Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2.1. Lombardda omonat saqlash. Lombardda omonat saqlash professional omonat saqlashning bir turidir. “Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq, lombard sifatida maxsus yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan, faqatgina O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan tegishli litsenziya asosida faoliyat yurituvchi subyekt bo’lishi mumkin. Lombard uchun garovga beriladigan qisqa muddatli qarz (kredit) berish va saqlash bo’yicha xizmatlar uchun olinadigan haq tadbirkorlik daromadining manbai hisoblanganligi sababli, lombardda omonat saqlash haq evaziga amalga oshiriladigan bitim hisoblanadi. Garov evaziga kredit berish lombard va mijoz o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Lombardda omonat saqlash shartnomasiga muvofiq, fuqarolar o’zlariga tegishli bo’lgan iste’mol qilinmaydigan ashyolarni haq evaziga kelajakda ashyoni, mulkni egasiga qaytarish sharti yoki mulk egasi qaytarib olish sharti bilan topshiradi. Lombardda saqlanadigan obyekt sifatida shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan (tovar bo’lmagan) ko’char ashyo bo’lishi mumkin. Yuk topshiruvchi sifatida faqat saqlash uchun topshirilayotgan ashyoning egalari bo’lgan fuqarolar hisoblanishadi. 366 Ushbu shartnoma ommaviy shartnoma hisoblanadi, shuning uchun lombardlar mazkur xizmatni ko’rsatilishi uchun murojaat qilgan har bir kishi bilan omonat saqlash shartnomasini tuzishi lozim. Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolardan foydalanishga va tasarruf qilishga haqli emas. Saqlash yoki garovda bo’lgan mol-mulk yo’qolgan yoki shikastlangan taqdirda lombard, agar mazkur holat yyengib bo’lmas kuch natijasida ro’y berganligini isbotlab bera olmasa, garov shartnomasida yoki saqlash uchun qabul qilinganlik haqidagi pattada ko’rsatilgan mol-mulk qiymatni to’lashga majbur bo’ladi. Lombard undiruv qaratilishi mumkin bo’lmagan mol-mulkni garovga olishga haqli emas. Ashyoni lombardda saqlash shartnomasining tuzilishi ashyoni saqlash uchun topshirish yo’li bilan amalga oshiriladi va yuk topshiruvchiga, boshqa shaxslarga berib bo’lmaydigan, uning nomi yozilgan saqlov pattasi berish yo’li bilan tasdiqlanadi. Ashyo saqlash uchun topshirilayotganda taraflar kelishuviga muvofiq ashyo baholanadi. Baholash summasi ashyoni saqlash uchun qabul qilingan paytda va joyda shu turdagi va sifatdagi ashyo bo’yicha sotuvda o’rnatilgan narxlarga ko’ra aniqlanadi. Shuningdek, topshirilayotgan ashyoning qiymati mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan ham aniqlanishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling