Toshkent davlat yuridik universiteti
Mol-mulkni ishonchli boshqarishning vujudga kelish asoslari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Mol-mulkni ishonchli boshqarishning vujudga kelish asoslari. Ishonchli
boshqarish institutining vujudga kelish asoslari bevosita FKda belgilab qo’yilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Zero, qonun mazkur huquqiy institutni vujudga keltiruvchi asoslarni o’zida ifodalab beradi. FKda ko’zda tutilgan muassis va ishonchli boshqaruvchi o’rtasidagi shartnoma bilan birga sud qarori, vasiylik va homiylik organining vasiylikka olingan shaxsning mol-mulki ustidan vasiylik belgilash to’g’risidagi qarori, qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik faktlar asosida tuziladigan shartnoma mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining vujudga kelishiga ko’ra alohida turlari hisoblanadi. Chunki, FKda belgilangan barcha asoslarga ko’ra mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi tuziladi. Garchi, shartnoma ixtiyoriy kelishuv asosida emas, vakolatli davlat organining qarori yoxud vafot etayotgan shaxsning xohishi asosida vujudga kelayotgan bo’lsa-da, uning mazmuni-mohiyati, shartlari umumiy qoidaga bo’ysunadi hamda vujudga kelish asosidan qat’iy nazar, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi hisoblanadi. Mol-mulkni ishonchli boshqarish vujudga kelishining shartnomadan boshqa asoslari uchun xos bo’lgan yana bir xususiyat – bu shartnoma bekor bo’lganda 328 mol-mulkning boshqaruv muassisiga qaytarilmasligidir. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi mulkdor – muassis va ishonchli boshqaruvchi o’rtasida tuzilganida shartnoma bekor bo’lgach, ishonchli boshqaruvga topshirilgan mol- mulk mulkdor-muassisga qaytarilishi lozim bo’ladi, muassis – sud, notarius, vasiylik va homiylik organi bo’lgan holatlarda esa mol-mulk shartnoma bekor bo’lgach, ularga qaytarilmaydi. Zero, bu organlar mol-mulk mulkdori hisoblanmaydi. Faqatgina bu o’rinda mazkur organlar mol-mulkdan foyda oluvchi shaxsga qaytarilishini ta’minlaydilar, xolos. Zero, mol-mulkni shartnomadan tashqari asoslarda ishonchli boshqaruvga berishning asosiy maqsadi ham (mulkdor aniqlangunga (vasiyat ijrochisi tayinlangan vasiyatnomada), mulkdor topilgunga (fuqaro bedarak yo’qolganda sudning qarori bilan) qadar, ma’lum muddat o’tgach (vasiylik va homiylik ostidagi voyaga etmagan shaxsning 18 yoshga to’lishi yoki kasal fuqaroning sog’ayishi) mol-mulkni saqlash va ko’paytirish hisoblanadi. Mazkur qoida Germaniya fuqarolik qonunchiligida ham o’z ifodasini topgan 60 . FKning 850-moddasida mol-mulkni ishonchli boshqarish vujudga kelishining beshta asosi ko’rsatib o’tilgan. Mazkur asoslarning har biri alohida, mustaqil yuridik fakt (beshinchi asos sifatida qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan hollarda boshqa yuridik faktlar belgilanganligi, sanab o’tilgan barcha asoslarning bir-biridan farq qiluvchi yuridik faktlar ekanligini anglatadi) sifatida FKda e’tirof etiladi. Biroq, mol-mulkni ishonchli boshqarish vujudga kelishi asoslarining bunday bo’linishi bir qator bahsli holatlarni yuzaga keltiradi. Birinchi navbatda FKning 850-moddasida ko’zda tutilgan birinchi va ikkinchi asoslarning bitim ekanligi, ikkinchidan esa, vasiylik va homiylik organining qaroridan tashqari davlat organlarinnig qarori ham mol-mulkni ishonchli boshqarishni vujudga keltirish asosi bo’lishi mumkinligi (biroq, bu asos FKning 850-moddasiga kiritilmagan), uchinchidan, asos sifatida umumiy va mavhum tarzda qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan boshqa yuridik faktlarning belgilanishi mol-mulkni ishonchli boshqarishni vujudga keltiruvchi asoslarning o’ziga xos qat’iy tartibi mavjud emasligini anglatadi. Umumiy ma’noda, FKning 850-moddasida belgilangan mol-mulkni ishonchli boshqarishni vujudga keltirish asoslarini shartnomaviy va qonuniy asoslarga bo’lish mumkin. Umumiy qoidaga muvofiq, mol-mulkni ishonchli boshqarish majburiyatlari vujudga kelishi uchun murakkab yuridik tarkib talab etiladi. Bunday murakkab yuridik tarkib ikkita yuridik fakt: taraflar tomonidan imzolanadigan bitim va ushbu bitim obyekti hisoblangan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga topshirishdan iborat bo’ladi. Masalan, taraflar yozma shaklda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini imzolashadi va topshirish dalolatnomasi tuzib davlat organiga mol- mulkni ishonchli boshqarish topshirilganligini ro’yxatdan o’tkazishni so’rab murojaat qilishadi. Biroq, ba’zi holatlarda ushbu harakatlarning o’zi mol-mulkni ishonchli boshqarishning vujudga kelishi uchun yyetarli bo’lmaydi. Masalan, “Quyosh” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “Nur” akstiyadorlik jamiyati o’rtasida 2004 yil 60 Книпер Р. Назначение гражданского права: защита субъективных прав или инструмент товарооборота?// Актуальные проблемы и тенденции развития гражданского законодательства. Материалы международной научно-практической конференции.-Т.:2005.-104 с. 329 12 dekabrda noturar joy bino arendasi haqida shartnoma tuziladi. “Nur” AJ (ijaraga beruvchi) binoni ta’mirlab bo’lgandan so’ng “Quyosh” MChJga topshirish majburiyatini oladi. Biroq, ijaraga beruvchi o’zining ijara shartnomasi bo’yicha majburiyatlarini bajarmaydi. Ijaraga oluvchi esa, “Nur” AJni o’z majburiyatini natura holida bajarishini talab qilib sudga murojaat qiladi. Sudda aniqlanishicha, nizoli bino mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining predmeti hisoblanib, “Nur” AJ tomonidan (muassis) “Vakolat” firmasi (ishonchli boshqaruvchi)ga ular o’rtasidagi 2004 yil 19 dekabrdagi shartnomaga asosan ishonchli boshqarishga berilgan ekan. Ishonchli boshqaruvchining fikricha, binoni topshirish dalolatnomasi imzolanib ro’yxatdan o’tkazilgach, u binoga nisbatan huquq egasi hisoblanadi. Biroq, sudda aniqlanishicha, garchi taraflar o’rtasida 2005 yil 6 yanvarda topshirish dalolatnomasi tuzilgan bo’lsa-da, amalda bino ishonchli boshqaruvchiga topshirilmagan va shartnoma davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan ekan. Mazkur holatdan kelib chiqib, sud mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzilmagan deb hisoblagan. Mol-mulkni ishonchli boshqarishning vujudga kelishida birinchi navbatda uni vujudga keltirish asoslarini to’g’ri va to’liq rasmiylashtirish talab etiladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling