Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
Nazorat uchun savollar: 
 
1. Pudrat shartnomasining fuqarolik huquqiy shartnomalar tizimida tutgan 
o`rnini izohlang. Pudrat shartnomasi huquqiy tabiatining o`ziga xos xususiyatlarini 
muhokama eting. 
2. Maishiy pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilarini yoritib 
bering. Shartnoma bo`yicha buyurtmachi va pudratchi huquqlarining kafolatlarini 
va ular javobgarligini sud amaliyoti misollari asosida muhokama qiling. 
3. Qurilish pudrati shartnomasini amaliyotda qo`llash doirasi tobora 
kengayib bormoqda. Shu bois uni tuzish tartibi, loyiha hujjatlari taraflarning huquq 
va majburiyatlarini pudratchi va buyurtmachining javobgarligini qo`llash asosida 
tahlil qiling. 
4.Ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati 
shartnomasi tushunchasi.
5. Ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati 
shartnomasining turdosh shartnomalardan farqi. 
6. Ikki durodgor Boqiyev bilan uning dachasida 1 iyunga qadar yog’och 
garaj qurib berishga kelishishdi. Bajariladigan ishlar haqi tomonlar tuzgan mehnat 
shartnomasi deb atalgan yozma hujjatda aks ettirildi. Shuningdek, bajariladigan 
qurilishning o`ziga xos xususiyatlariga oid hamma shartlari (garaj kattaligi, zarur 


216 
material, metall tom va boshqalar) kiritildi. Qurilish uchun materiallarni Bokiev 10 
maygacha topib berishi kerak edi. Durodgorlar ishni o`z vaqtida bajarishga 
kirishdilar. 28-mayda hamma ishlar tugatilish arafasida edi, durodgorlar Bokievdan 
20-may kuni ishlarni qabul qilib olish uchun kelishini so`radilar. 29-may kuni faqat 
darvozani o`rnatish kerak edi. 28-maydan 29-mayga o`tar kechasi chaqmoq chaqib, 
garaj to`laligicha yonib ketdi. 2-iyun kuni ishlarni qabul qilib olish uchun kelgan 
Bokiev yong’indan saqlanib qolgan fundament va o`rnatilmagan darvozalarnigina 
ko`rdi. O`zi bilan durodgorlar o`rtasida pudrat shartnomasi tuzilgan deb hisoblagan 
Bokiev bajarilgan ishlar uchun haq to`lashdan bosh tortdi, durodgorlardan o`z 
materiallari hisobiga yangi garaj qurib berishni talab qildi. Biroq durodgorlar 
Bokievning talablarini rad qilishdi. Ularning fikricha, darvozalar o`rnatilishidan 
boshqa hamma ishlar uchun ular haq olishlari kerakligini va ularni qanday 
shartnoma tuzganligi qiziqtirmasligini, ularni faqatgina olishlari lozim bo`lgan haq 
miqdori qiziqtirishligini aytishdi. 
Tomonlar da’vosiga huquqiy baho bering. Agar yong’in 1-iyundan 2-iyunga 
o`tar kechasi sodir bo`lganda masala qanday hal qilingan bo`lardi? 
6. “Eldor” xususiy qurilish firmasi bilan “E’zoz” buyurtmachi tashkilot 
o`rtasida qurilish pudrati shartnomasi tuzildi. Ushbu shartnomaning 3-bandiga 
ko`ra go`zallik saloni binosini qurishga kelishilgan. Shartnomaning 4.2 bandida 
nazarda tutilgan obyektni pudratchi o`z hisobidan sug’urtalashi sharti beliglangan. 
Biroq pudratchi ushbu shartnomaviy 
majburiyatni bajarmadi. Qurilish 
tugallanmasdan sug’urta hodisasi yuz berdi. “E’zoz” buyurtmachi tashkilot 
pudratchi o`z sug’urtalashga oid majburiyatini bajarmaganligi uchun xo`jalik 
sudiga shikoyat bilan murojaat qildi. 
Mazkur vaziyatga huquqiy baho bering. Bunday holda sud qanday qaror 
qabul qilishi lozim. Javobingizga xo`jalik sudi qarorini ilova qiling. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling