Toshkent davlat yuridik universiteti


Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini 
hisobga olish. Hayotda shunday holatlar ham yuz beradiki, shaxsga yetkazilgan 
zarar nafaqat boshqa kishining balki, jabrlanuvchining aybi natijasi yuz beradi. 
Masalan, yo’lovchining yo’l harakati Qoidalarini buzib o’tish taqiqlangan joydan 
o’tishi, ishchining xavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi va shu kabilar natijasida 
yetkazilgan zararlarda jabrlanuvchi ham aybdor hisoblanadi.
Odatda jabrlanuvchining aybi qo’pol ehtiyotsizlik yoki turmush qoidalarini 
buzishda namoyon bo’ladi. Shu bilan birga jabrlanuvchining aybi huquqqa xilof 
xatti-harakat natijasida vujudga kelishi mumkin. Masalan, Masalan, “Ximiya” 
kombinati qorovuli S. kombinat hovlisidagi etil spirti deb yozilgan sisternadan 
spirt o’g’irlab unga suv aralashtirib ichdi va natijada S.ning ikkala ko’zi ham 
ko’rmay qoldi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, “etil spirti” deb yozilgan 
sisternada spirt emas, boshqa zaharli suyuqlik bor ekan. Bu yerda jabrlanuvchining 
aybi tufayli zarar vujudga keldi, bunda “Ximiya” kombinati javobgarlikdan ozod 
etiladi. Chunki, qorovulga kombinatdagi xom ashyoni o’g’irlash huquqi 
berilmagan aksincha, uning majburiyati ana shu xom ashyoni qo’riqlash edi
95
.
Jabrlanuvchining aybi quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: 
birinchidan, zarar yetkazuvchining aybidan farqli o’laroq jabrlanuvchining 
aybi boshqa shaxsning subyektiv huquqini buzish bilan bog’liq bo’lmaydi; 
ikkinchidan, agar zarar yetkazuvchining aybli bo’lishligi faraz qilinsa, 
jabrlangan shaxsning aybi zarar yetkazgan shaxs tomonidan isbotlangan bo’lishi 
kerak; 
uchinchidan, zarar yetkazgan shaxs aybining qaysi shaklda bo’lishligidan 
qat’i nazar, javobgarlikka tortilsa (FKning 1004-moddasida ko’rsatilgan hollar 
mustasno), jabrlanuvchining aybi qasd yoki qo’pol ehtiyotsizlik shaklida 
ifodalangan bo’lsagina, yuridik ahamiyatga ega bo’ladi. Shu bilan birga, qonun 
zarar 
yetkazgan 
shaxs 
va 
jabrlanuvchining 
bir 
xildagi 
sharoitlarda 
bo’lmaganliklarini e’tiborga oladi, chunki zarar yetkazuvchiga qaraganda 
jabrlanuvchida lozim darajada ehtiyotkorlik choralarini ko’rishi bir qadar qiyinroq 
hisoblanadi
96
.
Qonun jabrlanuvchi aybining shakllariga qarab delikt majburiyatlari uchun 
fuqarolik-huqquiy javobgarlikni tatbiq etish, zararni qoplash hajmi yoki 
to’lanadigan tovon miqdorini belgilaydi:
95
Egamberdieva N.H. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari va shakllari. yurid.fan.nomz. diss.-T.:2006. 
96
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi (II-qism).-T.:Adolat.1999.-347 b. 


436 
- agar zarar jabrlanuvchining qasddan ish ko’rishi natijasida yuzaga kelgan 
bo’lsa, u to’lanmaydi; 
- agar jabrlanuvchi o’zining qo’pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga 
kelishiga yoki ortishiga ko’maklashgan bo’lsa, unda jabrlanuvchining va zarar 
yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim; 
- jabrlanuvchi qo’pol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi 
bo’lmaganda, uning javobgarligi aybidan qat’i nazar yuzaga kelgan hollarda, tovon 
miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda 
tutilmagan bo’lsa, zararni to’lash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki 
sog’lig’iga zarar yetkazilganda tovon to’lashni rad etishga yo’l qo’yilmaydi. 
Qo’shimcha har ajatlarni to’lashda, boquvchisining vafoti munosabati bilan 
ko’rilgan zararni to’lashda, shuningdek dafn etish har ajatlarini to’lashda 
jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi. Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan 
zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi 
mumkin, zarar qasddan qilingan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan 
hollar bundan mustasno (FKning 1004-moddasi). 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling