Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Ixtiyoriy sug’urta shartnomasining xususiyatlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
4 §. Ixtiyoriy sug’urta shartnomasining xususiyatlari 
Hayot sug‘urtasi jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati 
va qo‘shimcha pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilishdan iborat 
bo‘lib, bunda sug‘urtaning shartnoma bo‘yicha eng kam muddati bir yilni tashkil 
etadi va sug‘urta summalarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan 
oshirilgan foizini yoki davriy to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. 
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf 
(sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta 
mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada 
ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga 
zarar yetkazilgan , u muayyan yoshga tulgan yoki uning hayotida shartnomada 
nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada 
shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish 
majburiyatini oladi (FKning 921-moddasi 1 qismi). FKning 914-moddasiga 
muvofiq, shaxsiy sug‘urta ommaviy shartnomalar turkumiga kiradi. Shuningdek 
ularni uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar turiga ham kiritish 
mumkin
74
. Xususan, umumiy qoida bo‘yicha, shartnomadan kelib chiqadigan 
huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo 
bo‘ladi. Masalan, hayotini sug‘urtalayotgan shaxs o‘zi vafot etgan taqdirda, 
shartnomada belgilangan pulni olish uchun boshqa shaxsni naf oluvchi qilib 
tayinlashi mumkin. 
Sug‘urta shartnomasining ommaviy sanalishidan maqsad, sug‘urtalovchi 
belgilangan standart shartnoma shakllaridan foydalanib, murojaat etgan hamma 
sug‘urta qildiruvchilarga bir xil munosabatda bo‘lishidir. Biroq sug‘urtalovchi 
sug‘urta qildiruvchi shaxsning shaxsiy holatlarini (sog‘lig‘i, yoshi, kasbi va 
boshqalar) e’tiborga olgan holda shartnomani tuzadilar. Ayrim kategoriyadagi 
shaxslar bilan shartnoma tuzishdan bosh tortishlari mumkin, qachonki sug‘urta 
qildirilayotgan shaxs og‘ir kasal bo‘lsa yoki keksaligini inobatga olgan holda.
Mazkur sug‘urtaning mulkiy sug‘urtadan o‘ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
- faqatgina shaxsiy manfaat, ya’ni sug‘urtalangan shaxs hayoti yoki 
sog‘lig‘iga zarar etishi, muayyan yoshga to‘lishi, shartnomada ko‘zda tutilgan 
voqea sodir bo‘lishi bilan sug‘urta pulini olish nazarda tutiladi. Bularning barchasi 
shaxs bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, sug‘urtaladigan obyektlar shaxsiy nomulkiy 
ne’matlar (shaxsiy nomulkiy huquqlar) hisoblanadi. Bunday shaxsiy manfaatlar 
sug‘urta qilinayotganda sug‘urta puli ixtiyoriy ravishda belgilanadi. 
Mulkiy sug‘urtada doimo ko‘rilgan zararni qoplash ko‘zda tutiladi. Bunday 
mulkiy zararlar hamisha xavfli hisoblanadi. Bular qatorida shaxs bilan bog‘liq 
xavf-xatarlar ham bo‘lishi mumkin (shikastlanishi yoxud betob bo‘lishi). Biroq 
74
I.B.Zokirov. O'zbekiston SSRning Grajdanlik huquqi. -T.: O'qituvchi, 1988. –196 b. 


394 
boshqa shaxsiy manfaatlari sug‘urtalangan shaxs uchun xavf tug‘dirmay, balki 
belgilangan yoshga etishi, to‘la muomala layoqatiga erishishi, nikohga kirishishi va 
boshqalar ko‘zlangan maqsadga erishishni bildiradi.
- sug‘urtalangan shaxs yoxud naf oluvchi bilan mos kelmaydigan boshqa 
subyektning paydo bo‘lishi.
Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
shaxsiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. 
Boshqa naf oluvchi ko‘rsatilmagan shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs vafot 
etgan taqdirda, sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlari naf oluvchilar deb tan 
olinadi (FKning 921-modda 2-qism). Sug‘urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs 
foydasiga, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‘urta 
qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug‘urta shartnomasi faqat sug‘urtalangan shaxsning 
yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, 
shartnoma sug‘urtalangan shaxsning da’vosi bo‘yicha, bu shaxs vafot etgan 
taqdirda esa, uning merosxo‘rlari da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi 
mumkin. 
Sug‘urta puli bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lanishi, sug‘urtalangan 
shaxsning (naf oluvchi) hech qanday yo‘qotishlarsiz uzoq vaqt davomida 
ta’minlanadi.
Umrbod sug‘urta shartnomasi 20 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar 
bilan tuziladi. 1-guruh nogironlari bilan bunday shartnoma tuzilmaydi. (Agar 
bunday shartnoma tuzilgan bo‘lsa, haqiqiy emas deb hisoblanadi va 
sug‘urtalanuvchiga to‘lagan badallarining 92 foizi qaytariladi. Agar bu holat 
shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab, bir yildan keyin aniqlansa, shartnoma 
umumiy asoslarda o‘z kuchini saqlab qoladi). 
Sug‘urta xavf-xatari bo‘lib sug‘urta qildiruvchining o‘limi ehtimoli 
hisoblanadi. Sug‘urta puli sug‘urta qildiruvchining yoshi, sug‘urta mukofoti va 
hatto jinsiga ham bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urta qildiruvchi 85 yoshga etgunga qadar 
har oyda sug‘urta badali to‘lab turadi. Sug‘urta qildiruvchi shartnoma amal qilgan 
davrda qanday sabablarga ko‘ra vafot etgan bo‘lmasin, naf oluvchiga sug‘urta puli 
to‘lanadi. Sug‘urta shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng ikki yil ichida sug‘urta 
qildiruvchi onkologik kasalliklardan yoki yurak-qon tomiri kasalliklaridan vafot 
etsa yoxud o‘z-o‘zini o‘ldirsa, sug‘urta ta’minoti to‘lanmaydi.
Shartnoma tuzish haqidagi ariza sug‘urta qildiruvchi tomonidan shaxsan 
imzolangan bo‘lishi va unga uning shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar xususida 
hujjat ilova qilingan bo‘lishi kerak. 
Hayotni aralash sug‘urta qildirish shartnomasi eng ko‘p tarqalgan 
shartnomalardan hisoblanadi. Bunda sug‘urta tashkiloti shartnomada belgilangan 
muddatgacha yashash, mehnat qobiliyatini butunlay yoki qisman yo‘qotish, o‘lim 
holatlari ro‘y berganida zararni qoplashni o‘z zimmasiga oladi.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va boshqa qarindoshlar tomonidan 
bolalarni sug‘urta qilish ularning yoshi va sog‘lig‘idan qat’i nazar amalga 
oshiriladi (bola 15 yoshdan oshmagan bo‘lish lozim). 
Sug‘urta mukofoti to‘lash uchun asos: sug‘urta muddatining tamom bo‘lishi, 
baxtsiz hodisadan shikastlanish va shu kabilardir. Sug‘urta qildiruvchilar 


395 
almashtirilishi yoki bir nechta bo‘lishlari mumkin. Sug‘urtalanuvchi bola vafot 
etsa, sug‘urta ta’minotining 30 foizi hajmida nafaqa tayinlanadi va ayni vaqtda 
sug‘urta badallari to‘liq qaytarib beriladi.
Nikohni sug‘urtalash (to‘y sug‘urtasi) ota-onalar (boshqa qarindoshlar) 
tomonidan tuzilib, bunda sug‘urta qildiruvchilar 18-72 yoshgacha, biroq sug‘urta 
muddati tamom bo‘lganida 75 yoshdan oshmagan bo‘lishlari lozim. 
Shartnoma tuzilishida bolaning yoshi 15 dan oshmagan bo‘lishi lozim. 
Sug‘urta badallari hajmi sug‘urta qildiruvchining (bolaning emas) yoshiga, 
sug‘urta qiymatiga va sug‘urta muddatiga bog‘liq. 
Ixtiyoriy mulkiy sug‘urta. Ixtiyoriy mulkiy sug‘urta turlari va shakllari 
nihoyatda xilma-xildir. Sug‘urta predmetlari sifatida xilma-xil uy jihozlari va 
anjomlari, uy-hayvonlari, transport vositalari, boshqa ashyolar, transport vositalari 
egalarining fuqarolik-huquqiy javobgarligi, kreditlarni qaytarmaslik xavf-xatarini 
sug‘urtalash va hakazolar hisoblanadi.
Mulkiy sug‘urtada sug‘urta obyekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadilar: 
1.Muayyan mol-mulkning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki 
shikastlanishi xavf-xatari. 
2.Fuqarolik-huquqiy javobgarlik xavf-xatari. U ham o‘z navbatida ikki turga 
bo‘linadi: zarar yetkazganlik uchun javobgarlik va shartnoma bo‘yicha javobgarlik 
xavf-xatarini sug‘urta qilish. 
Boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazish 
oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sug‘urta 
qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi yoki uchinchi shaxsning 
javobgarlik xavfi sug‘urtalanadi. 
Sug‘urta qildiruvchi faqat o‘zining shartnomani buzganlik uchun javobgarlik 
xavfini sug‘urtalashi mumkin (uchinchi shaxs javobgarligi sug‘urta obyekti bo‘la 
olmaydi). 
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi bu shartnomani shartlariga 
ko‘ra sug‘urta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli javobgarlikni zimmasiga olishi 
lozim bo‘lsa, o‘sha taraf naf oluvchi foydasiga, hatto sug‘urta shartnomasi boshqa 
shaxs foydasiga tuzilgan yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan 
taqdirda ham sug‘urtalangan hisoblanadi.
3.Tadbirkorlik xavf-xatarini sug‘urta qilish (FKning 920-moddasi). 
Xorijiy sarmoyadorlarning mol-mulklari ekspropriatsiyalanishidan (qaytarib 
olinishidan), urush yoki fuqarolar g‘alayonlaridan, sug‘urta tashkiloti bilan 
sarmoyador o‘rtasidagi shartnoma munosabatlariga mamlakat ma’murlarining 
aralashuvidan, milliy valyutani boshqa valyutalarga konvertatsiyalash va uni 
mamlakatdan tashqariga chiqarishga doir mamlakat ma’murlari tomonidan 
cheklashlar joriy etilishidan, sarmoyadorlar (investorlarning)ning ayrim guruhlari 
uchun huquqni kamsitadigan ruhdagi yangi qonun-qoidalar joriy etilishidan, 
boshqa turdosh xavf-xatarlar (tavakkalchiliklardan) sug‘urtalanish mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling