Toshkent farm atse vtikainstituti
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy tarkibi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot cho‘ziq tuxumsimon yoki lansetsimon, qisqa bandli, o ‘tkir uchli, arrasimon notekis qirrali bargdan iborat. Bargning uzunligi 8 sm gacha, eni 3 sm gacha bo‘lib, ustki tomoni to ‘q yashil, pastki tomoni esa och yashil rangda. Ikkinchi tartibdagi tomirlar yo‘g ‘on tonnrdan burchak hosil qilib chiqadi va uchlari bilan birlashib, barg chetida parallel chiziq hosil qiladi. Mahsulotning o‘tkir yoqimli hidi bor, mazasi tilni achitib, uzoq vaqtgacha muzdek qilib turadi. XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 14%, 10% li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 6%, qoraygan barglar 5%, poya va gul aralashmalari 10%, teshigining diametri 3 mm li elakdan o ‘tadigan mayda qismi 5% (butun dorivor mahsulotlar uchun), organik aralashmalar 3% va mineral aralashmalar 1% gacha bo‘lishi kerak. Qirqilgan mahsulot uchun 10 mm dan yirik bo‘lakchalar 10% dan, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 8% dan ortiq bo‘Imasligi kerak. Kimyoviy tarkibi. 0 ‘simlik bargida 2,40-2,75%, gul to‘plamida 4-6%, poyasida 0,3% efir moyi bo‘ladi. Qalampir yalpizning yangi naviari tarkibida 4-5% gacha efir moyi bor. XI DF ga ko‘ra barg tarkibida (bargni saqlash davrida efir moyining uchib ketishmi nazarda tutgan holda) 1% dan kam efir moyi boTmasligi kerak. Efir moyi 0‘simlikning yer ustki qismidan suv bug‘i yordamida hay dab olinadi. Moy tiniq rangsiz yoki och sariq suyuqlik boTib, hushbo‘y hidga va og‘izni uzoq muddatgacha sovitadigan o ‘tkir mazaga ega. XI DF ga ko‘ra qalampir yalpizdan olinadigan efir moyiniig zichligi 0,900-0,910, refraksiya soni 1,459-1,470, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi - 18° ( - 20° - 32°), kislota soni 1,30 gacha va efir soni 11,5 dan yuqori (4% dan kam boTmagan mentol atsetat murakkab efiriga to‘g ‘ri keladi) boTishi lozim. Efir moyi sovitilsa, uning stearoptini - mentol kristali holida ajraladi. Moy tarkibida 41-70% mentol, 6-25% menton, pinen, limonen, dipenten, fellandren, sineol, pulegon, yasinin hamda 4-9% mentolning sirka, valeriana va boshqa kislotalar bilan hosil qilgan efirlari boTadi. XI DF ga ko‘ra efir moyi tarkibida yerkin va murakkab efir holidagi mentolning umumiy miqdori 50% dan kam boTmasligi kerak. Qalampir yalpiz tarkibida efir moyidan tashqari, 40 mg % karotin, gesperidin, evpatorin va boshqa fiavonoidlar, betain, 0,3% ursol va 0,12% oleanol kislotalar bor. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling