Toshkent davlat yuridik universiteti


 BOB. ASOSSIZ BOYLIK ORTTIRISh OQIBATIDA KELIB


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

58 BOB. ASOSSIZ BOYLIK ORTTIRISh OQIBATIDA KELIB 
ChIQADIGAN MAJBURIYATLAR 
1. Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar 
tushunchasi va ahamiyati 
Fuqarolik huquqi o’z mohiyatiga ko’ra tovarlar, ishlar, moliyaviy 
mablag’larni erkin fuqarolik muomalasida bo’lishini, moddiy boyliklar va mulkiy 
huquqlar egalarida saqlanishini ta’minlashga qaratilgan. U yoki bu sabablarga 
ko’ra, ushbu normal holatga putur yetsa, u holda himoya mexanizmlariga ehtiyoj 
seziladi hamda bunda asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan 
majburiyatlar (kondiksion majburiyatlar) institutiga alohida o’rin beriladi. Ushbu 
majburiyatlar moddiy ne’matlar, mulkiy huquqlar tegishli bo’lmagan shaxsdan 
haqdor shaxsga o’tkazilishiga xizmat qiladi. 
Asossiz boylik orttirishdan kelib chiqadigan majburiyatlar fuqarolik huquq 
va manfaatlarini himoya qilishga, mulk huquqi, mulkiy huquqlarni tiklanishiga 
qaratilgan. Ushbu majburiyatlar buzilgan huquqlar tiklanishiga xizmat qiladi. 
Ushbu holat ikkita omil bilan belgilanadi. Birinchidan, ushbu majburiyat fuqarolik 
huquqiy oqibat keltirib chiqaradigan turli yuridik faktlar natijasida vujudga keladi. 
Ikkinchidan, majburiyatlar tizimida mustaqil o’ringa ega bo’lgan holda aksessor 
majburiyat bo’lib hisoblanmaydi hamda ashyoviy huquqiy, majburiyat huquqiy 
talablar vositasida himoya qilinadigan subyektiv fuqarolik huquqlarini himoya 
qilishdagi bo’shliqlarni to’ldirishga xizmat qiladi. 
FKning 1023-moddasi asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyatini 
nazarda tutadi va unga ko’ra qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan asoslarsiz 
boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab 
qolgan shaxs (qo’lga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-
mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart.
Qonun talabidan ko’rinib turibdiki, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish 
majburiyati vujudga kelishi uchun, birinchidan, bir shaxs ikkinchi shaxs hisobiga 
asossiz boylik orttirishi, ikkinchidan, bunday boylik orttirishga hech qanday 
qonuniy asos bo’lmasligi shart, uchinchidan, mulk, asosan, yanglishish, xatolik 
bilan olinadi yoki tejaladi. 
Ammo ba’zi hollarda mulkning yanglishmasdan, atayin qasddan asossiz 
olinish hollari ro’y berishi mumkin. G’ayriqonuniy yoki davlat manfaatlariga zid 
qilingan xatti - harakatlar tufayli o’zgalar hisobiga asossiz boylik orttirgan shaxs 
asossiz olingan mulkni qonunda nazarda tutilgan hollardan boshqa holatlarda 
davlat daromadiga o’tkazishi lozim, yani haqiqiy bo’lmagan bitimlar tuzish yo’li 
bilan olingan asossiz boyliklar to’g’ridan-to’g’ri davlat daromadiga o’tkaziladi.
Asossiz boylik orttirishdan kelib chiqadigan majburiyatlar boshqa fuqarolik 
huquqiy majburiyatlar singari mulkiy xususiyatga ega. Uning asosida moddiy 
ne’matlarni harakatlanishiga doir mulkiy munosabatlar yotadi.
Asossiz boylik orttirish natijasida qarzdor va kreditor o’rtasida moddiy 
ne’matlarni bir shaxsning vakolatlari doirasidan boshqa shaxsning vakolati 
doirasiga o’tishiga doir nisbiy huquqiy munosabat vujudga keladi. Ushbu 
majburiyat shartnomadan tashqari vujudga keladi. 


468 
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar turli yuridik 
faktlar asosida vujudga kelishiga qaramay, ushbu majburiyatlar shartnomadan 
tashqari tuzilgan bitimlar doirasiga kirib, subyektlarning mulk huquqi va boshqa 
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan mustaqil institut ko’rinishida bo’ladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling