Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

ikkinchidan, xabardor qilish imkoniyati bo’lmaganida mulkiy yoki shaxsiy 
zararning oldini olish yuzasidan zarur bo’lgan barcha choralarni ko’rishga; 
uchinchidan, topshiriq olmasdan qilingan harakat natijasida olingan mulkni 
manfaatdor shaxsga topshirishga
to’rtinchidan, o’zining qilgan xarajatlari to’g’risida ma’lumot berishga; 
beshinchidan, qasddan yoki qo’pol ehtiyotsizlik natijasida manfaati 
ko’zlangan shaxsga yetkazilgan zararlarni to’lashga majbur bo’ladi (FKning 831-
moddasi). 
 
Nazorat uchun savollar: 


315 
1. Begona shaxs manfaatlarini ko’zlab, topshiriqsiz harakat qilish 
tushunchasi va ahamiyati. 
2. Begona shaxs manfaatlarini ko’zlab, topshiriqsiz harakat qilishda qanday 
shartlar mavjud? 
3. Fuqaro D. o’zining nomidan oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun fuqaro T. 
bilan topshiriq shartnomasini imzolaydilar. T. ham bevosita xuddi shu harakatlarni 
amalga oshirish uchun fuqaro Yu. ga topshiriq shartnomasi asosida ishonchnoma 
bergan.
Savol: T. o’ziga berilgan vakolatlarni boshqa shaxsga topshirishga haqlimi? 
Yu. ning xarakatlari natijasida kelib chiqqan huquqiy oqibatlar kimning huquq va 
manfaatlariga ta’sir ko’rsatadi.
4. Fuqaro S. o’zining tijorat ishlarini olib borish uchun vakil sifatida fuqaro 
L. bilan topshiriq shartnomasini tuzgan. S. chet el mamlakatlaridan birida sayohat 
qilayotgan davrida L. uning ko’rsatmalaridan chetga chiqib huquqiy xarakatlar 
qilgan va bu haqda topshiriq beruvchiga xabar bera olmagan. S. sayohatdan 
kelgandan so’ng vakilning harakatlari belgilangan vakolatlardan chetga chiqish va 
ogohlantirilmaganligi sababli tuzilgan tijorat bitimlarni bekor qilish xaqida sudga 
murojat qilgan. 
Savol: Topshiriq beruvchining harakatlari qonuniymi? Qonunga muvofiq 
qaysi holatlarda vakil unga berilgan huquqlardan chetga chiqishiga yo’l qo’yiladi? 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling