Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Litsenziya shartnomalari va ularning turlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
6 §. Litsenziya shartnomalari va ularning turlari 
Litsenziya shartnomasi bo’yicha intellektual faoliyati natijasiga yoki xususiy 
alomatlarni aks ettiruvchi vositalarga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo’lgan tarafga 
(litsenziyaga) tegishli intellektual mulk obyektidan foydalanishiga ruxsat beriladi. 
Litsenziya 
shartnomasi 
intellektual 
mulk 
obyektlaridan 
uchinchi 
shaxslarning foydalanishiga imkon beruvchi muhim fuqarolik huquqiy vosita 
hisoblanadi. Litsenziya shartnomasi intellektual mulk obyektidan foydalanishga 
ruxsat berish haqidagi kelishuv hisoblanadi. Mulk egasi (patent egasi, tovar belgisi 
sohibi, mualliflik huquqi obyekti sohibi, oshkor etilmagan axborotlar egasi) ning 
huquqiy muhofaza ostidagi obyektdan foydalanish o’ziga tegishli huquqlarni 
belgilangan tartibda va ma’lum shartlar asosida uchinchi shaxslarga berishga 
litsenziya (ruxsatnoma) deyiladi. (Qarang: Grajdanskoe pravo. M., izd. Bek, 1994. 
248—249-b.). 
Litsenziya shartnomasi o’zining huquqiy tabiatiga ko’ra an’ana-viy olish-
sotish va mulkiy ijara belgilariga o’xshab ketsa ham bu shartnomalardan o’ziga xos 
jihatlari bilan farq qiladi. 
Birinchidan, olish-sotish va mulk ijarasi shartnomalari sotuvchining yoki 
ijaraga beruvchining mulk huquqiga yoki ashyoviy huquqiga asoslanadi. 
Litsenziya shartnomasi esa litsenziya beruvchining intellektual mulk obyektiga 
nisbatan mutlaq huquqiga asoslanadi. 
Ikkinchidan, olish-sotish yoxud mulkiy ijara asosida ashyo oluvchiga yoki 


494 
ijaraga topshiriladi va bu ashyoga nisbatan bir vaqgning o’zida ikki taraflama 
egalik qilish mumkin. Mutlaq huquq obyektini esa ko’p hollarda topshirishga hojat 
yo’q: ixtiro, sanoat namunasi mazmuni yoki tovar belgisi tasviri e’lon etilgan va 
hamma u bilan tanishishi, xabardor bo’lishi imkoniga ega. Bu obyekt bir vaqtning 
o’zida litsenziya beruvchi (litsenziar) tomonidan ham, nomuayyan doiradagi 
uchinchi shaxslar (litsenziatlar) tomonidan ham foydalanilishi mumkin. Ushbu 
xususiyatlardan kelib chiqqan holda, oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha FKning 
tovarni topshirish yuzasidan sotuvchining majburiyatlari (FKning 388-moddasi), 
sotuvchining sotilgan tovarni saqlash majburiyati (FKning 391-moddasi), 
sotuvchining tovar kamchilik-nuqsonlari uchun javobgarligi (FKning 409-
moddasi) va shu kabi mulkiy ijara shartnomasi bo’yicha qator qoidalarni litsenziya 
shartnomasi bo’yicha amalda qo’llab bo’lmaydi. 
Litsenziya shartnomasining predmeti bo’lib huquqiy muhofaza ostidagi 
ijodiy faoliyat natijasi (fan, adabiyot, san’at asarlari, kompyuter dasturlari, ixtiro, 
foydali model, sanoat namunasi va hokazo) yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi 
vosita (firma nomi, tovar, xizmat ko’rsatish belgisi) hisoblanadi. FKning 1109-
moddasi 3-qismiga asosan, tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi 
litsenziya shartnomasi predmeti bo’la olmaydi. Shartnomada qatnashuvchi taraf – 
intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq sohibi – litsenziar hisoblanadi. 
Mutlaq huquq egasining huquqlari qonuniy asosga ko’ra vujudga kelgan yoki 
vakolatli davlat idorasi bergan huquqiy muhofaza yorlig’i bilan guvohlantirilgan 
bo’lishi shart. Shartnomada qatnashuvchi boshqa taraf – intellektual mulk 
obyektidan foydalanishga ruxsatnoma olgan shaxs – litsenziat deb ataladi. 
Litsenziya shartnomasida beriladigan huquq, foydalanish chegaralari va 
muddatlari aniq belgilab qo’yilishi lozim. 
Yuqorida ko’rsatilganday, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq 
huquqlar doirasi nihoyatda keng va rang-barang. Bunday huquqlar shartli ravishda 
uch guruhga bo’linishi mumkin: huquq egasining obyektdan shaxsan foydalanishi, 
boshqalarga foydalanishga ruxsat berishi, boshqalarning foydalanishini taqiqlab 
qo’yishi. Ayni vaqtda bu huquqlar ham turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’lishi 
mumkin: o’zi foydalanishi, boshqaga ham foydalanishga ruxsat berishi; faqat o’zi 
foydalanishi; o’zi foydalanmay, boshqaga foydalanishga ruxsat berishi. Boshqaga 
foydalanishga berishda bunday foydalanish hududi, foydalanish hajmi va 
miqyoslari (o’zi xohlaganday ma’lum texnologik jarayon yoki ishlab chiqarishda, 
ma’lum mahsulotga nisbatan va hokazo) ham aniq belgilab qo’yilishi lozim. 
Litsenziya shartnomasida litsenziya asosida litsenziatning intellektual mulk 
obyektidan foydalanish muddati aniq belgilab qo’yilishi lozim. Bu muddat 
litsenziya berilgan vaqtdan boshlab, obyektni huquqiy muhofaza qilish muddati 
doirasidan qisqa bo’lishi shart. Masalan, ixtiroga berilgan patent 20 yil amal qiladi, 
aytaylik, ushbu ixtirodan foydalanishga litsenziya berilganda, patentning amal 
qilish muddati 10 yil qolgandi. Litsenziya muddati ana shu qolgan muddatdan 
qisqa bo’lishi shart. Agarda obyektdan foydalanishga berilgan ruxsatnoma muddat 
bilan chegaralanmagan, ya’ni obyektning huquqiy muhofaza muddati davomida 
amal qiladigan bo’lsa, u holda foydalanish litsenziya shartnomasi orqali 
rasmiylashtirilmaydi, bunda FKning 1035-moddasi 1-qismi qoidalari qo’llaniladi. 


495 
Litsenziya shartnomasi haq baravariga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. 
Odatda litsenziya shartnomasi bo’yicha haq to’lashda ikki xil shakl keng 
qo’llaniladi: bir vaqtning o’zida haqning hammasini to’lash (paushal to’lov) va 
litsenziya asosida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan tovardan olingan 
daromadlardan hissa ajratib berib turish (royalti). Ba’zan har ikkala shakl 
birgalikda qo’llaniladi. Bunda dastlab kafolatlangan qat’iy miqdordagi haq va 
keyinchalik har belgilangan davrda foydadan ulush ajratish. Ba’zi hollarda haq 
natura shaklida ham olinishi mumkin. To’lovning shakli taraflarning kelishuvi 
asosida belgilanadi. 
Litsenziya shartnomasi asosida litsenziatga quyidagilarning berilishini 
nazarda tutish mumkin: 
- intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi va 
boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqi saqlanib qolgan holda (oddiy mutlaq 
litsenziya) foydalanish huquqini; 
- intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi 
saklanib qolgan holda, biroq boshqa shaxslarga litsenziyalarni berish huquqisiz 
(mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini; 
- qonunda yo’l qo’yiladigan boshqa turdagi litsenziyalarni. 
Oddiy mutlaq litsenziyada intellektual mulk obyektidan mutlaq huquq 
egasining o’zi (ya’ni litsenziar), litsenziat va ayni vaqgda mutlaq huquq egasidan 
ruxsat olgan boshqa uchinchi shaxslar ham foydalanish huquqiga ega bo’ldi. 
Binobarin, bunday holda litsenziat litsenziya asosida foydalanishga ruxsat olgan 
obyektda mutlaq huquq egasining foydalanishiga, shuningdek, litsenziat olingan 
litsenziya asosida oldindan mavjud yoki keyinchalik paydo bo’luvchi boshqa 
litsenziatlarning obyektdan foydalanish huquqlariga e’tiroz bildirishga haqli emas. 
Bunda litsenziatga obyektdan boshqalar qatori foydalanish huquqi o’tadi, xolos. 
Mutlaq litsenziyada obyekgdan litsenziat ham, litsenziar ham foydalanishga 
haqli, biroq litsenziar boshqa uchinchi shaxslarga obyektdan foydalanish bo’yicha 
litsenziya berishga haqli emas. Binobarin, mutlaq litsenziya shartnomasi amal 
qilgan vaqtda litsenziat ham, litsenziar ham obyektdan foydalanishda teng hajmli 
huquqqa ega bo’ladi. 
Qonunlarda, shuningdek, majburiy litsenziya, ochiq litsenziya berilishi shart 
bo’lgan litsenziya turlari ham mavjud. 
«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida»gi Qonunning 
11-moddasiga asosan patent egalari patent ro’yxatga olingan sanadan boshlab uch 
yil mobaynida sanoat mulki obyektidan foydalanmasa yoki yetarli darajada 
foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki obyektidan foydalanishni 
xohlovchi va foydalanishga tayyor har qanday shaxs, patent egasi litsenziya 
shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, o’ziga majburiy nomutlaq litsenziya 
berishni so’rab sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Agarda mutlaq 
huquq egasi sanoat mulki obyektidan foydalanmaganlik yoki yetarli darajada 
foydalanmaganlik uzrli sabablarga ko’ra ro’y berganligini isbotlab bermasa, sud 
yuqorida ko’rsatilgan shaxsga foydalanish doirasi hajmi, muddatlari va haq to’lash 
tartibini belgilagan holda majburiy litsenziya berishga haqli. Bunda to’lanadigan 
haq miqdori litsenziyaning bozor bahosidan kam bo’lmasligi shart. 


496 
«Seleksiya yutuqlari haqida»gi Qonunning 40-moddasiga asosan agar patent 
egasi patent berilgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida seleksiya yutug’idan 
O’zbekiston Respublikasida foydalanmasa hamda litsenziya shartnomasi tuzishni 
rad etsa va, agar mazkur seleksiya yutug’idan foydalanmaslik jamiyat 
manfaatlariga daxl etadigan bo’lsa, bu seleksiya yutug’idan foydalanish istagidagi 
shaxs o’ziga majburiy litsenziya berishni so’rab ariza bilan sudga murojaat qilishi 
mumkin. Majburiy litsenziya nomutlaq (oddiy) litsenziya tariqasida beriladi va 
uning egasiga patent egasidan dastlabki urug’lik, ko’chat yoki nasl materialini 
olish huquqini beradi. Majburiy litsenziya faqat seleksiya yutug’idan ijozat 
etiladigan uslubda va litsenziyaga muvofiq foydalanilishini ta’minlay oladigan 
shaxsga beriladi. Majburiy litsenziya patent egasining muhofaza qilinayotgan 
seleksiya yutug’idan foydalanishiga yoki seleksiya yutug’idan foydalanish uchun 
boshqa shaxsga litsenziyani berishiga to’sqinlik qilmaydi. Intellektual mulk 
agentligi majburiy litsenziyalar berilganligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi. 
Majburiy litsenziyaning yana bir ko’rinishi – berilishi shart bo’lgan 
litsenziya hisoblanadi. «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari haqida»gi 
Qonunning 32-moddasiga asosan, agar patent egasi sanoat mulki obyektidan uning 
tarkibida boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga qarashli muhofaza qilinayotgan 
o’zga obyekt qo’llanilishi tufayli foydalana olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan 
bu obyektdan shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida foydalanish uchun 
litsenziya berishni talab qilishga haqlidir. 
Intellektual mulk huquqining ba’zi obyektlariga nisbatan ochiq litsenziya 
shartlari qo’llaniladi. «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida» 
gi Qonunning 32-moddasiga asosan, patent egasi Intellektual mulk agentligiga har 
qanday shaxsga sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini berishi haqida ariza 
bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday tartibda olinadigan litsenziyaga ochiq 
litsenziya deyiladi. Ochiq litsenziya sotib olish istagida bo’lgan shaxs patent egasi 
bilan to’lovlar haqida shartnoma yoxud nomutlaq litsenziya berish haqida 
shartnoma tuzishi lozim. Shartnoma shartlari bo’yicha nizolar xo’jalik sudlardda 
ko’riladi. Patent egasining ochiq litsenziya berish haqidagi arizasi qaytarib olinishi 
mumkin emas. 
«Seleksiya yutuqlari to’g’risida»gi Qonunning 39-moddasiga asosan, patent 
egasi Intellektual mulk agentligiga seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini har 
qanday shaxsga berish to’g’risida ariza topshirishga haqli. Bu holda patent yoki 
guvohnoma o’z kuchida saklanganlik uchun undiriladigan boj yoki yig’im 50 
foizga kamaytiriladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga bo’lgan huquqini boshqa 
shaxsga berish to’g’risidagi arizasi chaqirib olinmaydi. Ochiq litsenziya sotib olish 
istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan to’lovlar haqida shartnoma tuzishi shart. 
Shartnoma shartlariga doir nizolar sud tomonidan hal etiladi. 
Intellektual mulk obyektidan mutlaq huquq egasidan litsenziya olmasdan 
foydalanishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo’l qo’yiladi. Bunday 
foydalanish haq evaziga yoki tekin bo’lishi mumkin. Masalan, «Ixtirolar, foydali 
modellar va sanoat namunalari to’g’risida»gi qonunning 31-moddasida belgilangan 
hollarda va tartibda sanoat mulki obyektidan avvaldan foydalanuvchi litsenziya 
olmasdan, tekin foydalanishga haqli. Ushbu qonunning 32-moddasi 4-qismiga 


497 
asosan sanoat mulki obyektidan patent egasining roziligisiz mutanosib miqdorda 
unga tovon to’lagan holda foydalanilishiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat berishi mumkin. 
Bunda to’lov hajmi to’g’risida nizolar Oliy Xo’jalik Sudi tomonidan hal etiladi. 
Litsenziya shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Sanoat mulki obyektlari 
(ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar [xizmat] belgisi)dan foydalanish, 
shuningdek, seleksiya yutuqlari, nou-xaudan foydalanishga berilgan litsenziya 
Intellektual mulk agentligida ro’yxatdan o’tkazilishi shart, aks holda, FKning 112-
moddasi 1-qismiga asosan ular mutlaq (o’z-o’zidan) haqiqiy hisoblanmaydi. 
Mualliflik litsenziya shartnomasining o’ziga xos xususiyatlari haqida FKning 
1071-moddasida belgilab qo’yilgan. Garchi qonunda bevosita talab qilinmasa ham 
yaratilishi fakti bo’yicha mutlaq huquq vujudga keladigan va huquqiy muhofaza 
qilinadigan obyektlardan foydalanishga litsenziya berish haqidagi shartnomalar 
notarial tartibda guvohlantirilmog’i maqsadga muvofiq bo’lur edi. 
Litsenziya shartnomasi mazmunida quyidagilar o’z ifodasini topmog’i lozim: 
taraflarning nomlari, litsenziarning obyektga nisbatan mutlaq huquqlarini 
guvohlantiruvchi (tasdiqlovchi) hujjat haqida ma’lumotlar, obyektdan foydalanish 
bo’yicha berilayotgan huquq hajmi, foydalanish doirasi, uslubi, chegarasi, 
foydalanish muddati, haq to’lash shakli, miqstor va tartibi, taraflarning 
javobgarligi, nizolarni hal etish tartibi va hokazo. Bundan tashqari, shartnomada 
litsenziarning litsenziatga berilayotgan huquqlaridan real foydalanishni ta’minlash 
majburiyati (zarur hujjatlarni berish), buyumlar namunalari bilan topshirish, texnik 
yordam ko’rsatish, o’z mutaxassislarini yuborish, maxsus qurilmalar, asbob-
uskunalar, xom ashyo bilan ta’minlash va shu kabilar ko’zda tutilishi mumkin. 
Bundan tashqari, litsenziar litsenziya uchun asos bo’lgan patentning amal 
qilinishini ta’minlash (bojlarni to’lab turish, uchinchi shaxslar da’volaridan himoya 
qilish), litsenziat tomonidan texnik shartlarga va yo’l-yo’riqlarga rioya qilgan 
holda litsenziya asosida mahsulot ishlab chiqarishni texnik jihatdan amalga 
oshirish mumkinligi va zarur ko’rsatkichlarga erishysh uchun javobgardir. Ba’zi 
hollarda litsenziya shartnomasining eng muhim shartlaridan biri bo’lib, taraflar 
tomonidan patentlarga taalluqli ma’lumotlarning sir saqlanishi hisoblanadi. 
Shartnomada bu majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi. 
Intellektual mulk obyektlarining ba’zi birlari bo’yicha litsenziya 
shartnomasida nazarda tutilishi majburiy bo’lgan shartlar qonunda bevosita 
ko’rsatilgan. Masalan, FKning 1111-moddasi 2-qismiga asosan, firma nomidan 
foydalanishga litsenziya berilganda shartnomada iste’molchini chalg’itib qo’yishni 
istisno etuvchi ishoralar shart qilib qo’yilishi lozim. Mahsulot (xizmat) belgisi 
haqidagi qonunning 21-moddasi 3-qismiga asosan, tovar belgasidan foydalanish 
huquqidan boshqa shaxsga litsenziya asosida foydalanishga berilganda 
shartnomada litsenziar mahsulotining sifatidan past bo’lmasligi va litsenziar ana 
shu shartga amal qilayotganligini nazorat etib turishi haqida shart bo’lishi lozim. 
Agarda litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, 
litsenziya oddiy (nomutlaq) deb hisoblanadi. Buning ma’nosi shundan iboratki, 
litsenziya shartnomasida litsenziar tomonidan intellektual mulk obyektidan 
foydalanish huquqini berish ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Ushbu obyektdan 


498 
litsenziarning o’zi foydalanishi va boshqalarga foydalanishga ruxsat berishi haqida 
ko’rsatmagan bo’lsa ham bunday huquq mavjudligi haqidagi prezumpsiya amal 
qiladi. Binobarin, bunday shartnoma nomutlaq litsenziya shartnomasi hisoblanadi 
va litsenziar bunga e’tiroz bildirishga haqli emas. 
Litsenziya oluvchi tomonidan intellektual mulk obyektidan foydalanish 
huquqini boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma sublitsenziya (ikkilamchi yoki 
hosila litsenziya) shartnomasi hisoblanadi. Litsenziya oluvchi faqat litsenziya 
shartnomasida nazarda tutilgan hollarda sublitsenziya shartnomasi tuzishga haqli. 
Binobarin, bunday turdagi litsenziyani faqat mutlaq va to’liq litsenziya egalarigina 
bera oladi. Bunda sublitsenziatga beriladigan foydalanish huquqi hajmi 
sublitsenziarning birlamchi litsenziya shartnomasi asosida litsenziat sifatida olgan 
huquqlari hajmidan oshmasligi shart. Asosiy (birlamchi) litsenziya shartnomasi 
haqiqiy emas deb topilganda yoki muddati tugaganda sublitsenziya ham o’z-
o’zidan bekor bo’ladi. 
Qo’shimcha (ikkilamchi) litsenziatning harakatlari uchun agar litsenziya 
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, litsenziar oldida 
litsenziat javobgar bo’ladi. Masalan, qo’shimcha (ikkilamchi) litsenziat aybi bilan 
litsenziya uchun asos bo’lgan patentga doir ma’lumotlar, maxfiyligi saqlanmay 
oshkor qilinganda, asosiy litsenziar oldida litsenziatning o’zi javobgar bo’ladi. O’z 
navbatida asosiy litsenziar ikkilamchi (qo’shimcha) litsenziatga nisbatan regress 
da’vo huquqiga ega. Umumiy qoida bo’yicha sublitsenziatning harakatlari uchun 
asosiy litsenziar oldida litsenziat aybi bor-yo’qligidan qat’i nazar, javobgar bo’ladi. 
Litsenziya shartnomasida sublitsenziatning litsenziar oldida bevosita o’z 
harakatlari uchun javobgar bo’lishligi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling