Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Loyiha-smeta hujjatlari. Pudratchi qurilish va u bilan bog’liq bo`lgan
ishlarni ishning hajmi, mazmuni va ularga qo`yiladigan boshqa talablarni belgilay- digan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart. Pudratchi qurilish davomida lostiha-smeta hujjatlarida hisobga olinmagan ishlarni, shu munosabat bilan qo`shimcha ishlarni bajarish va qurilishning smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlab, buyurtmachiga xabar qilmagan holda yoki uning javobini kutmasdan, buyurtmachining manfaatlarini ko`zlab, xususan, ishning to`xtatilishi qurilish obyektining nobud bo`lishiga yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo`lganligi munosabati bilan darhol harakat qilishi zarur bo`lganligini isbotlay olmasa, u bajargan qo`shimcha ishi uchun buyurtmachidan haq to`lashni va shu tufayli ko`rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqidan mahrum bo`ladi. Qo`shimcha ish bajarish va unga haq to`laga buyurtmachi rozi bo`lsa, bu ishlar pudratchining kasb faoliyatiga mos kelmasligi yoki o`ziga bog’liq bo`lmagan sabablarga ko`ra ularni bajara olmagan hollardagina pudratchi mazkur ishlarni bajarishdan bosh tortishga haqli bo`ladi. Loyiha-smeta hujjatlari texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo`lishi, resurslardan oqilona foydalanishni, atrof-muhitga zarar etkazmasligini to`liq hisobga olishi lozim. Masalan, pudratchi tomonidan fuqaro A.ga tegishli bo`lgan yakka tartibdagi uy-joyning qurilishiga ixtisoslashgan tashkilot tomonidan tayyorlangan va buyurtmachi tomonidan maqullanib qabul qilingan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq tarzda bajarilishi lozim. Loyiha-smeta hujjatlarini tuzilmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joy eng avvalo, buyurtmachi uchun tegishli xuquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bunday holda FKning 212-moddasida nazarda 202 tutilgan o`zboshimchalik bilan imorat qurish va uning oqibatlari qo`llanilishi mumkin. Shartnomada nazarda tutilgan obyektning texnik hujjatlariga o`zgartirishlar kiritishlar tufayli bajarilishi kerak bo`ladigan qo`shimcha ishlar qiymati smetada ko`rsatilgan qurilish umumiy qiymatining o`n foizdan oshib ketmasa va qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan ishlarning xususiyatini o`zgartirmasa, buyurtmachi texnik hujjatlarga (loyiha, smeta, shartnomaning tegishli bandlariga) o`zgartirishlar kiritishga haqli. Bunday holda buyurtmachi pudratchining roziligi olishi talab qilinmaydi. Qurilish pudrati shartnomasining obyekti bo`lgan qurilishning ma’lum bir qismini qaytadan qurish yoki loyihaga o`zgartirish kiritish o`z navbatida smetaga o`zgartirish kiritish yoki qo`shicha smeta tuzishni talab qiladi. Texnik hujjatlarga umumiy qurilish qiymatining o`n foizdan ortiq qiymatga ega bo`lgan qo`shimcha ishlar bajarish lozim bo`lganda bunday ishlar taraflar o`rtasida kelishilgan qo`shimcha smeta asosida amalga oshiriladi, qo`shimcha smeta kabi pudratchi tomonidan to`liq bajarilishi shart bo`lib hisolanadi. Loyiha bo`yicha bajarilgan ishning qiymati pudratchiga bog’liq bo`lmagan sabablarga ko`ra smetadan kamida o`n foizdan oshgan bo`lsa, pudratchi Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq, smetani qayta ko`rib chiqishni buyurtmachidan talab qilishga haqli. Ushbu moddaning 1-qismiga muvofiq, qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, shartnoma taraflarning kelishuvchiga muvofiq sudga murojaat qilmasdan ham o`zgartirilishi mumkin. Pudratchi loyiha-smeta hujjatlarida yo`l qo`yilgan kamchiliklarni aniqlash va yo`qotish bilan bog’liq bo`lgan maqbul xarajatlarni buyurtmachidan talab qilishga haqlidir. Maqbul xarajatlar har bir holat bo`yicha alohida hisoblanishi va ular real bo`lishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling