Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 56-BOB . QIMOR VA GAROV O’YINLARI O’TKAZISH
Nazorat uchun savollar:
1. Mukofot oshkora va’da qilinganda vaziyat jiddiy o’zgarishi munosabati munosabatga qanday ta’sir ko’rsatadi? 2. Mukofotni oshkora va’da qilindan so’ng va’da bekor qilinishi holatlarini izohlang. 3. “Tandem” kompaniyasi “Yilning eng yaxshi qorbobosi” tanlovi o’tkazilishi va tanlov g’olibiga mukofot berilishini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qildi. Ushbu ishda tajribaga ega bo’lgan boshqa tadbirkorlar bilan bir qator “Botir” MChJ ishtirok etdi. Biroq, tanlov e’lon qilingandan so’ng, “Tandem” kompaniyasi yangi yilga juda oz muddat qolganligi sababli, mukofot haqidagi oshkora va’dani bekor qilganligi e’lon qildi. Shundan so’ng, “Botir” MChJ ushbu mukofotni olish uchun bir qancha harajatlar qilgani xususan, “Qorbobolar” klubida tahsil olgani, tanlov yuzasidan yangi kiyimlar, so’zlar, viktorinalar tashkil qilganligi munosabati bilan o’ziga etkazilgan zararni qoplashni talab qildi. Nizo qanday hal qilinadi. Vaziyatga har ikki taraf nuqtai nazaridan huquqiy baho bering. 413 56-BOB. QIMOR VA GAROV O’YINLARI O’TKAZISH FKning 56-bobida qimor va garov o’yinlar o’tkazishning xuquqiy oqibatlari belgilab qo’yilgan. FKning 983-moddasida ko’rsatilishicha, fuqarolar va yuridik shaxslarning tavakkalchilikka asoslangan qimor va garov o’yinlar (qimor va bas boylash) uyushtirish va ularda ishtirok etish bilan bog’lik talablari sudda ximoya qilinmaydi deb ko’rsatiladi. Ma’lumki, qimor o’yinlari ikki va undan ortiq shaxsning mulkiy manfaat ko’rish maqsadida tavakkal qilgan holda ma’lum turdagi o’yin shartlari asosida hatti-harakatlarini amalga oshirish tushuniladi. Bunda o’yinda ishtirok etuvchi bir yoki bir nechta taraf hisobiga boshqa taraf, ya’ni yutgan tomon – mulkiy tomon mulkiy manfaat ko’radi (masalan, karta, oshiq va hokazo o’yinlar). Bas boylashish deganda ikki yoki bir necha shaxs o’rtasida ma’lum bir xodisaning ro’y berishi yoki ro’y bermasligi, ma’lum bir subyekt tomonidan biron narsaga erishish yoki erishmasligi bas boylanadi. Bunda taraflarning qarama-qarshi fikrlari farq qiladigan, bas bog’lashishda kimning fikri to’g’ri bo’lsa, o’sha g’olib chiqadi va mulkka erishadi. Ba’zi xususiyati bilan u sharti kechiktirilgan bitimlarga o’xshab ketadi. Bas predmeti bo’yicha taxmin qilinayotgan narsaga erishish taraflarning erki-irodasiga bog’liq bo’lishi mumkin yoki bo’lmasligi mumkin. Masalan: ikki futbol ishqibozi tomoni bas boylashishida ro’y beradigan xodisa tomonlarning erk-irodasiga bog’liq bo’lmaydi. Agarda futbol ishqibozlari o’rtasida o’yinchining ma’lum o’yinda gol urishi yoki gol urolmasligi to’g’risida bas boylash qimor va bas bog’lash to’g’risidagi o’yinlardan farq qilib, ko’ngilochar o’yinlar hisoblanadi. Ko’ngilochar o’yinlarda yutish va yutqazish mavjud bo’lsa ham mulkiy manfaat mavjud bo’lmaydi. Qimor o’yinlariga ruju qo’yish, uni doimiy kasb qilish axloq nuqtai nazaridan salbiy baholanadi. Qimor o’yinlari ayrim hollarda qonunlar bilan taqiqlanadi. Qimor o’yinlari bilan bog’liq bo’lgan talablar, ya’ni yutuqni bermaslik yutkazilganlikni tan olmaslik sud orqali himoya qilinmaydi. Agarda qimor va garov o’yinlari aldov, zo’ravonlik, tahdid qilish ta’sirida yoxud o’z vakilining qimor yoki garov o’yinlari tashkilotchisi bilan g’arazli kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari (aldash orqali yutish, qimor o’ynashga majbur etish va shu kabi holatlarda), agar talab qiluvchi shaxsning huquq va manfaatlariga putur yetkazadigan bo’lsa, sudda himoya qilinishi mumkin. Bunda Fuqarolik Kodeksining 122, 123-moddalarida ko’rsatilgan oqibatlar vujudga keladi. Fuqarolik kodeksi 984-moddasida lotereyalar, totalizatorlar va boshqa o’yinlarning davlat tomonidan o’tkazilishi bilan bog’liq o’ziga xos xususiyatlar belgilab qo’yilgan. Lotereyalar, totalizatorlar, o’zaro bas boylashishlar va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o’yinlar tashkilotchisi – davlat, vakolatli davlat organidan ruxsatnoma (litsenziya) olgan shaxslar va o’yinlarning ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlar shartnomaga asoslanadi. Bunday shartnoma lotereya bileti, patta yoki boshqa hujjat berish orqali rasmiylashtiriladi va ishtirokchi lotereya bileti qiymatini to’lagan yoki o’yinda ishtirok etishga boshqa tarzda haq to’lagan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Bunday shartnomalar real shartnomalar hisoblanadi. O’yin tashkilotchisi 414 bilan o’yin ishtirokchilari o’rtasidagi shartnoma tuzish to’g’risidagi taklif o’yinlarni o’tkazish muddati va yutuqni aniqlash tartibi hamda uning miqdori haqidagi shartlarni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Taklifda bunday shartlar tashkilotchisi shartnoma bo’yicha ularni belgilangan muddatda o’tkazishdan bosh tortgan taqdirda, o’yinlarning ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan o’yinlarni qoldirish yoki ularning muddatini boshqa vaqtga ko’chirish tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Lotereya, totalizator yoki boshqa o’yinlarni o’tkazish shartlariga muvofiq yutgan deb e’tirof etiladigan shaxslarga (masalan: sport-loto bo’yicha 6 yoki 5 raqamni oldindan topgan shaxslar) o’yinlar tashkilotchisi tomonidan yutuq o’yinlari o’tkazish shartlarida nazarda tutilgan miqdorda, shaklda pul-buyum yoki turistik yo’llanma holida va muddatlarda, agar bu shartlarda muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, uyinlarning natijalari chiqarilgan paytdan boshlab o’n kundan kechiktirmasdan to’lashi lozim. Uyin natijalari, g’oliblarini aniqlash o’yinlar tashkilotchisi tomonidan yoxud xolis, uchinchi shaxslar tomonidan (masala: hakamlar hay’ati tomonidan) ochiq, oshkoralik asosida belgilanadi. O’yinlar tashkilotchisi o’yinlar natijalarini matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqacha tarzda e’lon qilishi shart. O’yinlar tashkilotchisi g’oliblarga yutuqni to’lash haqidagi majburiyatni bajarmagan taqdirda yutgan ishtirokchilarning talablari sud orqali qanoatlantiriladi. O’yinlar tashkilotchisi ishtirokchilarga yutuqlarni to’lash bilan birga, shartnoma shartlarini buzish oqibatida yetkazilgan boshqa zararlarni ham qoplashi lozim. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling