Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Maishiy pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2§. Maishiy pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari
Maishiy pudrat shartnomasi eng muhim fuqarolik shartnomalar sirasiga kiradi. FKning 656-moddasiga asosan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi maishiy pudrat shartnomasi bo`yicha buyurtmachi – fuqaroning topshirig’i bilan uning maishiy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ma’lum ishlarni bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va haqini to`lash majburiyatini oladigan shartnoma hisoblanadi. Maishiy pudrat shartnomasi bo`yicha buyurtmachi bo`lib faqat fuqaro hisoblanadi. Pudratchi sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo`lgan shaxs ya’ni tadbirkorlik subyekti bo`lishligi lozim. Maishiy pudrat bo`yicha bajariladigan ish albatta tadbirkorlik faoliyati natijasi hisoblanadi. Agar qonun hujjatlari yoxud shartnomada, shu jumladan buyurtmachi qo`shilgan formulyarlar yoki boshqa standart shakllarning shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, pudratchi buyurtmachiga patta yoki buyurtma qabul qilinganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatni bergan paytdan boshlab maishiy pudrat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. Masalan, maishiy xizmat ko`rsatuvchi tadbirkorlik subyekti (pudratchi) kiyimni buyurtmachidan qabul qilib olgandan so`ng albatta kvitansiya yoki buyurtma qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat berishi lozim. Mazkur hujjatlarning buyurtmachida bo`lmasligi, uni maishiy pudrat shartnomasi tuzilganligini yoki uning shartlarini tasdiqlovchi guvohlar ko`rsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum qilmaydi. Maishiy pudrat shartnomasi konsensual ikki tamonlama va haq evaziga 197 tuziladigan shartnoma hisoblanadi. Maishiy pudrat shartnomasini tuzish fuqarolik qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Pudratchi maishiy pudrat shartnomasiga haq evaziga bajariladigan qo`shimcha ishlar yoki xizmatlarni kiritishga buyurtmachini majbur qilishga haqli emas. Bu talab buzilgan taqdirda, buyurtmachi tegishli ish yoki xizmatga haq to`lashdan bosh tortishga haqli. Buyurtmachi ish unga topshirilguncha istagan vaqtda belgilangan haqning u pudrat shartnomasini bajarishdan voz kechganligi to`g’risidagi bildirishni pudratchi olgunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini va shartnomani bajarish maqsadida shu paytgacha qilingan xarajatlarni pudratchiga to`lab, agar bu xarajatlar ish uchun to`lanadigan haqning ko`rsatib o`tilgan qismiga kirmasa, maishiy buyurtma shartnomasini bajarishdan voz kechishga haqli. Shartnomaning buyurtmachini bunday huquqdan mahrum qiluvchi shartlari o`z-o`zidan haqiqiy emas. Maishiy pudrat shartnomasi tuzilguniga qadar pudratchi taklif qilinayotgan ish, uning turlari va xususiyatlari, bahosi, haq to`lash shakli to`g’risida buyurtmachiga zarur va ishonarli axborotni topshirishi, shuningdek buyurtmachining iltimosiga binoan shartnomaga va tegishli ishga doir ma’lumotlarni unga berishi shart. Agar ishning xususiyati bo`yicha ahamiyati bo`lsa, pudratchi uni bajaradigan aniq shaxsni ko`rsatishi kerak. Pudratchidan olingan axborotning to`liq yoki ishonchli bo`lmaganligi oqibatida buyurtmachi nazarda tutgan xususiyatlarga ega bo`lmagan ishni bajarish to`g’risida shartnoma tuzilgan bo`lsa, buyurtmachi bajarilgan ishga haq to`lamagan holda maishiy pudrat shartnomasini bekor qilishni va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli (FKning 658-moddasi). Pudratchi buyurtmachiga ishni topshirish vaqtida ish natijasidan samarali va xavfsiz foydalanish uchun rioya etilishi zarur bo`lgan talablarni, shuningdek tegishli talablarga rioya qilmaslik buyurtmachining shaxsan o`zi va boshqa shaxslar uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilishi shart. Buyurtmalar buyurtmachining va pudratchining materiali (xom ashyosi)dan foydalanib bajariladi. Pudratchi material (xom ashyo)ni buyurtmachi ishtirokida ko`rib chiqishi va uning yaroqliligi to`g’risidagi fikrini bildirishi zarur. Agar pudratchi materialning yaroqsizligi yoki sifati pastligi, buyurtmachining ishni bajarish usuli haqidagi iltimosiga rioya qilishning imkoni yo`qligi, shuningdek, bajarilayotgan ishning pishiqligi va yaroqliligiga ta’sir etishi mumkin bo`lgan, korxonaga bog’liq bo`lmagan boshqa holatlar mavjudligi to`g’risida buyurtmachini ogohlantirmagan hamda belgilangan shakldagi hujjatda buni ko`rsatib o`tmagan bo`lsa, bajarilayotgan buyurtmaning sifati uchun javob beradi. Maishiy pudrat shartnomasida nazarda tutilgan buyurtmalar pudratchining amalda bo`lgan normativ-texnik hujjatlar (texnologiya, sarf-xarajat normalari, lokal va boshqalar) asosida yoki ish muomalasidan kelib chiqqan holda kelishuvda nazarda tutilgan tartibda bajarilishi kerak. Buyurtmani bajarish muddati buyurtma qabul qilingandan keyingi kundan boshlab hisoblanadi. Buyurtmachi xohishiga ko`ra buyurtma shoshilinch ravishda bajarilishi mumkin. Masalan, buyurtmachining hoxishiga ko`ra, tuflini ta’mirlash shoshilinch tarzda bajarilishi mumkin. Bunday holda taraflar kelishuvida boshqacha holat anglashilmasa buyurtmachi kelishilgan haqni pudratchiga to`lashi lozim bo`ladi. Bunday holda 198 buyurtmani bajarish muddati belgilangan shakldagi hujjatda ko`rsatilgan buyurtma qabul qilingan vakt (kun, soat)dan boshlab hisoblanadi. Agar buyurtmani bajarish muddatining oxirgi kuni ish kuniga to`g’ri kelmasa, muddatning tugash kuni sifatida undan keyin keluvchi ish kuni qabul qilinadi. Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo`ladi: agar pudratchi shartnomani bajarishga o`z vaqtida kirishmasa yoki buyurtmani bajarish muddati asossiz buzilayotgan bo`lsa; agar bajarilgan ishdagi aniqlangan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmagan bo`lsa; agar bajarilayotgan ishda jiddiy kamchiliklarga, shartnomadan chetga chiqishlarga yo`l qo`yilgan yoki buyurtma tuzatish mumkin bo`lmagan nuqsonlar bilan bajarilgan bo`lsa. Bunda, agar buyum buyurtmachi materialidan tayyorlangan bo`lsa, buyurtmachi shu turdagi shunday sifatdagi materiallardan boshqa buyum tayyorlab berilishini talab qilishga haqli.Shartnoma bekor qilingan taqdirda buyurtmachi zararning shartnoma bekor qilingan vaqtda amalda bo`lgan narxlarda qoplanishini talab qilishga haqli. Agar buyurtmachi kafolat muddatiga ega bo`lmagan buyumlarni qabul qilishda pudratchiga ishni bajarishdagi shartnoma shartlaridan chetga chiqishlarni darhol ma’lum qilmasa, u keyinchalik bu chetga chiqishlarni asos qilib keltirish huquqidan mahrum bo`ladi. Ishni oddiy qabul qilishda aniqlanishi mumkin bo`lmagan buyurtmani bajarishda yo`l qo`yilgan chetga chiqishlar va boshqa kamchiliklar to`g’risida buyurtmachi bu nuqsonlar aniqlangan zahoti korxonani xabardor qilishi kerak. Buyurtmachi ko`rsatilgan xizmatlar haqini to`laganligini (buyumni olganligini) kvitansiyada yoki boshqa hisobga olish hujjatida o`z imzosi bilan tasdiqlaydi. Masalan, buyurtmachi pudratchidan kiyimni qabul qilib olganligi va uning haqini to`laganligi haqida qayd etilgan hujjatda o`z imzosini qo`yishi shart. Ushbu hujjat kelgusida nizo kelib chiqqan taqdirda isbot-dalil bo`lib hisoblanadi. Pudratchi maishiy pudrat shartnomasiga haq evaziga bajariladigan qo`shimcha ishlar yoki xizmatlarni kiritishga buyurtmachini majbur qilishga haqli emas. Bu talab buzilgan taqdirda, buyurtmachi tegishli ish yoki xizmatga haq to`lashdan bosh tortishga haqli. Buyurtmachi ish unga topshirilguncha istagan vaqtda belgilangan haqning u pudrat shartnomasini bajarishdan voz kechganligi to`g’risidagi bildirishni pudratchi olgunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini va shartnomani bajarish maqsadida shu paytgacha qilingan xarajatlarni pudratchiga to`lab, agar bu xarajatlar ish uchun to`lanadigan haqning ko`rsatib o`tilgan qismiga kirmasa, maishiy buyurtma shartnomasini bajarishdan voz kechishga haqli. Shartnomaning buyurtmachini bunday huquqdan mahrum qiluvchi shartlari o`z-o`zidan haqiqiy emas (FKning 657-moddasi). Buyurtmachi bajarilgan ish natijasini qabul qilish uchun kelmagan yoki ishni qabul qilishdan boshqacha tarzda bo`yin tovlagan taqdirda, pudratchi buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirib, bunday ogohlantirishdan keyin ikki oy o`tgach, ishning natijasini oqilona narxda sotishga, tushgan pulni esa, undan o`ziga tegishli bo`lgan butun to`lovlarni chegirib qolib, FKning 249-moddasiga muvofiq buyurtmachining nomiga depozitga o`tkazishga haqli. Ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan hollarda pudratchi ish natijasini sotish o`rniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan 199 undirib olish huquqidan foydalanishi mumkin. Buyurtmachi maishiy xizmatlar qiymatini korxonada amalda bo`lgan va tasdiqlangan, xizmatlarning har bir turiga ishlab chiqilgan kalkulyastiya asosida tuziladigan narx va tariflar bo`yicha to`laydi. Maishiy xizmatlarning narxi belgilanmagan bir martalik ayrim turlari uchun bir martalik kalkulyastiya tuziladi va narx buyurtmachi bilan kelishib olinadi. Pudratchi buyurtmachi iltimosiga ko`ra buyurtmani rasmiylashtirishda nazarda tutilmagan xizmatlarni bajargan taqdirda buyurtmachi ularning qiymatini qo`shimcha tarzda to`laydi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling