Toshkent davlat yuridik universiteti


Zarar yetkazuvchining huquqqa xilof hatti-harakati va yetkazilgan


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Zarar yetkazuvchining huquqqa xilof hatti-harakati va yetkazilgan 
zarar o’rtasidagi sababiy bog’lanish. Sababiy bog’lanishining mavjudiligi delikt 
javobgarligining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Agar shaxs muayyan zarar 
yetkazmagan bo’lsa, u aybdor hisoblanmaydi. Zero, qonun zarar uni yetkazgan 
shaxs tomonidan qoplanishini nazarda tutadi (FKning 985-moddasi). 
Ta’kidlash lozimki, sababiy bog’lanish falsafiy unsur hisoblanadi. Sababiy 
bog’lanish tabiat va jamiyatdagi obyektiv mavjud aloqadorliklarni ifodalaydi. 
Bunda bir voqelik sabab sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchisi bu sabablar oqibati 
sifatida ifodalanadi
87
.
Sabab bilan oqibat o’rtasida uzviy aloqa mavjud. Sabab doimo oqibatdan 
oldin paydo bo’ladi, negaki, oqibat sabab ta’sirining natijasidir. Bundan kelib 
chiqadiki, basharti, sabab u yoki bu natija (ziyon etkazish) yuzaga kelishidan oldin 
paydo bo’lgan bo’lsagina, shaxsning qonunga xilof harakatini keltirib chiqarishi 
mumkin. Oqibat esa doimo sabab ta’sirining natijasidir. Buning ma’nosi shundaki, 
huquqbuzarlik doimo aynan shu huquqbuzarlikka (sababga) xos muayyan huquqiy 
oqibatlar (oqibat) keltirib chiqariladi
88
.
Yetkazilgan zararni qoplash to’g’risidagi muayyan ishni ko’rib chiqishda 
yuridik ahamiyatga ega bo’lgan sababiy bog’lanish masalasini hal qilishda 
qiyinchilik tug’ilganda, bu natija (mol-mulkning shikaslanishi yoki nobud bo’lishi, 
insonning hayotiga tajovuz qilinishi shu kabilar) deyarli har doim bir xil bo’lmagan 
qator holatlar – sabablar natijasi ekanligidan kelib chiqish lozim. Bunda asosiy 
vazifa ularning orasidan asosiy, hal qiluvchi va bosh holatni ajratib olish 
hisoblanadi. Oqibatni vujudga keltiruvchi ikkilamchi, tasodifiy, juz’iy shartlar 
hisobga olinmasligi lozim. Mazkur vazifani hal etishda sudyalar nafaqat o’z bilim 
va tajribalariga tayanadilar, balki fan, texnika, ishlab chiqarish va shu kabi tegishli 
sohanining mutaxassislari bo’lgan ekspertlarni ham jalb etadilar. Turli 
voqeliklardagi sababiy bog’lanish o’ziga xosdir. Zero, bunda har bir natija 
o’zining sababiga ega. Sababiy bog’lanishni aniqlashda taxminlar farazlar, tayyor 
gepotizalar bo’lishi mumkin emas. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling