Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

53-Bob. Oddiy shirkat
Shartnoma tushunchasi. Oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sheriklar 
(ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga 
zid bo’lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o’z hissalarini qo’shish va yuridik 
shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar (O’zR FK 962-
modda). Mazkur shartnoma qonun chiqaruvchi tomonidan qo’shma faoliyat 
to’g’risidagi shartnoma deb ham yuritiladi.
Oddiy shirkatning maqsadiga erishish o’laroq daromad olish bir karrali va 
ko’p karrali bo’lishi mumkin. Boshqa maqsadga erishishni sheriklar umumiy 
mulkni sotish, yuridik shaxs, tovarlar ishlab chiqarish va h.k.ni ro’yxatga olish 
sharti bilan ko’zlashlari mumkin.
Shartnomaning huquqiy belgilari. Oddiy shirkat shartnomasi konsensual
ko’p tomonlama, o’zaro, haq olinadigan va fidutsiar shartnomadir. Shartnoma 
imzolanganidan so’ng tuzilgan hisoblanadi. Unda ikki va undan ziyod shaxslarning 
ishtirok etish imkoni uning ko’p tomonliligini belgilaydi. Shartnoma o’zaro 
ishonchga asoslangani uchun u fidutsiar hisoblanadi.
Oddiy shirkat shartnomasining mazmuni va uni rasmiylashtirish. Oddiy 
shirkat shartnomasining ahamiyatli talablari quyidagilar to’g’risidagi bitimlar 
hisoblanadi: 
- hissalarni qo’shish to’g’risida; 
- sheriklarning qo’shma harakatlari to’g’risida; 
- amalga oshirilishi uchun ushbu harakatlar bajarilayotgan umumiy maqsad 
to’g’risida. 
Oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha tomonlar – sheriklar (ishtirokchilar) 
bo’lib, ular faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) tijorat tashkilotlari bo’lishi 
mumkin. 
Sheriklarning huquq va majburiyatlari. Har bir sherik quyidagi 
huquqlarga ega: 
- umumiy mulkdagi ulushga (umumiy ulushli mulk huquqi, umumiy 
mulkdan foydalanish huquqi) (O’zR FK 964-m.); 
- sheriklarning umumiy ishlarini yuritishga (O’zR FK 965modda); 
- axborot olishga (u sheriklarning umumiy ishlarini yuritishga vakolat olgan-
olmaganidan qat’i nazar) (O’zR FK 966-modda); 
- daromad olishga (O’zR FK 968-modda); 
- oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish yoki tarafning 
talabi bilan oddiy shirkat shartnomasini bekor qilishga (O’zR FK 972, 973-
moddalari). 
Har bir sherik quyidagilarga majbur: 
- sheriklarning umumiy mulkiga ulush kiritish (O’zR FK 962-modda); 
- sheriklarning birgalikdagi faoliyatiga bog’liq xarajatlar va zararlarni 
qoplash va shirkatning majburiyatlari bo’yicha javob berish (O’zR FK 967-
modda); 
- shartnomaning boshqa tomonlariga umumiy ishlarning holati bo’yicha 
ma’lumot taqdim etish (O’zR FK 966-modda); 


400 
- umumiy mulk va sheriklar faoliyatiga yetkazilgan zarar uchun sheriklar 
oldida javobgar bo’lish (O’zR FK 974-modda). 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling