Toshkent davlat yuridik universiteti
Faktoring shartnomasining turlari va uning mazmuni
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3. Faktoring shartnomasining turlari va uning mazmuni
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasining mohiyati shundaki, uning bo`yicha mijoz moliya agentidan (ko`pchilik hollarda bular – banklar) mijozning mahsulot berish, ish bajarish yoki xizmat ko`rsatishdan kelib chiqadigan talab qilish huquklarini xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etish evaziga pul mablag’larini berishdan iborat. Masalan, tovar yetkazib beruvchi ko`pincha yetkazib berilgan mahsulot uchun o`z majburiyatini bajarish bilan bir vaqtda to`lov olmaydi (oluvchi vaqgincha pul mablag’lari bo`lmagani sababli olingan tovar uchun to`lov muddatini kechiktiradi). Tovar yetkazib beruvchi pul talabnomasiga ega bo`la turib, pul mablag’lari yo`qligi yoki etishmasligi uchun qiyin ahvolga tushib qoladi. Pul mablag’lari muayyan mulkiy qiymatga ega bo`lib, bozor qiymatiga, so`mning xarid qobiliyatiga ham ega 44 . Faktoring xizmatining maqsadi debitorlik qarzlarining restrukturizastiyasi, to`lov muddatining kechiktirilishdan vujudga keladigan yo`qotishlarni kamaytirish uchun uning o`z vaqtida qarzlarni inkassastiya qilinishi va shubhali qarzlar vujudga kelishini bartaraf etishdan iborat 45 . L.Raxmatullaevning e’tirof etishicha, “Jahon tajribasi ko`rsatishicha, rivojlanayotgan kompaniyalar uchun faktoringdan foydalanish – yutuqlarga erishish uchun ishonchli yo`l sanaladi. Faktoring dunyoda mashhur bir qator kompaniyalar: Acer (kompyuter texnikalari, Tayvan), Parmalat (oziq-ovqat mahsulotlari, Italiya) 46 , Lewis Global Toys (bolalar uchun tovarlar, SShA) va 43 Цвайгерт К., Кетц Х. Введение в сравнительное правоведение в сфере частного права. Т.2. перевод с немецкого. -М.: Международные отношения, 1998. -177 с. 44 Фуқаролик ҳуқуқи. Иккинчи қисм.-Тошкент: Илм Зиё, 2008.-379 б. 45 Berlin, M., Mester L. J. Debt Covenants and Renegotiation // Journal of Financial Intermediation. – Mannheim, 1992. – vol. 2(2). P. 95-133. 46 Muschella D. The Italian Factoring Industry [Электронныйресурс] // World Bank Conference on the Factoring Industry as a Key Tool for SME Development in EU Accession Countries. – Warsaw, October 23-24, 2003. - URL: http://lnweb18.worldbank.org. 259 boshqalar 47 rivojlanishining barcha bosqichlarida qo`llab-quvvatlash vositasi sifatida xizmat qilgan. Faktoring shartnomasi ikki tomonlama bo`lsada, uchta subyektda huquq va majburiyatlar vujudga kelishini nazarda tutadi. Bu – sotib oluvchi (qarzdor), mahsulot yetkazib beruvchi (mijoz) va moliya agenti (faktor) bo`lib, ular bir-biriga nisbatan vakillik huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi. Faktoring munosabatlarining subyektiv tarkibini belgilar ekan milliy qonunchilik quyidagi kategoriyalarga asoslanadi: Fuqarolik kodeksi bo`yicha - mijoz (kreditor), moliya agenti va qarzdor–; “O`zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operastiyalarini amalga oshirish tartibi to`g’risida” gi Nizomga asosan esa, bank-moliya agenti va aksteptlangan to`lovchi (to`lovchi). E’tirof etish lozimki, ko`plab mamlakatlarda dastlab faktoring bilan tijorat banklari shug’ullangan. Faktoring AQShda bankdan tashqari xizmat sifatida paydo bo`lgan 48 . Evropada ko`plab banklar faktoring – bu “so`nggi umiddagi kreditlash”, binobarin, mijozda kredit olish uchun garov mavjud emas degan nuqtai nazarda, bu institutga salbiy munosabatda bo`lganlar 49 . Milliy qonunchilikning o`ziga xosligi shundaki, moliya agenti (faktor) shartnoma tarafi sifatida huquqiy munosabatga kirishishi uchun maxsus huquq layoqatiga ega bo`lishi lozim. Yuqorida ta’kidlanganidek, O`zbekistonda faktoring xizmatini ko`rsatish litsenziyalangan faoliyat turi hisoblanadi va moliya agenti sifatida banklar, kredit tashkilotlari, shuningdek shunday faoliyat bilan shug’ullanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) ga ega tijorat shaxslari ishtirok etishlari mumkin (FKning 750-moddasi). Biroq bunda O`zbekiston Respublikasining qonunchiligi faktoring shartnomasi bo`yicha xizmat ko`rsatishi litsenziyalashga oid ko`rsatmalarni, moliya agentiga, shuningdek shu turkumdagi litsenziyani berish to`g’risida qaror qabul qilish vakolatiga ega organga quyiladigan talablarni belgilamaydi. Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida faktoring xizmati ko`rsatish huquqiga ega bo`lgan shaxslar - milliy qonun osti hujjatlarida amalda faqat tijorat banklar bo`lishi mumkinlgi belgilangan va bu holat “O`zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operastiyalarini amalga oshirish tartibi to`g’risida” gi Nizomning 1.3. bandida tahlilidan kelib chiqadi, binobarin unda “faktoring – bank xizmatining bir turi” ekanligi qayd etilgan. Ko`rinib turibdiki, qonun osti xarakteridagi norma faktoring instituti kategoriyasini moliya agenti sifatida qisqartiradi. O`z-o`zidan ravshanki, kodifikastiyalashgan va qonun osti hujjatlari normalarining o`zaro raqobati huquqni qo`llash amaliyotida bir qator muammolarni vujudga keltirishi mumkin, binobarin, bu holatda gap shartnoma haqiqiyligining eng muhim asosi – taraflarning huquq subyektliligi xususida bormoqda. 47 Пономарева Л. Ваше место под солнцем. – [Электронный ресурс] // ДЕЛОВОЙ Усть-Каменогорск. - Усть- Каменогорск, 2002. - № 11. – URL: http://www.aaa.kz/200211_03.htm. 48 Worthy R. G. Factoring: Modern American Style [Электронныйресурс] // World Bank Conference on the Factoring Industry as a Key Tool for SME Development in EU Accession Countries - Warsaw, October 23-24, 2003. – URL: http://lnweb18.worldbank.org . 49 Соколов А. Международный факторинг [Электронный ресурс] // Директор-Инфо. – Москва, 2003. – №12. - URL: www.director-info.ru 260 Bugungi kunda kreditor huquqlarini qonun asosida o`tkazishning belgilanishi mavjud ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar va manfaatlarning mavjud bo`lishi bilan ifodalanadi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti mulkiy huquqlarni muomalada bo`lishini taqazo etmoqda. Qonun asosida huquq boshqa shaxsga o`tkazilganda huquq o`tkazuvchi va oluvchi tomonidan huquqni begonalashtirishga qaratilgan faol harakatlar sodir etishi talab etilmaydi. Ya’ni huquqni boshqa shaxsga o`tkazish haqidagi bitim, boshqa yuridik fakt va yuridik tarkib mavjud bo`lishini taqazo qiladi. Uning natijasida qonun majburiyat huquqini boshqa shaxsga o`tganligini belgilaydi. Majburiyat huquqini qonun asosida o`tkazishning amaliy ahamiyati, uni boshqa shaxsga o`tkazishdan farqli ravishda, shartnoma shartlaridan qat’i nazar yo`l qo`yilishida, deb ko`rsatadi. Majburiyat bo`yicha taraflar o`zlarining kelishuvlarida bunday o`tkazishni istisno qilishlari ham, uni amalga oshirish imkoniyatini ham qarzdorning roziligiga bog’liq qilib qo`ya olmaydi. Amaliyotda huquqni boshqa shaxsga qonun asosida o`tkazilishida taraflarning kelishuvi (shartnomasi) ham muayyan darajada ahamiyatga ega bo`ladi. Talab qilish huquqini boshqa shaxsga o`tkazish talab qilish huquqini boshqa shaxsga o`tkazishga qaratilgan barcha bitimlarni ifodalash mumkin bo`lgan yig’ma tushuncha sifatida ko`rilishi mumkin. E’tiborli jihati shundaki, bunda majburiyat bo`yicha kreditor almashinadi. Demak, fuqarolik qonunchiligida nazarda tutulgan, shuningdek nazarda tutilmagan holda unga zid kelmaydigan har qanday fuqarolik huquqiy bitim asosida majburiyat huquqini boshqa shaxsga begonalashtirishni tushunish mumkin. Faktoring shartnomasi bo`yicha moliya agentining asosiy majburiyati mijozni moliyalash hisoblanadi. Mazkur majburiyat faktoringning turlarida ham bir xilda qo`llaniladigan va asosiy majburiyat sanaladi. Chunki, faktoringning maqsadi ham moliyalashtirish hisoblanadi va bank faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri sanaladi. Faktor – operastiyalarining asosida mijoz va faktor-firma o`rtasidagi kelishuv yotadi. Faktor-firma mijozdan to`lov hujjatlarini xarid qiladi va ikki-uch kun ichida ularning 70-90 foiz qiymatini to`laydi. Qolgan 30-10 foizi xaridor hisobni qoplashi bilan to`lanadi. Faktoring xizmatlari “moliyalashtirishsiz” yoki “moliyalashtirish” sharti bilan taqdim etiladi. Birinchi holda hisob-fakturani beruvchi faktor-kompaniya mijozi to`lov muddati kelganda, hisob-faktura oxirgi summasini oladi. Ikkinchi vaziyatda mijoz ko`zda tutilgan to`lov muddatidan qat’i nazar, tovar uchun sekin haq to`lashni talab qilishi mumkin. Oxirgi vaziyatda faktor-kompaniya mijozga kredit taqdim etadi. Faktoring bitimini amalga oshirishdan oldin jiddiy tahliliy ish olib boriladi. Faktoring xizmati ko`rsatishga quyidagi korxonalar tortilmaydilar: – debitorlar katta soniga ega bo`lgan; – chayqovchilik biznesi bilan shug’ullanadigan; – nostandart va tor ixtisoslashgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan; – mayda mahsulotlar to`plamini chakanalab sotadigan; – sub-pudratchilar bilan ishlaydiganlar va boshqalar. 261 Korxonalar buyurtmasini olgan faktor-kompaniya potenstial mijozlar, moliyaviy va iqtisodiy ahvolini uning faoliyat sohasini, sotilayotgan mahsulot turlari, bozor kon’yunkturasini diqqat bilan o`rganadi. Oxirgi uch yillik balansi, hisobot va moliyaviy ko`rsatkichlar, tovarga bo`lgan talab va hokazolar tahlil qilinadi. So`ngra kompaniya xizmat ko`rsatishga yo rozilik beradi, yoki bosh tortadi. Rozilik berganda, mijoz xaridor tomonidan qo`yilgan barcha hisob- fakturalarni o`tkazadi. Faktor-kompaniya ularni obdon o`rganadi va har biri bo`yicha rozilik yoki norozilik beradi (ikki-uch kundan keyin). Ikki yilga tuzilgan faktoring to`g’risidagi sherikchilik shartnomasi faktor- moliyalashtirish asosini tashkil etadi. Zamonaviy faktoring faktor-kompaniya mijozga ko`rsatadigan qator xizmatlarni o`zida birlashtiradi: mijozlar hisoblariga ishlov berish; ularni pul mablag’lari bilan ta’minlash; mijozlarni xaridorlarning to`lov layoqati to`g’risida xabardor qilish; xaridorlarning to`lov layoqatiga ega emasligi xatarini o`z zimmasiga olish. Jahon amaliyotida faktoring xizmatlarining qiymati ikki unsurdan tarkib topadi; faktor-xizmatlar uchun komission mukofot; muddatidan oldin to`langanda undiriladigan foizlar. Faktor-kredit bo`yicha komissiya hisob-fakturaning 1,5-2 foizini tashkil etadi va qisqa muddatli ssudalar bo`yicha odatdagi bank foizlaridan birmuncha yuqori bo`ladi. Faktoring operastiyalarini amalga oshirishda debitorlik qarzdorligi naqd pullarga aylantiriladi va ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalanilishi mumkin.Mijozda debitorlik hisoblarini yuritish va kredit nazorati bo`yicha xarajatlar qisqaradi 50 . Xalqaro amaliyotda qo`llaniladigan faktoringning mavjud turlarini quyidagi holatlar bo`yicha turkumlash mumkin: - faktoring munosabatlari vujudga kelishidan qarzdorning xabardorligi fakti bo`yicha. Mazkur asos bo`yicha ochiq (konvenstiyaviy) va yopiq (konfidenstial) faktoringni ajratish mumkin. Birinchi holatda mahsulot yetkazib beruvchi faktorga sotib oluvchi (buyurtmachi) dan pul summasini olish uchun talab qilish huquqini beradi, buning natijasida faktor sotib oluvchi bilan tuzilgan bitim bo`yicha kreditorga aylanadi tovar (ish, xizmat) ni lozim darajada yetkazib berish majburiyati esa mahsulot yetkazib beruvchining zimmasida qoladi. Bunda qarzdorni faktoring bitimida ishtiroki to`g’risida xabardor qilish mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan ham, faktor tomonidan ham amalga oshiriladi. Konvenstiyaviy faktoring o`zida mijozga moliyaviy xizmat ko`rsatishning universal tizimini ifodalaydi, binobarin, u o`zida turli xildagi ma’lumotlar bilan birga buxgalterlik hisoboti, mahsulot yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o`rtasidagi hisob- kitoblar, sug’urtalash krediti, vakillik va boshqalarni aks ettiradi. Mijozda esa, uning 50 Қулматов А.А. Факторинг-корхонани молиявий барқарорлаштириш омили // "BIZNES - ЭКСПЕРТ". 06.03.2013 | Номер: №3(63)-2013 262 asosiy mahsulot yetkazib berish vazifasi saqlanib qoladi. - o`tkazilayotgan pul talabnomasining hajmi bo`yicha. Bu asos bo`yicha to`liq faktoring va fakultativ faktoring farqlanadi. To`liq faktoringda (mutlaq huquqlar bilan birga) mahsulot yetkazib beruvchi faktor foydasiga barcha muayyan turdagi talablardan voz kechadi, bundan shartnomada belgilangalari mustasnodir. Faktoringning ushbu turi muayyan hududda joylashgan barcha qarzdorlarga, yoxud ularning ayrim guruhlariga nisbatan talablarga nisbatan qo`llaniladi. Fakultativ faktoring (mutlaq huquqlarsiz) faktorga faqatgina shartnomada belgilangan ayrim aniq talablarni o`tkazishni nazarda tutadi. - bitimni amalga oshirish xarakteriga ko`ra. Bunda bevosita va bilvosita faktoring ajratiladi. Bevosita faktoringda faqat bitta faktor – mahsulot yetkazib beruvchi-eksportyor oldidagi majburiyatni bajaradi hamda uning o`zi importyorga yetkazib berilgan tovar to`lovini talab qiladi. Bilvosita, ya’ni “ikki tizimli” faktoringda esa, mahsulot yetkazib beruvchi- eksportyor mamlakatida joylashgan faktor eksportyorning qarzdori joylashgan mamlakatdagi faktor bilan subfaktoring shartnomasini tuzadi. Albatta bozor xo`jaligining zamonaviy shakllari faktoring operastiyalariga ta’sir ko`rsatuvchi diversifikastiya mexanizmlarini nazarda tutadi. Shu bilan birga, bunday voqeliklar huquqiy xarakterga ega bo`lmaydi, biroq ularning xususiyatlari mavjud huquqiy doirada bo`ladi va mazkur mavzu uchun alohida qiziqish uyg’otmaydi. Ta’kidlash lozimki, xalqaro amaliyotda “birfaktorli” va “ikkifaktorli” deb nomalanadigan sxemalar ajratiladi. Birinchi holatda tashqi savdo bitimlarida eksportchi, importchi va eksport-faktor ishtirok etadi. Bu sxemada eksport-faktor importchi bilan bevosita ishlaydi. Xorijiy tajriba ko`rsatishicha, birfaktorli amaliyot eksportchi (yoki eksport-faktor) jug’rofiy jihatdan importchi bilan yaqin bo`lganda, yoxud ishonchli va sinovdan o`tgan sotib oluvchilar bilan tuziladigan bitimlarda qo`llanilishi mumkin. Ikkifaktorli sxema eksport-faktor importchi mamlakatida importchining kreditga layoqatliligini tekshirish va undan qarzni undirishi uchun etarli imkoniyatga ega bo`lmagan holatlarda vujudga keladi. Import faktoring deganda eksportchi (doimiy eksport mahsulot yetkazib berishlarida) importchi mamlakatda xizmat ko`rsatish faktoringi to`g’risidagi shartnoma tuzish tushuniladi. U importchining majburiyatlari bo`yicha tushumlarni inkasso qilish yoki importchi uchun to`lov kafolatlarini berish yo`li bilan amalga oshiriladi. Xalqaro faktoringning alohida turi xalqaro forfeyting (a-forfe) 51 hisoblanadi. Bunda to`lovni talab qilish huquqi emas, oddiy va o`tkazma veksel (tratlar) forfeytchi (faktor)ga indossament qilish yo`li bilan voz kechiladi. Forfeyting bir qator ijobiy jihatlarga egaki, bu holat uni o`rta muddatli moliyalashdaning eng qulay shakliga aylantiradi. Binobarin, bunda forfeytingnnig asosiy qulayligi, operastiya bilan bog’liq barcha xavfni forfeyter o`z zimmasiga olishi 51 Французча a forfai – бутунлай, умумий суммада. 263 hisoblanadi. Bundan tashqari, forfeytengga bo`lgan qiziqish ayrim mamlakatlarda fiksastiyalangan fozli stavkalardan voz kechilishi, ko`plab rivojlanib borayotgan mamlakatlarda import qilingan tovarlar to`lovi uchun valyutaning etarli emasligi, siyosiy xavfning ortib borishi va boshqa bir qator holatlar sababli ortib bormoqda. Zamonaviy amaliyotda forfeyting ko`pincha tashqi savdo (transchegaraviy) operastiyalarni moliyalash uchun qo`llaniladi. Forfeytingli moliyalash o`rta muddatli xarakterga ega bo`ladi va kapital (investistiya) maqsadidagi tovarlar (transport vositalari va uskunlar) va xizmatlar (sanoat qurilishi va infratuzilishli obyektlarni chet elga chiqrashida) eksporti uchun mo`ljallanadi. O`zbekiston misolida aytish mumkinki, milliy qonunchilik va ishbilarmonlik amaliyotida forfeyting operastiyasi ma’lum emas. Biroq bu holat mazkur munosabatlar qonunchilik tomonidan tartibga solinishi zarur emas degan xulosa chiqarishga asos bo`lmaydi. Aksincha, huquqiy va iqtisodiy tizimlari rivojlanib borayotgan davlatlar amaliyoti ko`rsatishicha, bozoring zamonaviy instrumentlarini lozim darajada huquqiy ta’minlanmaganligi ularning vujudga kelishi va rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. Shu munosabatlar bilan O`zbekistonda faktoring va forfeyting operastiyalari huquqiy bazasining shakllanish jarayoni qonunchilik tomonidan tartibga solishda ham va ilmiy ta’minlashda ham davomiylik, tizimlilik va konsteptual yondashuvni talab qiladi 52 . Mazkur fikrga qo`shilgan holda aytish mumkinki, faktoring shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari tizimi moliyaviy xizmatlar bilan hamohang bo`lib, mijoz shartnomada nazarda tutilgan pul talabnomasini topshirish va uning ishonchliligi hamda qarzdorning to`lovga qobiliyatliligiga majbur hisoblanadi. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish shartnomasida bir martalik hamda boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish bilan bog’liq operastiyalarni muntazam ravishda o`tkazib turish belgilab qo`yilgan bo`lishi mumkin. Oxirgi holda shartnoma tashkiliy tizimli aloqalar ko`rinishini oladi. Bunday shartnoma bo`yicha moliya agenti mijozga uning uchinchi shaxslarga xo`jalik faoliyati davomida yuzaga keladigan pul talabnomasi hisobiga pul o`tkazib beradi, mijoz esa bu pul talabnomasidan moliya agenti hisobiga voz kechadi. Shartnomada pul talabnomasidan voz kechish va moliyalashtirishning umumiy shartlari ko`rsatib o`tilib, unga voz kechiladigan talabnomalar, alohida operastiyalarni amalga oshirish tartiblari, moliya agentining mukofot miqdorlari, shartnomaning amal qilish muddati va tomonlarning boshqa talablari ko`rsatiladi. FK 749-moddasining 1-qismi va 756-modda mazmunidan kelib chiqadiki, shartnomada pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga pul mablag’larini o`tkazish ikki xil usulda amalga oshiriladi: pul talabnomasini sotib olish yo`li bilan; 2) qarzga pul mablag’larini taqdim etish bilan. Moliyalashtirishning tegishli shaklidan foydalanish moliya agentida yuzaga keladigan majburiyatlardagi farqlarni belgilab o`tadi. Mijozdan talabnomani sotib olish qarzdor bilan moliya agenti orasida majburiyatlar yuzaga kelishiga sabab bo`lib, bu majburiyatlar mazmuni qarzdor tomonidan moliya agentiga o`tgan pul talabnomalarini to`lashdan iboratdir. Moliya 52 Рахматуллаева Л.А. Перспективы правового регулирования международного факторинга в Республике Узбекистан: Автореф. дис. ... канд .юрид. наук. – Ташкент: 2009. – С. 19-20. 264 agenti tomonidan mijozga pul talabnomasini taqdim qilish faqat FK 752- moddasida ko`rsatilgan asoslarda va mijozning moliya agenti oldidagi javobgarligi to`g’risidagi talablarni bajarmaganligi bilan bog’liq pul talabnomasi bo`lib, voz kechish predmeti va qarzdor tomonidan uning to`lanmaganligidir. Pul talabnomasidan voz kechish bilan ta’minlangan holda pul mablag’larini qarzga berish bilan moliyalashtirish ikkita majburiyat munosabatlarini - asosiy va ta’minlovchi munosabatlarni keltirib chiqaradi. Birinchisining mohiyati shundan iboratki, unda moliya agenti tomonidan berilgan pul mablag’lari mijoz tomonidan qaytariladi. Ikkinchisining mohiyati esa, pul talabnomasini qarzdor tomonidan mijozning moliya agentiga qarzlarini to`lash bo`lsada, uning asosiy majburiyatga nisbatan ta’minlovchilik funkstiyasi ustun turadi. Mijoz tomonidan pul talabnomalaridan voz kechish talabnomalarni moliya agentiga o`tkazish maqsadida, hamda mijozning moliya agenti oldidagi majburiyatlarini bajarishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Pul talabnomalaridan voz kechish mijozni moliya agenti oldidagi majburiyatlarni bajarishni ta’minlash uchinchi shaxsni mijoz majburiyatlarini unga berilgan pullarni qaytarish uchun jalb qilishdan iborat. Bunday ta’minlashning xususiyati shundan iboratki, unda voz kechish predmeti bo`lgan pul talabnomasini bajarilishga taqdim etish, kontragentning asosiy majburiyatlarni bajarmasligi yoki qoniqarsiz bajarganligiga bog’liq emas. Bu majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning qonunda ko`rsatilgan usullariga xosdir. Aksincha, pul talabnomalaridan shartnoma doirasida voz kechishda moliya agenti avval pul talabnomasi to`lovlarini to`lashi va agar qarzdordan olingan, pul talabnomasidan voz kechish bilan ta’minlangan summa mijozning moliya agenti oldidagi qarzidan kam bo`lgan holda esa qarzni qolgan qismini to`lash mijozga taqdim etiladi (FK 756-moddasi 2-qismi). Pul talabnomasidan voz kechishning ta’minot funkstiyasi shunga asoslanganki, moliya agenti mijozga berilgan pulni qaytarish talabi bilangina cheklanib qolmasdan, mijoz qarzini uzishga mablag’ manbasi vazifasini o`tovchi uchinchi shaxsga (qarzdorga) pul talabnomasini ham o`z zimmasiga oladi. Shu bilan bir qatorda tomonlar odatdagi munosabatlar tartibidan ham foydalanishlari mumkin bo`lib, unda moliya agenti pul talabnomasi qiymatini qanoatlantirish huquqiga faqatgina mijoz moliya agenti oldida ta’minlangan pul talabnomasidan voz kechish majburiyatini bajarmagan taqdirda ega bo`ladi. Majburiyatlar ijrosini ta’minlash usuli sifatida pul talabnomasidan voz kechishga ta’minlovchi yoki asosiy majburiyatlar haqiqiy emas deb topilganda kelib chiqadigan oqibatlar haqidagi FK 259-moddasi tartiblari qo`llaniladi. Shartnoma bo`yicha bajarilayotgan operastiyalar muntazam xarakterga ega bo`lgan hollarda moliya agenti bilan mijoz o`rtasidagi umumiy qoidalarga asoslangan munosabatlar mohiyati moliyalashtirish va pul talabnomasidan voz kechish bilan tugamaydi. Pul talabnomasi bilan pullarni haqiqatdan ham kelib tushishini ta’minlash uchun moliya agenti mijozning moliya-xo`jalik faoliyatida faol ishtirok etishi va uchinchi shaxslar tomonidan pul talabnomalarining o`z vaqtida bajarilishi talab etiladi. O`z tomonidan mijoz, ayniqsa korxona uncha katta bo`lmasa, unga malakali moliyaviy xizmati ko`rsatishdan manfaatdordir. Bu maqsadlarda moliya agentining pul talabnomalaridan voz kechilgan holda 265 shartnomaga ko`ra moliyalashtirishdagi majburiyatlari mijozga bir qator moliyaviy-buxgalteriya, maslahat va ma’lumot xizmatlarini (mijoz uchun buxgalteriya xizmatlari, uchinchi shaxslarning to`lov qobiliyatini tekshirish va ulardan debitor qarzlarini undirish, shu jumladan sud yo`li bilan jarimalarni undirish) o`z ichiga olishi mumkin 53 . Iqtisodiy nuqtai nazardan faktoring – bu mijozning qarzdorligidan pul mablag’larini undirish bo`yicha kompaniyalar yoki bunday operastiyalar bilan shug’ullanuvchi bank tomonidan olib boriladigan davriy operastiyalardir. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling