Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar: 
1. 
Omonat saqlashning umumiy qoidalarini amaliy misollar bilan tahlil 
qiling. 
2. 
Omonat saqlashning alohida turlari bo’yicha saqlash tartibi va 
shartlarini tanqidiy tahlil qiling. 
3. 
Tovar omborida omonat saqlash shartnomasiga ko’ra taraflarining 
huquq va majburiyatlarini tartibga solishni tahlil eting. 
4. 
Aksariyat supermarketlarga kiraverishda xaridorlardan sumkalarni 
qoldirib kirishni talab qilishadi. Biroq saqlash kameralaridagi buyumlarning 
yo’qolganligi uchun ma’muriyat javob bermasligi ta’kidlanadi.
Ushbu holat qonuniymi? Javobingizni fuqarolik qonunligi normalari bilan 
asoslab bering.
5. Fuqaro Fuqaro D. vokzaldagi yuk saqlash omboriga yuk topshirdi. Poezd 
jo’nab ketishiga qadar hali ancha vaqt borligi tufayli Fuqaro D. taksida do’konga 
borib kelishga qaror qildi. Boshqaruvni yo’qotgan taksi haydovchisi avtohalokat 
sodir etdi va natijada fuqaro D. bosh miya jarohatiga uchrab kasalxonada olti oy 
mobaynida davolandi. Kasalxonadan chiqib, vokzalga borib yuklarini qaytarib 
olish to’g’risida murojaat qilganida uning yuklari sotib yuborilganligi ma’lum 
bo’ldi.
Mazkur vaziyatda fuqaro D.ga nisbatan qanday huquqiy maslahat berish 
mumkin. Javobingizni fuqarolik qonunligi normalari bilan asoslab bering.


374 
52-bob. SUG’URTA 
1. Sug’urtaning mohiyati va ahamiyati 
Odatda tabiat va jamiyat muayyan tartib va qonuniyatlar asosida mavjud 
bo’lishi va rivojlanishi haqidagi tasavvur rad etib bo’lmas haqiqat hisoblanadi. 
Biroq, bu umumiy qonuniyatlar muayyan qonunlar, sxemalar oldindan belgilab 
qo’yiladigan jarayonlar asosida emas, balki murakkab omillar va tasodiflar o’yini 
zamirida ham ro’y beradi, ijtimoiy hayotda ham, iqtisodiy tizimda ham o’ziga xos 
tavakkalchilik, kutilmagan tasodif va xavf-xatarlar inson faoliyatining, uning 
turmush tarzining doimiy va ajralmas yo’ldoshi hisoblanadi. Oqilonalik va 
tadbirkorlik orqali tavakkalchilik xavf-xatarini minimal darajada keltirish mumkin, 
biroq uni mutlaqo bartaraf etib bo’lmaydi – insonning juda ko’p faoliyat 
yo’nalishlarida (masalan, tadbirkorlikda ham, yollanma ishchi sifatida ham) yoxud 
tabiiy hayot jarayonida (masalan, sihat-salomatlik, muayyan mol-mulklardan 
bahramand bo’lish va sh.k.) bu o’ziga xos aksioma hisoblanadi.
Kishilik jamiyati tavakkalchilik xavf-xatarlaridan himoyalanish, uning 
zararli oqibatlarini kamaytirishni iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy-siyosiy
texnik va boshqa usullarini kashf etgan va etmoqda. Ular orasida o’rta asrlardan 
buyon qo’llanib kelinayotgan eng ommaviy, an’anaviy va samaralisi – bu 
fuqarolik-huquqiy usul bo’lgan sug’urta hisoblanadi, sug’urtani qo’llash doirasi 
nihoyatda keng qamrovli va universal hisoblanadi. U mamlakatdagi barcha aholi 
qatlamlarini tabiiy ofatlardan, tadbirkorlikni bozor stixiyasi va inqirozlaridan, 
investorlarni hatto siyosiy larzalarni va nobarqarorliklardan, oddiy odamlarni 
kasalliklardan va shikastlanishlardan himoyalash, aniqrog’i mulkiy manfaatlariga 
yetkazilgan talofotlarni kamaytirish yoxud o’rnini bosishni ta’milash funksiyasini 
bajaradi. Shu sababli ham sug’urta bozor infratuzilmasini tarkibiy qismi, zaruriy 
segmenti hisoblanadi.
Sug’urtaning mohiyati shundan iboratki, sug’urta qiluvchilarning davriy 
badallarini hisobidan sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urta 
qildiruvchini mulkiy talofatlarini kamaytirish yoxud boshqacha talofatlarni 
(masalan, o’lim, sog’lig’i shikastlanishi va h.k.) oqibatlarini yumshatish 
hisoblanadi. Bunda bir subyekt ko’rgan zarar sug’urta vositasida boshqa yuzlab 
subyektlar badallari hisobidan qoplanadi. Biroq bu holat o’sha yuzlab subyektlar 
uchun og’ir yuk bo’lib tushmaydi, badal to’lovchilar va bu badaldan real 
foydalangan subyektlar o’rtasida ziddiyatlar, noroziliklar keltirib chiqarmaydi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi zamon 
iqtisodiy-huquqiy maydonda sug’urta: 
-birinchidan, har qanday faoliyatda tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirish 
vositasi; 
-ikkinchidan, juda katta moliyaviy resurslarning to’planishini va uni 
muomilaga kiritib kredit-sarmoya tizimini ta’minlashning qudratli manbai; 
-uchinchidan, kuchli erkin raqobat muhitida tadbirkorlik subyektlari 
manfaatlarini uyg’unlashtiruvchi yuridik qurilma; 
-to’rtinchidan, bozor munosabatlari sharoitida barqarorlikni va muvozanatni 
ta’minlovchi infratuzilma tizimi vazifalarini bajaradi.


375 
Mamlakatimizdagi sug’urta faoliyatini ijtimoiy sug’urta va fuqarolik 
sug’urta xizmatlariga ajratish mumkin, ijtimoiy sug’urta mehnat huquqi, moliya 
huquqi normalari bilan tartibga solinadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling