Toshkent davlat yuridik universiteti


Vositachilik shartnomasida javobgarlik


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Vositachilik shartnomasida javobgarlik. FKning 834-moddasida komitent 
hisobidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim uchinchi shaxs tomonidan 
bajarilmaganligi uchun vositachi komitent oldida javobgar bo’lmaydi, vositachi 
ushbu shaxsni tanlashda zarur ehtiyotkorlik qilmagan yoki bitimning bajarilishiga 
kafolat bergan (delkredere) hollar bundan mustasno, deb ko’rsatib o’tilgan. Mazkur 
modda 5 qismida vositachi uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimni uchinchi shaxs 
bajarmagan taqdirda, vositachi bu haqda darhol komitentga xabar berishi, zarur 
dalil-isbotlarni to’plashi va ta’minlashi, shuningdek komitentning talabiga ko’ra 
bunday bitim yuzasidan huquqlarni talablarni boshqa shaxsga o’tkazish 
to’g’risidagi qoidalarga rioya qilgan holda (Kodeksning 313-317, 319, 320-
moddalari asosida) unga topshirishi shartligi belgilangan. 
Umumiy qoidaga muvofiq, vositachi shartnomaning haqiqiy emasligi uchun 
javobgar bo’lishi mumkin. FKning 834-moddasida komitent hisobidan uchinchi 
shaxs bilan tuzilgan bitim uchinchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi uchun 
vositachi komitent oldida javobgar bo’lmasligi ikkita holatda mavjud bo’ladi. 
Birinchidan, vositachi ushbu shaxsni tanlashda zarur ehtiyotkorlik qilmagan bo’lsa. 
Masalan, vositachining tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo’lgan tadbirkorlik 
subyekti bilan shartnomaviy munosabatga kirishishi holatini ko’rsatish mumkin. 
Ikkinchidan, bitimning bajarilishiga kafolat bergan (delkredere) hollarining mavjud 
bo’lishi, ya’ni vositachi bitimni ijro etilishi uchun kafolat berishi hollarini 
ko’rsatish mumkin.
Qonun chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan holatlar mutloq xarakterga 
ega. Ya’ni vositachini Ushbu modda asosida masalan, uchinchi shaxslar tomonidan 
bitimni bajarilmasligidan komitentning manfaatlarini himoyalash choralarini 


322 
ta’minlamaganlik uchun javobgarlikka tortib bo’lmaydi. Biroq, bunday 
harakatsizlik o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik 
uchun zararlarni qoplash majburiyatini keltirib chiqarishi mumkin.
FK 834-moddasida, vositachi uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimni uchinchi 
shaxs bajarmagan taqdirda, vositachi bu haqda darhol komitentga xabar berishi, 
zarur dalil-isbotlarni to’plashi va ta’minlashi, shuningdek komitentning talabiga 
ko’ra bunday bitim yuzasidan huquqlarni talablarni boshqa shaxsga o’tkazish 
to’g’risidagi qoidalarga rioya qilgan holda unga topshirishi shartligi ko’rsatiladi. 
O’zining aybining yo’qligini isbotlash majburiyatni buzilishiga yo’l qo’ygan taraf 
zimmasiga yuklanadi. Bu erda qonunchilik tomonidan shartnoma shartlari 
bajarilmagan hollarda javobgarlikning mavjud bo’lishini belgilaydi va muayyan 
ma’noda komitentning huquqlarini himoyalash pozistiyasida turgandek ko’rinadi. 
Biroq, aslida ushbu choraning belgilanishi komitentda qonunchilikda nazarda 
tutilgan asoslarda uchinchi shaxsga ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishini 
ta’minlaydi. Asosiysi, shartnoma shartlarini bajarilmasligida vositachining 
mas’uliyatsizlikka yo’l qo’ymasligi, tegishli ehtiyotkorlik choralarini ko’rib 
harakat qilishiga undaydi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling