Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
MUAMMOLI SAVOLLAR
 
1. Turdosh huquq tushunchasi
2. Turdosh huquq obyektlari. 
3. Turdosh huquqlarni himoya qilish belgilari. 
4. Turdosh huquqlarning amal qilish muddatlari. 
5. Turdosh huquq subyektlarining vakolatlari. 


534 
62-BOB SANOAT MULKIGA BO’LGAN HUQUQ 
1 §. Sanoat mulki tushunchasi, turlari va ularni huquqiy muhofaza 
qilish 
Sanoat mulki obyektlari intellektual mulk obyektlarining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. «Sanoat mulki» iborasini tom ma’noda tushunmaslik lozim. Ushbu 
iborani qo’llash XVII-XIX asrlarda Yevropa mamlakatlarida huquqiy yorliq – 
patent orqali muhofaza qilinadigan ixtirolar – texnik tusdagi yechimlarni, asosan, 
sanoat sohasida qo’llanganligi bilan bog’liq. Hozirgi vaqtda sanoat mulki nafaqat 
sanoatda, balki amaliyotning, turmushning hamma sohalarida keng qo’llaniladi. 
Garchi bu ibora unchalik aniq-ravshan bo’lmasa ham, biroq qonunshunoslikda 
mustahkam o’rnashib qolgani sababli xalqaro Konvensiyalarda, rivojlangan 
mamlakatlar qonunlarida intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza 
yorlig’i asosida himoya qilinadigan katta bir guruhining nomi sifatida an’anaviy 
jihatdan keng qo’llanib kelmoqda. Sanoat mulkini muhofaza qilish bo’yicha Parij 
Konvensiyasida sanoat mulkining muhofaza obyektlari sifatida quyidagilar 
ko’rsatiladi: 1) ixtirolar; 2) foydali modellar; 3) sanoat namunalari; 4) tovar 
belgilari; 5) xizmat ko’rsatish belgilari; 6) firma nomi; 7) manbani ko’rsatish; 8) 
tovarning kelib chiqish joyi nomi (1-2-moddalar); 9) g’irrom raqobatning oldini 
olish. 
Amaldagi FKda sanoat mulkiga bo’lgan huquq ixtiro, foydali model sanoat 
namunasiga bo’lgan huquq sifatida nazarda tutiladi. 
FKning 1082-moddasiga asosan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi 
yaratilish fakgi bo’yicha emas, balki maxsus huquqiy muhofaza yorlig’i hujjati – 
patent berilgan taqdirdagina himoya qilinadi, qo’riqlanadi. Huquqiy muhofaza 
yorlig’i – ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga nisbatan patent dastlabki 
patent deb ataladi. 
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo’yil-digan, patent olish 
huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda Intellektual mulk agentligi ning 
bunday hujjatni berish tartibi O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 29 avgustda 
qabul qilingan «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida»gi 
Qonun (bundan keyin matnda Qonun deb yuritiladi) bilan belgilanadi. 
Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari ushbu Qonunning 6-moddasida 
belgilab qo’yilgan. Bunga asosan, ixtiro sifatida ko’rsatilgan obyekt (ya’ni amaliy 
ahamiyatga ega bo’lgan muammoning yechimi) agar u yangi, ixtirochilik 
darajasiga ega bo’lsa va uni sanoatda qo’llash mumkin bo’lsa, patent asosida 
huquqiy muhofaza qilinadi. 
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo’lmasa, u yangi deb 
hisoblanadi. Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol 
ayon bo’lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo’ladi. Texnika taraqqiyoti darajasi 
ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo’lgan har qanday 
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 
Ixtiro obyektlari turli-tuman ko’rinishlarga ega. Ba’zi hollarda avvaldan 
mavjud obyektning yangi maqsadlarda qo’llanishi ham ixtiro hisoblanadi. 
Masalan, qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, 


535 
o’simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo’lgan 
qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi 
maqsadda qo’llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi.. 
quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi: 
ilmiy nazariyalar va matematika usullari; 
tashkil etish va boshqarish usullari; 
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar; 
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari; 
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; 
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari; 
estetika talablarini qanoatlantirishga yo’naltirilgan, buyumlarning faqat 
tashqi ko’rinishiga oid yechimlar; 
integral mikrosxemalarning topologiyalari; 
o’simlik navlari va hayvon zotlari; 
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar 
(masalan, insonni ruhiy yoki jismoniy qiynoqqa solish vositalari, fahsh-buzuqpik 
vositalari va hokazo). 
Foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari Qonunning 7-moddasida 
belgilab qo’yilgan. 
Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining konstruktiv jihatdan 
yasalishi, tayyorlanishi, shuningdek, ularning tarkibiy qismlari foydali model 
hisoblanadi. 
Foydali model sifatida ko’rsatilgan obyekt, agari u yangi bo’lsa, uni 
amaliyotda qo’llash mumin bo’lsa, patent berish orqali huquqiy muhofaza qilinadi. 
Ushbu talablar ixtiroga qo’yiladigan talablarga o’xshashdir. Ayni vaqtda ular 
o’rtasida jiddiy tafovutlar ham mavjud. Masalan, foydali model ixtirochilik 
darajasiga ega emas. Foydali model obyektlari doirasi torroq. Jumladan, usullar, 
moddalar, mikroorganizm shtammlari, o’simlik va hayvonlar hujayralarining 
turlari, shuningdek, ularning yangi maqsadda qo’llanishi foydali model 
hisoblanmaydi. Ayni vaqtda, ixtiro bo’lib hisoblanmaydigan obyektlar ham foydali 
model sifatida muhofaza qilinmaydi. 
Buyumning 
tashqi 
ko’rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik 
yechimlari sanoat namunasi hisoblanadi. Ushbu yechimlar buyumning konstruktiv 
xususiyatlarini emas, balki faqat tashqi qiyofasini, tashqi ko’rinishini 
shakllantiradi. Badiiy-konstruktorlik yechimi sifatida sanoat namunasi san’at 
asarlaridan shu bilan farqlanadiki, unda buyumning konstruktiv (texnik yaroqlilik, 
qulaylik xususiyatlari, ishlash qobiliyati) va estetik sifati (chiroyliligi, 
bezatilganligi) uzviy uyg’unlashgan bo’lishi lozim. 
Sanoat namunasi sifatida ko’rsatilgan obyekt, basharti u yangi, o’ziga xos 
bo’lsa va uni amaliyotda qo’llash mumkin bo’lsa, patent berish orqali huquqiy 
jihatdan muhofaza qilinadi (Qonunning 8-moddasi). Sanoat namunasi agar 
buyumning estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilovchi muhim 
alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda 
ommaviy-oshkora e’lon qilingan ma’lumotlardan ayon (ochiq-ravshan ko’rinib 
turgan) bo’lmasa, yangi hisoblanadi. 


536 
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlari majmui buyum estetik 
xususiyatlarining ijodiy tusi bilan bog’liq bo’lsa, o’ziga xos (original) hisoblanadi. 
Sanoat namunasi, agar uni (buyumni tayyorlash orqali) takror-takror hosil 
qilish (istifoda qilish, qayta ko’paytirish) mumkin bo’lsa, sanoat (amaliyot)da 
qo’llash mumkin deb hisoblanadi. 
Shunday qilib, badiiy-konstruktorlik yechimi agarda badiiy jihatdan va 
axborot-ma’lumot jihatdan mujassamlangan, ifodalangan, kompozitsiya yaxlitligi, 
oqilona ratsional shaklga ega (ya’ni konstruktiv-texnologik talabga mos) va 
ergonika mezonlariga muvofiq bo’lsa, sanoat namunasi deb e’tirof etiladi 
(masalan, yengil avtomobillarning yangi modellari). 
Quyidagilar sanoat namunasi hisoblanmaydi: matbaa (nashr) mahsulotlari 
(gazeta, jurnal, kitob va hokazo, me’morchilik shakllaridan tashqari), sanoat, 
gidrotexnika inshootlari va boshqa stastionar, suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki 
shunga o’xshash moddalardan iborat o’zgaruvchan shakldagi obyektlar
buyumlarning faqat texnik funksiyasi bilan bog’liq bo’lgan yechimlar (gayka, 
shurup, bolt, vint va shu kabilar), jamoat manfaatlariga, inson-parvarlik va axloq 
qoidalariga zid yechimlar. 
Sanoat mulki obyektiga bo’lgan xuquq muallifga (hammualliflarga) yoki 
uning (ularning) huquqiy vorislariga tegishli bo’ladi hamda huquqiy muhofaza 
yorlig’i (patent, guvohnoma) bilan tasdiqlanadi. 
Agar bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki obyektini 
yaratgan bo’lsa, huquqiy muhofaza yorlig’i (patent, dastlabki patent, 
guvohnoma)ga bo’lgan huquq Intellektual mulk agentligiga birinchi bo’lib 
talabnoma topshirgan shaxsga beriladi. 
Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o’tkazilganidan keyin, 
patent esa obyekt mohiyatan ekspertizadan o’tkazilganidan so’ng beriladi. 
Ixtiroga berilgan patent ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, 
patentning haqiqiyligi va patent egasining ixtiroga egalik qilishini, uni tasarruf 
etish va undan foydalanishga nisbatan mutlaq huquqini guvohlantiradi. 
Sanoat namunasiga, foydali modelga berilgan patent ham xuddi shunday 
vazifalarni bajaradi. 
Yorliq egasining mutlaq huquqi ushbu yorliq (patent, guvohnoma, dastlabki 
patent) haqidagi ma’lumotlar Intellektual mulk agentligining rasmiy 
axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda hisoblanadi. 
Ustuvorlik sanasidan boshlab ixtiroga bo’lgan patent 20 yil mobaynida, 
sanoat namunasiga bo’lgan patent 10 yil davomida amal qiladi. 
Ixtiroga berilgan dastlabki patent va foydali modelga berilgan patent besh yil 
mobaynida amal qiladi. 
Sanoat namunasi, foydali model patenti, amal qilish muddati patent 
egasining iltimosiga ko’ra Intellektual mulk agentligi tomonidan tegishli ravishda 
besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin. 
Patent, dastlabki patent berish tartibi Qonunning 14-26-moddalarida belgilab 
qo’yilgan. 
Huquq egasi patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, sanoat 
namunasidan o’z xohishiga qo’ra foydalanish bo’yicha mutlaq huquqqa egadir. 


537 
Bunday mutlaq huquq quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
a) huquqiy muhofaza qilingan yechimlarni qo’llagan holda mahsulot ishlab 
chiqarish, xizmat ko’rsatish, ish bajarish; 
b) patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni o’z ishlab 
chiqarishida qo’llash, joriy qilish, amalga oshirish; 
v) muhofazalangan yechimga ega bo’lgan mahsulotlarni sotish yoki 
sotishga taklif qilish; 
g) xuddi shunday muhofazalangan yechimga ega bo’lgan buyumlarni 
import qilish. 
Bu tarkibiy qismlar bir butun yaxlit holda mutlaq huquq mazmunini tashkil 
etadi. Ayni vaqtda huquqiy muhofaza uning ayrim qismlarinigina qamrab olish 
mumkin. Masalan, neftdan benzin olish usuli. Bu usul asosida ishlab chiqarilgan 
mahsulotning o’zi huquqiy muhofaza ostida bo’lmaydi. Ma’lumki, yorliq berilgan 
yechim, mahsulotga nisbatan mutlaq huquq eng kamida O’zbekiston Respublikasi 
hududida amal qiladi. Binobarin, bunday mahsulotni O’zbekiston Respublikasi 
hududiga olib kirish (import qilish) huquqi ham mutlaq huquq egasiga tegishlidir. 
Boshqa har qanday shaxslar ixtiro, foydali model va sanoat namunasidan 
patent egasi ruxsati yoki u bilan kelishuv asosidagina foydalanishlari lozim. 
Qonunning 12-moddasiga asosan, quyidagi hollar patent egasi mutlaq 
huquqini buzish sifatida e’tirof etilmaydi: 
O’zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan sanoat mulki 
obyektlarida tarkib topgan qurilmalarni Parij Konvensiyasi qatnashchisi bo’lgan 
boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita O’zbekiston Respublikasi 
hududida vaqtincha yoki tasodifan turgan vaqtda qo’llash – bu qurilmalardan faqat 
mazkur vositaning ehtiyojlari uchungina foydalanishi sharti bilan; 
huquqiy muhofaza yorlig’i olgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan 
vositalar ustida ilmiy-tadqiqot yoki tajriba o’tkazish; 
huquqiy muhofaza yorlig’i olgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan 
vositalarni tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiya va boshqa favqulodda hollarda 
qo’llash; 
huquqiy muhofaza yorlig’i berilgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan 
vositalarni, basharti bu vositalar xo’jalik muomalasiga qonuniy yo’l bilan kiritilgan 
bo’lsa, qo’llash; 
patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan 
vositalarni daromad olmay, shaxsiy maqsadlarda foydalanish, qo’llash; 
dorixonalarda vrach retsepti bo’yicha bir gallik dorilar tayyorlash; 
Qonunning 31-moddasida belgilangan hollarda, tartibda va hajmlarda 
avvaldan foydalanuvchi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig’i olgan sanoat mulki 
obyektlaridan foydalanish. 
FKning 1034-moddasi, «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari 
to’g’risida» gi qonunning 11, 32-moddalariga asosan sanoat mulki obyektlariga 
nisbatan mutlaq huquq egasi ushbu obyektdan o’z xohishiga ko’ra foydalanishga, 
boshqalarning foydalanishiga ruxsat berishga yoki foydalanishni taqiqlab 
qo’yishga haqli. Qonunlar boshqa shaxslar tomonidan sodir etiladigan har qanday 
harakatlar mutlaq huquqni buzish deb hisoblanishini belgilaydi. Binobarin huquqiy 


538 
muhofaza yorlig’i berilgan ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasidan mutlaq 
huquq egasidan ruxsat olmasdan foydalangan holda: 
a) mahsulot tayyorlash; 
b) texnologik jarayonlarni yo’lga qo’yish, qo’llash; 
v) chetdan olib kelish (import qilish); 
g) sotishga taklif etish, sotish; 
d) fuqarolik muomalasiga boshqacha yo’sinda kiritish (masalan, ijaraga 
berish, hadya qilish va hokazolar); 
e) haq evaziga yoki haqsiz fuqarolik muomalasiga kiritish maqsadida 
saqlash; 
j) ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo’llanish yoki ixtiro 
patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni 
fuqarolik muomalasiga kiritish (sotish, ijaraga berish va hokazo) yoki shu 
maqsadda saqlash huquqiy muhofaza yorlig’i egasi (patent yoki guvohnoma egasi) 
mutlaq huquqlarini buzish hisoblanadi. 
Patent (guvohnoma) egasining sanoat mulki obyektidan uchinchi 
shaxslarning foydalanishiga ruxsat berishi qat’iy ifodalangan bo’lishi va tegishli 
shaklda rasmiylashtirilgan bo’lishi shart. Uchinchi shaxs tomonidan mutlaq huquq 
egasini shunchaki xabardor qilish fakti ruxsat olish hisoblanmaydi. Mutlaq huquq 
egasi tomonqdan uchinchi shaxsning ruxsat so’rab qilgan murojaatiga indamaslik 
ruxsat berilmaganligini bildiradi. Mutlaq huquq egasining ruxsat berishi uning 
xatti-harakatlarida ham ko’rinib turishi mumkin (masalan, ixtiro qurilmasini 
berish). Bunday hollarda (ruxsat olish aniq-ravshan ifodalanishi lozim) mutlaq 
huquq egasidan ruxsat olingan deb hisoblash mumkin (FKning 106-moddasiga 
asosan). 
Mutlaq huquq egasining huquqlarini buzish tegishli fuqarolik-huquqiy 
javobgarlikka sabab bo’ladi. 
FKda belgilangan qoidaga asosan, mutlaq huquqni buzgan deb 
hisoblanayotgan shaxs buning aksini isbotlab berishi shart (masalan, mahsulot 
patentlangan usul bilan tayyorlanmaganligini). U bu holatni isbotlab bergunga 
qadar mahsulot patentlangan usulda tayyorlangan deb hisoblanadi. Ushbu huquqiy 
prezumpsiya Qonunning 30-moddasida batafsil o’z ifodasini topgan. Unga asosan 
ixtironing, foydali modelning mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga 
o’xshash sanaluvchi formula bo’lgan belgi qo’llanilgan bo’lsa, mahsulot (buyum) 
patent berilgan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, ixtiro 
patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qo’llanilgan deb hisoblanadi.
Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul 
yordamida olingan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
Bunda buning aksini isbotlovchi dalillar bo’lmasa, bu yangi mahsulot patent 
berilgan usulda olingan deb hisoblanadi. 
Agar mahsulotda patentlangan sanoat namunasining barcha muhim 
alomatlari bo’lsa, u patent berilgan sanoat namunasidan foydalanilgan holda 
tayyorlangan deb e’tirof etiladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling