Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlar
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4 §. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlar Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo’ladi. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan uning muallifining shaxsiy huquqlari deganda, mulkiy mazmunga ega bo’lmagan, ushbu natijaga nisbatan ijodkor-yaratuvchi sifatidagi mavqeini e’tirof etish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan mutlaq huquqlari tushuniladi va huquqlar muallifning faqat o’zigagina tegishli bo’lib, boshqa birovga yetkazilishi, ya’ni muallifdan begona- 484 lashtirilishi mumkin emas. Shaxsiy huquqlar mazmuni, doirasi har bir intellektual faoliyat natijasi uchun alohida o’ziga xos tarzda belgilanadi. Masalan, mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan muallif shaxsiy huquqlari doirasi keng (mualliflik huquqi, mualliflik ismi-sharifiga bo’lgan huquq, muallif obro’sini himoya qilish huquqi, asarni chaqirib olish huquqi va hokazo). Ba’zi obyektlar bo’yicha esa (masalan, seleksiya yutuqlarida) shaxsiy huquq obyekt muallifi sifatida tan olinishi huquqi bilan kifoyalanadi. Intellektual faoliyat natijalari muallifi shaxsiy huquqlari bilan bir qatorda, ushbu natijaga nisbatan mulkiy huquqlarga ham ega. Mulkiy huquq mazmuni muallifning ushbu o’zi yaratgan intellektual faoliyat natijasidan foydalanishi, boshqalarga haq evaziga foydalanishga berish yoki haq evaziga foydalanish uchun ruxsat berish yoxud haq evaziga bu natijaga nisbatan huquqlarni boshqalarga etka- zish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Muallifning mulkiy huquqlari hajmi to’liq yoki cheklangan bo’lishi mumkin. Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mutlaq huquqlar (FKning 1034-moddasi) muallifning o’ziga emas, boshqa shaxsga tegishli bo’lsa, muallifning intellektual faoliyati natijasiga mulkiy huquqlari cheklangan tusga ega bo’ladi (masalan, mual- liflik huquqida ergashma huquq yoki ulush huquqi, seleksiya yutuqlari bo’yicha selekstionerlarning patent egasidan mukofot olish huquqi, ixtirochining ixtirodan ilmiy-tadqiqot va shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqi va hokazo). Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qat’i nazar, tegishli bo’ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan mulkiy huquqlar boshqa shaxslarga o’tgan taqdirda ham uning o’zida saqlanib qoladi. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan shaxsiy huquqlar faqat ijodkor-yaratuvchi (muallif)ning o’ziga tegishli bo’ladi, mulkiy huquqlar esa, uchinchi shaxslarga ham tegishli bo’lishi mumkin (masalan, obyekt buyurtma asosida yaratilganda). Mulkiy huquqlar fuqarolik muomalasida faol harakatda bo’lishi; u boshqalarga haq evaziga yoki tekin o’tkazilishi, garov predmeti bo’lishi, meros tartibida o’tishi mumkin. Shaxsiy huquqlar esa ijodkor-muallifning shaxsi bilan bog’liq, undan begonalashtirilishi, birovga o’tkazilishi mumkin emas. Binobarin, intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mulkiy huquqlar fuqarolik muomalasida qanday harakatda bo’lishidan qati nazar, shaxsiy huquqlar faqat ijodkor-muallifning o’zida saqlanib qoladi va mulkiy huquqlardan foydalanuvchilar ijodkor-yaratuvchi (muallif)ning shaxsiy huquqlariga rioya qilishlari shart. Masalan, asarga nisbatan mutlaq huquqni sotib olgan nashriyot asarni nashr etishda muallif nomini ko’rsatishi, asar daxlsizligiga rioya qilishi lozim. Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, ishlar yoki xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan huquq egalariga bu vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli bo’ladi. Alohida farqlash belgilari (xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga nisbatan huquqlar intellektual faoliyat natijalariga nisbatan bo’lgan huquqlar kabi ikki turga, ya’ni shaxsiy va mulkiy tusdagi huquqlarga bo’linadi va demak, unga ikki xil tusdagi huquq sifatida qaraladi. Binobarin, alohida farqlash belgilari (xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga nisbatan huquq sohibining huquqi nafaqat mulkiy, ayni vaqtda shaxsiy tusda ham bo’ladi. Biroq bu huquq ma’lum 485 tartibda va shartlarga rioya qilingan holda haq evaziga yoki tekin, vaqtincha boshqalarga o’tkazilishi, foydalanish uchun berilishi mumkin bo’ladi (firma nomiga bo’lgan huquqdan tashqari). Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb e’tirof etilishi huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli bo’ladi. Intellektual faoliyat natijasida ixtiro yoki asarni o’z aqliy, ijodiy faoliyati - mehnati bilan yaratgan shaxs ushbu natijaning muallifi deb tan olinadi, e’tirof etiladi. Bu huquq ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mualliflik huquqi deb atalib, barcha qolgan shaxsiy huquqlarning o’zagini tashkil etadi, boshqa shaxsiy hu- quqlar ushbu huquq mavjud bo’lgan taqdirdagina, undan kelib chiquvchi o’ziga xos hosila ikkilamchi huquq hisoblanadi. Muallif sifatida tan olishga bo’lgan huquq o’z mohiyatiga ko’ra, shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi, ya’ni u, birinchidan, ijodkor-yaratuvchi shaxsi bilan bog’liq, ikkinchidan, mulkiy-iqtisodiy mazmunga ega emas, uchinchidan, huquq sohibining o’zidan begonalashtirilishi mumkin emas. Bunday huquq ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli bo’ladi. Ijodiy xususiyatlarga ega bo’lmagan, odatdagi, mexanik tusdagi mehnati bilan ijodiy faoliyat natijasini yaratishda qatnashgan shaxslar muallif huquqiga ega bo’lmaydi (masalan, ixtirochi chizmasi asosida ixtiro qurilmasini yasagan chilangar va hokazo). Mualliflik huquqi boshqa shaxsga o’tkazilmaydi, berilmaydi. Ijodiy faoliyat natijasiga nisbatan muallif huquqi ijodkor yaratuvchisining o’zigagina tegishli, uning o’zidan har qanday tarzda, har qanday asosda begonalashtirilishi, boshqa birovga o’tkazilishi mumkin emas. Shu sababdan mualliflik huquqini bitim yoki shartnoma asosida boshqa birovga o’tkazish (sotish, hadya qilish) yoki undan boshqa shaxslar foydasiga voz kechish muallifning o’z erki, ixtiyori va xohishi bilan sodir bo’lsa ham haqiqiy hisoblanmaydi. Binobarin, bir shaxs ikkinchi shaxs uchun uning nomidan dissertatsiya yozib berishi, asar yozib berishi haqidagi kelishuvlari haqiqiy hisoblanmaydi va qonunga nomuvofiq bitim sanaladi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasida intellektual mulk obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o’zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash harakatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Agar ijodiy faoliyat natijasi (ixtiro, asar) ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo’lsa, ular hammualliflar hisoblanadi. Hammualliflar shaxsiy huquqlari umumiy qoidalar bo’yicha teng hajmda bo’lishi e’tirof etiladi. Mulkiy- huquqlar hajmi esa hammualliflar o’rtasida o’zaro kelishuv asosida belgilanadi va noteng hajmda bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Intellektual mulkning ayrim obyektlariga nisbatan qonunda asarning to’laligicha hammualliflari bo’lib hisoblanadigan shaxslar doirasi cheklab qo’yilishi mumkin. Ushbu qoida intellektual mulk obyektini yaratishda g’oyat ko’pchilik qatnashadigan turlarga nisbatan amal qiladi. Masalan, kinofilm xuddi shunday obyekt hisoblanadi. Bu jarayonda ko’pchilik o’z ijodiy mehnati bilan qatnashsada, kinofilm muallifi bo’lib ssenariy muallifi, sahnalashtiruvchi rejissyor, bosh operator, bosh rassom va shu kabi cheklangan doiradagi shaxslar hisoblanadi. Yaratilish fakti sababli huquqiy muhofaza qilinadigan obyektlarga nisbatan 486 muallif huquqlari ushbu yaratilish fakti asosida vujudga keladi va rasmiyatchiliklarga rioya etilish talab qilinmaydi. Vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig’i asosida huquqiy muhofaza ostiga olinadigan intellektual mulk obyektiga nisbatan mualliflik huquqi huquqiy muhofaza yorlig’i hujjati yoki boshqa hujjat asosida guvohlantiriladi. Barcha shaxsiy huquqlar kabi muallif-yaratuvchi huquqlari muddasiz himoya qilinadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling