Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’lov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilish 292 shartnomasi
Bank hisobvarag’i Bank o’z mijozining topshirig’iga asosan, mijoz hisobvarag’idan pul mablag’larni topshiriqnomada ko’rsatilgan hisobvaraqqa o’tkazadi. Mijoz xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lovni amalga oshirish uchun to’lov topshiriқnomasini taқdim қiladi (қoғoz shaklida yoki elektron shaklda). Xizmat ko’rsatuvchi bank mijozi nomiga kelib tushgan pul mablag’ini mijoz hisobvarag’iga kiritadi. Shartnoma asosida tovarlar yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatganlik uchun kontragentidan pul mablaglarini oladi. To’lov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilish 292 shartnomasi 3-§. AKKREDITIV BO`YIChA HISOB-KITOBLAR Akkreditiv bank operastiyasi bo`lib, unga binoan bank mijozning ko`rsatmasiga muvofiq, agar mablag’ni oluvchi akkreditivda nazarda tutilgan hujjat va boshqa shartlarni bajarganligi taqdim etilgan bo`lsa, uchinchi shaxsga to`lovni bajarish majburiyatini oladi. Bank tomonidan tayyor ekanligidan dalolat beruvchi barcha harakatlarni sodir etish mijozning topshirig’ini bajarish akkreditivga qo`yilmoq deb nomlanadi. Akkreditivga nisbatan munosabat, bank va mijoz – to`lovchi, shuningdek bank va mablag’ni oluvchi o`rtasida vujudga kelgan, to`lovchi va oluvchi o`rtasidagi tuzilgan shartnomaga bog’liq bo`lmagan munosabat. Bu munosabatlarning o`ziga xosligi, abstraktligi shunda ifodalanadiki, banklar akkreditivlar shartlari to`lovchi va oluvchi o`rtasidagi shartnomaga muvofiqligini tekshirishga majbur emaslar (shartlar ko`rsatmasi o`zgarganini, muddatlar o`zgarganini va h. k.). Akkreditiv bo`yicha hisob-kitob qilganda uni qo`ygan bank o`z nomidan, lekin mijoz hisobiga ish yuritadi. Shunday qilib, akkreditiv bo`yicha munosabat komissiya shartnomasining ko`rinishi sifatida qaraladi, shuning uchun bu munosabatlarni tartibga soluvchi yo`lga qo`yuvchi maxsus normalar bo`lmaganda komissiya shartnomasidagi tegishli me’yorlarni qo`llash mumkin. Akkreditiv bo`yicha hisob-kitob qilishda vujudga kelgan xuquqiy munosabatlarning tartibi Fuqarolik kodeksining 45 – bob, 3-§, O`zbekiston Respublikasining naqd pulsiz hisob-kitob qilish Nizomining 7-§ bo`yicha amalga oshiriladi. Mijozning akreditivni ochish haqidagi bankka topshirig’i akkreditiv ochish to`g’risidagi ariza shaklida rasmiylashtiriladi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002 yil 12 yanvardagi № 60 (N ¼) qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasining naqd pulsiz hisob-kitob qilish Nizomining 63-bandiga muvofiq akreditiv ochish haqidagi ariza ikki nusxada bank-emitentga taqdim qilinadi: a) birinchi nusxasi bankning kundalik hujjatlariga tikib qo`yiladi; b) ikkinchi nusxasi mablag’ni to`lovchining shaxsiy hisobidan nusxaga ilova qilinadi. Mijozning arizasini olgan va akkreditiv ochishga majbur bo`lgan bank bank- emitent deb nomlanadi. Ochilgan akkreditiv bank-emitentning abstrakt majburiyatini ifodalaydi. Mablag’ni oluvchi va to`lovchiga bir bank tomonidan xizmat ko`rsatilgan taqdirda, bank-emitent o`ziga taqdim etilgan akkreditivni mustaqil bajaradi. Mablag’ni oluvchiga boshqa bank xizmat ko`rsatgan taqdirda, akkreditiv bank- emitent tomonidan mablag’ni oluvchi bankda ochiladi, va u uni ijrosini amalga oshiradi (ijrochi bank). Ochilgan akkreditivni mustaqil bajaruvchi bank-emitentga nisbatan ijro qiluvchi bank faoliyatini tartibga soluvchi nomalar tadbiq etiladi. FK 796-moddasining 2 va 3-qismlaridagi normalar O`zbekiston Respublikasining naqd pulsiz hisob-kitob qilish Nizomida ham o`z ifodasini topgan, uning 57-bandiga ko`ra akkreditivlar qoplangan (depozitga qo`yilgan) yoki 293 qoplanmagan akkreditivlar tariqasida ochilishi mumkin. Qoplangan (depozitga qo`yilgan) yoki qoplanmagan akkreditiv ochilganda, bank-emitent u ochilishi paytida mijozning barcha mablag’larini yoki unga berilgan kreditni ijro qiluvchi bankning ixtiyoriga bank emitentning majburiyatining butun muddati davomiga o`tkazishga majbur. Qoplanmagan akkreditivni ochish paytida bank-emitent bajaruvchi bankka akkreditivdagi barcha mablag’ni, bank-emitentning bajaruvchi bankdagi boshqarib boruvchi hisob raqamidan ko`chirishga huquq beradi. Akkreditiv majburiyatning vujudga kelishiga asos bo`lib to`lovchining unga xizmat qilayotgan bankka (bank- emitentga) akkreditiv ochish haqidagi topshirig’i xizmat qiladi. Lekin qonun, to`lovchi va pul mablag’larini oluvchi o`rtasida tuzilgan shartnomada shartnoma shartlarini mustahkamlash faktiga e’tibor qaratmasdan, ko`rsatilgan shartnomada ularning borligini tasdiqlaydi. Aks holda, akkreditiv bo`yicha hisob-kitoblar o`tkazilmasligi mumkin. Bunday mulohaza FK 600-moddasi 1-qismi holatidan kelib chiqadi, ya’ni akkreditivni bajarish uchun, mablag’ni oluvchi bajaruvchi bankka, akkreditivning hamma shartlarini tasdiqlovchi barcha hujjatlarni taqdim etishni hal qiladi. FK 797 - moddasining 2- qismiga binoan oluvchining akkreditiv bo`yicha mablag’ olishi uchun to`la ro`yxati va aniq xususiyatlari to`lovchi va mablag’ni oluvchi o`rtasidagi shartnomada bo`lishi kerak. Akkreditiav bo`yicha hisob-kitob qilish uchun to`lovchi va mablag’ni oluvchi o`rtasidagi shartnomada akkreditiv shartlari bo`lishi majburiy talab bo`lganini aniqlab, shuni ta’kidlash kerakki, bu shartlarning orasida asosiylari 797 - moddaga muvofiq quyidagilar bo`ladi: akkreditiv bo`yicha harakat muddati va hisob kitob tartibi; bank – emitentning nomi; akkreditivning turi va uning bajarishning usuli; mablag’ oluvchining akkreditiv ochilganligi xaqida xabardor qilish usuli; akkreditiv bo`yicha mablag’ olish uchun taqdim etgan hujjatlarning to`liq ro`yxati va aniq xarakteristikasi; yukni ortib jo`natgandan so`ng hujjatlarni taqdim etish muddati (xizmat ko`rsatish, vazifalarni bajarish), ularni rasmiylashtirishga talablar. Qonunda akkreditiv bo`yicha hisob kitob qilish muddati uchun qandaydir chegaralashlar o`rnatilmaydi. Umumiy qoida bo`yicha, o`zining muddati tugaguncha akkreditiv bank- emitent tomonidan mablag’ni oluvchining roziligisiz va buning uchun javobgarlikka tortilishidan xavf-xatarsiz o`zgartirishi yoki rad qilishi mumkin. Bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv deb ataladi. Akkreditiv bo`yicha o`zgarish va bekor qilish (qisman yoki to`la) to`lovchining ko`rsatmasiga binoan bank-emitent tomonidan amalga oshiriladi. Chaqirib olinadigan akkreditiv tasdiqlangan bo`lishi mumkin emas. Agar mablag’ni oluvchi akkreditiv shartlarini bajargan, to`lov esa amalga oshirilmagan bo`lsa, u quyidagilarga xaqli: 294 a) mablag’ni oluvchi oldida u akkreditiv shartlarini bajargandan so`ng vujudga keladigan majburiyatni, bank-emitentga tegishli talablarni taqdim etish; b) mahsulot yetkazib berish (pudrat va h.k.) shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyat talablarini to`lovchiga taqdim etish. To`lovchining chaqirib olinadigan akkreditivni o`zgartirish yoki muddatidan oldin bekor qiluvchi hamma topshirig’i xaqida bank-emitent bajaruvchi bankni, u esa – mablag’ni oluvchini xabardor qilishi kerak. Agar mablag’ni oluvchi bajaruvchi bankdan bunday xabarnomani olguncha akkreditivning boshlang’ich shartlariga javob beruvchi hujjatlarni taqdim qilgan bo`lsa, bajaruvchi bank to`lovni va boshqa operastiyalarni oldingi shartlar bo`yicha amalga oshirishi kerak. Har bir akreditiv chaqirib olinadigan akkreditivmi yoki chaqirib olinmaydigan akkreditiv ekanligi aniq ko`rsatishi kerak. Bunday shartlar bo`lmaganda akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv bo`ladi. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablag’ni oluvchining roziligisiz o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Bu normalar buzilganda mablag’ni oluvchi bank-emitentga akkreditiv kelishuvga asoslanib zararni qoplashni, to`lovchiga esa – yetkazib berish (pudrat va h. k.) shartnomasiga asosan kelib chiqqan pul majburiyati hisob kitobini amalga oshirishini talab qilishga xaqli. Javobsiz akkreditivning turi bo`lib tasdiqlangan akkreditiv bo`ladi. Ijrochi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni bank-emitent so`roviga binoan tasdiqlaydi. Bunday tasdiqlash shuni anglatadiki, bajaruvchi bank bank-emitent bilan birga akkreditiv bo`yicha majburiyatni o`z zimmasiga oladi. Agar mablag’ni oluvchi akkreditiv shartini bajarsa, bu banklardan har biri uning oldida mustaqil ravishda javobgarlikka ega bo`ladi, va u banklardan xohlaganiga, yoki to`lovchiga – o`z tanloviga binoan tegishli talabni qo`yishi mumkin. Chaqirib olinmaydigan tasdiqlangan akkreditiv mablag’ni oluvchi yoki bajaruvchi bankning roziligi bilangina o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bankning akkreditivni bajarish majburiyati, agar mablag’ni oluvchi uning shartlarini bajarmagan bo`lsa, vujudga kelmaydi. Bu shartlar to`lovchi tomonidan ishlab chiqiladi va bajaruvchiga bank-emitent orqali xabar beriladi. Akkreditiv ochish xaqidagi ariza, ular bo`yicha akkreditiv to`lov o`tkaziladigan hujjatlarning aniq va to`liq nomlari, ularning rasmiylashtirish tartibi va muddati bo`lishi kerak. Akkreditivning bajarilishi uchun zarur bo`lgan hujjatlar, mablag’ni oluvchi tomonidan bajaruvchi bankka akkreditivning muddati tamom bo`lmasidan oldin taqdim etilishi kerak. Ular uning hamma shartlarini bajarganligini tasdiqlashi kerak. Ko`rsatilgan talablar buzilgan taqdirda akkreditiv bajarilmaydi, taqdim etilgan hujjatlar esa rad etilishi kerak. Bajaruvchi bankning xarajatlari agar akkreditiv bo`yicha bajarilgan operastiyalar uning shartlariga mos bo`lsa, bank-emitent tomonidan qoplanishi kerak. Bu xarajatlar o`z ichiga mablag’ni oluvchiga to`lanadigan mablag’ni va bajaruvchi bankning operastion xarajatlarini oladi. Ijrochi bankning xarajatlarini qoplash tartibi qonun tomonidan aniq ko`rsatilmagan va shartnoma bo`yicha hal qilinishi mumkin. 295 Qilingan xarajatlarni qoplashdan tashqari, bajaruvchi bank bank-emitentdan bajarilgan topshiriq uchun mukofot olishga xaqli. Bu masala ham shartnomada hal qilinishi mumkin. Mablag’ oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni baholab, bajaruvchi bank, uni akkreditiv shartlariga rasman belgilari mos kelish-kelmasligini aniqlashi kerak. Bu bank hisob reestrini rasmiylashtirilganining to`g’ri ekanligini, yetkazib beruvchining arizasidagi nusxasiga imzo va muhrning mos kelishini va h. k. tekshiradi. Jumladan, hisob-reestr agar yukning jo`natilish sanasi, yuk-transport hujjatning raqami, pochta kvitanstiya raqami (yukni aloqa muassasasi orqali jo`natilganda), yuk jo`natilgan ulovning turi va qabul qilish-topshirish hujjatining sanasi va raqami ko`rsatilmagan bo`lsa, molni qabul qilib olayotganda oluvchi vakili bilan yetkazib beruvchining joyida bo`lganda to`lov uchun qabul qilinmasligi kerak. Agar akkreditiv shartlari bo`yicha xaridorning vakiliga akstept nazarda tutilgan bo`lsa, akstept yozuvning borligi va vakilning imzosi taqdim etilgan nusxaga mos ekanligi tekshiriladi. Normativ aktlarda mablag’ni oluvchi tomonidan bajaruvchi bankka taqdim etilgan boshqa hujjatlarni baholashning batafsil qoidalari mavjud emas. Unutmaslik kerakki bajaruvchi bank ular akkreditiv shartlariga mos keladimi, buni faqat tashqi ko`rinishidan aniqlashga majbur. Masalan, ba’zi bir hollarda bajaruvchi bankka taqdim etilgan hujjatlarning nomini, akkreditiv ariza keltirilgan hujjatlar bilan solishtirishning o`zi etarli. Biroq akkreditivga hujjatlar qaysi organ tomonidan berilishi va ularning mazmuni va rasmiylashtirilishi qanday bo`lishi kerakligi xaqida aniq ko`rsatma bo`lsa, bu shartlar ijrochi bank tomonidan tekshirilishi kerak bo`ladi. Har qanday holatda bank unga taqdim etilgan hujjatlar to`lov uchun akkreditiv qo`yilgan tovarlarga tegishlimi yoki yo`qligiga ishonch hosil qilishi kerak. Buning uchun akkreditivga arizada yuklar xaqidagi ma’lumotni va mablag’ni oluvchi tomonidan bankka taqdim etilgan yuk-transport hujjatlarni reestr hisoblari va boshqa hujjatlarni solishtirish kifoya qiladi. Agar hujjatlar yuk haqida har xil ma’lumotga ega bo`lsa, to`lov rad qilinishi qonuniy bo`ladi. Lekin, shu bilan birga, bu hujjatlar akkreditivga ariza ko`rsatmalari bilan aynan bir xil ifodalanishi talab etilmaydi. Mijoz ko`rsatmasidagi so`zlar bilan taqdim etilgan hujjatlar bir xil ma’noni anglatishi etarli. Nizoli vaziyatlardan chiqish yo`li bank-emitentga keyin esa – to`lovchiga uning ko`rsatmasining xususiyatini aniqlash uchun so`rov yuborishdir. Agarda buni qaysidir sabablar bilan bajarishning iloji bo`lmasa, bajaruvchi bankni, agar u olingan ko`rsatmani oqilona tushuntirib bera olsa, javobgarlikdan ozod qilish kerak bo`ladi. Agar bajaruvchi bank unga taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortsa, u bu haqda mablag’ oluvchiga darhol ma’lumot yuborishga majbur va shuningdek bunday rad etishning sababini ma’lum qilish kerak. Bajaruvchi bank (komissioner) bank-emitentga (komitentga) topshiriqni bajargani haqida hisobot taqdim etishi kerak. Hisobot tariqasida bank-emitentga bajaruvchi bank tomonidan akkreditiv hisobiga to`langan hujjatlar taqdim etilishi mumkin. Agar, bank-emitentning fikricha, bu hujjatlar tashqi ko`rinishi bilan 296 akkreditiv shartlariga mos kelmasa, u holda ularni rad etishga xaqli. Bunday holatlarda bajaruvchi bankka tegishlili xabar jo`natilishi kerak. Bir vaqtning o`zida bank-emitent bajaruvchi bankdan noto`g’ri to`langan mablag’ni talab qilishga xaqli, ochiq (kafolatlangan) akkreditiv bo`yicha – bajaruvchi bankning chiqimlarini qoplashdan bosh tortishi mumkin, bank-emitentning korrespondent hisob raqamidan ko`chirish yo`li bilan. Agar bu mablag’ ko`chirilgan bo`lsa – u hisob raqamida qayta tiklanadi. Umumiy qoidalar bo`yicha, bajarilmagan, yoxud lozim darajada bajarilmagan akkreditiv operastiyalar javobgarlik shartnomaviy xarakter kasb etadi. Shuning uchun bank emitent to`lovchilar oldida, bajaruvchi bank esa bank emitent oldida javobgardirlar. Akkreditiv emitent bankning pullik majburiyati - bajaruvchi bank asossiz ravishda oluvchiga kerakli miqdordagi mablag’ni berishdan bosh tortsa, oluvchi o`z talablarini bankga, ya’ni, emitentga qo`yishi mumkin. Umumiy qoidalarga ko`ra, bajaruvchi bank oluvchi oldida majburiyatga ega emas. Avvalo bu qoidalar to`laligicha qoplanmagan (kafolatlangan) yoki tasdiqlangan akkreditivlarga tegishli. Ammo, oluvchining mablag’ olish talabi, bajaruvchi bank tomonidan qoplangan (deponentlangan) turidagi yoki tasdiqlangan akkreditiv shartlariga rioya qilmasligiga asoslansa, u holda sud ijrochi bankni javobgarlikka tortishga xaqli. Agar mablag’ oluvchining ijrochi bankka talablari tasdiqlangan akkreditiv (xoh qoplangan, xoh qoplanmagan) dan kelib chiqsa, uning talablari qoniqtirilishi kerak. Bu holda bajaruvchi bank emitent bank bilan birga javobgarlikni o`z bo`yniga oladi, muayyan bir javobgarni tanlash esa mablag’ oluvchining o`z ixtiyorida. Qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditivlar bo`yicha to`lovlar noto`g’ri amalga oshirilsa, to`lovchi o`z talablarini aynan bajaruvchi bankka qo`yish xuquqiga ega. Akkreditivning yopilishi uchun asos nazarda tutilib, ular quyidagilardan iborat bo`ladi: a) akkreditivning yopilishiga to`lovchi tomonidan akkreditiv arizada belgilangan bajaruvchi bankdagi harakat muddatining yakunlanishi sabab bo`lishi mumkin; b) mablag’ni oluvchining arizasiga muvofiq u muddat yakunlanishidan oldin yopilishi mumkin, agar shunday vaziyat akkreditiv shartlari bo`yicha nazarda tutilgan bo`lsa. Agar u nazarda tutilgan bo`lmasa ijrochi bank mablag’ oluvchining akkreditivni yopish to`g’risidagi topshirig’ini bajarmasligi kerak; v) agar akkreditiv chaqirib olinadigan bo`lsa, to`lovchining talabiga muvofiq. Akkreditivni yopilishi haqida bajaruvchi bank bank-emitentni, u esa to`lovchini xabardor qilishi kerak. Qoplangan (deponentli) akkreditiv bo`yicha ishlatilgan mablag’lar har qanday holatda ham to`lovchining hisob raqamiga kiritish uchun bank-emitentga 297 qaytarilishi kerak. Bunda bajaruvchi bankdagi “Akkreditiv” hisob raqami yopiladi. Akkreditivning ishlatilmagan mablag’ini bank-emitentga qaytarish muddati qonunda ko`rsatilmagan. Shuning uchun bunday qaytarish odatdagi mablag’ni o`tkazish operastiyalari vaqtida bajaruvchi bankka tegishli hujjatlar kelib tushgandan keyin keyingi bank kunidan kechiktirmasdan yoki tegishli muddat tugagandan so`ng amalga oshirilishi kerak. Bank-emitent unga kelib tushgan mablag’larni u deponent qilingan to`lovchining hisob raqamiga, ularni “Akkreditiv to`lovga” hisob raqamidan o`chirib, bajaruvchi bank tomonidan kelib tushganidan keyingi bank kunidan kechiktirmasdan kiritishi kerak. Bu majburiyatni bajarishni kechiktirganligi uchun bank-emitent FK 785-moddasiga ko`ra javobgarlikka tortilishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling