Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

45-BOB. HISOB-KITOBLAR 
1-§. Hisob-kitobga oid huquqiy munosabat tushunchasi va ahamiyati 
 
Fuqarolik huquqiy munosabatda asosiy o`rinni mulk bilan bog’liq munosabat 
tashkil qilganligi bois, unda muayyan haq to`lash, mulkiy manfaat bilan bog’liq 
munosabat bo`lishi tabiiy. Bunda to`lanadigan haq odatda, hisob-kitoblar orqali 
ta’minlanadi. Hisob-kitobga oid munosabat hayotimizga shunchalik kirib borganki, 
buni kundalik turmushimizda, turli xizmatlardan foydalanish jarayonida (masalan, 
uyali aloqa telefoni, kommunal to`lovlar, tashish xizmatlari uchun to`lovlar va 
h.k.) ko`p bora duch kelayotganligimizda ko`rish mumkin. 
Hisob-kitobga oid huquqiy munosabatda bir taraf “haq to`lovchi” olingan 
tovar, bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat va boshqalar (majburiyat) evaziga 
ikkinchi tarafga ma’lum miqdordagi haq (pul)ni “haq oluvchi”ga to`laydi. Hisob-
kitob munosabatlarining maqsadi pulni qarzdor qo`lidan kreditor qo`liga 
o`tkazishni nazarda tutadi. Hisob-kitob majburiyatlari odatda, shartnomalar bilan 
bog’liq bo`ladi. Zero, hisob-kitob majburiyatlari olingan tovar, bajarilgan ish, 
ko`rsatilgan xizmat bo`yicha tuzilgan shartnomalar ijrosiga qaratilgan bo`ladi.
Fuqarolik kodeksi hisob-kitobga oid munosabatlarni tartibga solishda 
xalqaro bank qoidalari, shuningdek bank amaliyotida qo`llaniladigan ish 
muomalasi odatlarini e’tiborga olgan. Shuningdek, hisob-kitobga oid munosabatlar 
boshqa qonun hujjatlari (masalan, O`zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblar to`g’risidagi nizom 2013 yil 3 iyun, ro`yxat raqami 2465 va boshqalar) 
bilan ham tartibga solinishi mumkin. Bugungi kunda butun dunyoda bo`lgani kabi, 
mamlakatimizda ham hisob-kitoblarning an’anaviy naqd va naqdsiz shakli amal 
qiladi. O`zbekiston Respublikasining butun hududida so`m yozib qo`yilgan 
qiymati bo`yicha qabul qilinishi shart bo`lgan qonuniy to`lov vositasi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi hududida majburiyatlar bo`yicha hisob-kitoblarni 
amalga oshirish chog’ida chet el valyutasidan, shuningdek chet el valyutasidagi 
to`lov hujjatlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan hollar, tartib va 
shartlar asosida yo`l qo`yiladi (FK 245-modda, O`zbekiston Respublikasining 
“Valyutani tartibga solish to`g’risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi qonun). 
Hisob kitoblarni amalga oshirish shakli ushbu munosabat ishtirokchilarining 
huquqiy maqomiga hamda to`lov amalga oshirilayotgan asosga bog’liq bo`ladi. 
Hisob kitoblarning naqd shakli fuqarolar o`rtasida amalga oshirilsa (bunda , 
to`lovchi pulni naqd ko`rinishda to`lovni qabul qiluvchining qo`liga beradi) hamda 
naqdsiz hisob-kitob shaklida (tijorat banklari orqali) odatda, yuridik shaxslar 
hamda yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi 
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar o`rtasidagi 
hisob kitoblarda naqd yoki naqsiz shaklini tanlash imkoniyati mavjud bo`ladi va bu 


285 
borada qonunchilikda cheklov mavjud emas. Biroq, yuridik shaxslar o`rtasidagi 
hisob kitoblarda naqdsiz hisob kitoblar keng qo`llaniladi. Ko`rsatib o`tilgan 
shaxslar o`rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab 
qo`yilgan bo`lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin (FK 790-modda). 
Masalan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 27 
martdagi 52-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan Ulgurji savdo korxonalari 
uyushmasiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni 
ro`yxatdan o`tkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish 
tartibi to`g’risida Nizomga ko`ra, tovarlarni ulgurji sotish faqat tuzilgan 
shartnomalar asosida va o`zaro hisob-kitoblarning naqdsiz shaklida amalga 
oshirilishi mumkin. 
Sotib oluvchi yetkazib beriladigan tovarlar haqini shartnomada nazarda 
tutilgan hisob-kitoblar tartibi va shakliga amal qilgan holda to`laydi. Agar 
taraflar kelishuvida hisob-kitoblar tartibi va shakli belgilanmagan bo`lsa, hisob-
kitoblar to`lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi (FK 449-modda). 
Qonun hujjatlarida naqdsiz hisob kitob shakliga doir qoidalar belgilab 
qo`yilgan. Hisob kitoblarning shakli mijoz va unga xizmat ko`rsatuvchi bankning 
naqdsiz to`lovni bajarish (qabul qilishi)ga doir majburiyatining ko`rinishi 
hisoblanadi. Fuqarolik kodeksida naqdsiz hisob kitoblarning shakllari sifatida 
to`lov topshiriqnomalari, akkreditivlar, cheklar bilan hisob-kitob qilishga, inkasso 
bo`yicha hisob-kitob qilish (FK 791-modda, O`zbekiston Respublikasida naqd 
pulsiz hisob-kitoblar to`g’risidagi nizom 2013 yil 3 iyun, ro`yxat raqami 2465) 
ko`rsatib o`tilgan. Fuqarolik kodeksi va ushbu Nizomda hisob kitoblarning 
an’anaviy to`rt shakli ko`rsatilgan bo`lsada, amaliyotda naqd pulsiz hisob-
kitoblarni amalga oshirishda hisob-kitob hujjati sifatida memorial order hamda 
to`lov talabnomasi ham qo`llaniladi. Bundan tashqari qonunga muvofiq 
chiqariladigan bank qoidalarida hamda bank amaliyotida qo`llanilayotgan ish 
muomalasi odatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda hisob-kitob qilishga ham 
yo`l qo`yiladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling