sohalarini muvofiqlashtirish va uyg’unlashtirishda, ko’plab ekologik va 
ijtimoiy 
muammolarining 
yechimini 
topishda 
insonning 
imkoniyatlarini 
kengaytiradi va yangi jihatlarni kasb etadi
126

Darhaqiqat, hozirgi kunda gen injeneriyasi sohasidagi tadqiqotlar yutuqlari 
inson hayoti, sog’lig’i va turmush sharoitining yaxshilanishi uchun bir qator 
foydali vositalarning yaratilishini ta’minladi. Zero, kelajakda gen injeneriyasi 
sohasidagi ilmiy tadqiqotlar har qanday kasallikni oldini oluvchi turli vakstinalarni, 
kasalliklarni tez davolovchi dori-darmonlarni tayyorlashda, yangidan-yangi oziq-
ovqat mahsulotlarini paydo bo’lishida asosiy vosita vazifasini bajaradi.
Keyingi paytlarda gen injeneriyasining yutuqlari jahon ham jamiyati 
tomonidan yuqori baholanmoqda. Zero, keyingi qisqa vaqt oralig’ida inson 
sog’lig’i uchun o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan turli dori-darmonlar
127
ning 
kashf etilishi, ko’p yillar davomida tuzatib bo’lmasligi tan olingan kasalliklarning 
davosi topilganligi (masalan, agar rak kasalligining boshlanish davrida, bu 
kasallikdan batamom xalos bo’lishi mumkinligi, virusli geppatit Vning vaksinasi 
topilganligi, hozirda deyarli barchaga ma’lum), inson organizmi garmonlarining 
o’sishiga yordam beruvchi turli vositalarning vujudga kelishi aynan gen 
injeneriyasi tadqiqotlarining hosilasidir. 
Bundan tashqari kelajakda insoniyat oldida turgan va hal etilishi yildan-yilga 
126
Иойрыш А.И., Красовский О.А. Правовые аспекты генной инженерии.// Государство и право. 1997.№3. С 
112. 
127
Masalan, 2002-2003 yillarda Xitoy va boshqa janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlarida tarqalgan «gripp» xastaligi 
o'xshash o'ta yuqumli o'tkir ichak va nafas yo'li (resperatorli) kasalligiga qarshi qisqa fursatda vaktsinaning 
yaratilishi gen injeneriyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning tez sur'atlarda rivojlanib borayotgani va inson hayoti va 
sog'ligi uchun katta ahamiyatga ega ekani bilan xarakterlanadi 


547 
qiyinlashib borayotgan ocharchilik, suvsizlik, tabiiy atrof-muhitning ifloslanishi va 
qo’yinki odam va uning mavjud bo’lishi bilan bog’liq deyarli barcha muammolarni 
hal etishda eng asosiy va birlamchi omil bu gen injeneriyasi va uning yutuqlari 
bo’ladi, deya hech ikkilanmasdan aytishimiz mumkin
128
. Ayniqsa, oziq-ovqat 
muammosini hal etishda va bu muammo bilan chambarchas bog’liq qishloq 
xo’jaligi ekinlari hosildorligini oshirishda gen injeneriyasi tadqiqotlari yuqori 
natijalarga erishmoqda. Zero hozirgi kunda bozorlarimizni to’ldirib turgan turli xil 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarining aksariyat qismi gen injeneriyasi yutuqlari 
asosida yaratilgan nav va zotlardan olingan hosildir. Hozirgi kunda turli xil 
hashoratlar(masalan qurt) emaydigan olma va kartoshka, kemiruvchilar esa o’lishi 
mumkin bo’lgan lekin odam ist’emol qilsa faqat foyda ko’radigan pomidor, 
bodring va shunga o’xshash poliz ekinlari borligini insoniyat ajablanmasdan qabul 
qilmoqda. Keyingi yillarda ko’plab rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligi 
mahsulotlariga bo’lgan talabni qondirishda aynan gen injeneriyasi yutuqlaridan 
foydalanishmoqda. Misol uchun keyingi ikki-uch yil ichida yurtimiz bozorlarida 
paydo bo’lgan «amerika tarvuzlari»ga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ularning jaydari 
tarvuzlarga qaraganda urug’i kam bo’lishini, sersuv va shirasi yuqori ekanligini 
ko’rishimiz mumkin.
Insoniyat gen injeneriyasi ilmiy tadqiqotlarining bir yo’nalishi hisoblangan 
klonlash usuli yordamida qishloq xo’jaligi hayvonlarini, o’simliklar dunyosini 
rivojlantirish bilan istiqbolda katta yutuqlarga erishishga umid bog’lamoqda. 
Masalan, yaqinda AQSh olimlari guruch yadrosidagi DNK kodini o’zgartirish yo’li 
bilan sholining suvsizlikka chidamli navini klonlash usulida yaratishgani ommaviy 
axborot vositalarida e’lon qilindi
129
.
Gen injeneriyasi natijalarining inson uchun foydali xususiyatlari bo’lishi 
bilan birga, uning inson sog’lig’i uchun zararli jihatlari borligini ham esdan 
chiqarmasligi kerak. Ya’ni, muayn yangi natijaga erishish yo’lida amalga 
oshirilayotgan tajribalar va amaliyotlar ijobiy natija bilan birga salbiy oqibatlarni 
ham vujudga keltirishi mumkinligiga har doim ham shunday tadqiqot olib 
borayotgan shaxslar kafolat bera olishmaydi. Ayniqsa bir turkumda bo’lmagan 
o’simliklar va hayvonlar genining o’zgartirilishi kelajakda inson uchun qanday 
xavf-xatar tug’dirishini oldindan bashorat qilish qiyin. Mutaxasislarining 
ta’kidlashicha ba’zi kasalliklar labaratoriyalardagi xavfsizlikning yetarli darajada 
ta’minlanmaganligidan kelib chiqqan.
Shunday ekan gen injeneriyasi yutuqlarining jahon iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishidagi o’rni va ahamiyatini hisobga olib, ushbu ilmiy tadqiqot faoliyati va 
uning natijalarini huquqiy jihatdan taribga solish zaruriyati yuzaga keladi. 
Huquqiy tabiati va o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra gen injeneriyasi natijalari 
(yoki yutuqlari) intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiradi. Zero, ushbu holatda 
inson o’zining aqliy-ijodiy faoliyati orqali o’zi uchun qulay va foydali natijaga 
128
Darhaqiqat, gen injeneriyasining insoniyat uchun ahamiyati va foydasi benihoya katta. Bunday foydalilikni, 
inson bilan bog'liq har qanday soha va munosabatlarda ko'rishimiz mumkin. Bu holat inson umrini o'zaytirishdan 
tortib, uni qaytadan tug'ilishigacha (klonlashtirish orqali) amal qiladigan jarayonlar zanjirini tashkil etadi. Garchi 
hozirgi kunlarda insonni klonlashtirish ishlari amalga oshirlayotgan bo'lsada, hali bu sohada yutuqqa 
erishilmaganligini ta'kidlash joiz. 
129
Abdurahmonov SH. Hujayrani sun'iy ko'paytirish istiqbollari.//Sirli olam. 2002. №8. B.12. 


548 
erishadi. Bunda, insonning aqliy-ijodiy faoliyati tirik borliqning barcha obyektlari 
(hattoki inson) ustida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarga qaratiladi. Bu faoliyat 
tibbiyot, biologiya, zoologiya, seleksiya, genitika, fiziologiya kabi jonli tabiat bilan 
bog’liq barcha sohalarda olib boriladi. Nimaiki tirik mavjudot bo’lsa, aynan o’sha 
gen injeneriyasi tadqiqotining obyekti bo’lishi mumkin.
Ma’lumki, seleksiya yutuqlarining yaratilishi uzoq davom etadigan tadrijiy 
(evolutsion) tadqiqotlar, ilmiy, ijodiy tajribalar va inson yaratuvchanlik qobiliyatini 
taqozo etadi. Seleksiya yutuqlari-insonning tabiat qonuniyatlari to’g’risidagi 
bilimlar va ijodkorlik salohiyatini o’zi uchun qulay va foydali ne’matlar yaratishga 
yo’naltira olish mahsuli hisoblanadi. 
O’simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratilishi 
uncha uzoq bo’lmagan tarixiy jarayonni boshidan kechirgan. Dastavval, yangi 
navlarning yaratilishi mahalliy sharoitlarda uzoq yillar tanlab va saralab borish 
yo’li bilan yaratilgan. Bunda hech qanday chatishtirish va payvandlash usullari 
qo’llanilmagan (hozirda bunday navlar “jaydari navlar”) deyiladi. Keyinchalik, fan 
va texnikaning rivojlanishi natijasida navlar turli o’simliklarni chatishtirish
payvandlab, shuningdek o’simlik irsiyatiga kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan 
ta’sir etib etishtirila boshlandi (bunday usulda yaratilgan navlar “seleksiya
navlari” deb yuritiladi).
Hayvonlarning yangi zotlarini yaratish o’simliklarni yangi navlarini 
yaratishdan farq qiladi. Yangi zot-qishloq xo’jalik hayvonlarini tanlash va saralash 
bo’yicha naslchilik ishlari olib borish, tashqi muhit, boqish, asrash va foydalanish 
natijasida vujudga keladi. Yangi zot boshqa zotlardan o’zining mahsuldorligi bilan 
ajralib turishi lozim. Zot yagona ajdoddan kelib chiqishi, gavda tuzilishi jihatidan 
ma’lum tipga taalluqli bo’lishi, fiziologik va morfologik belgilari avloddan-
avlodga o’tishi lozim bo’lgan hayvonlar guruhidir.
Seleksiya yutuqlari o’z mohiyatiga ko’ra faqat, tirik borliq ustida olib 
borilgan ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli sifatida ko’rilar ekan, bunda yaratilgan 
obyektlarning inson ehtiyojlari uchun nihoyatda zarur ekanligini esdan 
chiqarmaslik zarur. 
Huquqiy jihatdan seleksiya yutuqlarining mohiyati yaratilgan yangi nav va 
zotning huquqiy maqomini belgilash orqali ifodalansa, hayotiy zaruriyat nuqtai 
nazaridan seleksiya yutuqlari aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish 
va iqtisodiy samaradorlikni ko’tarish me’zonlari bilan belgilanadi. 
Seleksiya yutuqlarini ixtirolar bilan quyidagi o’xshashliklari mavjud:
1.Seleksiya yutuqlari ham ixtirolar ham intellektual mulkning patent bilan 
muhofaza qilinadigan obyektlaridir; 
2.Jonli borliq qonuniyatlarini bilish insonga hayvonlar va o’simliklar 
rivojlanishini o’zi uchun kerakli tomonga yo’naltira olishida maqsadli ta’sir etish 
imkonini beradi. Shu ma’noda selekstionerning ijodiy faoliyati ixtirochining ijodiy 
faoliyatiga juda o’xshaydi. Ixtirochi singari selekstioner ham obyektning o’zgarish 
jarayoniga faol aralashadi va uni oldindan rejalashtirilgan natijaga erishish 
maqsadida kerakli tomonga yo’naltiradi; 
3.Seleksiya yutug’i muallifi faoliyatining natijasi inson uchun zaruriy 
sifatlarga ega bo’lgan o’simliklarni yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini 


549 
yaratishga qaratilgan aniq amaliy masalani echishdan iborat. Masalaning oddiy 
qo’yilishi, garchi unda ijodiylik mavjud bo’lsada, qonun bilan qo’riqlanmaydi. 
Bunda nafaqat qaysi nav va zotni yaratish ko’zda tutilishi ko’rsatilishi, balki yangi 
nav (zot)ni real yaratish va uni qonunda nazarda tutilgan tartibda tekshirish uchun 
butun seleksiya jarayonini oxiriga etkazish lozim.
Seleksiya yutuqlari aniq amaliy masalani yechimi sifatida ixtiro bilan bir 
xildir. Chunki, ixtiro ham seleksiya yutuqlari singari amaliy xarakterdagi 
masalalarni echish orqali yaratiladi. Seleksiya yutuqlariga bo’lgan huquqlarni 
rasmiylashtirish tartibi o’zining asosiy xususiyatlariga ko’ra, ixtirolar, foydali 
modellar, sanoat namunalari kabi bo’lib, maxsus davlat ro’yxatidan o’tkazish talab 
etiladi va bunday rasmiylashtirish bitta organ-O’zbekiston Respublikasi 
Intellektual mulk agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Seleksiya yutuqlari o’zining huquqiy tartibga solinishiga ko’ra ixtirolardan 
quyidagi xususiyatlari bo’yicha farq qiladi: 
1.Jonsiz tabiat obyektlari ustidan ish olib boruvchi ixtirochidan farq qilib 
seleksiya yutug’i muallifi jonli tabiat obyektlari ustida ish olib boradi; 
2.Ixtiro, foydali model, sanoat namunalaridan farqli ravishda, seleksiya
yutuqlarini yaratish va butun seleksiya jarayonini oxiriga etkazish nafaqat 
seleksiya yutug’i muallifiga, balki tabiiy iqlim sharoitlariga ham bog’liq bo’ladi. 
Ya’ni, seleksiya ishlariga iqlimning o’zgarishi salbiy ta’sir ko’rsatishi va 
ko’zlangan natijaga erishishning imkoni bo’lmasligi mumkin; 
3.Seleksiya yutuqlarini jamoatchilik tomonidan e’tirof etilishi va tan olinishi 
ham o’ziga xos holat bo’lib, nafaqat sanoat mulk obyektlari (ixtirolar, foydali 
modellar va sanoat namunalari) balki, intellektual mulkning boshqa obyektlaridan 
ham farq qiladi. Masalan, yaratilgan ixtironing e’tirof etilish yoki tan olinishi 
uchun uni sinovdan o’tkazish va foydali xususiyatlarini tekshirishning o’zi kifoya 
qilsa, seleksiya yutuqlarini tan olinishi va e’tirof etilishi uchun uzoq vaqt va jiddiy 
tekshiruv takroriy nazorat etish va tinimsiz parvarish talab etiladi. Ixtiro 
yaratilgandan so’ng, uning buzilishiga ta’sir etuvchi kuchlar deyarli bo’lmasa 
(ixtiro nobud bo’lsa, chizmalar orqali uni tiklash mumkin), seleksiya yutuqlarining 
uzoq vaqt sinab ko’rilishi ularni e’tirof etish nihoyatda murakkab jarayon 
ekanligini bildiradi. 
4.Seleksiya yutug’ida obyektning ideal asosi va uning moddiy mujassami 
uzviy bog’liq bo’ladi. Moddiy mujassamning to’la hajmda nobud bo’lishi seleksiya
yutug’ini ham obyekt sifatida nobud qiladi. Ixtiro esa o’zining moddiy 
mujassamidan alohida holda yashaydi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasida texnik muammoning yechimi 
yaratilsa, seleksiya yutuqlarida esa biologik muammoning yechimi topiladi. Shu 
o’rinda istisno sifatida mikroorganizm shtamlari biotexnik obyekt bo’lib, ixtiro 
hisoblanadi. 
5.Huquqiy himoyaga layoqatlilik shartlariga ko’ra, ixtiro va seleksiya
yutuqlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Ixtiro quyidagi shartlar mavjud bo’lsa, 
patent orqali muhofaza etiladi: 
-yangilik; 
-ixtirochilik darajasiga ega bo’lishlik; 


550 
-amaliyotda qo’llash mumkinligi (Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to’g’risidagi qonunning 5-moddasi). 
Seleksiya yutuqlari esa: 
-yangilik; 
-farqlanish; 
-turdoshlik; 
-barqarorlik (Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi qonunning 7-moddasi) 
mezonlariga javob bersa huquqiy muhofaza etiladi.
Ko’rinib turibdiki, huquqiy muhofaza etish shartlariga ko’ra, bu ikki obyekt 
bir-biridan butunlay farq qiladi. 
Huquqiy tartibga solinishi bo’yicha bundan o’ziga xos xususiyatlar seleksiya
yutuqlarini intellektual mulkning boshqa obyektlaridan farqli ravishda tirik borliq 
ustida olib boriladigan ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli ekanligi bilan tavsiflanadi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, seleksiya yutuqlari intellektual mulkning 
patent bilan qo’riqlanadigan obyekti sanaladi. Shu bilan birga ilmiy-ijodiy faoliyat 
obyektiga ko’ra seleksiya yutuqlari intellektual mulk tizimida o’ziga xos o’ringa 
ega. 
Birinchidan, intellektual mulk obyektlaridan faqatgina seleksiya yutuqlari 
tirik borliq, jonli tabiat ustida olib boriladigan tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi. 
Odam irsiyati va genini o’zgartirish orqali sun’iy odam yaratish haqidagi 
ta’limotlar ijodiy faoliyat sanalmaydi va ko’pchilik davlatlarda bunday tadqiqotlar 
o’tkazish qat’iy taqiqlangan. 
Ikkinchidan, seleksiya yutuqlarini yaratish jarayoni o’zining murakkabligi 
va uzoq davom etishi bilan ajralib turadi.
Uchinchidan, seleksiya yutuqlari intellektual mulkning obyektiv shaklga 
keltirilgandan so’ng muhofaza etiladigan obyektlari jumlasiga emas, balki tegishli 
davlat organi tomonidan beriladigan maxsus himoya hujjati orqali muhofaza 
etiladigan obyektlaridan sanaladi. 
To’rtinchidan, garchi, seleksiya yutuqlari patent bilan muhofaza etilsada, 
ular intellektual mulkning patent huquqi instituti obyekti hisoblanmaydi. 
T.E.Kaudo’rovning fikricha, seleksiya yutuqlari sanoat mulki (ixtirolar, foydali 
modellar, sanoat namunalari) obyekti hisoblanadi
130
. A.P.Sergeevning fikricha, 
seleksiya yutuqlari intellektual mulkning an’anaviy institutlari (mualliflik huquqi 
va turdosh huquqlar, patent huquqi, fuqarolik muomalasi ishtirokchilari va ular 
ishlab chiqarayotgan mahsulotni shaxsiylashtiruvchi vositalar)dan o’zining 
muhofaza etilayotgan obyekti huquqiy tartibga solinishi bilan farq qilib
intellektual mulkning noan’anaviy obyekti hisoblanadi
131

Noan’anaviy obyekt atamasi shartli ravishda ishlatilgan bo’lib, ilmiy-ijodiy 
faoliyat nafaqat adabiyot va san’at, sanoat mulki sohasida balki, ijtimoiy 
turmushning boshqa sohalarida ham olib boriladi va ana shu sohalardagi (masalan, 
seleksiya yutuqlari bilan birga topologik-integral mikrosxemalar, xizmat va tijorat 
sirlari) ijodiy va ilmiy mehnat natijalari intellektual mulkning an’anaviy 
130
Каудыров Т.Е. Гражданско-правовая охрана объектов промышленной собственности в Республике 
Казахстан. Автореф.дисс....док. юрид..наук. –Алматы, 2002. -13 с. 
131
Гражданское право. /Под ред. Ю.К.Толстого, А.П.Сергеева. Т. 3. -М.: Проспект. -1998. -20 с. 


551 
obyektlaridan farq qilishligi uchun ularni umumiy institutga birlashtirib, shartli 
ravishda intellektual mulkning noan’anaviy obyektlari deb yuritiladi.
Beshinchidan, seleksiya yutuqlarini yaratish davlat nazorati va qo’llab-
quvvatlashi ostida amalga oshiriladi va davlatning maxsus me’yoriy hujjatlari bilan 
davlat organlariga seleksiya yutuqlarini yaratish va shu sohada ilmiy tadqiqotlar 
o’tkazishni tashkillashtirish topshirig’i yuklatiladi. Masalan, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 28 iyundagi “Boshoqli don 
ekinlarini navlar bo’yicha joylashtirishni takomillashtirish, ularning seleksiya si va 
urug’chiligini yaxshilashga doir” qaroriga muvofiq boshoqli don ekinlari navlarini 
yangilash va ularni navlarga ko’ra joylashtirish dasturini ishlab chiqish va amalga 
oshirish bo’yicha doimiy ishlovchi respublika komissiyasining asosiy vazifalari 
jumlasiga: ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stanstiyalari, idoraviy bo’ysunishidan 
qat’i nazar nav sinash uchastkalarining faoliyatini tahlil qilish, selekstionerlar va 
urug’shunoslarni rag’batlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash, kiritiladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling