Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar: 
1. Ommaviy tanlov turli sohalarda tashkil etilishi kuzatiladi. Ushbu 
tanlovning asosiy shartlari va tanlov tashkilotchisining huquq va majburiyatlarini 
tushuntiring. 


409 
2. Ommaviy tanlov natijasi qanday hollarda bekor qilinishi mumkin? 
3. L. Eltoyeva uyiga egasiz itni olib keldi. “Qoplon” laqabini olgan it 
Eltoyevlarnikida bir oylar yashadi. Bir kuni L.ning otasi “Qoplon”ga o’xshash 
belgilari tasvir etilgan itning yo’qolganligi to’g’risidagi e’lonni o’qib qoldi. 
“Qoplon”ning egasi itni qaytarib bergan kishiga katta mukofot berishi va’da 
qilingan edi. L. “Qoplon”ga o’rganib qolgan bo’lsa-da, uni egasiga qaytarishga 
majbur ekanligini tushundi. Otasi L.ga va’da qilingan mukofotga qishki oyoq 
kiyim olib berishini aytdi. Fuqaro Qodirov “Qoplon”ni o’z iti ekanligini tan oldi, 
ammo va’da qilingan mukofotni berishdan bosh tortdi. Tanish yurist Qodirovga 
mukofotni bermaslikni, chunki O’zbekiston qonunchiligiga ko’ra ashyoni 
yo’qotgan mulkdor uni topib olgan shaxsga faqat ashyoni saqlab turish va olib 
kelib berish uchun ketgan xarajatlarnigina to’lashligini aytgan.
Qodirovga yurist to’g’ri maslahat berganmi? 
55-BOB. MUKOFOTNI OShKORA VA’DA QILISh 
Odatda ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish turli xildagi fuqarolik-
huquqiy shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Lekin, ba’zi hollarda ko’zlangan 
maqsadlarga erishish uchun ishni bajarishga ko’pchilikni jalb etishga va buning 
uchun mukofot berishga va’da beriladi. Mukofotni oshkora va’da qilishning 
mohiyati O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 981-moddasida o’z 
ifodasini topgan. Unga ko’ra, e’londa ko’rsatilgan harakatni kim unda belgilangan 
muddatda bajarsa, o’shanga pul mukofoti to’lash yoki boshqa mukofotni berish 
to’g’risida (mukofotni to’lash) oshkora e’lon qilgan shaxs tegishli harakatni sodir 
etgan har qanday shaxsga va’da qilingan mukofotni to’lashi shart. 
O’zining huquqiy tabiatiga ko’ra, mukofotni oshkora va’da qilish shartli 
xarakterga ega bo’lib, bir tomonlama bitim hisoblanadi. Bunda bir tomondagina 
huquq va majburiyatlar bo’ladi. Mukofot va’da qilingan taqdirda va’da qilgan 
shaxsda uni to’lash majburiyati bo’ladi. Va’daga qiziqish bildirgan shaxsda esa na 
huquq, na majburiyat paydo bo’ladi. Unda huquqlar tegishli e’londa ko’rsatilgan 
natijaga erishgan vaqtdan boshlab vujudga keladi. Shu paytdan boshlab va’da 
qilgan mukofotni to’lash majburiyati vujudga keladi, bunda e’londa ko’rsatilgan 
harakat bajarilgani haqida va’da beruvchi xabardor qilishi kerak. Va’da aynan 
nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan bo’lishi lozim, aks holda munosabatlar 
kelishilgan hisoblanadi. Va’da turli shaklda ifodalanishi mumkin (yozma, og’zaki, 
matbuot, televedenie orqali va xokazolar), uy devorlari, daraxtlar va hokazolarga 
yopishtirilgan e’lonlar Fuqarolik kodeksining 981-moddasida ko’rsatilgan 
majburiyatni vujudga keltirmaydi. Har qanday shaklda ham e’lon nomuayyan 
shaxslar uchun qulay bo’lishi va zarurat tug’ilsa, uni bergan shaxsdan tasdiqlatib 
olish imkonini berishi kerak. Mukofotni to’lash majburiyati mukofot kim 
tomonidan va’da qilinganligi aniqlangandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Bu majburiyatlarni yuzaga keltirish uchun mukofot to’lash quyidagi 
belgilarga ega bo’lishi kerak: 
birinchidan, mukofotni va’da qilish oshkora (ommaviy) bo’lishi, ya’ni 
nomuayyan shaxslar doirasiga murojaat qilingan bo’lishi kerak. Agar mukofotni 
to’lash aniq bir shaxs yoki shaxslarning bir doirasiga mo’ljallangan bo’lsa, bu 


410 
munosabatlar shartnoma xarakteriga ega bo’ladi; 
ikkinchidan, va’da qilingan mukofot mulkiy xarakterga, ya’ni pul yoki 
boshqa tarzdagi mulkiy qiymatga ega bo’lishi kerak. Masalan: qimmatbaho ashyo 
berish; 
uchinchidan, mukofot ma’lum bir huquqqa mos harakatni amalga oshirganlik 
uchun belgilanadi. Belgilangan mukofotni olish uchun erishilishi lozim bo’lgan 
natija e’londa ko’rsatilishi shart. Masalan: yo’q narsani topish; 
to’rtinchidan, mukofotni oshkora to’lash to’g’risidagi e’londa mukofot kim 
tomonidan va’da qilingani ko’rsatilishi kerak. Va’daga qiziqish bildirgan shaxs 
va’dani yozma ravishda tasdiqlashni talab qilishga haqli va agar, haqiqatda 
mukofot to’g’risidagi e’lon unda ko’rsatilgan shaxs tomonidan qilinmagan bo’lib 
chiqsa, bunday talab qo’yilmaganligi oqibatlari xavfi uning zimmasida bo’ladi 
(FKning 981-moddasi 2-qismi). 
Yuqoridagi belgilardan kelib chiqib, quyidagicha ta’rif keltirish mumkin: 
“Mukofotni oshkora va’da qilish deganda shartlashilgan natijaga erishganlik uchun 
mulkiy xarakterda taqdirlash bilan va’da berish nazarda tutilgan, nomuayyan 
shaxslar doirasiga qaratilgan murojaat tushuniladi”. 
Mukofotni va’da qilgan shaxs uni to’lashi shart. Mukofotning summasi yoki 
mulkiy qiymatga ega ashyo e’londa ko’rsatilgan bo’lishi mumkin yoxud mukofot 
miqdori ko’rsatilmagan bo’lishi mumkin. Agar mukofotni oshkora va’da qilishda 
uning miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa, u mukofotni va’da qilgan shaxs bilan 
kelishuvga ko’ra aniqlanadi, nizo kelib chiqqan taqdirda esa sud tartibida 
aniqlanadi (FKning 981-moddasi 3-qismi). 
E’londa ko’rsatilgan harakat bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Bu 
harakat belgilangan muddatda bajarilsa, uni bajargan shaxs mukofotni talab qila 
oladi. Ayrim hollarda bu ish bir-biridan mustaqil ravishda bir necha shaxs 
tomonidan bajarilishi mumkin. Bunday holatda Fuqarolik kodeksining 981-
moddasi 5-qismiga muvofiq tegishli harakatni birinchi bo’lib sodir etgan shaxs 
mukofotni olish huquqiga ega bo’ladi. Agar e’londa ko’rsatilgan harakatni qaysi 
biri birinchi bo’lib sodir etganini aniqlashning imkoni bo’lmasa, shuningdek, 
harakat ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan bir vaqtning o’zida sodir etilgan 
bo’lsa, mukofot ular o’rtasida bab-baravar yoki ularning o’zaro kelishuvida 
nazarda tutilgan miqdorda taqsimlanadi. 
Fuqarolik kodeksining 981-moddasi 4-qismi mukofotni to’lash majburiyati
tegishli harakat e’lon qilinishi munosabati bilan yoki undan mustasno tarzda 
bajarilganidan qati nazar, yuzaga kelishini belgilaydi. Ba’zi hollarda mukofot 
va’da qilinganidan xabardor bo’lmagan shaxs e’londa ko’rsatilgan harakatni 
bajarishi mumkin. Bu holda ham Fuqarolik kodeksining 981-moddasi 5-qismi 
qoidalari qo’llaniladi. 
E’londa ma’lum muddatning ko’rsatilgan bo’lishligi mukofotni olish uchun 
tegishli harakatni shu muddatda qilish lozimligini va bu muddat da’vo mukofot 
va’da qilgan shaxs u bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Muddat mukofotni oshkora 
va’da qilishning zaruriy xarakterdagi belgisi emas. Lekin u ko’rsatilgan bo’lsa, shu 
muddat davomida qilingan harakat mukofot olishga asos bo’lishi mumkin. 
Mukofotni oshkora va’da qilgan shaxs uni bekor qilishga haqli. Mukofotni 


411 
oshkora va’da qilishni bekor qilish izlanuvchilarning manfaatlarini buzmasligi 
kerak. Shuning uchun qonunda bekor qilish ma’lum shartlarga rioya etgan holda 
amalga oshirilishi kerakligi ko’rsatilgan. 
Fuqarolik kodeksining 982-moddasida ko’rsatilishicha, mukofot to’lashni 
oshkora e’lon qilgan shaxs berilgan va’dadan xuddi shunday tartibda voz 
kechishga haqli, voz kechishga yo’l qo’ymasligi e’lonning o’zida nazarda tutilgan 
yoki undan kelib chiqadigan yoki mukofot va’da qilingan harakatni sodir etish 
uchun muayyan muddat berilgan yoxud voz kechishni e’lon qilish paytiga kelib bir 
yoki bir necha qiziqish bildirgan shaxslar e’londa ko’rsatilgan harakatni bajarib 
bo’lgan hollar bundan mustasno. 
Bu qoidadan shuni ko’rish mumkinki, mukofotni oshkora va’da qilgan shaxs 
undan voz kechishi uchun quyidagi shartlarga amal qilishi kerak: 
a) va’dani e’lon qilish qay tartibda amalga oshirilgan bo’lsa, uni bekor qilish 
ham shu tartibda amalga oshirilishi kerak; 
b) e’londa undan voz kechishga yo’l qo’yilmasligi ko’rsatilgan bo’lmasligi 
lozim; 
v) e’londa ko’rsatilgan harakat sodir qilinishi kerak bo’lgan muddat belgilab 
qo’yilmagan bo’lishi shart; 
g) voz kechishni e’lon qilish paytida e’londa ko’rsatilgan harakat sodir 
qilinmagan bo’lishi kerak. 
Mukofot haqidagi oshkora va’dani bekor qilish mukofot to’g’risida e’lon 
qilgan shaxsni qiziqish bildirgan shaxsga u e’londa ko’rsatilgan harakatni bajarishi 
munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashdan ozod qilinmaydi. Qoplash 
miqdori barcha hollarda e’londa ko’rsatilgan mukofotdan ortiqcha bo’lishi mumkin 
emas. 
Agar mukofotni oshkora va’da qilishda uning miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa, 
mukofot, va’da qilgan shaxs bilan o’zaro kelishuvlariga ko’ra aniqlanadi, agar 
mukofot bo’yicha nizo kelib chiqsa, sud tomonidan hal qilinadi. 
Mukofotni to’lash majburiyati, tegishli harakat e’lon qilinishi munosabati 
bilan yoki undan mustasno tarzda bajarilganidan qat’i nazar, vujudga keladi. 
Mukofotni to’lashning ikki omilini ajratib ko’rsatish mumkin: 
Mazkur majburiyat muvofiq harakatlarning bajarilishi lozimligi faktidan 
qat’i nazar paydo bo’ladi. 
Mazkur majburiyat bunday va’dani bergan shaxsni aniqlaganishi sharti bilan 
paydo bo’ladi. 
E’londa ko’rsatilgan harakatni bir necha shaxs tomonidan bajarilganida 
harakatni birinchi bo’lib bajargan shaxs mukofotni olish huquqiga ega. 
Agar e’londa ko’rsatilgan harakat ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan 
bajarilgan bo’lsa va ulardan qaysi biri tegishli harakatni birinchi bo’lib bajarilishini 
aniqlashning imkoni bo’lmasa, shuningdek, agar harakat ikki yoki bundan ortiq 
shaxslar tomonidan bir paytning o’zida sodir etilgan bo’lsa, mukofot ular o’rtasida 
bab-baravar yoki ularning o’zaro kelishuviga ko’ra taqsimlanadi. 
Agar mukofot to’g’risidagi e’londa boshqacha tartib nazarda tutilmagan 
bo’lsa yoki unda ko’rsatilgan harakat xususiyatidan kelib chiqmasa, bajarilgan 
harakatning e’londa mavjud bo’lgan talablarga muvofiqligi mukofotni oshkora 


412 
va’da qilgan shaxs tomonidan aniqlanadi, nizo kelib chiqqan taqdirda esa sud 
tomonidan hal qilinadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling