Toshkent davlat yuridik universiteti


Muomalaga  layoqatsizlar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Muomalaga 
layoqatsizlar 
tomonidan 
yetkazilgan 
zarar 
uchun 
javobgarlik. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan 
zararni uning vasiysi yoki uning ustidan nazoratni amalga oshirishi shart bo’lgan 
tashkilot, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, 
to’laydi. 
Vasiy yoki tashkilotning muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro 
tomonidan yetkazilgan zararni to’lash bo’yicha majburiyati, uning muomala 
layoqati tiklangan taqdirda ham tugamaydi. 
Agar vasiy vafot etsa yoxud zararni to’lash uchun yetarlicha mablag’ga ega 
bo’lmasa, zarar yetkazuvchining o’zi esa bunday mablag’ga ega bo’lsa, sud 
jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa 
holatlarni inobatga olib, zararni to’lig’icha yoki qisman zarar yetkazuvchining 
mol-mulki hisobidan to’lash to’g’risida qaror qabul qilishga haqli (FKning 996-
moddasi). 
Muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan spirtli 
ichimliklar yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish oqibatida yetkazilgan 
zararni uning o’zi umumiy asoslarda to’laydi. 
O’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila 
olmaydigan holatda zarar yetkazgan muomalaga layoqatli fuqaro, shuningdek o’n 
93
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi (II-qism).-T.:Adolat.1999.-342 b. 


432 
to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan keltirgan zarari 
uchun javobgar bo’lmaydi. 
Agar jabrlanuvchining hayoti yoki sog’lig’iga zarar yetkazilgan bo’lsa, sud 
jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa 
holatlarni inobatga olib, zararni to’lash majburiyatini to’lig’icha yoki qisman zarar 
yetkazuvchiga yuklashi mumkin. 
Zarar yetkazuvchi, agar spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari iste’mol 
qilish tufayli yoki boshqa usulda o’zini o’zi shu holatga keltirgan bo’lsa, 
javobgarlikdan ozod qilinmaydi. 
Agar zarar ruhiy holati buzilgani (ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik) oqibatida 
o’z harakatlari ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni idora qila olmagan shaxs 
tomonidan yetkazilgan bo’lsa, zararni to’lash majburiyati sud tomonidan bu shaxs 
bilan birga yashovchi, zarar yetkazuvchining bunday holati haqida bilgan, lekin uni 
muomalaga layoqatsiz deb topish va uning ustidan vasiylik o’rnatish to’g’risida 
masala qo’ymagan eri (xotini), ota-onasi, voyaga etgan farzandlariga yuklanishi 
mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling