Toshkent davlat yuridik universiteti
§.Seleksiya yutug’i muallifining huquq va majburiyatlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4 §.Seleksiya yutug’i muallifining huquq va majburiyatlari
Barcha intellektual mulk obyektlarining muallifi bo’lgani singari, seleksiya yutuqlarining ham o’z yaratuvchisi ham, muallifi bo’lishligi tabiiy hol albatta. Odatda, huquqiy muhofazaning shakllantirilganligi, biologik va zoologik yutuqqa mualliflik masalasining qanday hal qilinganligiga bog’liq bo’ladi. 145 Bu masalaga O’zbekiston Respublikasining «Seleksiya yutuqlari to’g’risida»gi qonunining 4- moddasida javob berilgan. Unga ko’ra, o’zining ijodiy mehnati bilan o’simlik navi va hayvon zotini yaratgan (aniqlagan yoki chiqargan) jismoniy shaxs o’simlik yoki hayvon zotining seleksiya yutug’i muallifi deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining istalgan fuqarosi yoshi va muomala layoqatidan qat’i nazar seleksiya yutug’ining muallifi bo’lishi mumkin. Mualliflik huquqlari vujudga kelishining asosi muomalaga layoqatliligi seleksiya natijasida yutuqning obyektiv faktliligi hisoblanadi. Yaratilgan seleksiya yutug’iga huquqmy muhofaza hujjati berilgandan so’ng, uning muallifi seleksiya yutug’lariga nisbatan huquq subyekti sifatida e’tirof etiladi. Voyaga etmagan va muomalaga layoqatsiz shaxslarning mualliflik huquqlari ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi. Qonunda chet el fuqarolari seleksiya yutuqlarining muallifi bo’lishligi yoki ular huquqlarining muhofazasi haqida so’z yuritilmagan. Lekin, «Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik qoidalari»da xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar talabnomani O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga ko’ra yoki o’zaro do’stlik tamoyili asosida beradilar, - degan qoida mustahkamlangan. Ushbu me’yor chet el fuqarolari va yuridik shaxslarining O’zbekiston Respublikasida seleksiya yutuqlarining to’la-qonli subyekti bo’la olmasalarda, ular ham xalqaro shartnomalar va do’stlik tamoyili asosida seleksiya yutug’iga nisbatan huquqlar subyektlar bo’la olishlari mumkinligini ko’rsatadi. Bir necha shaxslarning ijodiy faoliyatlari natijasida seleksiya yutuqlari yaratilgan bo’lsa, unda bunday seleksiya yutug’iga nisbatan hammualliflik belgilanadi. Seleksiya yutug’ini yaratishda o’zining ijodiy mehnati bilan qatnashgan shaxslarning barchasi seleksiya yutug’i muallifi deb e’tirof etiladi. Seleksiya sohasida hammualliflik masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Chunki, birinchidan, yangi nav va hayvon zotlarining katta qismi yakka seleksiya yutug’i muallifi tomonidan emas, butun bir ijodkorlar tomonidan yaratilmoqda; ikkinchidan, seleksiya inson faoliyatining maxsus sohasi bo’lib, ijodiy 145 Левченко В.И. Правовая охрана селекционных достижения. -М.: Наука. 1983. -51 с. 563 faoliyatning boshqa turlaridan o’zining bir necha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda seleksiya kompleks fan sifatida turli xil mutaxassislar-genetiklar, fiziologlar, bioximiklar, fitopotologlar, stitologlar va boshqalarning sa’y- harakatlari majmui hisoblanadi 146 . Darhaqiqat sanab o’tilgan mutaxassislarning barchasi nafaqat o’z oldiga qo’yilgan masalani echishi, ya’ni yangi navni u yoki bu foydali tomoni va sifatini aniqlashi lozim. Balki, seleksiya natijasining himoyaga layoqatlilik mezonlarining yuzaga keltirishdagi umumiy muammoni hal qilishga harakat qilishlari kerak. Shu bilan birga, yangi nav yoki zot yaratilishining ancha uzoq muddat davom etishini, ba’zi holatlarda bu ishda insonlarning bir necha avlodlari almashinishini hisobga olish lozim bo’ladi. Va nihoyat, seleksiya ishida boshqa sohalardan farq qilib seleksiya yutug’i muallifilarga dastlabki materiallarni saralash, urug’likni ko’paytirishda texnik operatsiyalarni bajaruvchi shaxslarning ko’magi muhim ahamiyat kasb etishini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqib, hammuallif sifatida seleksiya ishida o’zining ijodiy mehnati bilan qatnashgan shaxslar tan olinishini ta’kidlab o’tish lozim. Seleksiya yutug’i muallifining mualliflik huquqi-shaxsiy nomulkiy huquq bo’lib, boshqa shaxsga o’tkazilishi mumkin emas. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kechish to’g’risida biron-bir shaxs bilan kelishuv va muallifning bu haqdagi arizasi o’z-o’zidan haqiqiy emas, ya’ni muallifning bunday harakati hech qanday yuridik oqibatlar vujudga keltirmaydi 147 . Patent huquqidan farqli ravishda mualliflik huquqi muddatsiz himoya qilinadi. Respublikamiz qonunchiligi seleksiya yutuqlari mualliflariga ular xizmatining jamiyat tomonidan tan olinishi va ijodiy faoliyatlarining manfatdorligi ta’minlovchi bir qator huquqlar belgilaydi. Ushbu huquqlarning asosiylari, «Seleksiya yutuqlari to’g’risida»gi qonunning 1-bo’limida berilgan. Seleksiya yutug’i muallifining huquqlari bu qonunda qat’iy tartibda sanab ko’rsatilmagan bo’lsa-da, lekin turli normalarda bayon etilgan. Ba’zi huquqlar esa qonunda o’z aksini topmagan bo’lsa-da, ularni qonunchilik mazmunidan anglab olish mumkin. A.P.Sergeevning fikricha, seleksiya yutug’i muallifilar subyektiv fuqarolik huquqlari tizimini quyidagi uchta guruhga bo’lib, o’rganish mumkin: a) seleksiya viy faoliyat natijasida erishilgan yutuqqa bog’liq ravishda vujudga keladigan huquqlar; b) seleksiya yutug’ini rasmiy ravishda himoyaga layoqatli deb topilishi bilan bog’liq huquqlar; v) seleksiya yutug’idan foydalanish bilan bog’liq ravishda vujudga keladigan huquqlar 148 . Aynan mana shu uchta guruhdagi huquqlar seleksiya yutug’i muallifining barcha huquqlarini o’zida jamlab oladi. Umumiy qoidaga ko’ra, har qanday ijod natijasi ko’zlangan maqsadga erishilgandan so’ng, yaratilgan hisoblanadi va himoya qilinishi lozim bo’ladi. Bu qoidani to’lig’icha seleksiya yutuqlariga nisbatan qo’llash mumkin. Biologik masalaning yechimi topilgan kundan boshlab, 146 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. –М.: Проспект. 2000. -708 с. 147 Rahmonqulov H.R. Fuqarolik huquqining predmeti, metodi va tamoyillari.-T.:TDYI nash.2003.-21 b. 148 Сергеев А.П. Право интеллектуальной сосбтвенности в РФ. –М.: Проспект. 2000. -715 с. 564 seleksiya yutug’i muallifi o’zining mualliflik huquqlarini himoya qilish huquqiga ega bo’ladi. Hech kim bir shaxs tomonidan erishilgan seleksiya natijasini o’ziniki qilib olishga haqli emas. Ijodiy natijaga erishilgan lekin, hali uning himoyaga layoqatliligi rasmiy tan olinmagan davrda, seleksiya yutug’i muallifining manfaatlari mualliflik huquqi normalari bilan muhofaza qilinadi. Shuningdek, seleksiya yutug’i muallifining yuqorida sanab o’tilgan huquqlari jumlasiga, seleksiya viy natijani himoyaga layoqatliligini tan olish uchun topshirish huquqi ham kiradi. Qonunga muvofiq seleksiya yutug’i muallifi ham yaratilgan yangi o’simlik va hayvon zoti uchun patent olish to’g’risida talabnoma topshirish huquqiga ega. O’simlik navi yoki hayvon zotini o’zining ijodiy faoliyati bilan yaratgan yoki ro’yobga chiqargan jismoniy shaxs – seleksiya yutug’ining muallifi, quyidagi hollarda talabnoma berish va muhofaza hujjati olish huquqiga ega bo’ladi: -seleksiya yutug’ini yaratish yoki ro’yobga chiqarish shartnoma bilan ishga yollanmagan seleksiya yutug’i muallifining ijodiy ishi natijasida yuzaga chiqqan bo’lsa; -seleksiya yutug’ini yaratish yoki ro’yobga chiqarish seleksiya yutug’i muallifi o’z xizmat burchlarini (seleksiya yutug’i xizmati) bajarishlari natijasida yuzaga kelgan bo’lsa, lekin tomonlarning talabnoma berish va muhofaza hujjati olish huquqlari shartnoma bilan tasdiqlanmagan bo’lsa; -seleksiya yutuqlarini yaratish yoki ro’yobga chiqarish seleksiya yutug’i muallifi o’z xizmat burchlarini bajarishi (seleksiya yutug’i xizmati) natijasida yuzaga kelgan bo’lsa, talabnoma berish va muhofaza hujjatini olish huquqi esa, seleksiya yutug’i muallifi tomonidan shartnomaga binoan mustahkamlanmagan bo’lsa; -seleksiya yutug’ini yaratish yoki ro’yobga chiqarish seleksiya yutug’i muallifini aniq topshiriqni bajarishdagi o’z burchlari natijasida yuzaga kelgan bo’lsa, lekin, topshiriq predmeti maqsadga javob bermasa; -seleksiya yutug’i xizmat yuzasidan bajarilgan bo’lsa, ish beruvchi esa, seleksiya yutug’i muallifi tomonidan xizmat seleksiya yutug’i to’g’risidagi xabarni olganidan so’ng 4 oy muddat davomida talabnoma bermasa, talabnoma berish huquqini boshqa shaxsga o’tkazmasa va seleksiya yutug’ini sir saqlashni seleksiya yutug’i muallifiga ma’lum qilmagan bo’lsa (seleksiya yutuqlariga talabnoma tuzish va topshirishning vaqtinchalik qoidalarining 6.1. bandi). Seleksiya yutug’i muallifining seleksiya viy faoliyati natijasida erishilgan yutuqlarga bog’liq bo’lgan huquqlaridan yana biri patent olish huquqini boshqa shaxsga berish huquqidir. Bu huquq amaldagi qonunchilik bilan to’g’ridan-to’g’ri tartibga solinmagan bo’lsada, lekin bunday huquq seleksiya yutug’i muallifining potenstial imkoniyatlari qatoriga kiradi, chunki qonun intellektual faoliyatning alohida natijalariga nisbatan huquqlari (qonunda ko’rsatilmagan, lekin shaxsga tegishli qonuniy manfaatlardan kelib chiqadigan)ga to’sqinlik qilmaydi. Hozirgi kunda seleksiya yutuqlarining barchasi davlatga qarashli muassasalarda yaratilayotganligi, yangi nav va zotga patent olish huquqi ya’ni, mutlaq huquq faqat ish beruvchiga tegishli ekanligini hisobga olgan holda seleksiya yutug’i muallifining bu huquqi (qonuniy manfaatlari) "Seleksiya yutuqlari to’g’risida"gi 565 qonunda o’z ifodasini topmagan. Shuningdek, bu holatga FKning intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar to’g’risidagi (1034-modda) va mutlaq huquqlarning boshqa shaxsga o’tishi haqidagi (1035-modda) qoidalarini tatbiq etib bo’lmaydi. Bu qoidalar qo’llanilishi uchun esa, seleksiya yutug’i muallifi yangi nav va zotga patent olishda mutlaq huquqqa ega bo’lishlari kerak, hozirda esa, ular aksincha, nisbiy huquqqa egalar. Seleksiya yutug’i huquqiy himoyasining rasmiy tan olinishi, seleksiya yutug’i muallifida bir qator subyektiv huquqni vujudga keltiradi. Agar seleksiya yutug’ining huquqiy himoyasi rasmiy tan olingungacha bo’lgan davrda faqatgina ijodiy natijaga bo’lgan mualliflik huquqi va uni tan olinishi haqida fikr yuritish mumkin bo’lsa, erishilgan natijani huquqiy himoyaga layoqatli deb topilgan seleksiya yutug’i sifatida rasmiylashtirilishi seleksiya yutug’i muallifiga aniq seleksiya yutug’ining mualliflik huquqini beradi. Ushbu huquqlar jumlasiga birinchi navbatda himoyaga layoqatli seleksiya natijasiga mualliflik huquqi kiradi. Mualliflik huquqida ham patent huquqida ham bu subyektiv huquq shaxsiy mutlaq va mustasnolik xarakteriga ega. Mualliflik huquqi faqatgina seleksiya yutug’i muallifining o’zigagina (seleksiya yutug’i muallifilar guruhiga ham) tegishli va huquqiy vorislik asosida boshqaga berilishi mumkin emas. Seleksiya yutug’i muallifining mualliflik huquqi boshqaga o’tkazilmaydigan shaxsiy huquq hisoblanadi va muddatsiz himoyaga qilinadi. Muallifning shaxsiy huquqlari shaxsiy huquqlarning boshqa turlaridan farq qiladi. Buni shu holat bilan ifodalash mumkin-ki, agar fuqarolar shaxsiy huquqlari ularning shaxsi bilan bog’liq bo’lsa, muallifning shaxsiy huquqlari uning ijodiy mehnati bilan bog’liqdir 149 . Seleksiya yutug’i muallifining muallifligini o’zlashtirib olish, uni hammualliflikka majbur qilish qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi. Mualliflik huquqi bilan uzviy bog’liq bo’lgan seleksiya yutug’i muallifining yana bir huquqi mualliflik nomiga bo’lgan huquqdir. Bu huquq mualliflik huquqi bilan bog’liq bo’lsada, seleksiya yutug’i muallifining mustaqil huquqi hisoblanadi. Ushbu huquq seleksiya yutug’i muallifiga himoya hujjati berish haqidagi talabnomada himoya hujjatida va seleksiya yutug’i xususida e’lon qilinadigan barcha materiallarda o’z nomi ko’rsatilishini talab qilish imkonini beradi. Seleksiya yutug’i muallifiga xuddi asar muallifi kabi taxallusdan foydalanish imkoniyati berilmagan. Lekin, seleksiya yutug’i muallifi Intellektual mulk agentligi tomonidan e’lon qilinadigan arizalar to’g’risidagi ma’lumotlarda o’z nomi ko’rsatilmasligini talab qilish huquqiga ega. Seleksiya yutug’i muallifi o’z nomiga patent berishni so’rab ariza topshirgandan so’ng seleksiya yutug’iga o’z nomi yoki boshqa maxsus nom berishni talab qilishga haqli. Shu bilan birga ushbu bosqichda seleksiya yutug’i muallifida, agar ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomada boshqacha holat ko’rsatilmagan bo’lsa boshqa huquqlar ham yuzaga keladi. Shunday huquqlardan biri sifatida seleksiya yutug’i muallifi bilan ish beruvchi o’rtasidagi shartnomada, seleksiya yutug’i muallifining seleksiya yutug’i himoyaga layoqatli deb topilsa, 149 Тошев Б.Н. Законодательные основы и формы защиты авторских прав в Узбекистане. Автореф.дисс…. док. юрид. наук. –Т.: 1999. –12 с. 566 alohida mukofot talab qilish huquqini ko’rsatish mumkin. Ushbu shartga muvofiq seleksiya yutug’i muallifi o’simliklarning yangi navi va hayvonlarning yangi zotini yaratishda olib borgan ishi uchun tegishli haq (ish haqi) olishdan tashqari (bunday haq yaratilgan natija himoyaga layoqatli bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’i nazar seleksiya yutug’i muallifiga beriladi) seleksiya natijaga himoyaga layoqatli deb topilsa, mukofot olish huquqiga ega bo’ladi. Seleksiya yutug’i muallifining seleksiya yutug’idan foydalanish bilan bog’liq ravishda vujudga keladigan huquqlari-bu seleksiya yutug’idan foydalanganlik uchun haq undirishdir. O’simlik navi yoki hayvon zotining muallifi bunday huquqqa, uning o’zi seleksiya yutug’iga patent egasi hisoblanmaganda hamda o’simlik navi yoki hayvon zotiga doir litsenziyadan foydalanilganda yoxud u sotilganida ega bo’ladi. Bu haqning miqdori va uni to’lash tartibi patent egasi yoki uning huquqiy vorisi bilan tuzilgan shartnomada belgilab qo’yiladi (qonunning 7-moddasi 4-qismi). Seleksiya yutug’ining muallifi seleksiya yutug’idan foydalanganlik uchun haq olish huquqi seleksiya yutug’iga muvaqqat huquqiy himoya davrida ham kuchga ega bo’ladi (qonunning 21-moddasi). qonun seleksiya yutug’idan foydalanganlik uchun haq to’lash muddatini aniq belgilaydi. Unga muvofiq haq seleksiya yutug’ining muallifi (hammualliflar)ga seleksiya yutug’idan foydalanilgan hisobot davri tugagandan keyin ko’pi bilan 6 oy ichida to’lanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling