Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar, chet el
valyutasidagi to`lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi. Chet el valyutasi muomalada bo`lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to`lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko`rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo`lgan chet el pul belgilari, shuningdek hisobvaraqlarda va omonatlarda bo`lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablag’lardir (O`zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to`g’risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi Qonuni 3 moddasi). Fuqarolar o`rtasida tadbirorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo`lmagan hisob kitoblari naqd pul bilan cheklanmagan miqdorda amalga oshirilishi mumkin. Bunda naqd pul bilan hisob kitob mustaqil majburiyat sifatida qaralmaydi. Naqd pulni berish odatda, qarzdor tomonidan tovarlar sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko`rsatishga doir fuqarolik huquqiy majburiyat predmeti bo`lgan tegishli pul majburiyatini bajarishga doir harakatini ifodalaydi. Shu boisdan naqd pul bilan hisob kilish ushbu munosabat doirasi bilan bog’liq bo`ladi. Naqd pul bilan hisob kitoblarni amalga oshirish uchun har qanday yuridik shaxsda kassa va belgilangan shakldagi kassa daftari yuritilishi lozim. Aholidan naqd pul mablag’larini tashkilotlar tomonidan qabul qilishda nazorat kassa mashinalaridan foydalanilishi shart. Tashkilotlar kassalarida belgilangan miqdordan ortiqcha bo`lgan naqd pullar o`ziga xizmat ko`rsatuvchi bankka belgilangan tartibda va muddatlarda berilishi shart. Naqd pullar miqdori xizmat ko`rsatuvchi bank bilan kelishilgan holda aniqlanadi. Bunda ushbu miqdorni aniqlashda ushbu tashkilot faoliyatini ta’minlash zarurati, shuningdek faoliyat xususiyatlari va tashkilotning ish rejimi, tushum qilingan naqd pullarni xizmat ko`rsatuvchi bankka berish tartibi va muddatini hisobga olgan holda aniqlanadi. Tashkilot kassasiga naqd pullarni qabul qilish bosh buxgalter yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadigan kirim kassa orderi orqali amalga oshiriladi. Naqd pullarni kassaga kirim qiluvchi shaxsga bosh buxgalter va g’aznachi imzosi hamda shtampi qo`yilgan chipta taqdim qilinadi. 57 Ўзбекистон Республикасининг марказий банки тўғрисидаги қонуни. 1995 йил 21 декабрь 288 Tashkilotlar kassasidan naqd pullarni berish chiqim kassa orderi yoki boshqa hujjat (masalan, to`lov hujjati) asosida amalga oshiriladi. Chiqim kassa orderi yoki uni o`rnini bosuvchi hujjatlar rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Mehnatga haq to`lash, ijtimoiy sug’urta bo`yicha nafaqalar va stipendiyalar to`lash har bir pul oluvchi uchun chiqim kassa orderini bo`lishini taqazo etmaydi. Ushbu harakatlar g’aznachi tomonidan to`lov hujjatlari asosida rasmiylashtiriladi. Demak, korxona, muassasa va tashkilotlarning bankdagi hisobvaraqlaridagi pullar quyidagi yo`llar bilan naqd pulga aylanadi: - ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish; - ko`rsatilgan xizmatlar, mehnat uchun to`lovlar; - nafaqalar to`lash; - har xil mukofotlar; - aholidan qishloq xo`jalik mahsulotlari, tovarlar sotib olishda; - davlat zayomlari va lotereya biletlari bo`yicha to`lovlar; - aholi banklardan jamg’armalarini olganda; - ahodiga sug’urta to`lovlari to`langanda va hakazo. Naqd pullar quyidagi yo`llar bilan naqd pulsiz shaklga o`tadi: - uy-joy va kommunal xizmatlar uchun to`lovlar; - aloqa tashkilotlariga to`lovlar; - har xil soliqlar va paylar to`laganda; - davlat zayomlari va lotereya biletlari sotib olinganidagi tushmlar orqali; - yakka tartibdagi qurilish uchun olingan kreditlarni to`laganda; - har xil bojlar va jarimalarni to`laganda; - dam olish uylari va boshqa sog’lomlashtirish muasasalari yo`llanmalari uchun to`laganda va boshqalar. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda to`lov vositasi sifatida naqd pul bo`lmaydi. Ular bank muassalari tomonidan bir shaxsning hisobvarag’idan ikkinchi shaxsning hisobvarag’iga hisob kitoblar amalga oshirilayotgan banklarning Markaziy bankdagi korrespondent hisobvaraqlari orqali pul o`tkaziladi va pul natura shaklida ishtirok etmaydi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar natijasida pul muomalasidagi naqd pullar miqdori kamayadi, naqd pullarning banklarda to`planishi hisobiga mablag’larning markazlashtirlishiga yordam beradi, umuman pul muomalasini tashkil etish va tartibga solishni engillashtiradi. Naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar bir-biri bilan bog’liqdir. Masalan, korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan xodimlarga haq to`lashda ularning bank hisobvaraqlardagi pullar naqd pul shaklida to`lanadi. Ikkinchi tomondan, aholiga naqd pulga xizmat ko`rsatuvchi chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda boshqa tashkilotlar o`zlariga kelib tushgan naqd pullarni banklardagi hisobvaraqlarga o`tkazadi, ulardan naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun foydalanadilar. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling