Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Predmeti. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasining predmeti bo`lib
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish hisoblanadi. Shartnoma predmeti sifatida odatda qurilish loyihalarini va mazkur qurilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish asosiy ahamiyat kasb etadi. Qurish loyihalari batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida, belgilangan qizil chiziqlar chegaralarida yoki er uchastkalari chegaralarida ishlab chiqiladi. Qurish loyihalari: - qurishni tartibga solish chiziqlarini; - binolar va inshootlarning joylashuvi, necha qavatliligi, turi hamda boshqa tavsiflarini; - qurishning arxitektura echimini; - muhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizimlarini, shuningdek mazkur tazimlarni aholi punktlarining er uchastkalari, mavzelari, dahalari va rejalashtirilgan tuzilmasining boshqa qismlari doirasidan tashqarida bo`lgan muhandislik uskunalari, aloqa hamda obodonlashtirish tizimlari inshootlari va kommunikastiyalariga ulash shartlarini; - transport vositalari va piyodalar harakati qanday tashkil etilishini; - umum foydalanishdagi hududlarni belgilaydi. Tumanlarning, shaharlarning davlat hokimiyati organlari qurish loyihalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid bo`lmagan qo`shimcha talablar, shu jumladan madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalarida loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borishga, hududlarni ko`kalamzorlashtirishga, kichik shakldagi arxitektura obyektlarini, reklama, 207 peshlavhalar va boshqa axborotni joylashtarishga doir talablar kiritishga haqli (Shaharsozlik kodeksining 38-moddasi). Loyiha-smeta hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning qurilishi, rekonstrukstiyasi hamda kapital ta’mirlanishi, shuningdek obodonlashtirish ishlari qiymatini belgilaydi. Loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, qonun hujjatlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasining tegishli tarkibiy bo`linmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, yong’inga qarshi nazorat xizmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar bilan kelishib olinadi. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, ularga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish buyurtmachining tashabbusi bilan va uning hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari obyektlar qurilishi uchun ruxsatnoma berishga asos bo`ladi. Pudratchi o`z faoliyatining yakuni sifatida buyurtmachiga tegishli texnik hujjatlarni yoki hisobotlarni buyutmachiga topshirish shart. Shartnoma har bir holatda o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lganligi uchun uning predmeti ham unga mutanosib ravishda o`zgarib turadi. Loyiha hujjatlari tegishli obyektni texnik jihatidan asoslangan chizmalar, smexalar, rangli tasvirlar, ularga berilgan tushuntirishlardan iborat, ya’ni loyiha hujjatlari qurilish hajmini, uning mazmuni va olib boriladigan ishlar mohiyatini aniqlovchi hujjat bo`lib xizmat qiladi. Loyihalash bir tomonidan ijodiy ish bo`lsa ham uni amalga oshiruvchidan, asosan, tajriba, mahorat va maxsus malaka talab qiladi. Smeta hujjatlari tegishli obyekt loyihasi asosida tuziladi. Smeta hujjatlarini tuzishda ham malakaga ega bo`lgan mutaxassislar fan va amaliyotga ma’lum bo`lgan usullar asosida tegishli loyihadagi qurilish uchun qanday materiallar ishlatilishi lozimligini va u qanday summaga bitkazilishini hisoblab boradilar. Buyurtmachi qurilish loyihasini qabul qilishda smeta qiymatiga albatta e’tibor beradi. Shuning uchun buyurtmachi smeta qiymatini arzonlashtirishga yoki iloji boricha kamaytirishga harakat qiladi. Qidiruv ishlari loyiha smeta hujjatlaridan oldin ham yoki undan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Qidiruv ishlari tegishli obyekt uchun ajratilgan erni to`liq o`rganish yoki bu obyekt uchun eng qulay bo`lgan joyni iqtisodiy asoslab berish, belgilangan hududning tabiy sharoiti, relefi, qurilish materiallaridan foydalanish imkoni, suv manbalari, transport kommunikakastiyasi, elektr energiyasi ta’minoti haqida ilmiy amaliy asoslangan ma’lumotlarni jamlash va hulosalar tuzilib, buyurtmachiga topshirish bilan yakunlanadi. Loyiha-smeta hujjatlaridan oldin o`tkazilgan qidiruv ishlari pudrati tegishli obyektni ko`rishga asos soladi. Dastlabki ma’lumot bo`lgan qidiruv ishlari yakuni asosida loyiha va smeta tuziladi. Tayyor loyihalarni qurish uchun joy tanlashga zaruriyat tug’ilganida qidiruv ishlari amalga oshirilishi mumkin. Bunda smeta qiymati 208 umumiy asosda qayta ko`rib chiqilishi lozim. Masalan: kopleks tadbirkorlik litsenziyasi bo`yicha listenziatga berilgan litsenziya asosida mavjud bo`lgan ishlab chiqarish kopleksini boshqa joyda, boshqa hududda bo`lgan ham qurilgan hollarda bunga zarurat vujudga kelishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling