Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
7 §. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish
to’g’risidagi shartnomalar Muallif intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish to’g’risidagi shartnoma bo’yicha kelgusida asar, ixtiro yoki boshqa intellektual faoliyat natijasini yaratishga va o’zining ish beruvchisi bo’lmagan buyurtmachiga bu natijadan foydalanish uchun mutlaq huquqlar berish majburiyatini o’z zimmasiga olish mumkin. Har bir ijodkor shaxs o’z intellektual faoliyatini o’z xohishiga ko’ra, o’z tashabbusi, o’z mablag’lari asosida, ish beruvchisi bilan tuzilgan mehnat bitimi (kontrakt) asosida yoki ish beruvchisi bo’lmagan boshqa shaxs buyurtmasi bo’yicha shartnoma asosida tashkil etishi mumkin. Muallif – ijodkorning o’z tashabbusi va o’z mablag’lari asosida yaratilgan ijodiy faoliyat natijasiga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mutlaq huquqlar faqat uning o’zigagina tegishli bo’ladi. U ijodiy faoliyat mahsuli bo’lgan obyektga nisbatan mutlaq huquqlarni o’z xohishiga ko’ra erkin ravishda tasarruf etadi. Muallif – ijodkor boshqa bir shaxs (ish beruvchi) bilan mehnat munosabatida bo’lgan holda, mehnat bitimida shart qilib qo’yilgan ijodiy faoliyatni amalga oshirish, ish (topshiriq) bajarish asosida vujudga kelgan ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mutlaq huquqlarga ushbu FKning 1062, 1087-moddalari va boshqa qonun 499 hujjatlarida (masalan, «Seleksiya yutuqlari to’g’risida»gi Qonunning 7-moddasi, «EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari to’g’risida»gi qonunning 8- moddasi va shu kabilar) belgilab qo’yilgan qoidalar va O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi normalari qo’llaniladi. Muallifning ijodiy faoliyat mahsulini yaratish va ulardan foydalanish to’g’risida boshqa har qanday uchinchi shaxs bilan tuzadigan shartnomasi o’z mazmuniga ko’ra fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma hisoblanadi va ushbu shartnomaga nisbatan FKning tegishli me’yorlari qo’llaniladi. Shartnoma predmeti bo’lib muallifning kelgusida ijodiy faoliyatni amalga oshirish va uning natijasida yaratiladigan ijodiy faoliyat mahsuli hisoblanadi. Binobarin, taraflar shartnoma tuzgan vaqtda hali intellektual faoliyat mahsuli vujudga kelmagan bo’ladi. Shartnoma tuzish vaqtida amalda yaratilgan, mavjud bo’lgan ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mutlaq huquqlar uchinchi shaxslarga FKning 1035-moddasida belgilangan tartibda o’tkazilishi mumkin. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi shartnoma ijodkor shaxs bilan buyurtmachi o’rtasida tuziladi. Unga asosan ijodkor shaxs (ijrochi, bajaruvchi) ijodiy faoliyatni amalga oshirish asosida intellektual mulk huquqi obyektini yaratish va undan foydalanish bo’yicha mutlaq huquqni buyurtmachiga topshirish, buyurtmachi esa bajaruvchini tegishli mablag’ bilan ta’minlash va haq to’lash majburiyatlarini o’z zimmmasiga oladi. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish shartnomalar predmeti qanday obyekt bo’lishiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi: ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi (FKning 693-702-moddalari); mualliflik shartnomasi (FKning 1067-moddasi). Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish to’g’risidagi shartnoma yaratilishi lozim bo’lgan intellektual faoliyat natijasi xususiyatini, shuningdek, undan foydalanish maqsadlari yoxud usullarini belgilashi lozim. Intellektual faoliyat natijasi xususiyati, tusi, eng avvalo, uning ma’lum sifat ko’rsatkichlarida namoyon bo’ladi. Bunday sifat ko’rsatkichlari obyektning texnik- iqtisodiy xarakteristikasida, huquqiy mezonlarga mosligiga (masalan, huquqiy muhofaza yorlig’i olish – patentga layoqatlilik darajasida ekanligi) va shu kabilarga ko’ra ifodalanadi. Shartnomada o’z aksini topishi lozim bo’lgan holatlardan yana biri – intellektual faoliyat natijasidan foydalanish maqsadlari (masalan, ixtirodan qaysi tarmoqda, qanday mahsulotdan yoki ilmiy asardan tijorat maqsadida yoki o’quv- ta’lim maqsadlarida va hokazo) yoki foydalanish usullari (masalan, adabiy asarni nashr etish yoki sahnalashtirish yoki kinofilm qilish) hisoblanadi. Yuqoridagi holatlar intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi shartnomaning zarur shartlari hisoblanadi va ko’p hollarda bu shartlar taraflar zimmasiga yuklangan majburiyat tariqasida namoyon bo’ladi. Masalan, obyektning ma’lum sifat xususiyatlarida bo’lishi uchun ijodkor-muallif mas’ul bo’lsa, obyektdan foydalanish maqsadi va usullariga rioya qilish buyurtmachi zimmasiga yuklanadi. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi 500 shartnoma predmeti bo’lib, har doim kelgusida yaratiladigan, muayyan xususiyatlarga ega bo’lgan, aniq va konkret belgilab qo’yilgan asar, ixtiro, seleksiya yutug’i va shu kabilar hisoblanadi. Agar ijodkor-muallif zimmasiga u kelgusida yaratadigan har qanday intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish uchun mulkiy huquqlarini bironta shaxsga (buyurtmachiga yoki boshqa uchinchi shaxsga) berish majburiyati yuklangan bo’lsa, bunday shartnoma o’z-o’zidan haqiqiy hisoblanmaydi va u hech qanday huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi. Binobarin, buyurtmachi uning ijrosini talab qila olmaydi. Ushbu qoida FKning 23- moddasida mustahkamlab qo’yilgan fuqarolik huquqi layoqati va muomala layoqatini cheklashga yo’l qo’ymasligi haqidagi umumiy tamoyil bilan chambarchas bog’liq. Ijodkor – muallifning kelgusida yaratadigan har qanday asariga nisbatan mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga berish majburiyati shu sababli ham uning huquq layoqatini g’ayriqonuniy cheklash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida fuqarolarning ijod erkinligi mustahkamlanib qo’yilgan. Unda ko’rsatilishicha, har qanday shaxsga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi kafolatlanadi. Binobarin, intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi shartnomada agarda muallif – ijodkorning kelgusida muayyan turdagi yoki muayyan sohadagi intellektual faoliyat bilan shug’ullanmaslik yoki bu faoliyat natijasini yaratmaslik majburiyatlari belgilab qo’yilgan bo’lsa, u o’z-o’zidan haqiqiy hisoblanmaydi. FKning 23-moddasida fuqaroning huquq layoqatidan to’la yoki qisman voz kechish va huquq layoqati va muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o’z-o’zidan haqiqiy emas deb ko’rsatiladi. Demak, ijodkor-muallifning o’z ixtiyori, erki, irodasi bilan bunday shartni shartnoma majburiyati sifatida o’z zimmasiga olganligi ahamiyatga ega emas. Albatta, ijodkor-muallif o’z erki, ixtiyori bilan amalda ma’lum turdagi intellektual faoliyat bilan shug’ullanmaslikka haqli, biroq bu holat shartnoma predmeti yoki shartnoma sharti sifatida namoyon bo’lganda, har doim o’z-o’zicha haqiqiy hisoblanmaydi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling