Vaqt va uning o’ziga xos xususiyatlari reja


Download 40.69 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi40.69 Kb.
#1427854
  1   2   3   4
Bog'liq
AQT VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


VAQT VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Reja

  1. Vaqt tasavvurlarini shakllantirish tushunchasi

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan vaqtni idrok qilish.

  3. Bolalarni vaqt xaqidagi tasavvurlarini rivojlantirish.

  4. Vaqt, uni o'lchash usullari va birliklari to'g'risida

Vaqt tasavvurlarini shakllantirish tushunchasi — keng ma’nodagi, murakkab, serqirra tushunchadir. Biz, vaqtni bilish ma’nosida, bizni o‘rab turuvchi ob’ektiv olam xarakteristikasini anglaymiz. Biz vaqt haqidagi bilim va malakalarni egallash uchun, shuningdek uning sutka qismlari,yil fasllari,xafta kunlari,soat belgilari haqida,ham tushunchalarini yanada mustahkamlash. Bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvuri aniqlanadi. Sutka qismlarini kichkintoylar o‘z faoliyatlari mazmunining o‘zgarishiga hamda shu vaqt oralig‘ida o‘z atroflarida bo‘lgan katta yoshli kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar.


Avval kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabki gimnastika, nonushta, mashg‘ulot vaqtlari qat’iy belgilab qo‘yilganligi va sutkaning bo‘laklari haqida tasavvur hosil qilish uchun real sharoitlar yaratadi.
Pedagog vaqt bo‘lagining nomini aytadi va bolalarning shu vaqtta mos bo‘lgan faoliyat turlarini sanab chiqadi. “Hozir ertalab, biz gimnastika qildik, yuvindik, endi esa nonushta qilamiz yoki allaqachon nonushta qilib bo‘ldik, shug‘ullanib ham bo‘ldik. Hozir kunduz kun. Tez orada tushki ovqatni yeymiz”. Bolalar asta sekin erta bilan, kunduzi, kechqurun, kechasi so‘zlarining aniq mazmunini tushinib oladilar, ularga emotsional rang beradilar. Bolalar o‘z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar. Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilishlari bilan bog‘liq, bolalarning sutka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniqladi.
Kichik gurux. Vaqtni chamalash. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish: “Ertalab”, “Kechqurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash.
Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish va hafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga o‘rgatish. Kecha haftaning qaysi kuni bo‘lganligini, bugun qanaqa kun, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashni o‘rgatish.
Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to‘g‘ri ketma-ketlikda aytishga o‘rgatish.
Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o‘tkazish kerak. Aniq kun tartibi (qat’iy o‘rnatilgan turish vaqti, ertalabki badantarbiya, mashg‘ulotlar, ovqatlanish, hordiq chiqarish vaqtlari) bolalarda sutka qismlari haqida tasavvurlarni shakllantirish uchun real sharoitdir.
Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborini ular faoliyatlari xarakterlari bilan bog‘liq har xil vaqt oraliqlari o‘rtasidagi munosabatlarga qaratadi.
Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi faoliyat turlarini sanab o‘tadi, masalan: “Hozir ertalab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonushta qilasiz” yoki “Hozir kunduzi. Kunduzi ota-onalarimiz ishlashadi, biz esa shug‘ullanamiz”. Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan kechasi, ertalab (uyg‘onganlaridan keyin), kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishni so‘raydi.
Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda bolaning sutka haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lgan faoliyat turlari tasvirlangan rasmlar o‘zlariga ko‘rsatiladi va ulardan so‘raladi: “Rasmda tasvirlangan bolalar nima qilishmoqda?”, “Buni ular qaysi vaqtda qilishmoqda?”
Ushbu savollarga javob berish taklif qilinadi: “Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uxlaysan? va h.k.
Kichkintoylarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurun tasvirlangai rasmlarni sutkaning berilgan qismi uchun xarakterli bo‘lgan amaliy faoliyatlari tavsiflangan hikoyalardan, she’rlardan parchalar o‘qishdan ham foydalanish mumkin.

Download 40.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling