Toshkent davlat yuridik universiteti
Franshizing shartnomasini tuzish
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3. Franshizing shartnomasini tuzish
Franshizingning, odatda, isbotsiz qabul qilinadigan, yetarlicha sharh berilmagan jihati shundan iboratki, litsenzion kompleksga mutlaq huquqlar franchayzerga tegishli bo‘ladi. Ko‘pincha o‘zbekistonlik tadbirkorlar jahonga mashhur kompaniya bilan hamkorlik qilish maqsadida ularning MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasiga murojaat qiladilar, vaholanki, vakolatxona bosh korxonaga tegishli litsenzion kompleks hamda boshqa aqliy mulk obyektlarining huquqiy egasi emas. Tegishincha, franshizing shartnomasini tuzishdan oldin tadbirkorlarga franchayzyerdan aqliy mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni beruvchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxasini so‘rash tavsiya etiladi. Firma nomiga nisbatan bunday hujjat yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro’yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomasidir. Tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi guvohnoma bilan tasdiqlanadi, kashfiyotlar, foydali modellar va sanoat namunalari esa, patentga ega bo‘lishi lozim, ularning har ikkalasi O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk Agentligi tomonidan beriladi. Agar franchayzer xorijiy yuridik shaxs bo‘lsa, huquqni belgilovchi hujjatlar O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik muassasalari tomonidan tasdiqlanishi va legallashtirilishi lozim. Shartnoma mazmuni haqida shuni aytish mumkinki, franshizing shartnomasining taraflari faqat tijorat tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lishi mumkin. 341 Franshizing shartnomasi litsenziya kompleksi, savdo belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan foydalanishning minimal va yoki maksimal hajmini belgilaydi. Xususan, franchayzerning firma nomidan va tovar belgisidan foydalanib sotiishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati qayd etiladi yoki qanday tijorat axboroti berilishi belgilab qo‘yiladi va h.k. Mazkur bo‘limning asosiy sharti franchayziga o‘ziga tegishli litsenzion kompleks yoki uning bir qismini xuddi shunday shartlarda sublitsenziya asosida boshqa shaxslarga foydalanish uchun ruxsat berish huquqini berish masalasidir. Aksariyat hollarda tomonlar franchayzi muayyan sohada (franchayzyerdan olingan yoki franchayzi ishlab chiqargan tovarlarni sotish, xizmatlarni ko‘rsatish, ishlarni bajarish va h.k.) o‘z faoliyatini amalga oshirish majburiyatini oladigan hududni belgilab oladilar. Franchayzer franchayzi faoliyatini alohida shahar yoki butun mamlakat xududi bilan chegaralab qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari, u franchayzining mutlaq huquqlar kompleksini uchinchi shaxslarga berish huquqini ham cheklab qo‘yishga haqli. Mukofot summasi ham unga qarab belgilanadi. Franshizing shartnomasida muddat ko‘rsatilishi ham, ko‘rsatilmasligi (muddatsiz shartnoma) ham mumkin. Franshizing shartnomasida muddat ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday shartnoma taraflarining kelishuvi bilan yoki shartnoma talablari bir taraf tomonidan jiddiy buzilganda, boshqa taraf talabi bilan bekor qilinishi mumkin. Agar franshizing shartnomasi muddatsiz tuzilgan bo‘lsa, taraflarning har biri istalgan paytda uni ijro etishdan bosh tortishi mumkin, ammo bu haqda kamida olti oy oldin boshqa tarafni xabardor qilishi shart, agar shartnomada xabar berishning boshqa uzunroq muddati ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. Franchayzer uchun mukofot haqidagi shart alohida ahamiyatga ega. Mukofot qat’iy qayd etilgan bir martalik yoki muntazam to‘lovlar, foydadan ajratmalar va shartnomada belgilangan boshqacha shaklda belgilanadi. Franshizing shartnomasi doirasidagi to‘lov soliq maqsadlari uchun royalti deb ataladi. Shartnoma franchayzerning texnik va tijorat hujjatlarini, shuningdek unga franshizing shartnomasi bo‘yicha berilgan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur boshqa axborotni franchayziga berish hamda unga va uning xodimlariga ushbu huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha yo‘l-yo’riqlar berish majburiyatini belgilaydi. Bundan tashqari, franchayzer franchayziga muntazam texnik va maslahat yordamini berib turadi, jumladan xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirishga ko‘maklashadi. 342 Boshqa tomondan, shartnoma franchayziga shartnomada shartlashilgan faoliyatni amalga oshirishda franchayzerning firma nomidan foydalanish, Shuningdek ishlab chiqarilayotgan tovarlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar yoki bajarilayotgan ishlarning sifati bevosita franchayzer tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlarning sifatiga to‘liq mos kelishini ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Shu bilan birga, franchayzi franchayzerning litsenzion kompleksga kirgan mutlaq huquqlardan foydalanish xususiyati, usullari va shartlariga bog‘liq barcha yuriqnomalari va ko‘rsatmalariga amal qilishi shart. Bunga, Shuningdek, franchayzi unga shartnoma asosida berilgan huquqlarni amalga oshirishda foydalanadigan tijorat xonalarining tashqi ko‘rinishi va ichki jihozlanishi bo‘yicha ko‘rsatmalar ham kiradi. Bulardan tashqari, franchayzi franchayzerning ishlab chiqarish sirlarini va undan olingan boshqa maxfiy tijorat sirini oshkor qilmaslik majburiyatini ham oladi. Franshizing shartnomasida cheklaydigan (ekskluziv) shartlar ham nazarda tutilishi mumkin, xususan: franchayzerning franchayziga biriktirib qo‘yilgan hududda foydalanish uchun boshqa xuddi shunday kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini bermaslik yoki ushbu hududda bevosita mustaqil faoliyat olib bormaslik majburiyati; franchayzining franchayzer raqobatchilari bilan boshqa franshizing shartnomalarini tuzishdan voz kechishi; franchayzining unga shartnoma asosida berilgan huquqlarni amalga oshirishda foydalanadigan tijorat xonalarining joylashuvi, shuningdek ularning tashqi ko‘rinishi va ichki jixozlanishini franchayzer bilan kelishib olish. Ammo shuni ham aytish joizki, mavjud bozordagi ahvol hamda taraflar iqtisodiy holatidan kelib chiqib ushbu cheklovchi shartlar, agar ular monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid bo‘lsa, monopoliyaga qarshi organ yoki boshqa manfaatdor shaxsning da’vosi bilan haqiqiy emas deb tan olinishi mumkin. Ko‘pincha franchayzer cheklovchi shartlar belgilash yo‘li bilan franchayzining faoliyatini nazorat qilishga harakat qiladi. Shu munosabatda aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnomadagi quyidagicha shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi: • franchayzerning franchayzi o‘rniga tovarning sotuv narxini yoki bajarilayotgan ishlar (xizmatlar) narxini belgilashi yoki narxlarning eng yuqori yoki eng past chegaralarini belgilab qo‘yishi; • franchayzining faqat ma’lum toifadagi, shartnomada belgilangan muayyan xududda joylashgan (turar joy bo‘yicha) xaridorlar (buyurtmachilar)ga 343 tovarlar sotishi, xizmatlar ko‘rsatishi va ishlar bajarishi mumkinligi. Agar franchayzerning litsenzion kompleksga kirgan firma nomiga bo‘lgan huquqi to‘xtasa, franshizing shartnomasi ham firma nomini yangisiga almashtirmasdan bekor qilinadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling