Toshkent davlat yuridik universiteti


Delikt javobgarligining shartlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Delikt javobgarligining shartlari. Zarar yetkazilganda fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik belgilanishi uchun zararning mavjud bo’lishi bilan birga, qonun 
hujjatlarida belgilangan shartlar ham mavjud bo’lishi talab etiladi. Bunday shartlar 
bosh delikt tamoyilidan kelib chiqadi va qonun hujjatlarida boshqacha holat 
nazarda tutilmagan bo’lsa, zarar yetkazishning barcha holatlari uchun tatbiq etiladi. 
Delikt javobgarligi (zarar yetkazganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik)ning 
shartlari – bu huquqbuzarga tegishli javobgarlik chorasi – sanksiyani belgilashda, 
ya’ni, uni zararni qoplash majburiyatini bajarishga majbur qilishda amal qilinishi 
lozim bo’lgan umummajburiy talablardir.
Delikt majburiyatlar va ulardan kelib chiqadigan delikt javobgarlik quyidagi 
shartlar asosida vujudga keladi: 
- zarar yetkazgan shaxs xatti-harakati huquqqa xilofligi; 
- zarar yetkazuvchining huquqqa xilof hatti-harakati va yetkazilgan zarar 
o’rtasidagi sababiy bog’lanish; 
- zarar yetkazgan shaxsning aybi. 
Zarar yetkazuvchi xatti-harakatining huquqqa xilofligi. Delikt 
javobgarligining sharti sifatida zarar yetkazuvchi shaxs harakatining huquqqa 
xilofligi FKda qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda 
tutilgan hollarda to’lanishi lozimligi qoidasidan kelib chiqadi (FK 985-
moddasining 55-qismi). Bunga muvofiq, g’ayriqonuniy harakat tufayli yetkazilgan 
zarar to’liq qoplanishi lozim. 
Umumiy qoidaga ko’ra shaxsning harakatlari huquq normalarida belgilangan 
qiodalarni hamda bir vaqtning o’zida muayyan shaxsning subyektiv huquqlarini 
buzsa, huquqqa xilof hisoblanadi. Masalan, fuqaro katta tezlikda yugurib keta 
turib, qarshisidan kelayotgan kishini turtib ketdi, - deylik natijada ikkinchi 
82
Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi. I-qism.-T.:TDYI.2006.-10 b. 
83
Гражданское право: В 2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.-М.:БЕК.2002.-371 с 


420 
fuqaroning yiqilib tushishi natijasida uning qo’li sindi, ya’ni sog’lig’iga jiddiy 
zarar yetkazildi. Bunda inson hayoti va sog’lig’ini himoya qilish to’g’risidagi 
obyektiv huquq normasi, hamda u bilan bir vaqtda jabrlanuvchining sog’liqqa 
nisbatan subyektiv huquqi buzildi. 
Delikt majburiyatlarida zarar yetkazuvchi harakatining huquqqa xilofligi 
prezumpsiyasi amal qiladi. Bu qoida bosh delikt tamoyiliga tayanadi. Mazkur 
tamoyilga muvofiq, shaxslarning mol-mulkiga yoki fuqaroning sog’lig’iga 
yetkazilgan har qanday zarar qonun hujjatlarida boshqacha holat belgilanmagan 
bo’lsa, huquqqa xilof deb baholanishi lozim. Shu bilan birga jabrlanuvchiga zarar 
yetkazuvchi harakatining huquqqa xilofligini isbotlash majburiyat yuklatilmaydi, 
aksincha zarar yetkazuvchining harakati huquqqa xilof taxmin qilinadi. Ya’ni, 
zarar yetkazuvchi o’z harakatlarini huquq xilof emasligini isbotlamagunicha, uning 
harakati huquqqa xilof – deb hisoblanadi.
Ma’lumki, huquqqa xilof xulq atvor odatda shaxslarning mulkiy manfaatlari 
doirasidagi yuqotishlarga sabab bo’ladigan faol harakatlar orqali namoyon bo’ladi. 
Shu bilan birga shaxsiy nomulkiy manfaatlar sohasida ham faol harakatlar orqali 
huquqqa xilof xulq-atvor namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, fuqaroning nomga 
bo’lgan huquqidan g’ayriqonuniy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan zarar 
qoplanishi lozim (FKning 20-moddasi). 
Zarar yetkazuvchi xulq-atvorining huquqqa xilofligi nafaqat faol harakat 
orqali, balki harakatsizlik natijasida ham namoyon bo’lishi mumkin. Bunda 
harakatsizlik deganda, shaxsning muayyan harakatni amalga oshirishi kerak 
bo’lganda, uning shu harakatni bajarmaganligi tushuniladi. Masalan, korxonada 
mehnat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlanmasligi natijasida ba’zi xodimlarning 
zaharli gazdan zaharlanishi, korxona ma’muriyatini huquqqa xilof harakatsizligi 
sifatida baholanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 
60-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini 
bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki 
salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash» 
Qoidalarning 3-bandiga muvofiq, ish beruvchi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, 
tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika choralari hamda 
sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish tadbirlari ta’minlanmaganligi 
(mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi qoidalari va shu 
kabilarga rioya qilmaslik) tufayli olingan mehnat jarohati uning aybi bilan sodir 
etilgan deb hisoblanadi
84

Hayotda zarar yetkazilgan bo’lsada, zarar yetkazuvchining harakatlari 
huquqqa xilof bo’lmagan vaziyatlar ham ko’plab uchraydi. Umumiy qoidaga ko’ra, 
qonuniy harakatlar natijasida yetkazilgan zarar qoplanmaydi. Biroq mazkur 
qoidaga istosno sifatida FKning 985-moddasi 5-qismida qonuniy harakatlar tufayli 
yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to’lanishi lozimligi 
belgilangan. 
Zarar yetkazuvchi harakati shaxsning xizmat vazifasini bajarishi yoki qonun 
84
" O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", 2005 yil, 5-6-son, 35-modda. 


421 
hujjatlarida yoxud boshqa kasbiy yo’riqnomada belgilangan doirada amalga 
oshirilgan bo’lsa qonuniy hisoblanadi. Masalan, o’t o’chiruvchilar yong’inni 
o’chirish vaqtida yong’in atrofidagi mol-mulkka ham zarar yetkazishlari mumkin. 
Bunda, agar o’t o’chiruvchi belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakat 
qilgan bo’lsalar, yetkazilgan zarar qoplanmaydi. Shu bilan birga muayyan hududda 
epidemiya, epizootiya tarqalganda sanepidstanstiya xodimlari tomonidan uy 
hayvonlarining yo’q qilib tashlanishi, agar bu kasalliklarning oldini olishga xizmat 
qilsa, qonuniy harakat sifatida e’tirof etiladi va yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
Jabrlanuvchining roziligi bilan amalga oshirilgan harakat natijasida zarar 
yetkazilsa, bunday harakat ham huquqqa xilof hisoblanmaydi. Bunda 
jabrlanuvchining muomalaga layoqatli bo’lishi va o’z xohish-erkni ifodalangan 
bo’lishi talab etiladi (masalan ichki a’zolarni trasplantatsiya qilish, qon topshirishi 
va shu kabilar). Shu bilan birga jabrlanuvchining xohishi ham qonuniy bo’lishi 
shart. Agar fuqaro ixtiyoriy ravishda muayyan dori vositasida o’zini o’ldirishni 
tibbiyot xodimlaridan so’rasa, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, 
bunday talabni amalga oshirish g’ayriqonuniy hisoblanadi. Eftanaziya (o’z 
xohishiga ko’ra o’limni tanlash) huquqi Niderlandiyada shaxsiy huquq sifatida 
mustahkamlab qo’yilgan, ammo bunday huquqni O’zbekistonda e’tirof etish 
maqsadga 
muvofiq 
emas. 
Chunki, 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, diniy qadriyatlarga, axloqiy negizlarga mutlaqo ziddir
85
.
Zararning qonuniy asoslarda yetkazilishi mumkinligining keng tarqalgan 
holati bu zaruriy mudofa holatida yetkazilgan zarar hisoblanadi
86
. FKning 987-
moddasiga muvofiq, zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar, agar bunda 
mudofaa chegarasidan chiqilmagan bo’lsa, to’lanmaydi. Agar g’ayriqonuniy 
tajovuzdan himoyalanish paytida himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar 
yetkazgan bo’lsa, bu zarar tajovuz qilgan shaxs tomonidan to’lanishi lozim. 
Shaxsga uning jinoiy harakatlarining payini qirqish yoxud uni ushlash va tegishli 
organlarga olib borish sababli yetkazilgan zarar to’lanmaydi. Zaruriy mudofa 
chegarasidan chetga chiqib yetkazilgan zararlar esa umumiy asoslarda qoplanadi. 
Biroq, bunda zarar yetkazilishiga sabab bo’lgan jabrlanuvchi aybining darajasi va 
zarar yetkazuvchining aybi darajasi hisobga olinishi lozim. Bu holatda huquqqa 
xiloflikning mavjud emasligi delikt majburiyatlari vujudga kelishini va unga mos 
ravishda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik vujudga kelishini istisno etadi. 
Biroq, FKda qonuniy harakat natijasida zarar yetkazganlik uchun 
javobgarlikni nazarda tutuvchi holat ham belgilangan. FKning 988-moddasida 
belgilangan oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik 
belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq, oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, 
ya’ni zarar yetkazgan shaxsning o’ziga yoki boshqa shaxslarga tahdid solgan 
xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, agar bu xavf 
mazkur holatlarda boshqa vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin bo’lmasa, zarar 
yetkazgan shaxs tomonidan to’lanishi lozim. 
Bunday zarar yetkazilgan holatlarni hisobga olib, sud uni to’lash 
85
Nasriev I. Shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish va muhofaza qilishning fuqarolik-huquqiy muammolari.-
T.: G'.G'ulom nashriyoti.2006.-37 b. 
86
Zaruriy mudofa tushunchasi, uning chegarasi Jinoyat kodeksida belgilangan. 


422 
majburiyatini zarar yetkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaatini ko’zlab harakat 
qilgan bo’lsa, o’sha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi shaxsni ham, zarar 
yetkazgan shaxsni ham zararni to’lashdan to’liq yoki qisman ozod qilishi mumkin. 
Biroq shu o’rinda ta’kidlash lozimki, oxirgi zarurat va zaruriy mudofa 
holatida yetkazilgan zarar delikt javobgarligi hisoblanmaydi. Chunki, bunda zarar 
yetkazuvchi harakatning huquqqa xilofligi mavjud emas va uning xulq-atvori 
salbiy baholanmasligi lozim. Shuning uchun ham FKning 987 va 988 moddalarida 
«javobgarlik» atamalari qo’llanilmaydi va bu o’rinda FK o’ziga xos «neytral» 
holatni ifodalaydi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling