Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Seleksiya yutuqlarini huquqiy himoyaga layoqatlilik shartlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2 §. Seleksiya yutuqlarini huquqiy himoyaga layoqatlilik shartlari 
O’simliklar navi va hayvonlar zotini yaratishga qaratilgan biologik muammo 
yechimi seleksiya yutuqlarining asosiy belgisidir. Seleksiya yutuqlarining 
biologik yechimi belgisi seleksiya yutuqlarini intellektual mulk obyekti sifatidagi 
mohiyatini va uning intellektual faoliyatning boshqa natijalaridan farqli tomonlari-
ni ochib beradi. Ushbu asosiy tushuncha har qanday o’simliklarning yangi navlari 
va hayvonlarning yangi zotlari uchun taalluqli hisoblanadi. Bunda ushbu nav va 
zotlar qonun bilan qo’riqlanishi yoki qo’riqlanmasligi ahamiyatga ega emas. 
Muhofaza etilayotgan seleksiya yutuqlari bir qancha qo’shimcha belgilarga 
ega bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda, qonunda belgilangan huquqiy himoyaga 
layoqatlilik mezonlariga javob berishi shart
132
.
O’zbekiston Respublikasi “Seleksiya yutuqlari to’g’risida”gi qonunining 2-
bo’limi seleksiya yutug’ining patentga layoqatliligi deb nomlanadi va bevosita 
seleksiya yutug’ining huquqiy himoyaga layoqatlilik mezonini belgilaydi. 
Qonunning 8-moddasiga muvofiq seleksiya yutug’i yangilik, farqlanish, 
turdoshlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa u huquqiy jihatdan himoya 
qilinadi.
Seleksiya yutug’i himoyaga layoqatlilik shartlarining har biri qonunda 
alohida-alohida bayon etilgan. Qonunga muvofiq, urug’lik, ko’chat yoki nasl 
mahsuloti patent berish haqida talabnoma topshirilgan kundan e’tiboran: 
O’zbekiston Respublikasi hududida kamida bir yil oldin; boshqa davlat hududida 
kamida to’rt yil yoki agar tok, yog’ochbop, manzarali, mevali daraxatlar va o’rmon 
o’simliklariga taalluqli bo’lsa, kamida olti yil oldin seleksiya yutug’i muallifi, 
uning huquqiy vorisi tomonidan yoki ularning roziligi bilan sotilmagan va 
foydalanish uchun boshqa shaxslarga berilmagan bo’lsa yangilik hisoblanadi 
(Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi qonunning 9-moddasi).
O’simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari himoyaga 
layoqatliligining yangilik mezonida ifodalangan bir yil, to’rt yil, olti yil oldin 
132
Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. -М.: Проспект, 2000, 704 с. 


552 
seleksiya yutug’i muallifi, uning huquqiy vorisi tomonidan yoki uning roziligi 
bilan sotilmaganligi va boshqa shaxsga foydalanish uchun topshirilmaganligi bir 
qancha davlatlar qonunlarida ham o’z ifodasini topgan. Masalan, Rossiya Fe-
derastiyasining 1993 yil 6 avgustdagi “Seleksiya yutuqlari to’g’risida”gi 
qonunining 4-moddasi 2-bandi, Litva Respublikasining 1996 yil 17 sentyabrdagi 
“O’simliklar turi va urug’chiligi muhofazasi to’g’risida”gi qonunida va Gruziya 
Respublikasining 1996 yil noyabr oyidagi “Seleksiya yutuqlari muhofazasi 
to’g’risida”gi qonunida seleksiya yutug’ining yangiligi shu respublikalar hududida 
seleksiya yutug’i bir yil oldin, chet elda yog’ochbop o’simliklar olti yil, boshqa 
o’simliklar to’rt yil oldin sotilmaganligi va foydalanilmaganligi bilan 
belgilanadi
133

Shu bilan birga Gruziyada seleksiya yutuqlarining yangiligi mezoni 
himoyaga layoqatlilikning birinchi mezoni ham hisoblanadi
134

Seleksiya yutug’ining yangiligi mezoniga qo’yilgan qonuniy talablar 
intellektual mulkning boshqa obyektlariga qo’yilgan qonun talablaridan 
farqlanishini ilg’ash mushkul emas albatta, seleksiya yutug’ining yangiligi 
mezoniga faqatgina bitta talab-boshqa shaxslarga foydalanish uchun urug’ni va 
urug’lik materialini sotmaslik yoki boshqacha usulda topshirmaslik talabi 
qo’yiladi. Agar umumfoydalanishdagi manbalarda e’lon qilingan seleksiya
yutuqlari haqidagi ma’lumot e’lon qilingan bo’lsa, seleksiya yutuqlaridan 
seleksiya yutug’i muallifining o’zi yoki uning huquqiy vorisi foydalangan 
hisoblanadi va tadqiqotning yangiligi e’tiborga olinmaydi. 
Seleksiya yutuqlari agar nav yoki zotni yaratishda foydalanilgan material 
boshqa shaxslar tomonidan seleksiya yutug’i muallifi yoki uning huquqiy vorisi 
roziligini olmasdan foydalangan bo’lsalar, seleksiya yutug’ining yangiligi mezoni 
saqlanib qolinadi.
Seleksiya yutuqlarining yangiligi belgilangan vaqt bilan aniqlanadi va bu 
vaqt ustuvorlik sanasi hisoblanadi. O’z vaqtida seleksiya yutug’ining ustuvorligi 
sanasi Intellektual mulk agentligiga patent olish uchun yoki foydalanishga ruxsat 
olish uchun ariza topshirilgan kundan boshlanadi. Agar Intellektual mulk 
agentligiga bir kunda bitta seleksiya yutug’i uchun bir necha ariza tushgan bo’lsa, 
u holda arizani jo’natish sanasidagi ustuvorlikka e’tibor beriladi ya’ni, qaysi ariza 
oldinroq jo’natilgan yoki topshirilgan bo’lsa, seleksiya yutug’iga patent olish 
huquqiga o’sha arizachi ega bo’ladi. Shuningdek, arizani jo’natish sanalari mos 
kelsa, u holda arizani Intellektual mulk agentligida ro’yxatga olish raqamidagi 
ustuvorlik hisobga olinadi. Bunda jo’natish sanasi mos kelgan arizadan qaysi 
oldinroq Intellektual mulk agentligidan ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, shu arizachi 
seleksiya yutug’iga nisbatan patent olish huquqiga ega bo’ladi.
Talabnoma 
beruvchi 
Intellektual 
mulk 
agentligiga 
jo’natayotgan 
talabnomasida birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasini ko’rsatishi lozim. 
133
Закон Российской Федерации О селекционных достижениях. 1996. 6 август; Закон Литовской Республики 
по охране пород, растений и семеноводства. 1996. 17 сентябр; Закон Республики Джорджия Об охране 
селекционных достижений. 1996 7 ноябр. 
134
Джорбенадзе С. защита селекционных достижений в Грузии. Интеллектуальная собственность.1997.№7-
8. С.73-75. 


553 
Talabnoma beruvchi talabnoma Intellektual mulk agentligiga tushgan sanadan 
e’tiboran uch oy ichida birinchi talabnomaning nusxasini va tarjimasini taqdim 
etishi shart. 
Patent huquqiga muvofiq, seleksiya yutug’iga patent olish uchun talabnoma 
topshirgan shaxs yangilik bo’yicha imtiyozdan foydalanadi. Bu imtiyoz talabnoma 
topshirgan shaxsning seleksiya yutug’idan qonunda belgilab qo’yilgan muddat 
davomida boshqa shaxsga foydalanish uchun berish huquqidir. Seleksiya yutuqlari 
to’g’risidagi qonunga muvofiq seleksiya yutug’iga patent olish uchun talabnoma 
topshirgan shaxs urug’lik, ko’chat yoki nasl mahsulotini O’zbekiston Respublikasi 
hududida ariza topshirgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida boshqa davlat 
xududida to’rt yil davomida yoki tok, yog’ochbop, manzarali, mevali daraxtlar va 
o’rmon o’simliklariga taalluqli bo’lsa, olti yil mobaynida foydalanish uchun 
boshqaga berish huquqiga ega. Bunda urug’lik ko’chat yoki nasl mahsulotini 
foydalanish uchun boshqa shaxsga berish qonunda belgilangan muddatdan ko’p 
bo’lsa, u holda patent olish uchun topshirilgan seleksiya yutug’i yangilik 
sanalmaydi. Seleksiya yutug’i istisno tariqasida yangilik mezoniga javob 
bermagan hollarda ham huquqiy muhofaza etiladi. Bu holat foydalanishga 
topshirilgan aniq nav va zot seleksiya yutuqlarining davlat reestrida ro’yxatdan 
o’tkazilgan bo’lsa yuzaga keladi. Bunda ustuvorlik sanasi Intellektual mulk 
agentligiga seleksiya yutug’ini foydalanish uchun topshirish to’g’risidagi 
talabnoma tushgan paytdan boshlab belgilanadi. Patentning amal qilish muddati 
seleksiya yutug’idan foydalanishga ruxsat berilgan paytdan boshlab patent 
berilgan vaqtgacha bo’lgan muddatga qisqartiriladi.
Seleksiya yutug’ining huquqiy himoyaga layoqatliligini belgilovchi ikkinchi 
mezon-farqlanish mezonidir. Farqlanish mezoni yangilik mezoniga ancha yaqin 
mezon hisoblanadi va o’zining an’anaviy tushunchasi bilan seleksiya yutug’ining 
yangiligi mezonini to’ldirib turadi. Shuningdek, yaratilgan nav va zotning 
seleksiya yutug’i sifatida e’tirof etilishini ta’minlaydi. qonunning 10-moddasiga 
muvofiq, seleksiya yutug’i talabnoma topshirilgan sanada boshqa har qanday 
barchaga ma’lum seleksiya yutug’idan aniq-ravshan farqlanishi lozim. Ushbu 
norma belgilagan aniq-ravshan tushunchasi O’zbekiston Respublikasi Davlat 
patent idorasi direktorining 49-son buyrug’i bilan 1997 yil 3 sentyabrda 
tasdiqlangan “Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning 
vaqtinchalik qoidalari”da seleksiya yutug’i patent olish uchun talabnoma 
topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga ma’lum seleksiya yutug’idan 
markerli, immunli, hosildorlik yoki boshqa ko’rsatkichlari bilan farqlanishi 
lozim
135
. Bunda “markerli” atamasi ekish texnologiyasidagi farqlanishni bildirsa, 
“immunli” atamasi esa, organizmning kasallik tug’diruvchi omillar (mikroblar, 
taksinlar) va antigen tabiatli yot moddalarga chidamliligi va moyil emasligidagi 
farqlar nazarda tutiladi. 
Hosildorlik jihatidan boshqa har qanday barchaga ma’lum seleksiya
yutug’idan ko’proq hosil berishi bilan farqlanishi lozim. Boshqa ko’rsatkichlar 
deyilganda urug’lik, ko’chat yoki nasl mahsulotining sifati jihatidan foydaliligi 
135
Селекция ютуқлари. Расмий Ахборотнома. -Т.: 1998. -121 б. 


554 
yuqori bo’lishligi ko’zda tutilgan.
Seleksiya yutug’i barchaga ma’lum deb, seleksiya yutug’iga boshqa 
mamlakatda himoya hujjati berish haqida talabnoma topshirilgan va unga muvofiq 
patent yoki shunga o’xshash muhofazaning boshqa bir shakli berilgan bo’lsa, 
yoxud seleksiya yutug’i shu mamlakatning seleksiya yutuqlari rasmiy reestriga 
kiritilgan bo’lsa seleksiya yutug’i talabnoma topshirilgan sanada barchaga ma’lum 
edi deb hisoblanadi (qonunning 10-moddasi). 
Seleksiya yutuqlarini barchaga ma’lumligi, shu seleksiya yutug’ining 
rasmiy kataloglarda ma’lumot jamg’armalariga yoki biror bir nashrda to’liq 
ifodalanganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga seleksiya yutug’ini boshqa 
barchaga ma’lum seleksiya yutuqlaridan farqlanishida yaratilgan seleksiya
yutug’ining oldin mavjud bo’lgan va u to’g’risidagi ma’lumotlar barcha olishi 
mumkin bo’lgan axborot manbalarida nashr etilgan seleksiya yutug’idan 
belgilangan sifat ko’rsatkichlari bilan ajralib turishini aniqlash muhim holat bo’lib 
hisoblanadi. 
Seleksiya yutuqlarining farqlanish mezoni turli davlatlarda turlicha talqin 
etiladi. Masalan, Litva Respublikasi qonunchiligiga muvofiq seleksiya yutug’ining 
farqlanishi quyidagicha ifodalanadi: nav, Litva Respublikasi yoki chet elda ma’lum 
bo’lgan, shuningdek oldin berilgan arizalarda ko’rsatilgan navlardan bitta zaruriy 
belgisi bilan farq qilsa farqlanish mezoniga javob bergan hisoblanadi
136

Seleksiya yutug’ining zaruriy belgisi deyilganda bu erda yaratilgan 
seleksiya yutug’ining sifat, miqdor va boshqa muhim belgilari tushuniladi. Shuni 
nazarda tutish kerakki, seleksiya yutug’ining farqlanish mezoni ustida tadqiqot 
olib borayotganda jahonda ma’lum bo’lgan barcha seleksiya yutuqlari 
to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish lozim bo’ladi.
Seleksiya yutuqlari to’g’risidagi qonun “barchaga ma’lumlik” iborasini 
quyidagicha ifodalaydi:
-keyinchalik ko’paytirish, saqlash maqsadlarida etishtirish, kondinstiyaga 
etkazish va yuqorida sanab o’tilgan maqsadlarda asrash natijasida barchaga 
ma’lum bilim darajasining bir qismiga aylangan seleksiya yutug’iga nisbatan; 
-sotishga taklif etilgan, sotilgan, mamlakatga olib kirilgan yoki mamlakatdan 
olib chiqib ketilgan seleksiya yutug’iga nisbatan aniqlanadi. 
Ko’rinib turibdiki, bu norma seleksiya yutuqlarining barchaga ma’lumligi 
qanday seleksiya yutug’iga nisbatan aniqlanishini o’zida ifodalaydi va shu shartlar 
mavjud bo’lganda seleksiya yutug’ini barchaga ma’lum deb hisoblaydi.
Seleksiya yutuqlari barchaga ma’lum bo’lgan seleksiya yutuqlaridan 
farqlanishi bilan birga ma’lum ma’noda turdosh (o’xshash) bo’lishi ham lozim. 
qonunning 11-moddasiga binoan, seleksiya yutug’i ko’paytirishning o’ziga xos 
jihatlarini olganda muayyan navli o’simliklar yoki muayyan zotli hayvonlar 
seleksiya lashtirish belgilariga ko’ra bir xillikka ega bo’lsa turdosh hisoblanadi. 
O’simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari bunday belgilarga: 
morfologik, fiziologik, stitologik, kimyoviy va boshqa belgilar kiradi hamda, 
aynan ana shu belgilari bilan yaratilgan yangi nav va yangi zot o’z ajdodiga 
136
Каспирявичус П. Охрана новых пород растений в Литве. //Интеллектуальная собственность. 1998. №5, -
131-132 с. 


555 
o’xshashi kerak. O’xshashlik belgisi seleksiya sohasida erishilgan natijaning 
sifatini aniqlaydi. Ko’pchilik o’simlik navlari va hayvon zotlarida, o’simliklar va 
hayvonlarning boshqa nav va zotlaridan ajratib turuvchi o’ziga xos umumiy 
belgilari mavjud bo’lmasa, seleksiya faoliyati sohasida yutuqqa erishishning iloji 
bo’lmasdi. 
O’xshashlik belgisi o’simliklar navi va hayvonlar zotining har biri uchun 
Intellektual mulk agentligi tomonidan alohida, har bir o’simlik navi va hayvon zoti 
uchun xos bo’lgan uslublar bilan aniqlanadi. 
Seleksiya yutug’i himoyaga layoqatlilik shartlarining so’nggisi barqarorlik 
mezonidir. Qonunning 12-moddasiga binoan, seleksiya yutug’i barqaror 
hisoblanishi uchun bir necha marta ko’paytirilganidan keyin yoki alohida stikl 
bo’yicha ko’paytirilgan taqdirda ko’paytirishning har bir stikli oxirida uning asosiy 
belgilari o’zgarishsiz qolishi kerak. Ishlab chiqarishga joriy etilganda o’zining 
alohida xususiyatlarini saqlab qola olmaydigan o’simlik va hayvonlarni yaratish 
qonunga muvofiq seleksiya yutug’i hisoblanmaydi va qonun bilan qo’riqlanmaydi. 
Garchi bunda shunday o’simlik va hayvon muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligi 
hamda ijodiy faoliyat natijasi yaratilganligi e’tiborga olinmaydi. Seleksiya
sohasidagi ilmiy faoliyat natijasida barqarorlik mezonining mavjud bo’lmasligi 
yaratilgan nav va zotning-seleksiya yutug’i emas deb topilishiga sabab bo’ladi. 
Seleksiya yutuqlari yangilik, farqlanish, o’xshashlik va barqarorlik 
mezoniga javob berishi bilan birga O’zbekiston Respublikasida patentli va 
patentsiz tadbirga muvofiq muhofaza qilinadigan botanik va zoologik avlod hamda 
turlarga taalluqli bo’lsagina huquqiy muhofaza etiladi. O’zbekiston Respublikasida 
muhofaza qilinadigan botanik va zoologik avlod hamda turlarning davlat ro’yxati 
O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 1997 yil 4 
dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu ro’yxat botanik va zoologik avlod 
hamda turlarning har birini o’zbekcha, ruscha va lotincha nomlanishini va ular 
mansub bo’lgan guruhlarni o’zida ifodalaydi. Masalan, javdar g’alla ekinlari 
guruhiga; tariq, sholi don-yorma ekinlari guruhiga; jo’xori don va ozuqa ekinlari 
guruhiga mansubligi ko’rsatilgan
137

Yuqoridagilardan kelib chiqib, seleksiya yutuqlarini himoyaga layoqatliligi 
mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin: o’simliklarning yangi navlari va 
hayvonlarning yangi zotlarini yaratishga doir biologik muammoning yechimi, 
barchaga ma’lum nav va zotlardan aniq-ravshan farqlanishi, yetarli darajada 
turdosh va barqaror bo’lishi, shuningdek qonun bilan belgilangan botanik va 
zoologik avlod hamda turlarga tegishli bo’lishi kerak.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling