Toshkent farm atse vtikainstituti


Yeryong‘oq urug‘ini tayyorlash


Download 7.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/134
Sana21.11.2023
Hajmi7.28 Mb.
#1791693
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134
Bog'liq
dastarbosh

Yeryong‘oq urug‘ini tayyorlash
Hosilini yig‘ib olish ishlari, MTZ-80 traktoriga tirkalgan 
roashinalar yordamida sentyabr oxiri oktyabr oyining boshlarida 
о ‘ tkazilishi kovlaydigan mashinalar yoki moslamalardan foydalanish 
mumkin yoki qoTda ham yig‘ib olish mumkin. PCovlab olingan 
о ‘ simliklar daladan chiqarilib, dukkaklari (mevasi) yuqoriga qaratilib, 
10-15 kun quritiladi va hosil poyadan terib olinadi. Meva namligi 
8-10 foizdan yuqori boTmasligi kerak. Yeryong‘oqning hosilini 
qoplarda, usti yopiq, shamol yaxshi tegadigan omborxonalarda 
saqlash kerak boTadi.
Har gektar yerdan o ‘rtacha 14-15 sentner hosil yetishtirish 
mumkin.
QALAMPIR YALPIZ MENTHA PIPERITA L.
Qalampir yalpiz -
Mentha piperita 
L., yasnotkadoshlar - 
Lamiaceae 
(labguldoshlar -
Labiatae) 
oilasiga kiradi.
K o‘p yillik, bo‘yi 30-100 sm ga etadigan o ‘t о‘simlik. Poyasi 
bir nechta, tik o'suvchi, to‘rt qirrali, tuksiz yoki siyrak tukli. Bargi 
oddiy, cho‘ziq tuxumsimon yoki lansetsimon, oTkir uchli, qirrasi 
o ‘tkir arrasimon. Barglar poyada qisqa bandiar bilan qarama-qarshi 
joylashgan. Gullari mayda, pushti, och binafsha yoki qizil-bmafsha 
rangda, poya va shoxlar uchida g‘uj joylashgan boshoqchasimon gul 
to‘plami hosil qiladi. Gulkosachasi naychasimon, binafsha rangli
besh tishli boTib, meva bilan birga qoladi. Gultojisi bir oz qiyshiq, 
voronkasimon, to‘rt boTakli (boshqa labguldoshlardan farqi), 
otaligi 4 ta, onalik tuguni 4 boTakli, yuqoriga joylashgan. Mevasi 
kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yong‘oqcha.
Geografik tarqalishi. 
Qalampir yalpiz yovvoyi holda 
uchramaydi. Uni 
Mentha aquatica L. 
bilan 
Mentha spicata Gilib. 
ning o ‘zaro chatishishidan vujudga kelgan, deb faraz qilinadi. 
Qalampir yalpiz asosan Ukrainada (Poltava, Chernigov, Kiev,
170


Sumsk va Jitomir viloyatlarida), Qrimda, shuningdek, Krasnodar 
o'lkasida, Voronej viloyatida, Belorus va Moldova respublikalarida 
o ‘stiriladi.
Qalarnpir yalpizning ikki tur xili bor: qora qalampir yalpiz va oq 
qalampir yalpiz. Oq qalampir yalpizning poya va tomirlari oq yashil, 
qora qalampir yalpizning poya va tomirlari esa qizil-binafsha rangda 
bo‘ladi.
Dorivor mahsulot sifatida asosan qora qalampir yalpiz tur xili 
o ‘stiriladi. Yalpizning oqtur xilining hidi nozik va yoqimli bo‘lgani 
uchun u parfyumeriya (atir-upa) va oziq-ovqat sanoati uchun 
o‘stiriladi.
V1LR ning Ukrainadagi va boshqa ZOS lardagi seleksionerlari 
qalampir yalpizning ko‘p efir moyi va mentol beradigan serhosil 
541-sonli, 
«Prilukskaya-6«, 
«Krasnodarskaya-2» va boshqa 
yangi navlarini etishtirdilar. Bu navlar sovuqqa chidamli bo‘lib, 
zam burugiar bilan deyarli kasallanmaydi.

Download 7.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling